• Фойдаланилган адабиётлар
  • 8. Мавзу:Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar Режа 8.1
  • 8.4.вакциналар тайёрлаш ва талабалар. Tayanch iboralar: irsiyat haqida tushuncha
  • MUTOGENLAR
  • ZIGOTA-MEROZIGOTA
  • 8.3 Anatoksinlar. Zardoblar Anatoksinlar
  • Vaksinalar ma’lum bir talablarga javob berishlari kerak
  • 8.4.вакциналар тайёрлаш ва талабалар.
  • 10. Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm Режа
  • Tayanch iboralar: 10.1 SALMONELLEZLAR QO‘ZG‘ATUVCHILARINING UMUMIY XARAKTERIYATIKASI.
  • 11. мавзу:Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakterii, , mikobakterii ) Режа
  • Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi
  • Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти




    Download 2,06 Mb.
    bet14/24
    Sana31.12.2019
    Hajmi2,06 Mb.
    #6723
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24

    Назорат саволлари

    1. . Immunitet va uning turlari.

    2. Organizm nospetsifik ximoya omillari.

    3. Antigenlar va ularning xossalari.

    4. Antitelalar va ularning turlari.

    5. Organizmdagi T-va V- sistemaning xususiyatlari..

    Фойдаланилган адабиётлар


    1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

    2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

    3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

    4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

    5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

    6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

    7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.



    8. Мавзу:Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar

    Режа

    8.1 mikroorganizmlar genotipi va fenotipi

    8.2 genetik rekombinatsiyalar

    8.3 Anatoksinlar. Zardoblar

    8.4.вакциналар тайёрлаш ва талабалар.
    Tayanch iboralar:
    irsiyat haqida tushuncha

    Oxirgi bir necha o‘n yilliklar ichida mikroorganizmlar genetikasini o‘rganishda nihoyatda ko‘p va buyuk yangiliklar kashf qilindi. Mikroorganizmlar genetikasi ustida olib borilgan ishlar shuni ko‘rsatdiki, mikroblarni hamma xossalarini ham o‘zgartirish mumkin ekan, ya’ni morfologiyasi, antigen xususiyati, bioximik, virulentlik xossalari va hokazo. Bu o‘zgarishni turli xil faktorlar ta’sirida chaqirish mumkin.

    Irsiy belgilar asosan DNK da joylashgan bo‘ladi. Bitta oqsil yoki peptidni hosil bo‘lishini kuzatib turuvchi DNK molekulasiga GENOM deyiladi. Genda hujayraga tegishli bo‘lgan butun belgilar (mujassamlashgan) bo‘ladi. Mikroorganizmlarda genlarni DNK ning makromolekulasida yoki xromosomalarida joylashganligi isbotlangan. Genetik material yana xromasomadan tashqaridagi elementlarda – plazmidalarda ham saqlanishi mumkin. Ular protoplazmada joylashgan bo‘ladi. Mikroblar yoki viruslar hujayrasi genlarningyig‘indisi Genotipni tashkil qiladi. Gen yoki genotipni kichik xarf + belgilarini qo‘yib belgilaymiz. YAna sezgir bo‘lsa S sezgir, chidamlilik bo‘lsa CH, masalan, streptomitsinga sezgir bo‘lsa kichik xarflar bilan Str s. chidamli bo‘lsa Str. Bakteriyalar fenotipini ham xuddi shu tarzda, faqat katta xarflar bilan belgilaymiz. Mikroorganizmlardagi avlodga fenotipik tarzda o‘tmaydigan bir yoki bir necha belgilariga MODIFIKATSIYA deymiz. Bu holda mikrobni shakli, hajmi, bioximik xususiyati, patogennnnnlik, antigenlik belgilari o‘zgarishi mumkin. Lekin bular FENOTIPIK xarakterga ega bo‘lib, genlar ta’sirida bo‘lsa ham ularni o‘zgartirmaydilar, ya’ni genotipga ta’sir qilmaydi va bu o‘zgarish belgilari kelgusi avlodga o‘tmasdan yo‘qolib ketadi.

