Model old tomoni bilan biroz balandlikka o‘matiladi. Bunda
jism yoritilganlik darajasiga e’tibor beriladi va yorugMik yuqori-yon
tomondan tushishi va hosil bo‘lgan soyada model shakli yaxshi
anglashihshi kerak. Shuningdek, rassomning yon tarafiga uzoqroqqa
skeletni xuddi shunday holatda joylashtirish bir-biri bilan bo‘g‘im
va paylar orqali birikkan alohida suyaklardan tashkil topgan karkas
modelni aniq tasawur etish imkonini beradi. Skelet suyaklari inson
tanasining plastik va nisbiy tuzihshini namoyon etadi. Chunki suyak-
larning o‘lchami tana qismlari o‘lchami
va nisbatlarini belgilab
beradi. Ulaming o‘zaro birlashgan joyi esa, tana harakatini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, suyaklar qattiq va ularning shakli o‘zgarmas,
mushaklar esa, harakat davrida kichrayib yoki kattalashib turadi,
bu esa, endi ijodga kirayotgan yosh rassomlami chalg‘itishi mumkin.
Rasm chizuvchilar bir-birlaridan eng kamida bir-ikki anatomik
model uzunligiga teng masofada joylashadi. Shunda model va uning
m arkaziy chizig‘i barchaga ko‘rinadi. M arkaziy chiziq juft
(simmetrik) shakllami ishlash chog‘ida m o‘ljal vazifasini o‘taydi.
Yosh rassomlar modelni yon tarafdan, markaz chizig‘i tos
suyagi bilan aralashib ketgan ko‘rinishidan rasm chizmasligi kerak.
Chunki bu yerda rassom uchun simmetrik juft shakllami sohshtirish
imkoni bo‘lmaydi.
Anatomik model rasmini ishlashning boshlang‘ich
bosqichi
boshqa jismlar rasmini ishlashdan farq qilmaydi. Bunda jism
sinchkovlik bilan tahlil qilinadi. Rassom modelni o‘rganadi va ko‘rish
nuqtasini tanlaydi. Ijodkor tasvir vositalarini tayyorlab ishga kiri-
shadi. Model berilgan bichimdagi qog‘ozga to ‘liq sig‘ishi uchun,
awalambor, modelning eng yuqori va eng pastki nuqtalarini aniqlab
olishi zamr. Rasm ishlash jarayonida tasvir qog‘ozning markazida
joylashishi kerak.
Rasmni bir ko‘rish nuqtasidan chizish katta ahamiyatga ega,
ammo jismning turli tomonlarini bilish va kuzatish kerak. Shuning
uchun tajribali rassomlar aytganidck, jismni old tomonidan chiza-
yotganda, uning yon tomonlari va orqa qismini ham tasawur etish
lozim.
Odam rasmini ishlash vaqtida doimo shuni yodda tutish kerak-
ki, hajmli shakllar rasm chizishning asosi bo‘lib hisoblanadi, rasm
chizish ketma-ketligi esa, umumiydan alohida qismlarga va qism-
lardan boyitilgan umumiy tasvirga o‘tish tartibida amalga oshirili-
143
shi lozim. Naturadan rasm chizish tartibiga amal qilmaslik natijas-
ida, ishlangan tasvir notabiiy ko‘rinish kasb etadi. Har bir ish
o ‘z
boshlanishi, davom etishi va yakunlanishiga ega bo‘lganidek,
rasm chizish jarayoni ham ushbu to ‘rtta bosqich asosida amalga
oshiriladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, umumiydan qismlarga,
oddiydan murakkabga o ‘tish tartibi — rasm chizish jarayonidagi
asosiy bosqichlari hisoblanadi. Ish boshlash avvalida rassom
rasmning umumiy ko‘rinishini belgilab oladi. Bu yerda u shaklning
joylashuvi, harakati va xarakterini hisobga olishi lozim.
Rasm chizishda modelni u joylashgan gorizontal yuzaga nisbatan
kenglikda, tik holatda to ‘g‘ri joylashtirish katta ahamiyatga ega.
Buning uchun, awalambor, bo‘yin
chuqurchasidan tos suyagi
tomon cho‘zilgan va dum suyagi bilan yakunlangan markaziy o ‘q
chizig‘i holatini aniqlash zarur. Inson tanasi simmetrik va uning
markaziy o ‘q chizig‘i tors (tana asosi) harakatini aniq ko‘rsatib
beradi.
Ko‘pincha yosh rassomlar tomonidan ishlangan tik holatdagi
model yiqilayotgan ko‘rinish kasb etadi. Buning asosiy sababi mar-
kaziy og‘irlik chizig‘i bo‘ylab tushirilgan vertikal tasvirlanayotgan
inson oyoqlariga yoki tana og‘irligi tushayotgan oyoqqa to ‘g‘ri
kelmaydi. Rassom tananing asosiy qismlari bir-biriga nisbatan
qanday holatda joylashganini aniqlashi muhimdir (qaysi oyoqqa
tana tiralgan, tos suyagi oyoqlarga
nisbatan qanday holatda
joylashgan va u qay darajada egilgan, bosh va qo‘llarning burilganligi
va h.k. Model harakati rasmda to ‘g‘ri ifodalanishi uchun esa,
o ‘quvchi uning harakatini va joylashuvini to ‘g‘ri tahlil qilishi
muhimdir.
Shakl holatini aniqlash uchun og‘irlik tushish markazi va uning
yo‘nalishini aniqlash zarur. Og‘irlik tushish markaziga ko‘ra, tana
qismlari shunday joylashishi kerakki, bunda tana muvozanatda
yiqilmay turishi kerak. 95-rasmda inson tasvirini chizish vaqtida
tayanch o ‘q holatini to ‘g‘ri belgilab olish sxematik tarzda ko‘rsa-
tilgan. Mukammal tuzilgan odam tanasining og‘irlik tushish markazi
bilan, tik turgan holatda og‘irlik tushish markazining o‘rtasida
ancha
farqbor.
Yosh rassomlar ishidagi asosiy kamchilik ko‘p hollarda quyid-
agi asosiy nisbatlarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘ladi: bosh butun
tana uzunligiga nisbatan haddan tashqari katta yoki kichik, oyoqlar
qisqa, qo‘llar uzun va h.k. Model tasvirini to ‘g‘ri ishlash uchun
144