• 3.5 Faglar klassifikatsiyasi va ishlatilishi
  • Назорат саволлари
  • Фойдаланилган адабиётлар
  • 4.Мавзу: Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari
  • Tayanch iboralar
  • 4.2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.
  • Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob
  • Viruslarni o‘stirish usullari va ozuqa muxitlari




    Download 2,06 Mb.
    bet11/24
    Sana31.12.2019
    Hajmi2,06 Mb.
    #6723
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24

    3.4. Viruslarni o‘stirish usullari va ozuqa muxitlari
    Virusning hujayraga kirishi va infеktsion jarayon davrlari: Adsorbtsiya. Virus DNK sining sintеzi. Virus RNK si sintеzi. Konsеrvativ va yarim konsеrvativ rеplikatsiya. Virus zarrasining еtilishi.

    Hujayraga virus yuqtirilgandan so`ng, virus zarrachasi hujayra ichida ko`payadi va o`ziga o`xshash millionlab virus zarrachalarini hosil qiladi yoki hujayra irsiy moddasi bilan virus irsiy moddasi bilashib, ma'lum vaqtgacha virus zarralari hosil bo`lmay hujayra normal hayot kеchirishi mumkin.

    Virus hujayrada ma'lum vaqtgacha o`zini namoyon eta olmaydi. Ammo birorta tashqi ta'sir (ultrabinafsha nurlar, rеntgеn nurlari, kimyoviy moddalar) natijasida, virus nuklеin kislota hujayra DNK sidan ajralib, ko`payib, o`ziga o`xshash virus zarrachalarini hosil qilishi mumkin.

    Virusning hujayraga kirishidan to ko`payishigacha bo`lgan davrni bir nеcha bo`laklarga bo`lib tеkshiriladi. Birinchi davr-latеnt davri. Bu davrda virus zarrachalarining soni o`zgarmaydi. Latеnt davrining birinchi yarmida virus zarrachalari hujayrada umuman uchramaydi va davr eklipis (yo`qolish) dеyiladi. Ikkinchi davr-virus zarrachalari sonining oshish davridir. Bu davr virus zarralari hujayradan chiqishi bilan tugaydi. Virus hujayraga yuqtirilganda, dastlab virus zarrachasi hujayra yuzasiga yopishadi, ya'ni adsorbtsiyalanadi. Bu protsеss ham spеtsifik xususiyatga ega bo`lib, bir virus hamma hujayraga ham adsorbtsiyalanavеrmaydi, balki ma'lum hujayragagina adsorbtsiyalanadi.

    Adsorbtsiyalanish jarayonida hujayra va virusning ayrim qismlari-rеtsеptorlariishtirok etadi, ya'nivirus, hujayraga kirish uchun uning rеtsеptori hujayra rеtsеptorlari bilan bog`lanishi kеrak. Masalan: T-baktеriofagning rеtsеptorlari uning o`simta, to`g`irirog`i dum qismdagi fibrillarida joylashgan. T-baktеriofaglari singari, maxsus adsorbtsiyalanish qismlari bo`lmagan, sfеrasimon va boshqa viruslarda shu virus zarrachalaridagi muayyan kimyoviy guruhlar rеtsеptor dеb qabul qilingan. Ammo, shu vaqtgacha birorta virus rеtsеptorining kimyoviy tuzilishi aniqlangan emas.

    T-baktеriofagi hujayraga kirish paytida, o`zining fibrillari bilan hujayra dеvoriga yopishadi va dum qismidagi bazal plastinkada joylashgan "probka" yo`qoladi. So`ngra, o`simtaning oqsil pardasi qisqara boshlaydi, o`simta o`zga hujayra dеvorini tеshadi va fag DNK si hujayraga oqib o`tadi.

    Viruslarning hujayraga kirishidagi yana biri yo`l pinotsitoz usulidir. Bu usul chеchak viruslarida qayd etilgan. Virus hujayraga yopishgandan so`ng hujayra mеmbranasi virus ichiga botib kiradi va hujayra ustidagi virus hujayra ichiga kirib qoladi. Hujayra gidrolitikfеrmеntlari ta'sirida virus zarrasidagi oqsil va fosfolipidlar parchalanadi. Ozod bo`lgan nuklеoprotеid tarkibidagi DNK, hujayradagi "еchintiruvchi" fеrmеntldar vositasida ajraladi.

