• Ikkilamchi
  • Boz ustiga, prognozlarga ko‘ra, 2020 yilga kelib




    Download 305.4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana29.11.2022
    Hajmi305.4 Kb.
    #32316
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Axmedova Malika Asatullayevna (2)

    Boz ustiga, prognozlarga ko‘ra, 2020 yilga kelib 
    mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2018 yilga 
    qaraganda 1,7 foiz, jumladan, aholi ehtiyoji 1,5 barobar o‘sadi. Xo‘sh, 
    elektr quvvatiga nisbatan oshi
    b borayotgan ehtiyojni to‘laqonli qondirish, 
    sanoat foydalanuvchilari uchun elektr yetkazib berishni sifatli ta'minlash, 
    rejadan tashqari o‘chirishlar (qurilmalarning favqulodda ishdan chiqib 


    qolish holatlari)ning oldini olish uchun nimalar qilinmoqda yoki qilinadi? 
    Mazkur o‘ta dolzarb masala yechimiga mas'ul “O‘zbekenergo” AJdan 
    ma'lum qilinishicha, bu borada hozirda barcha chora-
    tadbirlar ko‘rilmoqda 
    va ular istiqbolda ham davom ettiriladi. Ushbu masalaga nima uchun 
    kompleks yondashish zarurati tug‘ildi? To‘g‘risini aytish kerak, bunday 
    zarurat vujudga kelganiga ancha vaqt bo‘ldi. Nega? Keling, mavzuga 
    raqamlar va faktlar, og‘riqli manzaralar orqali chuqurroq kirib boramiz. 
    Respublikamizdagi 
    elektr 
    energiyasining 
    90 
    foizi 
    issiqlik 
    elektrostansiyalarida (TES) ishlab chiqariladi. Biroq amaldagi TESlarning 
    asosiy qismi, ya'ni 84 foizi bundan 50 yil oldin (!) foydalanishga topshirilgan. 
    Almisoqdan qolgan bunday qurilmalar, tabiiyki, zamon talablariga mutlaqo 
    javob bermaydi. Boisi ularning nihoyatda eskirib ketgani elektr energiyasi 
    ishlab 
    chiqarish 
    hajmini 
    kamaytirib 
    yuborib, 
    taqchillikni 
    keltirib 
    chiqarmoqda, qolaversa
    , foydalanilayotgan yoqilg‘ining katta miqdorda 
    sarflanishiga sabab bo‘layotir. Oqibatda ishlab chiqarilayotgan elektr 
    energiyasi tannarxi ham oshib ketayapti. Bulardan oddiy iste'molchining 
    deyarli xabari yo‘q. Ular uchun uyda chiroq yonib turishi muhim, u qanday 
    yaratilayotgani, nima hisobiga yetkazib berilayotgani esa ko‘pchilikni 
    qiziqtirmaydi ham. Lekin soliq to‘lovchi yuqoridagi va quyidagi 
    ma'lumot
    larni o‘qib, o‘zi uchun oqilona xulosa chiqarib olsa, foydadan xoli 
    bo‘lmaydi. Hozirgi kunda yurtimizda energiya tizimlari elektr tarmoqlari 
    uzunligi 254,8 ming kilometrga teng. Shundan 218,4 ming kilometri 0,4-10 
    kV.li kuchlanishga ega past voltli taqsimlash tarmoqlaridir. Ulardan 62,4 
    foizining ishlatilish muddati 30 yildan oshib ketgan. Taqsimlash 
    tarmoqlarining juda eskirib ketgani esa elektr energiyasining sezilarli 
    darajada yo‘qotilishiga olib kelmoqda. Ya'ni ayni paytda issiqlik 
    elektrostansiyalaridan elektr energiyasi tarmoqlariga chiqarilayotgan 
    umumiy elektr quvvatining 20 foizi yo‘qotilayapti. Bir ko‘z o‘ngingizga 
    keltiring: biz uchun ishlab chiqarilayotgan yorug‘lik va issiqlik manbaining 
    beshdan bir qismi havoga uchib ketmoqda
    , uvol bo‘layapti. Haqiqiy 
    texnologik jarayonlar ma`lum yoqilg’i, elektr va issiqlik energiyasini sarf 
    etishni talab qiladi: kimyoviy reaktsiya, mexanik ta`sir natijasida 
    yonayotgan gazlar, issiqlik tashuvchilar, gaz va suyuqliklar ortiqcha bosim 
    ostida issiqlik ajratib chiqaradi. Bu energiya resurslaridan odatda
    , to’la 
    hajmda ishlatilmaydi yoki umuman foydalanilmaydi. Mazkur texnologik 
    jarayonda yoki qurilmada foydalanilmaydigan energetik chiqindilar 
    ikkilamchi energetik resurslar nomini oldi(IER). Uzoq vaqt IER dan 
    foydalanishga etarli darajada e`tibor qaratilmadi. Ularning mohiyati 
    to’laligicha ochilmadi, hisoblash uslublari yo’q bo’lgan. Ikkilamchi 

    Download 305.4 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 305.4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boz ustiga, prognozlarga ko‘ra, 2020 yilga kelib

    Download 305.4 Kb.
    Pdf ko'rish