Фойдаланилган адабиётлар
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.
Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
5.Мавзу: Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi.
Режа:
Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi roli.
Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‘liqligi. Tuproq orqali tarqaladigan kasalliklar.
Havo mikroflorasi. Havo orqali tarqaladigan kasalliklar.
Inson tana normal mikroflorasi
Tayanch iboralar: . Polisaprob, Mezosaprob, Oligosaprob, Nitrosomonas, Nitrobacter, Psevdomonas.
Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi roli
Tabiiy sharoitda mikroblar uchun suv ma’lum bir holatda qulay muhit hisoblanadi. Suvning doimiy mikroflorasiga Pseudomonas Flusorescens, Micrococcus coradidus, Micrococcus agilus va boshqalar kiradi. Bundan tashqari, suvda ayrim zamburug‘lar, ekobakteriyalar, arxebakteriyalar, fotobakteriyalar, suv o‘tlari uchraydi. Anaerob bakteriyalar suvda juda kam uchraydi. Ochiq suv xavzalarining mikroflorasi uning ifloslanish darajasiga va unga tushadigan chiqindi suvlarning tozalanish darajasiga bog‘liqd
Mikroorganizmlar dengiz va okean suvlarida ham keng tarqalgan. Ularni har xil chuqurlikdan topishgan (3700-10000 m).Suvning ifloslanish darajasi, ya’ni suvda uchraydigan har xil mavjudodlar (hayvon va o‘simlik) yig‘indisi saproblik tushunchasi bilan belgilandi. Saproblikda 3 ta zona aniqlangan:
1. Polisaprob zona – eng kuchli ifloslangan zona bo‘lib, bunda kislorod kam, organik birikmalar ko‘p bo‘ladi. 1 ml suvda bakteriyalar soni 1000000 dan ko‘p bo‘ladi. bunda chirish va bijg‘ishda ishtirok etuvchi ichak tayoqchasi va anaerob bakteriyalar ko‘p bo‘ladi.
2. Mezosaprob zona – o‘rtacha ifloslangan zona, bu zonada organik moddalarning intensiv oksidlanishi va nitrifikatsiyalanishi orqali minerallanishi kuzatiladi. Bu zonada 1 ml suvda mikroblar soni 100 000 ni tashkil qiladi. Ichak tayoqchasining soni ancha kam bo‘ladi.
3. Oligosaprob zona – toza suv hisoblanadi. 1 ml suvdagi mikroblar soni bir necha 10 yoki 100 tani tashkil qiladi. Ichak tayoqchasi bo‘lmaydi. Ifloslanish darajasiga qarab suvda har xil patogen mikroblar bo‘lishi va bir muncha vaqt saqlanishi mumkin. Masalan, qorin tifi qo‘zg‘atuvchisi - 2 kundan 3 oygacha, shigellalar - 3-5 kundan, leptospiralar - 7 kundan-5 oygacha, vabo vibrioni - 25 kundanbir necha oygacha, tulyaremiya - 3 oygacha va h.k.
Agar 1 ml vodoprovod suvdagi mikrob soni 100 bo‘lsa yaxshi, 100-150 bo‘lsa shubxali, 500 va undan ortiq bo‘lsa ifloslangan hisoblanadi. Quduq va ochiq suv xavzalarida 1 ml suvda 100 ortiq mikrob bo‘lmasligi darajasi kerak. Suvning tozalik darajasi undagi E.Coli ning soniga qarab aniqlanadi.
Suvning axlat bilan ifloslanish darajasi koli-titr va koli-indeks orqali ifodalanadi. Bitta E.Coli topilgan suvning eng kam miqdori (ml) yoki chuqur moddaning grammi koli-titr deyiladi. Vodoprovod suvining koli-titri 300 dan kam bo‘masligi kerak. (300-500 bo‘lsa yaxshi hisoblanadi). 1 litr suvda yoki 1 kg tekshirilayotgan materialda E.Coli ning soni koli-indeks deyiladi. Ichimlik suvida koli-indeks 2-3 dan oshmasligi kerak. Suvning tozaligi bakteriologik usulda koli-titr va koli-indeksni aniqlash yo‘li bilan tekshirib turiladi.