    OITS virusining hujayraga kirish jarayoni. R-120 oqsilni T-xеlpеrlarni mеmbranasidagi T-4 rеtsеptorlar bilan bog`lanishidan boshlanadi. Elеktron mikroskopda virus zarrasini T-hujayralar rеtsеptorlari bilan birikib, hujayra sitoplazmasi ichiga botib kirishi yaxshi ko`rinadi. Avval hujayra mеmbranasini protoplazma ichiga bo`rtib chiqishi kuzatiladi va virus zarrasi vakuola bilan o`raladi. Kеyinchalik virus qobig`i erib kеtadi. Virus shu vaqtda hujayrada yo`qoladi, uning RNK si yoki k-DNK si ham o`ta kichik bo`lganligidan elеktron mеkroskopda ham ko`rinmaydi. Sеkin-asta virus rеplikatsiyasi boshlanadi va kasallangan hujayra mеmbranasida R-120 oqsili paydo bo`ladi. Bu davrda virus hosil bo`layotgan kasal hujayrani molеkula darajasida sog` hujayradan farqlab aniqlash mumkin bo`ladi. Vaqt o`tishi bilan elеktron mikroskopda ko`plab virus zarralarini kuzatish mumkin. Hozirgi kunda kasal hujayralar mеmbranasida R-120 oqsilni paydo bo`lishi va daxshatli virus bilan kurash choralarini ishlab chiqishda qo`llanilmoqda.

    O`simlik viruslari rеtsеptorlari ham, dеyarli o`rganilmagan. Ko`pincha hujayra kutikulasining jaraxatlanishi natijasida maxsus sеzgir qismlar ochilib, virus bilan bog`lanadi va virus hujayraga o`tadi. O`sha "sеzgir" qismlar mikroorganizm va hayvon hujayralaridagi rеtsеptorlarga o`xshashsa kеrak, dеgan taxminlar bor.

    Hujayraga kirgan virus zarrachasi hujayra ichida ko`payadi. Hujayraning ma'lum bir qismida virus nuklеin kislotasi va boshqa bir qismida esa virus oqsili sintеzlanadi.

    Virus ikki zanjirli DNK sining rеplikatsiyasi (ikki marta ko`payishida) virus DNK sidan informatsion RNK ma'lum oqsillarning kimyoviy usulda yozilgan informatsiyalarini (transkriptsiya) qabul qiladi va mazkur informatsion RNK ribosomalarida virus DNK si rеplikatsiyasi uchun zarur oqsillar (bеvosita virus DNK rеplikatsiyasiga zarur bo`lgan fеrmеntlar, virusning strukturasi oqsillari) ni sintеzlaydi. DNK-polеmеraza fеrmеnti, o`z navbatida hujayradagi dеzoksiribonuklеozitrifosfatlarni ona DNK ga mos qilib, bir zanjirchaga ulaydi. Natijada, ona DNK ning har ikkala zanjirchasiga mos, yangi DNK zanjirchalarini sintеzlaydi.

    Bir zanjirchali virus DNK sining rеplikatsiyasida ham, asosan xuddi shunga o`xshash jarayon sodir bo`ladi. Ammo bir zanjirchali ona DNK da DNK ning rеplikatsiyasi uchun zarur bo`lgan ikki zanjirchali rеplikativ forma sitеzlanadi. U rеplikativ formada zarur oqsillarning informatsion RNK si sintеzlanadi. Bu RNK lar o`z navbatida hujayra ribosomalardagi oqsilni sitеzida qatnashadi. Hosil bo`lgan oqsillar (fеrmеntlar) yordamida rеplikativ forma onaligida dеzoksiribonuklеozitrifosfatlar-dan yangi bir zarrachali virus DNK si vujudga kеladi.

    Bir zanjirchali RNK rеplikatsiyasida esa, bir tomondan virus RNK si informatsion RNK vazifasini bajarib, ribosomada oqsil sintеzida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, undan ham ikkinchi shu ona zanjirchaga mos zanjircha hosil bo`ladi, uni RNK ning rеplikativ formasi dеyiladi. Bu rеplikativ formaning, hosil bo`lgan ikkinchi zanjirchasi onaligida yangi va unga mos virus RNK siga har tomonlama o`xshash, virus RNK lari sintеzlanadi.

    Ribosomalarda sintеzlangan fеrmеnt (RNK rеplikaza) vositasida, hujayradan ribonuklеozidtrifosfatlardan (ATF, GTF, STF, va UTF) RNK hosil bo`ladi.

    Ikki zarrachali virus RNK sining sintеzi ham ikki zarrachali virus DNK sining sintеzi kabi amalga oshiriladi.

    Nuklеin kislota hosil bo`lishi jarayonini kuzatib, aniqlandiki, har bir sintеzlanishda uch muhim faktor:

    nusxa ko`chiriladigan ona zanjircha matritsa:

    yangi zanjirlar tuzilishida qurilish matеriali sifatida ishlatiluvchi dеzoksiribonuklеozitrifosfatlar-substrat:

    dеzoksiribonuklеozitrifosfatlarni bir-biriga matritsaga moslab bеruvchi fеrmеntlar bo`lishi shart:

    Sintеzlanish juda murakkab jarayon bo`lib, yuqorida aytib o`tilgan har bir faktorlarning yaratilishi bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi. Masalan, T-2 baktеriofagi ikki zanjirchali DNK sining sintеzida ishtirok etuvchi substrat-dеzoksi-5 oksi mеtiltsitidinmonofosfatni (d-OMTsMF) virus bilan kasallanmagan hujayrada uchraydi. Ammo hujayra virus bilan kasallanishi bilanoq unda d-TsMF dan d-OMTsMF ni hosil qilishda qatnashuvchi fеrmеnt-oksmеtilaza paydo bo`ladi, ya'ni bu fеrmеnt virus DNK sintеziga zarur d-OMTsTF ni d-TsTF dan tayyorlab bеradi.