    Modifikatsiya mikroorganizmlarni, o‘zgaruvchan bo‘lgan tashqi muhit sharoitiga moslanish reaksiyasidir. Bu reaksiyalar mikroblar hayotini saqlanishiga yordam beradi va ta’sir qilib turuvchi faktorlarning yo‘qolishi bilan birgalikda yo‘qolib ketadi, ya’ni kelgusi avlodga o‘tmaydi. Masalan, nestabil formaning xossalari ham yaxshi sharoitga tushganida yo‘qolib ketadi. Demak, modifikatsiya qisqa yoki uzoq muddatli bo‘ladi. Lekin bir necha avloddan keyin u xossalari baribir yo‘qoladi. Lekin ayrim hollarda stabil formalar genotip o‘zgarish natijasida ham hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin, bu holda u avlodga doimiy o‘tgan bo‘ladi.

    Mutatsiya (o‘zgarish) ikki xil bo‘ladi: to‘satdan (spontan) hosil bo‘ladigan, bunda DNK polimerazaning, DNK replikatsiyasi vaqtida xatoga yo‘l qo‘yganligi natijasida to‘satdan vujudga keladi, ya’ni ta’sir qiluvchi kodrovannыy determinant bo‘lmaydi, o‘z-o‘zidan vujudga keldi.

    INDUTSIRLASHGAN mutatsiyalarda, eksperiment sharoitda ma’lum bir fizik yoki ximiyaviy ta’sir natijasida o‘zgargan gammalar olinadi. Genotipik yokixromosomalik mutatsiyalar farqlanadi. Induktiv mutatsiyani chaqiruvchi ximiyaviy birikmalar yoki fizikaviy faktorlarga MUTOGENLAR deyiladi. Ular DNK ga har xil ta’sir qilishi mumkin, ya’ni mexanizmi har xil bo‘ladi.

    GENETIK REKOMBINATSIYALAR

    YUqori turuvchi organizmlar singari, mikroorganizmlar uchun ham genetik rekombinatsiya xosdir. Ma’lumki eukariotlar uchun jinsiy ko‘payish xosdir. Prokariotlarda bu xol kuzatilmaydi. Mikroblarda rekombinatsiya retsepient kletkaga, donor kletka xromasomasining bir qismini kirishi natijasida to‘liq bo‘lmagan ZIGOTA-MEROZIGOTA hosil bo‘ladi. Bu rekombinat genotipi, o‘ziga donor xromasomalarning (DNK) bir qisminigina olgan retsepient genotipidir. SHuning uchun ham bu protsessni aniqlash bir muncha qiyindir. Genetik materialni bir mikrob hujayrasidan ikkinchisiga o‘tishi TRANSFORMATSIYA, TRANSDUKSIYA va KONYUGATSIYA yo‘li bilan o‘tishi mumkin.


    TRANSFORMATSIYA

    Bu – genetik materialni (DNK) donordan retsepientga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishidir. Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida DNK donor, ikkinchisida DNK retsepient bo‘ladi. Lekin hamma hujayralar ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish xususiyatiga ega bo‘lgan hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi. Ulardagi kompetnentlik holati qisqa muddatli bo‘lib, hujayraning o‘sish davridagi (ko‘payish) ma’lum bir vaqtda bo‘ladi, ko‘pincha u bakteriya ko‘payishining – fazasida bo‘ladi. YA’ni bu vaqtda hujayra devorining o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lib DNK molekulasini kirishiga qulay sharoit bo‘ladi. Hamma bakteriyalar ham kompetentlik xususiyatiga ega bo‘lavermaydi. Transformatsiya holatini chaqirish uchun ba’zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta’sirida ishlanib, hujayra devorini o‘tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya protsessi bir necha fazada o‘tadi.



    1. DNK donorni retsepietga adsorbsiyasi.

    2. Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi.

    3. Donor DNK sini retsepient xromasomasining o‘ziga o‘xshash qismi bilan birlashib rekombinatsiya hosil qilishi. DNK lar qanchalik ko‘p o‘xshash bo‘lsa, rekombinatsiya shunchalik tez va yaxshi bo‘ladi.


    TRANSDUKSIYA

    Genetik materialni bir akteriyadan ikkinchisiga fag orqali o‘tilishi TRANSDUKSIYA deyiladi. Uch xil transduksiya bo‘ladi: nespetsefik, spetsefik va abort formasi.