5.2.Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‘liqligi. Tuproq orqali tarqaladigan kasalliklar.
Tuproq mikroflorasini o‘rganishda olimlardan V.V.Dokuchaev, P.A.Kostqchev, S.N.Vinogradskiy, V.R.Vilyams va boshqalarning qilgan ishlarining ahamiyati katta.
Tuproq prokariot va eokariotlarning yashashi va ko‘payishi uchun eng qulay ob’ektdir. Tuproqdagi organik va mineral birikmalarning tarkibini undagi mikroblar biotsenozini tashkil qiladigan bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar va bakteriyalar boshqarib turadi.Tuproq biotsenozida albatta yuqori turuvchi o‘simliklar, hashoratlar, hayvonlar alohida o‘rin tutadi.
Tuproqdagi mikroblar soni va turi doimo bir hilda bo‘lmasdan, ular tuproqning kimyoviy tarkibi, namligi, temperaturasi, Rn sharoiti va boshqa holatlariga bog‘liq bo‘ladi. namligi va ozuqa moddalari kam bo‘lgan ko‘mlik tuproqlarida 1 gr da 105 gacha, ishlov beriladigan tuproqlarida esa 108-109 gacha bakteriyalar bo‘ladi. Odatda 1 ga tuproqdagi tirik organizmlar soni 1 tonna gacha etadi. Bakteriyalarning eng ko‘p qismi tuproqda 5-15 sm chuqurligida bo‘ladi. 1,5 chuqurlikda esa kam bo‘ladi. Tuproqda har xil autotrof va geterotroflar, aerob va anaeroblar, termo-, lizo- va psixrofill bakteriyalar yashaydi. Bularning ichida erkin holatda yashovchi, azotfiksiya qiluvchi Azotobacter Lar, Nocardia va Clostridii larning ayrim turlari, dukkakli o‘simliklarning bakteriyalari - Rigobium Lar, nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar avlodiga kiruvchi Nitrosomonas, Nitrobacter, Psevdomonas va zamburug‘lar, denitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar Tiobacylus denitrificans, ammonifikatsiya qiluvchi bakteriyalar va boshqalar kiradi. Organik moddalarga boy bo‘lgan tuproqlarda ko‘p miqdorda aerob va anaerob bakteriyalar aktinomitsetlar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar bo‘ladi.
Tuproq mikrob biotsenozining o‘zgarishi uchun hosildorligiga, fasildagi temperatura va namlikning o‘zgarishiga bog‘liqdir. Hosildor tuproqlarda Achromobacteriaceae, Pseudomonodaceae, Bacillaceae va boshqa oilalarga kiruvchibakteriyalar ko‘proq bo‘ladi. Ular kuchli fermentativ xossaga ega bo‘lganliklari uchun tuproqning Rn ni kislotalik tarafga o‘zgartiradilar. Bu sharoitda esa sut achitqisi bakteriyalari, achitqilar mo‘g‘or zamburug‘lari va bakteriyalar yaxshi ko‘payadi va ular moddalarni yaxshi parchalaydilar. Natijada hosil bo‘lgan kiribnatlar muhit sharoitini neytrallanishiga va ishqoriy tarafga o‘zgarishga olib keladi. Natijada qishloq xo‘jaligi o‘simliklari yaxshi o‘smaydi. Undan so‘ng tuproqning tarkibidagi bakteriyalarning vegetativ formalarini soni kamayib ketadi, ya’ni ular o‘ladi, spora hosil qiluvchi bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar, sodda jonivorlarning sistalari esa ko‘payib ketadi. Biotsenozning bunday o‘zgarishi tuproqning tarkibidagi mikroblarning oqsilni ammiak va H2S hosil qilib parchalashi va ularni keyinchalik nitratlar vasulfidlariga oksidlanib, tuproqning kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga olib keladi. Bu holat esa tuproqda yangi biotsenozning hosil bo‘lishiga, ya’ni mikobakteriyalar, aktinomitsetlar, yuqori turuvchi zamburug‘larning ko‘payishiga olib keladi. Bunday hollarda sodda jonivorlarning faolligi oshadi va ular bakteriyalar va bakteriotsidlarni kamayishiga sabab bo‘ladi (ularni “eydi”). Tuproq har xil mineral o‘g‘itlarni solish, yuqorida ko‘rsatilgan biotsenozni izdan chiqarishi mumkin.