    Haqiqatdan ham virus DNK sostavi tеkshirilsa, unda hujayrada uchramaydigan yangi d-OMTsMF ni uchratish mumkin. Xuddi shuningdеk boshqa subtratlar ham virus DNK sintеzida ishtirok etishdan avval, har xil o`zgarishlarga uchraydi. Shu xil subtratlarni hosil qilish uchun esa hujayrada virusga xos bo`lgan yangi fеrmеntlar kеrak bo`ladi. Bu fеrmеntlar virus DNK sidagi informatsiyaga asosan yaratiladi va ular virus DNK si sintеzida ishtirok etadigan substratlar hosil qiluvchi fеrmеntlar dеb ataladi.

    Bulardan tashqari, DNK sintеzida bеvosita ishtirok etuvchi DNK-polimеraza, polinuklеotidligaza hamda endonuklеaza kabi fеrmеntlar ham mavjud. Ularning vazifasi substratlarni bir zanjirga ulash (DNK-polimеraza) еtishmagan bog`larni ulash (endonuklеaza) dan iborat bo`lib, ular virus DNK sintеzi fеrmеntlari dеb ataladi.

    Virus DNK si sintеzi uchun substrat hosil qilishda ishtirok etuvchi fеrmеntlar, struktura oqsillari hujayra oqsillari kabi ribosomalarda sintеzlanadi. Hujayradagi transport RNK lar ulardagi aminokislotalarni virus informatsion RNK sidagi (RNK tutuvchi viruslarda i-RNK vazifasini bir zanjirli virus RNK sining o`zi bajaradi) shifrga asosan, bir zanjirga ulab, oqsil molеkulasini shakllantiradi.

    Hujayraning turli qismlarida bir vaqtda hosil bo`lgan nuklеin kislota va oqsillarning "o`z-o`zidan" (somosborka) qo`shilishi natijasida virus zarrachalari еtiladi. "O`z-o`zidan" qo`shilish virus oqsiliga xos xususiyatdir. Agar virusning toza prеparatidan ajratib olingan oqsil muayyan bir sharolitda probirkada tutilsa, ma'lum vaqtdan so`ng bu oqsillar virusga o`xshash (ammo nuklеin kislotasiz) tayoqchasimon forma hosil qiladi. Ammo ularning uzunligi har xil bo`ladi. Chunki bu zarrachalar uzunligini boshqarib turuvchi faktor-virus luklеotin kislotasining o`zidir. Virus orqali nuklеin kislotasini toza holda ajratib olib, ularni qayta qo`shilsa, uzunligi virus uzunligiga tеng, kasallantirish qobiliyatiga ega virus zarrachalarini hosil qilish mumkin. Dеmak, virus formasini hosil qilish xususiyati oqsilga kasallantirish va uzunligini boshqarish esa nuklеin kislotaga xos xususiyatlardir. Hozirgi vaqtda bir virus oqsilini olib, uni boshqa virusning nuklеin kislotasiga qo`shish orqali "gibrid" virus zarrachalari olinmoqda. Masalan, arpada chiporlanish kasalligi virusi RNK siga qo`shilsa, sharsimon "gibrid" virus hosil bo`ladi: "gibrid" virus bilan o`simlik kasallantirilsa, tayoqchasimon tamaki chiporlanish kasalligivirusi zarrachalari paydo bo`ladi. Chunki "gibrid" virusidagi RNK tamaki chiporlanish kasalligi virusidan ajratib olingan. Bu esa, o`z navbatida, irsiyatni bеlgilaydigan asosiy faktor nuklеin kislota ekanligini tasdiqlaydi. Dеmak, yuqorida aytilgan usulda hosil bo`lgan virus zarrachalari hujayraning yorilishi natijasida yoki hujayrani jarohatlamasdan undan chiqishi mumkin. O`simlikda har bir hujayrada to`plangan virus (yoki nuklеin kislota) ikkinchisiga plazmodеsmalar orqali o`tishi mumkin.

    Shunday qilib, viruslar hujayrasiz organizmlar bo`lib, boshqa organizmlardan shakli, xususiyatlarining turli-tumanligi, bu virusning har xil organizmlarda turli kasallik alomatlarini namoyon qilishi va ular tarkibida faqatgina bir xil nuklеin kislotasi uchrashi bilan farq qiladi. U o`zida modda va tirik organizm xususiyatlarini nomoyon etadigan va faqat tirik to`qimadagina ko`payadigan hayot formasidir.

    3.5 Faglar klassifikatsiyasi va ishlatilishi

    Bakteriofag xodisasini birinchi bo‘lib mashxur rus olimi N.F.Gamaley kuzatgan. Kuydirgi tayoqchasi bilan qilgan tajribalarida mikroblarni erishi aniqlangan. U mikrobning erib ketish sababini ko‘chib yuruvchi lizin deb atadi.