    NESPETSEFIK TRASNDUKSIYA. Bu holda fag vibrionlari hosil bo‘lish jarayonida bakteriya donor DNK sining qandaydir bir qismi hosil bo‘layotgan fag DNK siga kirib qoladi va qisman informatsiyani o‘tkazadi, ya’ni transduksiya qiluvchi fag bir bakteriyadan ikkinchisiga faqat genetik materialni o‘tkazuvchi bo‘libgina qoladi va kulturani lizis qilaolmaydi, ya’ni donor DNK si bakteriya xromasomasiga joylashadi.

    SPETSIFIK TRANSDUKSIYA. Avvalgisidan farqli o‘laroq bu holda donor DNK si retsipientga ma’lum bir genni to‘liq o‘tkazadi va DNK retsipient xromasomasi bilan mustahkam bo0lanadi.

    ABORTIK TRANSDUKSIYA. Bu holda donor DNK si retsipient hujayrasiga kiradi, lekin uning xromasomasi bilan bog‘lanmasdan erkin holda turaveradi. Hujayra bo‘linishi vaqtida bu DNK faqat bitta yangi qiz hujayraga berilishi mumkin, natijada kelgusi avlodda yo‘q bo‘lib ketadi.

    KONYUGATSIYA

    Genetik materialni donor hujayrasidan retsipient hujayrasiga birikishi chatishish yo‘li bilan o‘tishidir. Bu holda bakteriyalar birga o‘stiriladi. Donordagi genetik material F faktorga ega bo‘ladi, (fertihy - pushtililik) buni G+kletkasi F faktorga ega bo‘lmagan bakteriyalar hujayrasi genotipi donor bo‘laolmaydi, ularning G-hujayra deb belgilaymiz. Jinsiy faktor konyugatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan PLAZMIDALAR guruhiga kiradi va ma’lum massaga ega bo‘lgan (64. 106) DNK xalqasidan tashkil topgan bo‘ladi. F – plazmida jinsiy kiprikchalar (F) ni sintezini nazoratqiladi, bu kirpikchalar donor va retsipient hujayrasini birlashishida, shu bilan birga DNK dan tashqarida bo‘lgan genetik materialni o‘tkazishda qatnashadi.



    PLAZMIDALAR

    Demak, plazmidlar xromasomadan tashqaridagi genetik (irsiy) elementlardir: ya’ni DNK molekulasidagi xromasomaga bog‘liq emas: replikatsiya xususiyatiga ega replikatsiyada qatnashadi. Plazmidalar bakteriya hujayrasi tarkibidagi doimiy elementlar tarkibiga kirmaydi. Amma ular muhim protsesslarda qatnashishi mumkin – genetik ma’lumotlarni konyugatsiya orqali o‘tishida antibiotiklarga sezgirligi va hokazo. Plazmidalar konyugatsiyalanuvchi va konyugsiya bo‘lmaydigan guruhga bo‘linadi. konyugativ plazmidalarga DNKni donordan retsipientga konyugatsiya orqali o‘tkazuvchi F SO-plazmidalar kiradi. Ikkinchi kletkadan kletkaga konyugatsiya usuli bilan gen belgini o‘tkazish xususiyatiga ega emas. Ona hujayraning bo‘linishida yangi qiz hujayralarda bir tekisda taqsimlanadi. R-plazmidalar bakteriyadagi antibiotiklarga chidamlikni belgilaydi.



    GEN INJENERIYASI

    Patogen bakteriya va viruslarni genetikasini o‘rganish immunoprofilaktika ishiga katta ahamiyatga ega. Ayniqsa gen (irsiy) yoki genlik injeneriya – yangi irsiy elementlar ishlab chiqishi bular orqali maxsus ma’lumotni kletkalarga o‘tkazish, avlodga berish va h.k. gen injeneriya asosida tashkil qilingan yangi genlik strukturasida DNKni yangi rekombinatlari yangi 2 takomponent. VEKTOR (tashuvchi) replikatsiyadagi hamma xususiyatlarni yangi rekombinat molekulasiga o‘tkazadi. Vektor sifatida plazmidalar, faglar, hayvonlar viruslari, xullas DNKning berk xalqasiga ega bo‘lgan elementlar kiradi. Ikkinchi begona DNKni hosil qiluvchi DNKni klonlashtiruvchi – bu DNK-fermenti bo‘lib, kerakli genlarni tashiydi, kerak moddalarni sintezlaydi va nazorat qiladi.