Tuproqqa har xil chiqindilar turli kasalliklardan o‘lgan odam va hayvon tanalari bilan patogen va shartli patogen mikroblar tushishi mumkin. Ko‘pchilik bakteriyalar odam va hayvonlarning siydik va pateslani bilan tushadi va ma’lum bir vaqtgacha saqlanadi. Ularning saqlanish muddati tuproq biotsenozdagi doimiy bakteriyalarning antagonistik xususiyatiga va tashqi muhit sharoitiga bog‘liq. Bakteriyalarning vegetativ formalari tezroq nobud bo‘ladi, ya’ni bir necha kundan bir necha oygacha. Sporalari esa bir necha o‘n yillab saqlanishi mumkin. M.V. Antracis, Cl. Tetani va boshqa.
Tuproqning sanitar-gigienik holati undagi termofil bakteriyalar holatiga va najas bilan ifloslanishi darajasiga bog‘liqdir.
Tuprofning shartli patogen va patogen mikroblar – esherixiyalar, salmonellalar, batsillalar, klostridiyalar bilan ifloslanishi katta epidemiologik ahamiyatga egadir. Asosan bir gr. tuproq tarkibidagi nitrobakteriyalar va enterobakteriyalar (Citrobacter, Entetobacter), Str. Fecalis, Cl. Perfringens lar soni aniqlanadi. Bunda sitrobakter va enterobakteriyalar tuproqning eskidan ifloslanganligi, E.Coli va Str.Fecalis – yangi ifloslanganligi, Cl. Perfringens esa juda eski ifloslanganligini bildiradi, ya’ni laboratoriya tekshirish usuli bilan tuproqdagi koli-titr va perfringens
5.3. Havo mikroflorasi. Havo orqali tarqaladigan kasalliklar.
Havodagi mikroblar juda hilma-hil va ularning soni ko‘p faktorlarga bog‘liqYA’ni, havoning mineral Sa organik birikmalar bilan ifloslanishiga, temperaturaga, yog‘ingarchilikka, yilning fasliga, namlikka, geografik joylanishishiga va boshqalarga bog‘liq.
Havoda chang, qurum qanchalik ko‘p bo‘lsa, mikroblar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tog‘li joylarda, o‘rmonlarda, dengiz va okeanlar ustidagi havoda mikroblar soni kam bo‘ladi. Havoga mikroblar tuproqdan, o‘simliklardan, hayvon organizmidan tushadi. Havoda ko‘pincha pigment hosil qiluvchi saprofitlar (meningokokklar va sarsinalar) sporalik bakteriyalar (B.cerius, B. Megaterium) aktinomitsetlar. Mo‘g‘or va achitqi zamburug‘lari va bakteriyalar uchraydi. 1 m3 havodagi mikroblar soni har xil bo‘ladi.
Havo mikroflorasini shartli ravishda doimiy, ya’ni tez-tez uchraydigan va almashinib turadigan bakteriyalarga bo‘lish mumkin. Havoning doimiy mikroflorasi, asosan tuproq mikroflorasi hisobiga shakllanadi, ko‘proq turli xil pigment hosil qiluvchi kokklar, spora hosil qiluvchi batsillalar, antinomitsetlar, zamburug‘lar, viruslar bo‘ladi. Pigment hosil qiluvchi bakteriyalar o‘zining tarkibidagi karotinoidlar hisobiga quyosh nuriga ma’lum darajada chidamli hisoblanadi va ularning havoda uzoq vaqt saqlanishini ta’minlaydi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, bu bakteriyalar xatto havoda ko‘paya oladi.havoda tuproq-chang zarralari kamaysa, havo bir muncha tozalanadi. SHuning uchun 500 metr balandlikdagi 1x3 havoda bor yo‘g‘i 1000 ta mikrob uchraydi. Toza havo ko‘pincha tog‘, o‘rmon va ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda bo‘ladi, chunki daraxt, ko‘kat va ular bag‘rida chang ushlanib qoladi. Patogen va shartli patogen mikroorganizmlar, kasal odam yoki hayvonlar, shuningdek, bakteriyalar tashuvchilardan havoga tomchi aerozollari ko‘rinishida tushadi.