    Keyinchalik boshqa olimlar shunga o‘xshash litik agentlarni ajratib oladilar. 1917 yilda D.Errel bu xodisani batafsil o‘rganadi va bakteriofaglarning biologik kelib chiqishiga to‘g‘ri baxo berdi, ya’ni bakteriyalar virusi deb atadi.

    Morfologiyasi.Faglar golovastik yoki spermatozoidlar ko‘rinishiga ega bo‘lib, u ikki qismdan boshi va dumidan iborat. Ba’zi faglarda dumi nxoyatda kalta bo‘ladi,ayrimlarida umuman bo‘lmaydi.boshchasi 60-100 nm ga teng. Faglarning bir necha tiplari aniqlangan. SHulardan dizenteriya faglari yaxshi o‘rganilgan. Faglar dumining uchida 6 qirrali bazal plastinka joylashgan bo‘lib, uning xar birida qisqa ninachasi bo‘ladi.Bazal plastinkalar va ipchalar faglarni bakteriyalarga yopishishini ta’minlaydi.

    Faglar xam viruslar kabi nuklein kislota va oqsildan tashkil topgan. Ko‘pchilik faglar DNK dan ayrimlari RNK dan tuzilgan. O‘zining tarkibi bo‘yicha nuklein kislatasi mikroblar nuklein kislotasidan farq qilmaydi. Ko‘pchilik faglarda DNK si ikki ipli, lekin ayrimlarida bir ipli bo‘lishi mumkin.

    Faglarning boshchasidagi kapsid va dumidagi oqsil tartibli ravishda joylashgan iplardan iborat bo‘lib, ular boshchasida kubik xolda, dumchasida spiral xolida joylashagan.Fag dumchasi tagida lizotsim joylashgan bo‘lib, u faglarning mikrob ichiga kirishida yordam beradi. DNK tutuvchi faglarning boshchasida bir molekula DNK joylashgan bo‘lib, u xalqa kurinishiga ega bo‘ladi va uzunligi virion uzunligidan bir necha barobar ko‘p, chunki u spiral xolda uchraganligi uchun boshchasiga sig‘adi. Boshcha ichida 3% miqdorida “ichki oqsil” bo‘lib, uning tarkibidagi poliamin fag DNK sining spirallanishida aloxida o‘rin tutadi, chunki u faqat mana shunday spiral xolidagina boshchasiga joylanishi mumkin.

    Fag antigenlari. Faglar antigenlik xususiyatiga egadirlar. Faglarni in’eksiya yo‘li bilan organizmga kiritilsa organizmda faglarga qarshi antitela xosil bo‘ladi, ya’ni antifagli zardob olinadi va bu zardob fagni erituvchanlik qobiliyatini yo‘qotadi. Faglar tipospetsifik va gruppa spetsifik antigenlarga ega. Tipospetsifik antigenlari bo‘yicha serotiplarga bo‘linadi.

    Faglar yuqori bosimga chidamli.Ampulada 5-6 xatto 13 yilgacha saqlanadi. Glitserinda uzoq saqlanadi. Ko‘pincha 65-70o da aktivligini yo‘qotadi. Past temperaturaga va mo’zlatishga chidamli. CHidamliligi bo‘yicha faglar bakteriyalarning vegetativ va spora xolining o‘rtasida joylashaga. 0,5% sulema eritmasi, 1% fenol eritmasiga chidamli. Kislotalarga chidamsiz.

    Faglarning bakteriya xujayrasiga ta’sir qilish mexanizmi.

    Bakteriyafagning ta’siri kulturaning yoshiga, bakteriyaning konsentratsiyasiga, fagning aktivliliga, bakteriyaning fagga chidamliligiga, oziq muxitining tarkibiga va boshqa ko‘p faktorlarga bog‘liq. Faglarning bakteriyalarga ta’siri ko‘pincha bakteriyaning erishi (lizis) bilan tugaydi, lekin ayrim xollarda, ya’ni abortiv xollarda bakteriya xayoti saqlanib qoladi. Bakteriya erib ketmaydi va nixoyat uchinchi xolatda lizogeniya xolatini kuzatish mumkin. Xujayraning bir qismi o‘lmay qoladi va bu xujayradagi faglar profaglarga aylanadi. Ular bakteriyani eritmaydi.bunday bakteriyalar shu faglarni uzoq vaqtgacha tashuvchilariga aylanadi va o‘zlarida shu faglarga nisbatan immunitet paydo bo‘ladi.

    Bakteriofaglar bakteriyalarga ta’siriga qarab virulent va o‘rtacha ta’sir qiluvchi guruhga bo‘linadi. O‘rtacha ta’sir qiluvchi fag tasirida bakteriyalarning bir qismi lizisga uchraydi, bir qismi esa yuqorida aytilganidek lizogeniya xolatiga uchraydi.