    Gen injeneriya usuli bilan hozirgi vaqtda rekombinat molekalalar olingan bo‘lib, bular kerakli moddalarni, sintez qiluvchi genlarni tashiydi.
    YUqumli kasalliklarni oldini olish va davolash uchun vaksina va zardoblar juda ahamiyatli hisoblanadi. Vaksinalar – organizmga yuborilganida uni kasallikdan saqlab qoladigan preparatlar. Vaksinalar tayorlanishiga qarab 1) o‘ldirilgan mikroblardan olingan vaksinalar-mikrobga temperatura, ximiyaviy moddalar ta’sir etirilib mikrob hujayrayrasini emirish orqali antigen olinadi. Bularga qorin tifi, vabo, ko‘kyo‘tal kaaslliklari vaksinalari kiradi; 2) tirik, lekin zaiflashtirilgan virulentligi pasaytirilgan tirk mikroblardan tayyorlangan vaksinalar kiradi. Mikroblarni o‘sishi va ko‘payishi uchun nokulay sharoit, xayvonlarga qayta-qayta yuborish natijasida olinadi. Hozirgi vaqtda Sil (BSJ), brutsellyoz, tuleremiya, gripp, poliomielit profilaktikasi uchun ishlatiladigan vaksinalar shular jumlasidandir.

    8.3 Anatoksinlar. Zardoblar

    Anatoksinlar - ekzotoksinlarni zararsizlantirsh orqali olinadi. 0,1% formalin va temperatura ta’siri orkali tayyolanadi. Difteriya, qoqshol, botulizm anatoksinlari va ilon, o‘simlik zaxarlariga qarshi anatoksinlar ishlatiladi.

    Zardoblar - tayyor maxsus immun antitelolar-immunoglobulinlardir. Davolashda va kasal bilan kontaktda bo‘lgan odamlarga engil kasallanib o‘tishi uchun xam yuboriladi. Antitoksik immun zardoblar sog‘lom hayvonlar, (ot, quyon. dengiz cho‘chqachasi) organizmiga mikrob yuborish orqali olinadi.

    Gamma-globulinlar qon zardobining oqsil fraksiyasi bo‘lib, yuqumli kasalliklarni profilaktikasi va davosida ishlatiladi. YUqumli kasalliklarni oldini olishda asosiy metodlaridan biri aktiv sun’iy immunitetni vaksina yordamida hosil qilishdir.

    Vaksina (lotincha-sigir) so‘zidan olingan bo‘lib, ushbu atamani tibbiyotga olingan bo‘lib, L. Paster XIX asrda kiritgan. Kasalliklarni mexanizmlarini tushinmasalar ham ko‘pgina xavfli yuqumli kasalliklarga, ilon, chayon, zahariga qarshi emlashni qo‘llab kelishgan. SHunday qilib, ma’lum qo‘zg‘atuvchiga yoki toksinga qarshi hayot davomida orttirilgan sun’iy aktiv immunitetni keltirib chiqaruvchi preparatga vaksina deyiladi. Vaksinalar ma’lum bir talablarga javob berishlari kerak:

    1. YUqori immunogenlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni mustahkam va uzoq saqlanuvchi maxsus immunitet hosil qilishi kerak.

    2. Organizmga umuman xavfsiz bo‘lishi.

    3. Salbiy ta’siri bo‘lmasligi karak.

    4. To‘g‘ri saqlanganda o‘zinig immunogenlik xususiyatini mustahkam saqlashi kerak.

    5. Xalqaro standart talablarga javob berishi kerak.

    Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlarni shtammlaridan tayyorlanadi, bunday shtammlardan avirulentligi va yuqori darajada immunogenligi bilan farq qiladi. Bunday shtammlar maxsus oziq muhitlarda qulay sharoitda bir necha marotaba qayta ekilib o‘stiriladi va doimo nazorat qilib turiladi. Masalan, bakteriyalar selektiv oziq muxitlarida o‘stirilsa, rikketsiya va viruslar tovuq embrionida va hujayra kulturasida ko‘paytiriladi. Ko‘pgina vaksinalar maxsus apparat yordamida liofil usul bilan quritiladi, bunday quritilgan vaksinalarni asosiy biologik xususiyatlari tiklanib qolgan holda uzoq muddatgacha xona haroratida saqlash mumkin. Vaksinalar tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi bo‘yicha bo‘linadi.