Havo mikroflorasini aniqlash usullari.
Sedimentatsiion usul (Kox) 2 ta oziqli agar quyilgan Petri kosachasi ochiholda60 min. Davomida stol ustiga qo‘yiladi. So‘ng 370S datermostatga joylashtiriladi. 2 la kosachalardan o‘sib chiqqan koloniyalar soniga qarab natija chiqariladi. 250 dan kam koloniya usib chiqsa, havo toza hisoblanadi, koloniyalar soni 250-500 ta bo‘lsa, havo o‘rtacha ifloslangan, agar 500 dan ortiq bo‘lsa nihoyatda ifloslangan bo‘ladi. 2-usul aspiratsion yoki Krotov usuli. Bu havodagi mikroblar sonini aniqlashda juda ham aniq usul hisoblanadi. Havo apparat yordamida ekiladi. Krotov apparatiga havo ma’lum tezlikda oziqli agarli kosachaga yopib turgan pleksiglas plastinkaning tor yorig‘idan surilib uriladi. Bunda mikroorganizmlarga ega bo‘lgan aerozol zarrachalari bir tekis agar yuzasiga joylashadi, chunki kosacha yorig‘ining tagida doimiy aylanib turadi. Termostatga quyilgandan so‘ng formula bo‘yicha mikrob soni hisoblanadi.
X=ax1000 V
A-kosachada hosil bo‘lgan koloniyalar soni;
V-apparat orqali surib o‘tkazilgan havoning hajmi;
1000 tekshiriluvchi xonaning o‘rtacha hajmi.
Havodagi sanitar-ko‘rsatkichli mikroblarni aniqlashda oziqli agardan, gemolitik streptokokklar uchun esa gensian binafsha qo‘shilgan qonli agardan foydalaniladi. Keyinchalik koloniyalar mikroskop ostida ko‘riladi. Gumon qilingan koloniyalar esa qaytadan qonli agarga ekiladi. Staph aureus havoni tuxum sarig‘ini tuzli agariga ekish usuli bilan ajratib olinadi. Kasalxona ichida tillarang stafilokokk paydo bo‘lganda tekshirishlar infeksiya manbaini tarqalish yo‘llarini aniqlashga qaratiladi.
5.4. Inson tana normal mikroflorasi
Inson hayotini birinchi kunidan boshlab juda ko’p son-sanoqsiz mikroorganizm vakillari bilan favqulotda aloqada bo’lib turadi. Ona bachadonida homila steril bo’ladi. Bola tug’ilishidan boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora shakllanadi Turli bakteriyalar va mikrohayotning boshqa vakillari chaqoloqning terisi va shilliq qavvatlari bilan kontakda bo’ladi.Bularning ba’zilari organizm uchun patogen bo’lsa, bularga qarshi organizm kurashishi zarur, boshqalari esa organizm bilan uzviy aloqada (simbioz) yashab, foyda keltiradi, ko’pchiligi esa kommensal xisoblanib organizmga na foyda keltiradi na ziyon. Inson organizmidagi asosiy mikroorganizmlar makroorganizm xisobiga yashaydi u bilan juda yaqin uzviy aloqada bo’lib odamning hayot faoliyatida juda muhim vazifalarni bajaradi. Sog’lom odamlarda uchrovchi mikroorganizmlar yig’indisi odamning normal mikroflorasini yoki mikrobiosenozini tashkil qiladi. “Normal mikroflora” termini asosan sog’lom odam organizimidan doimo va ko’proq topiladigon mikroblar yig’indisiga aytiladi. Normal mikroflora asosan odamlarning terisida va tashqiy muhit bilan bevosta aloqada bo’lgan organlarida ( yuqori nafas yo’llari, oshqozon ichak sistemasi, siydik tanosil organlari) uchraydi va shu organlarda mikroorganizmlarning ma’lum biotoplarini, mikrobiosenozini shakillantiradi. Har bir odam bitopida uchrovchi mikroorganizmlar o’zlarining tarkibi va miqdori jihatdan boshqa biotoplardan tubdan farq qiladi. Eng kam mikroorganizmlar terida uchraydi va organizmning umumiy mikroorganizmlarga nisbatan 2% tashkil qiladi, 9% gacha urogenital traktga, 15-16 % halqum –og’iz bo’shlig’iga to’g’ri kelsa 60-70 % oshqozon ichak traktida uchraydi. Mikroorganizmlarga eng boy organlar og’iz bo’shlig’i, qin va yo’g’on ichak xisoblanadi. Chaqaloq mikroflora bilan tug’ilmaydi, mikrobiosenozlar bolalarning hayoti jarayonida shakillanadi. Ona bachadonida homila steril bo’ladi. Bola tug’ilishidan boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora (onaning tug’ish yo’llari, terisi, suti, tashqi muhit – havo, tuproq oziq ovqatlar mikroflorasi xisobiga) shakillanadi.