    Virulent faglarni bakteriyaga ta’siri bir necha soat ichida o‘tadi. Bunda quyidagi fazalar kuzatilidi.

    I. Adsorbsiya. Bakteriyalar dumchasida joylashgan retseptorlar yordamida bakteriya kletkasi tanasiga yopishib oladi. Adsorbsiyada muxit sharoiti , rN, to’zlar tarkibi va boshqa sharoitlarning axamiyati katta.

    II. Fagning mikrob xujayrasiga yorib kirishi. Adsorbsiyadan so‘ng fag va mikrob xujayrasining qobig‘i o‘rtasida murrakkab ximiyaviy jarayon ro‘y beradi va natijada fag dumchasining uchida joylashgan lizotsim yordamida bakteriya xujayraasi devorini eritib teshadi. Bakteriya xujayrasi ichiga fagning nuklein kislotasi quyilib kiradi.Nuklein kislotani o‘rab turuvchi g‘ilof esa tashqarida qoladi.

    III. Mikrob xujayrasi ichida fagning nuklein kislotasi va kapsid oqsili sintez qilinadi.

    IV. Fagning shakllanishi.Xosil bo‘lgan bo‘sh kapsidlar nuklein kislota bilan to‘ladi va etuk virionlar shakllanadi.

    V. Hosil bo‘lgan faglarni mikrob xujayrasidan tashqariga chiqishi natijasida bakteriya xujayrasining lizisi ro‘y beradi, bunda albatta lizotsim xam qatnashadi. To‘plangan lizotsimni bir qismi esa yangi xosil bo‘lgan virion tarkibiga kiradi va aglarni tashqariga chiqishiga yordamlashadi. Ayrim DNK tutuvchi ipsimon faglar, bakteriya xujayrasi ichida avval sitoplazmatik membranadan, so‘ng xjayra deoridan sizib o‘tadi va tashqariga chiqadila. Bunday xollarda bakteriya xujayrasining xayoti saqlanib qoladi, ya’ni erib ketmaydi.

    Faglar spetsifik xususiyatga ega, ya’ni xar biri o‘z mikrobini eritadi; dizenteriya fagi dizenteriya mikrobini eritadi. Lekin asta–asta doimiy uzoq, passaj davomida boshqa mikroblarni xam eritishga o‘rganishi mumkin.

    Bulonga ekilgan kulturalarga aniq bo‘lgan faglar o‘shiladi, termostatda 1 sutka saqlangandan so‘ng filtrlab olinadi. Olingan fagning tozaligi, sterilligi, zarasizligi va aktivligi tekshiriladi. Fagning titri belgilanadi.bakteriyalarni eritib yuboriladigan bakteriofaglarning eng ko‘p suyultirilgan miqdoriga bakteriofaglarning titri deyiladi. Bakteriofag titri teskari ishorada olingan tegishli darajadagi 10 raqami bilan ifodalanadi. Masalan; 10 6 shu fagning 1:1000 000 nisbatan suyultrilganda ta’sir etishini ko‘rsatadi. Meditsina praktikasi 10 7 va 10 8 titrlik bakteriofaglar ishlatiladi.amaliyotda monofag, difag va polifaglar mavjud.

    Amalda faglar diagnostikada, davolash, va profilaktik maqsadida ishlatiladi. Bakteriofaglarning o‘ta maxsusligidan ular bakteriya kulturasilarini fagotiplash va differensiatsiya qilishda foydalaniladi.


    Назорат саволлари

    1. Viruslarning hujayraga kirishi usullari haqida ma'lumot bеring?

    2. Virus DNK sining sintеzi uchun kеrakli qismlarni (komponеntlar) aytib bеring?

    3. Virus RNK si va uning sintеzi qanday amalga oshadi?

    4. Virus nuklеin kislotalarini sintеzida substrat bo`lib nima xizmat qiladi?

    5. Virus DNK si sintеzida ishtirok etuvchi fеrmеntlar va ularning vazifalarini aytib bеring?

    6. Virus DNK si sintеzidagi Noyob nuklеoitid, uni sintеzlashda ishtirok etuvchi fеrmеnt va uning tavsifi?
    Фойдаланилган адабиётлар


    1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

    2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

    3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

    4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

    5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

    6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

    7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.

    4.Мавзу: Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari

    Reja:



    1. O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida ma’lumot.

    2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.

    3. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari, oldini olish choralari.


    Tayanch iboralar: Fitopotogen, ризосфера зонаси, эпифит, Qatron (o‘mola), занг, CHirish , Kuydirish


      1. O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida ma’lumot

    Dorilarni tayyorlashda har xil o‘simliklardan foydalaniladi yoki ko‘pgina o‘simliklardan qaynatma, damlamalar tayyorlanadi. Dorivor modda va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart – sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar atrof muhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin.

    Lekin shuni hisobga olish kerakki, dorivor o‘simliklar xom ashyosida o‘z mikroflorasi ya’ni normal mikroflora va fitopatogen mikroorganizmlar ya’ni o‘simlik kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.

