• Ortiqcha bosim IER
  • Ikkilamchi
  • Zbekiston respublikasi sanoatidagi ikkilamchi issiqlik energiya resurslari foydalanish hamda noa




    Download 305.4 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/6
    Sana29.11.2022
    Hajmi305.4 Kb.
    #32316
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Axmedova Malika Asatullayevna (2)

    YOnuvchi IER 
     boshqa qurilmalarda bevosita yoqilg’i sifatida qo’llanilishi 
    mumkin bo’lgan va keyinchalik mazkur texnologiyalarda yaramaydigan 
    yonuvchi gazlar va chiqindilar: yog’ochni qayta ishlash sanoati chiqindilari 
    (yog’och mahsulotlarining chiqindi va qirindilari), imorat va inshootlar 
    konstruktsiyasining yonuvchi elementlari, tsellyuloza qog’oz ishlab 
    chiqaruvchi yonuvchi elementlari va boshqa qattiq xamda suyuq yoqilg’i 
    chiqindilari. Ortiqcha bosim IER ga yuqori bosim ostida qurilmani tark 
    etayotgan gazlar, suv bug’larning potentsial energiyasi kiradi. Qaysiki 
    atmosferaga, suv havzalariga
    , sig’imlarga va boshqa qabul qiluvchilarga 
    chiqarib tashlashdan oldin ishlatilishi mumkin bo’lgan energiya. Ortiqcha 
    genetik energiya ham ortiqcha bosim IER ga kiradi. IER foydalanishning 
    asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: yoqilg’i-qachonki ular bevosita yoqilg’i 
    sifatida ishlatilganda; issiqlik-qachonki ular bevosita issiqlik sifatida yoki 
    utilizatsion qurilmalarda issiqlik ishlab chiqarish uchun foydalanilganda; 
    kuchli-qachonki ular utilizatsion qurilmalarda elektr yoki mexanik energiya 


    ko’rinishida olib foydalanilganda; aralash- qachonki ular bir vaqtning o’zida 
    IER hisobiga utilizatsion qurilmalarda olingan elektr (mexanik) energiya va 
    issiqlik sifatida foydalanilganda. Yo
    nuvchi IERning ko’p miqdori bevosita 
    yoqilg’i ko’rinishida ishlatiladi, xuddi shunday bevosita qo’llanilishni issiqlik 
    IER, masalan, isitish uchun sovutish tizimining issiq suvi va h.k. SHuni 
    ta`kidlash zarurki, texnologik agregatlar ichidan energiya resurslarini 
    ishlatish yaxshilanganda va buning natijasida ikkilamchi resurslarning 
    chiqishi qisqarganda
    , yoqilg’i va issiqlikni iste`mol qilish sxemasini 
    o’zgarishi IERdan foydalanish hisoblanmaydi. Sxemalarning bunday 
    o’zgartirilishi, zarur agregat (qurilmalar)ning texnologik jarayonini 
    yaxshilaydi xolos. Texnologik agregatlarda chiquvchi gazlarning issiqligi, 
    asosiy va yordamchi mahsulotlarining issiqligi ko’rinishida hosil bo’lgan 
    ikkilamchi issiqlik energetika resurslaridan to’g’ri foydalanilganda, yoqilg’ini 
    sezilarli iqtisod qilishga erishiladi. Olib borilgan hisob-kitoblar natijasida shu 
    narsa ma`lum bo’ldiki, utilizatsion qurilmalarda olingan issiqlik 
    energiyasining narxi, asosiy energiya qurilmalarda, shu issiqlik 
    energiyasining ishlab-
    chiqarishga ketgan xarajatlardan past bo’ladi. IER 
    chiqishini va mumkin bo’lgan ishlatilishini hisobga olishni aniqlash-barcha 
    korxonalarda, ayniqsa yoqilg’i, issiqlik va elektr energiyani ko’p sarf 
    qiladigan korxonalarda echilishi zarur bo’lgan masalalardan biridir. IER dan 
    foydalanish, faqat energetika samarasi bilan chegaralanmaydi, bu atrof 
    – 
    muhitni himoya qilish, zararli moddalarni chiqarib tashlash, miqdorini 
    kamaytirishga olib keladi. Bu chiqindilardan ba`zi birlari qo’shimcha 
    mahsulot beradi, masalan, chiqib ketayotgan gaz bilan chiqarib 
    tashlanayotgan oltingugurt angidridni tutib olib oltingugurt kislotani 
    chiqarishga yo’naltirish mumkin. Agar harakatdagi korxonalarni 
    kengaytirish va rekonstruktsiya qilishda hamda yangi korxonalar 
    loyihalanayotganda I
    ER dan foydalanish bo’yicha tadbirlar, ularni iqtisodiy 
    samaradorligini asoslangan holda ishlab chiqarish ko’zda tutilsa, 
    maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iste`molchilarning amaldagi hamda 
    loyihalanyotgan korxonalarda IER foydalanishdan yuz o’girishlar, faqat bu 
    korxonalarda, IER foydalanishning texnik jihatdan yoki iqtisodiy jihatdan 
    samarasiz ekanligini tasdiqlovchi hisob-kitoblar natijasidagina mumkin 
    bo’ladi. Amalda faqat shamollatishdan chiqadigan bu sovituvchi havo 
    issiqligi, 
    oqava 
    suvlar 
    va 
    boshqa 
    past 
    potetsialli 
    oqimlardan 
    foydalanilmaydi. 
    IER ishlatishning past darajasi ko’p hollarda tekis 
    bo’lmagan rejimlarda va ularning chiqishlari mavsumiy bo’lganligi, 
    iste`molchilarning mavjud ekanligi, utilizatsion jihozlarni tatbiq qilishdagi 
    moliyaviy qiyinchiliklar (ayniqsa past potentsialli IER utilizatsiya uchun), 
    ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishning muassasalararo 
    mexanizmini yo’lga qo’yilmaganligi tufayli kelib chiqadi. Ikkilamchi 

    Download 305.4 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 305.4 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi sanoatidagi ikkilamchi issiqlik energiya resurslari foydalanish hamda noa

    Download 305.4 Kb.
    Pdf ko'rish