Me’yoriy ichak mikroflorasining holatiga endogen va ekzogen omillar doimiy ravishda ta’sir etib turadi. Ekzogen omillarga klimatogeografik, ekologik, kasbiy-maishiy sharoitlar va boshqalar kiradi. Endogen omillariga esa somatik kasalliklar, organizmning turli biotoplardagi shartli-patogen bakteriyalar keltirib chiqaruvchi kasalliklar, tug’ma immun tanqisliklar va b. kiradi. Oxirgi vaqtlarda mikrofloraning buzilishi, immun va asab tizimidagi kasalliklar bilan birgalikda namoyon bo’lishi kuzatilmokda.
Fiziologik sharoitda ichak shilliq qavati bioplenka - bakterial glikokaliks bilan qoplangan bo’lib, uning tarkibida mikroblarning ekzopolisaxaridlar matriksi va shilliq qavat qadahsimon hujayralarning musini mavjud. Bu plenkaning qalinligi 1-10 mikron bo’lishiga qaramasdan, undagi indigen flora mikrokoloniyalarining miqdori bir necha yuz-mingtani tashkil qilib, bu plenka ichidagi bakteriyalarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi boshqa bakteriyalarga nisbatan o’n, yuz marotaba yuqoridir.
Normal ichak mikroflorasi 450 dan ortiq mikroorganizmlardan tashkil topib, hujayin organizmining metabolizmida va ichakda kolonizasion rezistentlikni shakllanishida ishtirok etadi. Ichakning mikroblar to’plami makroorganizmda moddalar almashinuvi jarayonlarining holatini aniqlaydi, bir tomondan, biologik faol birikmalarni zararsizlantirib, hazm bo’lmagan ozuqa moddalarini o’zlashtirsa, ikkinchi tomondan V gurux vitaminlarini, vitamin K, nikotin, folin va askorbin kislotalarni, ayrim fermentlarni sintezlaydi.
Makroorganizmning immunobiologik reaktivligini shakllanishida mikrofloraning muhim o’rni e’tirof qilinadi, buning natijasida organizmda umumiy immunoglobulinlar mikdori boshqariladi. Shunday qilib, me’yoriy ichak mikroflorasining o’ziga xos - himoya, modda almashinuv, immun faollashtiruvchi vazifalari aniqlangan va ularning birortasining izdan chiqishi metobolizmning buzilishiga, natijada mikronutrientlarning -vitaminlarning, mikroelementlarning, mineral moddalarning yetishmovchiligiga, hamda immun holatning pasayishiga, bu esa makroorganizm a’zo va tizimlarida qaytmas jarayonlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Inson mikroflorasida dominant mikroorganizmlar hisoblangan spora hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalarni ajratib olishda, material olib, ekishgacha bo’lgan vaqtda bu mikroorganizmlar O2 ning letal ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Shuning uchun bemor najasi transportirovkasida rezina tiqinli probirkalardan foydalaniladi. Vaginal material maxsus transport oziq muhiti hisoblangan – tioglikol oziq muhiti solingan rezina tiqinli probirkada olib kelinadi. Ma’lumki, material olinib, ekishgacha bo’lgan vaqt 2 soatdan oshmasligi kerak.