    1. Tirik vaksinalar-mikroorganizmlarni avirulent shtammlaridan tayyorlanadi.

    2. O‘ldirilgan vaksinalar yoki korpuskulyar vaksinalar.

    3. Kimyoviy vaksinalar.

    4. Anatoksinlar.

    5. Sun’iy vaksinalar.

    6. Gen injeneriyasi bilan tayyorlangan vaksinalar.

    7. Autovaksinalar.

    Bu vaksinalarni virulentligi kamaytirilgan yoki to‘liq yo‘qotilgan bakteriyalar va viruslardan tayyorlanadi. Tirik vaksinalar tarkibidagi tirik mikroorganizmlar emlangandan keyin organizmda ko‘payadi, simptomsiz (latent) infeksiya keltirib chikaradi. Bularga qarshi hosil bo‘lgan sun’iy aktiv immunitet tabiiy aktiv immunitetdan farq qilmaydi. Bular mustahkam, davomiy ya’ni uzoq davom etadi, ba’zida umrboqiy immunitetni keltirib chiqaradi.

    Poliomilit, qizamiq, sariq lixaradka, tulyaremiya, brutsellyoz, epidemik parotit, sil va boshqa kasalliklarda qo‘llanadi. Ingliz vrachi E.Djenner 1796 yilda birinchi bo‘lib tirik vaksinani kashf etdi va uni odamlarni chin chechak qo‘zgatuvchisidan himoya qilish uchun foydalandi. Emlash uchun sut sog‘uvchi ayollarni qo‘lidagi pufakchalar ichidagi yiringdan oldi. Sigirlar chechagi virusi odam chin chechak virusi bilan bir xil antigenlarga ega bo‘lgan, lekin sigir chechagi virusini virulentligi past. Tirik vaksinalarni olishda yana boshqa usullar ko‘llaniladi, ya’ni patogen bakteriya va viruslarni nokulay sharotlarda o‘stirishdir. Noqulay sharoitlarga tushgan mikroorganizmlarda spontan mutatsiyalar boshlanadi. Populyasiyadagi mutantlar ichidan avirulent turlari ajratib olinib alohida ko‘paytiriladi, lekin bu shtammlarni antigenlik va immunogenlik xossalari saqanib qolishi kerak. SHu usul bilan L.Paster qutirishga, Kal’met va Geren silga, Smorodinsev va CHumakovlar poliomielitga qarshi tirik vaksinalar tayyorlagan.

    1. Ular organizmni sensibilizatsiyasini oshirib yuboradi.

    2. Katta to‘plamdagi antigen tutuadi.

    3. Organizmni immun sistemasiga katta nagruzka chaqiradi.

    4. Ba’zi bir viruslarni tirik vaksinali shtammlari og‘ir persistent infeksiyalarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi, bunda xujayrani genetik apparatini shikastlaydi.

    5. Vaksinani qisqa vaqt saqlanishi.

    6. Immun tankislik kasalliklari bilan kasallangan odamlarda har xil asoratlar berish mumkin.

    YUqori immunogenlik, past virulentlik xususiyatiga ega bo‘lgan shtammlar tanlab olinib fizik va ximik omillar yordamida o‘ldirilib vaksina olinadi. Agar suspenziya yuqori xarorat ta’sirida olinsa, uni «qizdirilgan vaksina», spirt ta’sirida «spirtli», fenol ta’sirida «fenolli vaksina» deyiladi.

    1. bir necha antigenlardan foydalaniladi.

    2. xafsizligi.

    3. tez tayyorlash mumkinligi.

    4. uzoq vaqt saqlanishi mumkinligi.
    1. Mikroorganizmlarning to‘liq o‘lganligini nazorat qilish.