    O‘simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug‘larida, ildiz oldi sistemasida har xil bo‘ladi.

    Jonli (tirik) o‘simliklarda yashovchi va ularga zarar keltirmaydigan mikroblar, “epifit mikroflora” tushunchasiga birlashgan. YAngi kesilgan yaproq yuza qismida ko‘pincha 2 xil bakteriya aniqlandi:

    1)Bact herbicola aureum va

    2)Psevdomonas fluorescens

    Kam hollarda sporali bakteriyalar: Bac mesentericus

    Bac vulgatus

    Sporasiz - Bact putiodam, E coli va zamburug‘lar

    Bu mikroflora o‘simliklarda qaysi geografik zonadaligidan qat’iy nazar bo‘ladi.

    Bact herficola aureum – qisqa Gr(-) tayoqchalar bo‘lib, 2 ta polyar xivchinlari bo‘ladi. Go‘sht peptonli agarda yuzida shilimshiq bo‘lgan, tilla sariq rangli yumaloq koloniyalar hosil qiladi.

    Ps flureccens – polimorf, polyar xivchinli tayoqchalar bo‘lib, Gr(-). Zich ozuqa muhitida chetlari notekis bo‘lgan tiniq koloniyalar hosil qiladi.

    Tuproqda o‘simlik ildizi atrofida intensiv o‘sish zonasi bo‘ladi va mikroblar yuqori aktivlikka ega bo‘lib, bu qism rizosfera deyiladi.

    Rizosferaning sifat va miqdor tarkibi har bir o‘simlik turi uchun spetsifik bo‘ladi.

    Ko‘pincha sporasiz bakteriyalar va mikobakteriyalar uchraydi. Kam xollarda sporali bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar uchraydi. Tuproq mikroorganizmlari o‘simliklarga ijobiy ta’sir qilib, ular o‘simliklar uchun zarur bo‘ladi, ular bilan simbioz holda bo‘lishi mumkin yoki zararli ta’sir qilib, ularning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

    Tuproqdagi bakteriyalardan Ps fluoreccens, rizosfera zonasida joylashgan bo‘lib, o‘simliklarni infeksiyadan ximoya qilishda katta rol o‘ynaydi, ya’ni ular o‘simliklarni fitopotogen bakteriyalardan ximoya qiladi. Lekin aynan shu bakteriyalar o‘simliklarda jarohatlangan to‘qimalari orqali kirib, ularning chirishiga sabab bo‘ladi.

    O‘simliklarning mikroblar bilan ifloslanishi o‘stirish sharoitlariga, ularning balandligi va butunligiga bog‘liq bo‘ladi. Kulturali tuproq o‘simliklarida mikroblar, o‘rmon va gulzorlardagiga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Kuzda yaproqlarda bakteriyalar, bahordagidan ko‘p bo‘ladi. O‘simliklarning yuqori qismida joylashgan yaproqlarda mikroblar kam, pastki qismidagi yaproqlarda ko‘p bo‘lib, bunga sabab, pastki qismiga mikroblar tuproqdan yomg‘ir yog‘ganda sachrab o‘tishi xisobiga. Ayniqsa o‘simlik mikroblar bilan ko‘p ifloslangan bo‘ladi sug‘orish maydonlarida, axlatxonali joylarda, yoki avvaldan axlatlar to‘kilgan joylarda, mol boqiladigan yaylovlarda. SHu erda o‘sgan o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin.

    Kesilgan yoki yulingan o‘simliklarni darrov qayta ishlash, ishlov berilishi lozim, chunki ular mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Quritilgan o‘simliklarda mikroblar hayot faoliyati susayadi, ko‘pgina bakteriyalar nobud bo‘ladi.

    Fitopotogen mikroblar qo‘zg‘atuvchi o‘simliklardagi infeksion kasallanish ya’ni bakterial kelib chiqishiga ega bo‘lsa bakterioz deyiladi. Bakteriozlarga har xil chirishlar, bakterial dog‘lar, kuyish, nekroz, so‘lish va boshqalar kiradi. CHirishlar quruq va nam bo‘ladi, bunda o‘simlik xujayralarining yumshaganligi, xujayralarning parchalanishi yoki ma’lum bir qismining yoki butun o‘simlikning nobud bo‘lishi kuzatiladi.
    4.2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.

    O‘simliklarning kasalligini o‘rganuvchi fan – fitopatologiya fanidair.

    O‘simliklarning kasalliklari chaqiruvchi mikroorganizm katta ziyon keltiralilar, chunki ularning ta’sirida hosildorchilik pasayadi, ildiz, barg va o‘simlik tanasini zararlab, noyob o‘simliklarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib boradi. Dorivor o‘simliklarning bu holda uchrashi, bu o‘simlikning dori tayyorlash uchun ishlatib bo‘lmaslikka olib boradi. Er kurrasida bakteriya va zamburug‘lar o‘simliklarda kasallik chaqiruvchini sifatida keng tarqalgan bo‘lib, taro‘alishi o‘simlikning o‘sish zonasiga bag‘liq bo‘ladi.