Laboratoriyaga olib kelingan najasning chukur kismidan 1 g tortib, vaginal suyuqlik bo’lsa 1 ml olamiz va 9ml bufer eritmasida aralashtiriladi. Bu ham aerob, ham anaerob bakteriyalarning bir tekis tarqalishi va ularning tirik saqlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu eritmalarni 101 dan 1010 darajasigacha suyultiriladi va ularning har biridan tegishli oziqa muhitlariga turli aerob, hamda anaerob mikroorganizmlarni ajratib olish uchun ekiladi (22-jadval)
Anaerob bakteriyalar normal ichak mikroflorasining 98-99% ni, aerob flora esa 1-2% ni tashkil qilishini hisobga olinib, ularni o’stirishda kimyoviy modda tutadigan gaz paketchalari joylashtirilgan mikroanaerostatdan foydalanish mumkin(anarob bakteriyalarni ajratib olish usullariga qaralsin).
Gr(-) spora hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalar natriy-azid qo’shilgan qonli va bakteroidlar uchun agarlarda o’stiraldi. Inkubasiya vaqti 350C da 72 soat Bu oziq muhitlarda bakteroidlar yaxshi o’sadi. Bakteroidlar kulrang, to’q jigarrang, qora koloniyalar hosil qilib, shakli - grammanfiy polimorf tayoqcha, spora hosil qilmaydi, katalaza manfiy. Bakteroidlar qatiy anaerob hisoblanib, anaerostatlarda 2-4 kun o’stiriladi.
Gram (+) qat’iy anaerob bakteriyalar “Blourokko” va “Hime-dia” firmasining “Bifidobakteriyalar uchun agar” oziq muhitlarida 37,50-380S da 48 soat anaerob sharoitda o’sadi. Bifidobakteriyalar disk ko’rinishdagi koloniyalar hosil qiladi. Bu agarda boshqa anaeroblar ham o’sishi mumkin. Shuning uchun koloniyalardan surtma tayyorlanib ko’rildi.
Назорат саволлари
Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi roli.
Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‘liqligi. Tuproq orqali tarqaladigan kasalliklar.
Havo mikroflorasi. Havo orqali tarqaladigan kasalliklar.
Inson tana normal mikroflorasi.
4, Inson tana normal mikroflorasi
Фойдаланилган адабиётлар
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.
Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
6,мавзу:Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari.
Режа:
Infeksiya, infeksion jarayon tugrisida tushuncha.
Infeksion kasalliklarning qo’zgatuvchilari, mikroorganizmlar ning xarakteristikasi.
Infeksion kasalliklarning yukish yullari.
Tayanch iboralar:
6.1 Infeksiya, infeksion jarayon tugrisida tushuncha
Mikroorganizm bilan xujayin organizmi urtasidagi murakkab 5aro ta’sir jarayonini «infeksiya» termini bilan belgilanadi. Bu — mikroorganizm bilan patogen mikroblar uzaro ta’sirining x,ar k;anday shaklini uz ichiga oladigan biologik xrdisadir. Organizmning normal fiziologik funksiyal_arini izdan chikaradigan infeksion jarayon infeksion kasallik shaklida namoyon b^lishi mumkin. Bunday kasallikning klinik manzarasi muayyan kuzgatuvchi keltirib chikaradigan kasalliklar uchun xarakterli buladi. Vaboning klinik manzarasi chin chechak kasalligidan, brutsellyozning klinik manzarasi tulyaremiyadan, toshmali tifning klinik manzarasi k;orin tifidan boshkacha buladi. Infeksion kasallik ba’zan engal, atipik yoki turli kasalliklarga }sshab ketadigan, bilinmas formalarda namoyon buladi. Infeksion jarayon kasallikning kuzga kurinib turadigan klinik belgilarini bermasligi xam mumkin. Infeksiyaning yashirin formalari deb ana shunga aytiladi. Va, nixoyat, kasallik kuzgatuvchisining xujayin organizmiga kirishi kasallikning klinik belgilarini keltirib chik;armasdan, tashuvchanlik (difteriya bilan meningitda bakteriya tashuvchanlik, vaboda vibrion tashuvchanlik va x- k.) xolatiga olib keladi.