    2. Immun sistemaga katta nagruzka.

    3. Organizm sensibilizatsiyasini oshiradi.

    4. Tarkibidagi lipidlar va boshqa ximiyaviy qo‘shilmalar hisobiga toksigenlik xususiyatiga ega bo‘lishi.

    5. Immuniteti past organizmda har xil asoratlar berishi.

    Ximiyaviy usullar yordamida bakteriya xujayrasidan yuqori darajadagi immunogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan antigenlarni ajratib olib tayyorlanadi. Patogen mikroorganizmlarni protektiv va virulent antigenlardan foydalaniladi. Masalan: qorin tifi Vi va O antigenlaridan va qoqkshol anatoksini adsorbsiya qilingan vaksina. Bunda bakteriya antigenlari va qoqshol anatoksini alyumin gidrooksidiga adsorbsiya qilinadi. Kimyoviy vaksinalarni immunogenlik xususiyatini oshirish uchun ad’yuvant, ya’ni yordam beruvchi moddalar qo‘shiladi. Masalan: alyumin gidrooksidi, alyumin fosfat iva boshqalar.


    1. Uzoq muddat saqlanadi.

    2. Organizmni sensibilizatsiya qilish xususiyatiga ega.

    3. Asoratlari qolmaydi.

    4. Bir necha antigenlarni birlashtirib assotsiatsiya qilingan vaksina tayyorlash mumkin. Toshmali tifda, vaboda, qorin tifida, grippda qo‘llaniladi.

    Anatoksinlar.

    Kasallik patogenezida ekzotoksinlar asosiy rol o‘ynaydigan mikroblar ko‘paytiriladi va ularni ekzotoksinlari sof holda ajratib olinadi. Ushbu ekzotoksinlarga 0,3-0,5 % li formalin qo‘shib 38-40 o S da 30 kun davomida termastatada saqlanadi. Buni natijasida toksin o‘zini zaxarlik xususiyatini yo‘qotadi, ammo antigenlik va immunogenlik xossalari saqlanib qoladi. Anatoksinlarni 1923 yilda fransuz olimi Roman ximiyaviy yo‘l bilan formalin ta’sirida oladi. Anatoksinlar oziq muhit tarkibidagi oqsillardan tozalanadi. Anatoksinlar bilan emlanganda patogen mikroorganizmlarga qarshi emas, balki toksinlarga qarshi immunitet xhosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan antitelalar ekzotoksinlarni neytrallaydi. Stafilokokklarga, difteriya, qokshol, botulizm kabi kasalliklarga qarshi qo‘llaniladi.



    8.4.вакциналар тайёрлаш ва талабалар.

    Autovaksinalar.

    Bular kasal organizmdan ajratib olingan mikroorganizmlardan tayyorlanadi, faqat shu bemor uchun davolash maqsadida ishlatiladi. Autovaksinalar ko‘pincha surunkali kasalliklardan davolashda foydalaniladi, masalan: surunkali stafilokokkli infeksiyalarni davolashda.

    Vaksinalar monovaksina, divaksina, chin chechak, sil, qutirish, bo‘g‘ma-qoqshol anatoksini polivaksina ko‘rinishida bo‘ladi. AKDS vaksinalar organizmga:

    1. Teri ostiga-(qorin tifi).

    2. Og‘iz orqali-(poliomielit).

    3. YUqori nafas yo‘llari orqali (gripp).

    4. Teri ustiga (Perke).

    5. Muskul orasiga.

    6. Aerazol yuboriladi.

    Emlash bir marta, ba’zi kasalliklarda bir necha marta qayta yuborilishi mumkin - buni revaksinatsiya deyiladi. Vaksinalar odam organizmida sun’iy aktiv immunitetni doimiy qoldirsa, bazilari qisqa muddatga qoldirishi mumkin. Emlash quyidagi xolatlarda mumkin emas.

    1. Tana xarorati yuqori bo‘lgan bemorlarda.

    2. YAqin orada yuqumli kasallik bilan kasallangan bo‘lsa.

    3. Og‘ir kechadigan surunkali infeksiyada.

    4. YUrak xastaligida.

    5. Xomiladorlik vaqtida.

    6. Boshqa a’zolar xastaligida.

    7. Immun tanqislik xolatlarida.

    1974 –yilda Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash tashkiloti rezolyusiya qabul qiladi, bunda immunizatsiyani keng qo‘llash dasturini ishlab chiqdi. SHuni aniqlashdiki, agarda emlashni qo‘llanilmasa har yili 5 mingdan ortiq bola nobud bo‘lar ekan. 1990 yildan immunizatsiyaning kengaytirilgan dasturi asosida 1 yoshgacha bolalar albatta quyidagi kasalliklarga qarshi emlanishi kerak: sil, qizamiq, ko‘kyo‘tal, qoqshol, poliomielit, difteriya.
    Immunoterapiya.