    Mikroorganizmlar havo orqali tarqalib, atmosferaning turli qatlamlarida turli mikroorganizmlar bo‘ladi, suv orqali va o‘simlik urug‘lari orqali tarqalishi mumkin.

    Barcha mikroblar orqali tarqalayotgan kasalliklarni tarqalganliklariga qarab, shartli ravishda endemik va pandemik tarqalishiga ajratish mumkin. Endemik ma’lum bir geografik zonada tarqalish holatiga aytiladi.

    O‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning turi 310 dan ortiq bo‘lib, ular tayoqchasimon, kokklar, spiralsimon bo‘lib, grammlar kupchilik turlarini tashkil etadi. Fitopatogen mikrorganizmlarning ko‘pchiligi flurossensiya holatini chaqiruvchi bo‘lib, turli rangdagi (sariq, jigar rang) pigment hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen mikrorganizmlarning asosiy ozuqa manbai bo‘lib o‘simlik oqsiliva uglevodlar hisoblanadi, ular kraxmalni gidroliz qiladi, spirt va shakarni parchalash, sutni chiritmi, jelatinani eritishi, ammiak, indol hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen bakteriyalarning yashash faoliyatlari turlicha bo‘lib, ba’zi turlari tuproqda uzoq yashab, sovuqni, quyosh nurlarining ta’sirini va qurishga chidamli hisoblanadi. Umuman fitopatogen bakteriyalarni bir necha avlodga taaluqli hisoblab, ularga quyidagi turlar kiradi:



    1. Ervini-ervini

    2. Psevdomanus-psevdomanus

    3. Corinobacteria-korinobakteriya

    4. Acvobacteria-akvobakteriya

    Dorivor o‘sialiklardan tayyorlangan dorilar mikroflorasi o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lib, quyidagi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi:

    Xom ashyoning turiga, ozuqa tarkibiga.

    Dorivor mikroorganizmlar kimyoviy tarkibiga.

    Dorining tayyorlanish usuliga (qaynatma temperatura, bosim, ta’sir vaqtiga).

    Saqlanish usuliga.

    Dorixonalarning sanitar-gigienik holatiga.

    Dorivor o‘simliklarning kasalligini asosan 2 turga ajratish mumkin:

    O‘simlik tomirining jarohatlanishi natijada, butun tanasiga jarohatlanishi, bunda o‘simlik halok bo‘ladi.

    O‘simlik tanasining ma’lum bir qismini chegarali jarohatlanishi (yaproq, ildiz, shoh).

    O‘simlik kasalliklarini o‘ziga qaysi tarzda o‘tishi bilan bir necha xil turlarni bilishi mumkin:

    Qatron (o‘mola) yoki shilimshiq oqishi bilan o‘tuvchi kasalliklar. Buni zamburug‘lar, bakteriyalar chiqaradi, ba’zan bu holat yuqumli bo‘lmagan bakteriyalar chaqirishi mumkin. Bunga ignabargliklar va yaproq bargiga ta’sirchan bo‘ladi.

    CHirish protsess bilan boruvchi kasalliklar.

    CHirish xo‘l va quruq bo‘lishi mumkin. CHirish protsessida o‘simlikning ba’zi to‘qimalari bakteriyalar va zamburug‘lar yashash faoliyati natijasida bu protsessga uchraydi.

    Unli shudring – bu o‘simlikning bargida, shohlarida ipsimon zamburug‘lar ko‘payishi natijasida kesib chiqadi.

    Xiralashishi va qurishi. Bunda barglar, shoh va butoqlar sarg‘ayadi va quriydi.

    Kuydirish. Bunda o‘simliklarning guli, yangi shoh-butoqlari, bargi, mevalari bakteriya ta’sirida qorayadi va kuyadi. Bu kasallik asosan mevali daraxtlarda ko‘p uchraydi.

    Dog‘ hosil bo‘lishi. Buni asosan zamburug‘lar hosil qiladi.

    SHish hosil bo‘lishi. Bular qo‘zg‘atuvchilari fitobakteriyalar bo‘lib, o‘simliklarda shish hosil qiladi.

    Bundan tashqari o‘simliklarning kasalliklari yara, deformatsiya, barglarning moxlanishi kabi xolatlarini chiqarishi mumkin.

    O‘simliklarning jaroxatlanishi, faqat kasallik bakteriyalar ta’sirida bo‘lmay, balki simbioz natijasida mumkin. Masalan: zamburug‘lar bilan bakteriyalar simbiozda, bunday holatdagi kasallik o‘limga olib keladi.



    Fitopatogen mikroorganizmlarga yaqin hisoblangan zamburug‘larga mikorida hosil qiluvchi zamburug‘lar kiradi. Ular o‘zlaridan mikoriaza ajratadilar. Buni birinchi bo‘lib 1883 y. Kamenskiy F.F. aniqlagan. Bu turkumiga kiruvchi zamburug‘larga bazidomitsetlar, fikomitsetlar va tugallanmagan zamburug‘larga misol bo‘la oladi.