Odam organizmi bilan mikroblar urtasida muayyan uzaro munosabatlar buladiki, bularni mutualizm, kommensalizm va parazitizm deb ta’riflash mumkin.
Mutualizm (latincha mutuus — ^zaro degan suzdan olingan)—ikkita organizmning bir-biriga foyda keltirib birga yashashidir. Masalan, usimliklar orasida — suv utlar bilan lishayniklarni xosil kiluvchi zamburuglarning, tuganak bakteriyalari bilan dukkakli ^simliklarning birga yashashi. Odam ichagida birga yashaydigan foydali mikroorganizmlar vitamin V gruppasi sintezida ishtirok etuvchi ichak tayokchalari va ichakdagi chirituvchi- mikrofloraning antagonisti bulmish sut achituvchi bakteriyalardir.
Kommensalizm (fransuzcha commensal — xamtovok degan suzdan olingan) — birga yashovchi organizmlar bir-biriga ziyon etkazmaydigan uzaro munosabatlardir. Masalan, odatda odam terisi va shillik pardalarida, shuningdek organizm bushlikdarida yashaydigan patogenmas stafilokokklar, turli tayokchalar, aktinomitsetlar singari mikroorganizmlar.
Parazitizm (yunoncha parasitos —tekintomok, tekinxo‘r degan sozdan olingan) bir turdagi organizmning bosh^a organizm xisobiga oziqslanib, unga ziyon-zax,mat etkazadigan uzaro munosabatlarini bildiradi. Parazit mikroblar odam va xayvonlarda uchraydigan infeksion kasalliklar kuzgatuvchilarining katta gruppasini tashkil etadi. Mikroorganizmlarning parazitlik xususiyatlari, aftidan, tirik organizmda yashashga uzok moslashib borish natijasida vujudga kelgan. Tabiiy tanlanish natijasida mikroorganizmlar ularni saprofit ajdodlaridan ajratib turadigan yangidan-yangi belgilarni kasb etgan. Tirik organizm parazit mikrob uchun doimiy makon, tabiiy yashash
muxiti bulib kolgan. Mana shu muxit ta’siri ostida mikroblarning ba’zilari xujayinning xujayralari va tukimalaridagi xar xil komponentlardan ozik muxiti tarikasida foydalanishga imkon beradigan yangi ferment sistemalariga ega bulib kolgan. Bopщa mikroorganizmlar, masalan, viruslar uz ferment sistemalarini batamom yukotib kuygan. Ularning xayot faoliyati va kupayishi uzi moslashib, adaptatsiyalanib kolgan organizm xujayralariga boshidan-oyok boglik.
Xar bir parazit mikrob evolyusiya jarayonida yukori darajali organizmlarning bir yoki bir necha turida yashashga moslashib kolgan. Parazit mikroblarning ba’zilari, masalan, kizamik virusi, dizenteriya 1/ kugatuvchilari, vabr vibrioni, tif salmonyollalari fakat odam organizmida parazitlik kilishga moslashgan. Boshka xillari odam organizmida xam, xayvon organizmida xam yashashi mumkin: toun kuzgatuvchisi, brutsellalar, sil mikobakteriyalari shular jumlasidandir. Uchinchi xillari —^ tovuk vabosi, chuchka saramasi kuzgatuvchilari fakat xayvonlar organizmida yashashga moslashib olgan.