    Immunoterapiya immun zardoblar va vaksinalar yordamida infeksion kasalliklarni maxsus davolash usulidan biri hisoblanadi.


    Seroterapiya-immun zardoblar yoki immunogobulin preparatlar bilan infeksion kasalliklar davolash usullariga aytiladi. Bu preparatlar maxsus antitela tutib, bu antitela ma’lum bir qo‘zgatuvchiga va toksinlaga qaratilgan bo‘ladi. Seroterapiya asosan kuchli ekzotoksin ishlab chiqargan qo‘zgatuvchilar uchun effektiv xisoblanadi. Masalan, difteriya, qoqshol, botulizm, gazli gangrena. O‘z vaqtida yuborilgan antitela toksinni neytrallaydi va uni ta’sirini to‘xtatadi.

    Vaksinaterapiya.

    Vaksinalar faqat profilaktika maqsadida emas, balki davolash maqsadida xam qo‘llaniladi. Masalan, anatoksinlar, mikrob toksinlaridan vaksinalar qo‘llaniladi.

    1. Surunkali kasalliklarda.

    2. Retsediv beruvchi infeksiyalarda.

    3. Tabbiy immunitetni juda sekinlik bilan hosil qiluvchi qo‘zg‘atuvchilarga.

    4. Mustahkam immunitet keltirib chiqarmaydigan infeksiyalarga qo‘llaniladi.

    Vaksinoterapiyada standart davolovchi vaksinalar yoki kasaldan ajratib olingan mikrob shtammiga tayyorlangan vaksina (autovaksina) qo‘llaniladi.

    Desensibilizatsiya.

    esensibilizatsiyaning 2 tipi tafovut qilinadi.

    1. Antigenni qayta yuborish natijasida vaqtinchalik kasallik keltirib chiqarish xususiyati pasaytiriladi.

    2. Gipersensibilizatsiya-bu yuqori sezuvchanlikni davolash usuli bo‘lib, allergenlarni ko‘p marotaba oshirib boruvchi dozalarda yuborilganda antitela sintezini stimulyasiyasi oshadi. Bu asosan Ig G va IgM sinfiga talluqli bo‘lib Ig E sintezini to‘sib qo‘yadi, chunki bu immunoglobulin allergiyani keltirib chiqaradi.



    Immunoprofilaktika.

    Immunoprofilaktika-bu yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish bo‘lib, buni asosan immunizatsiya yo‘li bilan su’niy maxsus immunitetni hosil qiladi.

    Organizmda hosil bo‘ladigan sun’iy immunitet 2-xil bo‘ladi.

    1. Aktiv sun’iy immunitet-mikrob antigeni, ya’ni vaksinadan keyin hosil bo‘ladi.

    2. Passiv suniy immunitet-organizmga maxsus antitela tutuvchi preparatlar yuborish Bilan (immun zardoblar, gamma globulinolar) sun’iy passiv immunitet hisoblanadi.

    Immunoglobulin preparatlari kasal bo‘lib tuzalagandan keyin ,yoki maxsus immunizatsiya qilingan odam va hayvon qon zardobidan olinadi.



    Immun zardoblar.

    Immunoglobulin zardob profilaktika, davolashda va diagnostikada ishlatiladi.

    1. Davolash uchun-zaxmda.

    2. Diagnostikada-patogen mikroorganizmlarni identifikatsiyasida.

    Zardob bo‘linadi;

    1. Toksinga qarshi.

    2. Mikrobga qarshi.

    Bu zardoblar immunoglobulin ko‘rinishida bo‘ladi. Odam qonidan tayyorlanagan Ig qizamiqqa, poliomielitga, ko‘kyo‘talga, virusli gepatitga, chin-chechak, suv chechak kasalliklariga profilaktika maqsadida ishlatiladi. Bularga –albumin, protein kabilar ishlatiladi. Bular surunkali yiringli kasalliklarda ishlatiladi.