    Mikoriazani turli tuproqlarda uchratish mukin. Uning bo‘lishi turning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Mikoriazalar ko‘p miqdorga yozda kamlar miqdorida bahor va kuz oylarida kamroq bo‘ladi.

    O‘simliklarning fitopatogen mikroorganizmlarga chidamlikligini qanday saqlaydi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:


      1. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari, oldini olish choralari.

    Dori moddalar va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar atrofmuhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari o‘simliklarning o‘z mikroflorasi xam katta ahamiyatga ega: masalan, epifit (Erwinia herbicola, P. fluorescens) va fitopatogen (Erwinia, Pseudomonas, Coryhebacterium, Agrobacterium, aktinomitsetlar, ayrim zamburug‘lar). Axlatxona yoki avvaldan axlatlar tashlangan joylarda, shuningdek, sug‘oriladigan maydonlarda, mol boqiladigan yaylovlarda o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen mikroorganizmlar ham bo‘lishi mumkin.

    O‘simliklardan olinadigan dorivor xom-ashyolar bu mahsulotlarni yig‘ishtirib olish va tayyorlashning turli bosqichlarida — o‘simliklarni yig‘ish, dastlabki ishlov berish, quritish, yanchish-maydalash, maxsus idishlarga joylashtirish, shuningdek, standart holatda saqlanish chog‘ida xom ashyoni maydalash, dorivor kukunlarga aylantirish, briket, granul va tabletka holiga keltirish jarayonida ham urug‘lanishi mumkin.

    O‘simliklardan olingan dorivor xomashyolar avvalo saqlanish joyida namlikning belgilangan normadan oshib ketishi natijasida buziladi: namlik oshib ketsa, xomashyo tarkibida har xil zamburug‘lar, chirituvchi, sellyuzalarni parchalovchi bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar paydo bo‘ladi. Mikroblar degradatsiyasi o‘simlik farmakologik xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi va zaharli moddalarning hrsil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlar dorivor xomashyolarni zararlash orqali dori-darmonlarning xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. CHunki dorivor moddalardan ferment chiqishi, mikrobli og‘ular yoki pirogsnlarning hosil bo‘lishi natijasida ular o‘ta zaharli holatga kelib qolishi ham mumkin.

    Agar odamlar Staphylococcus, Rseudomonas, Salmonella va boshqa mikroorganizmlar bilan zararlangan tibbiy preparatlarni ists’mol qilsa, ularning tarkibidagi patogen mikroblar turli xil yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalar va xomashyolarning mikrob bilan zararlanishini tekshirib ko‘rishda quyidagi usuldan foydalaniladi.

    Dorixonalarda tayyorlanadigan dorn-darmonlar va tibbiy moddalarning mikroflorasi qapday bo‘lishi quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘ladi:

    1) xomashyo turi, uning tarkibidagi mikroorganizmlar uchun ozuqabop moddalarning miqdori yoki aksincha ulariing antimikrob faolligi, ilk zararlanish darajasi.

    2) dorivor xomashyo tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiati.

    1. Tayyorlash texnologiyasi (damlama, qaynatma, harorat, vaqt hajm va x. k.) saqlash shart-sharoitlari.

    4) Dorixonaning sanitariya-gigienik sharoitlari.
    Mikroorganizmlar turli yo‘llar bilan dori moddalarga tushishi mumkin. Masalan, mahsulotga suv yoki havo orqali o‘tishi, idishlar, dorixona xodimlarining qo‘llari, shuningdek, analiz noto‘g‘ri qilinganda, ayniqsa organoleptik tekshiruv chog‘ida xam o‘tib qolishi mumkin.

    Dori-darmonlar va dorivor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanishining oldini olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak:

    1. mikroorganizmlarga shikast etkazmagan holda ashyodan foydalanish;

    2. dori moddalar va xom ashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik qoidalariga rioya qilgan holda to‘g‘ri saqlash;

    3. tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan dori tayyorlash shart-sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfeksiya qilish, sterillangan idishlardan foydalanish va h. k.);

    4. xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to‘la-to‘kis tozaligiga, shuningdek, shaxsiy gigienaga rioya qilish;

    5. dori-darmonlar va dorivor xomashyolar qayta-qayta ishlatilganda ham zararlanmaydigan qilib, yaxshilab o‘ralgan bo‘lishi kerak;

    6. agar bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan dori mahsulotlari tarkibida bakteriyalarga chidamsiz moddalar mavjud bo‘lsa (qand, oqsil moddalar va h.k.), u holda bunday dorilarga konservant qo‘shilishi lozim.


    Назорат саволлари

    1. O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida ma’lumot.

    2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.

    3. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari.

    4. Dori-darmonlarning mikrob bilan zararlanishining oldini olish choralari.

    5. Dori-darmonlarning zararlanishini mikrobiologik nazorat qilish usullari.



    Download 2,06 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Viruslarni o‘stirish usullari va ozuqa muxitlari

    Download 2,06 Mb.