Odam va xayvonlarda kasallik keltirib chikaradigan mikroorganizmlar patogen mikroorganizmlar deb atalsa (yunoncha pathos — dard, alam, genos — tugilish, paydo bulish degan suzlardan olingan), ularning kasallik keltirib chikarish xususiyati patogenlik deb ataladi. YAna odamning terisi, shillik pardalari va organizmidagi bushliklarida yashovchi shartli patogen mikroorganizmlar gruppasi xam bor. Bular muayyan sharoitlarda, organizmning karshiligi susayib kolgan (charchash, yolchib ovkatlanmaslik, ogir ish, xronik kasalliklar, temperatura rejimining buzilishi natijasida) t'jdirdagina kasalliklarga sabab bulishi mumkin. Ba’zi saprofitlar xam patogen bulib kola oladi. Masalan, botulizm kuzgatuvchisi tashki muxitda saprofit bulib yashaydi. Bu mikrob ozik-ovkat maxsulotlariga, xususan konservalarga tushib kolsa, kupayib, shu kadar zaxarli toksin chikara boshlaydiki, uning arzimas mikdori xam juda kattik zaxarlanishga sabab buladi.
Infeksion kasallikni keltirib chikaradigan mikroorganizmlar patogenlik. virulentlik. spetsifiklik va organotroplik xossalariga egadir. Patogenlik yoki kasallik paydo kilish xususiyati infeksion kasalliklar kuzgatuvchilarining turiga xos belgisi b^lib, nasldan naslga utnb boradi. YUkorida aytib zshshganidek, patogenlik fakat ma’lum mikroorganizm va xujayini urtasidagi jteapo munosabatlarni xarakter l aydi. Masalan, kizamik virusi yoki vabo vibrioni odam uchun patogen va xayvonlar uchun patogen emas.
Koramol touni (ulati) kuzgatuvchisi odam uchun patogen emas. Patogenlik tushunchasi parazitarlik tushunchasiga Karaganda ancha keng. YUkorida kursatib utilganidek, saprofit mikroblar kayot faoliyatining maxsulotlari, toksinlari (botulizm, kokshol, gazli gangrena kuzgatuvchilari) odam organizmiga tushib kolsa, parazitlik kilib yashamaydigan saprofit mikroblar patogen bulib kolishi mumkin.
Patogen mikroblarning eng xarakterli belgisi ularning spetsifikligi, ya’ni xar bir patogen mikrob organizmga tushib, unda kupayganida ma’lum bir infeksion kasallikni keltirib chikarish xususiyatidir. Kasallik fakat shu kuzgatuvchi xususidagina organizmning ximoya xossaparini uziga xos, ya’ni spetsifik tarzda kaytadan uzgartirish bilan birga davom etadi.
Patogen mikroblar spetsifiklikka ega bulibgina kolmay, balki organotroplikka xam egadir. Kupchilik mikroorganizmlar — kasallik Kuzgatuvchilari uchun ma’lum organ va tukimalarni k^prok shikastlantirish xususiyati xarakterlidir. Masalan, ichak mikroblari: vabo vibrioni, dizenteriya bakteriyalari, tif salmonellalara ichak shillik pardasini, bezgak parazita jigar xujayralari va eritrotsitlarni, gripp virusi nafas yullarining shillik pardalarini, chechak virusi teri va shillik pardalar epiteliysini shikastlantiradi.
Turli mikroblarning patogenligi keng doirada uzgarib turishi mumkin. Bir turga mansub mikroblarning ayrim shtammlari kasallik keltirib chikarishi jixatidan xar xil darajadagi kuchga ega bulishi mumkin. Mikrobning xar xil darajadagi patogenligi virudentlik deb ataladigan buldi. Patogen mikroblar turli shtammlarining virulentligi moyil "xayvonlarning ulimiga sabab bula oladigan eng kam mikdor mikrob xujayralari yoki zaxarli maxsulotlariga karab belgilanadi. YUksak darajadagi patogenlikka ega bulgan virulent mikroblar atigi bir nechta xujayra mikdorida sezgir xayvonga yuborilganida uning ulimiga sabab bula oladi. Kam virulent mikroorganizmlardan necha yuz millionlab xujayrasi xayvonlarga yuborilgandagina, ular usha xayvonlarning ulimiga sabab buladi. Mikroblarning xayvonni ulimga olib boradigan mikdori uldiradigan minimal yoki minimal detal doza: dosis letalis minima (LDm) deb ataladi.
|