    Immun zardobni, ya’ni tarkibida maxsus antitelalar bor zardobni otlarga va boshqa hayvonlarga antigenni ko‘p marta yuborib immunizatsiya qilinadi. Otdan olingan zardob oqsilining tarkibi odam zardobidagi oqsillarga yakin, shu sababli odamlarga yuborilganda allergik reaksiyalar kam beradi. Dastlab hayvonlarga antigenning kam dozasi teri ostiga yuboriladi, keyin asta-sekin dozasi oshirib boriladi. Bezredka usuli.

    Davolash va profilaktika uchun ishlatiladigan immun zardoblar tozalangan, konsentratsiya qilingan holda chiqariladi. Ularni sulfat ammoniy bilan fraksiyalarga ajratib, ultratsentrafuga yordamida elektroforez bilan globulinlarni bo‘ktirilgan va keraksiz oqsillardan tozalanadi. Bunday zardoblar sifatli bo‘lib, davolash hamda profilaktika xususiyatlari yaxshi, tarkibida keraksiz okqsillar kam, shu sababli ular organizmga zaxarali va allergik ta’sir etmaydi.



    Назорат саволлари

    1. Bakteriyalarning genetikasi, uni o‘rganishni fanni o‘rganishdagi ahamiyati.

    2. Mikroorganizmlarning o‘zgaruvchanligi. O‘zgaruvchanlik tushunchasi.

    3. Bakteriyalardagi o‘zgaruvchanlikni yuqumli kasalliklarni profilaktikasini ishlab chiqarishdagi ahamiyati.

    4. Bakteriyalardagi irsiy almashinuvi.

    5. Genetik rekombinatsiya.

    Plazmidalar, ularning xossalari. Gen injeneriyasi
    Фойдаланилган адабиётлар


    1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

    2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

    3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

    4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

    5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

    6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

    7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.



    9. Мавзу:Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar).
    Режа

    1. Patogen kokklarning taksonomik o‘rni.

    2. Grammmusbat va grammanfiy bakteriyalarning umumiy xarakteristikasi.

    3. Grammmusbat va grammanfiy bakteriyalarning o‘stirilishi, toksigenligi.

    4. Ularni keltirib chiqaradigan kasalliklari.

    5. Grammmusbat, grammanfiy bakteriyalarning laboratoriya diagnostikasi va profilaktikasi.

    Tayanch iboralar:

    9.1 Patogen kokklarning taksonomik o‘rni.

    Patogen kokklarning guruhiga ko‘pgina yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi va Shizomycetes sinfiga kiruvchi mikroorganizmlar kiradi. Patogen kokklarga streptokokklar, stafilokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar kiradi. Odam organizmida kokklar har xil simbioz holatda bo‘ladi. Terida, shilliq qavatlarda, nafas yo‘llarida streptokokk va stafilokokklarning saprofit va shartli patogen turlari, burun-xalqumda meningokokklar, ichakda enterokokklar (axlat streptokokklari) uchraydi. Organizmning qarshilik kuchi pasayganda, teri yoki shilliq qavat butunligi pasayganda, ular organizm to‘qimalariga kirib kasallik chaqiradi. Patogen kokklarning organotropik xususiyati hammasida ham bir xil emas. Bu xususiyat gonokokk, meningokokk, pnevmokokklarda kuchliroq, stafilokokk va streptokokklarda bu kuchsizroq namoyon bo‘ladi.

    Kokklar Enteriobacterialis tartibiga, Micrococaceae, Lactobacillceae va Neisseria oilalariga mansubdir. Kokklar turli xususiyatlarga ega bo‘lib, bir-birlaridan to‘qimalarining joylashishi, gram usulida bo‘yalishi, nafas olishi bioximik aktivligi va patogenlik xususiyatlari bilan farq qiladi.

    Grammusbat kokklar. STAFILOKOKKLAR.

    Turli klinik formadagi stafilokokklik infeksiyani chaqiruvchi kokklarga Misrococeceae sinfiga Staphylococcus oilasiga kiruvchi Staphylococcus aureus va Staph. epidermidis kiradi. Stafilokokklarni birinchi bo‘lib 1878 yilda R. Kox topgan, L. Paster 1880 yilda yiringdan ajratib olgan. 1884 yilda F. Rozenbax ularni batafsil o‘rgangan.

    MORFOLOGIYASI: Stafilokokklar sharsimon shaklga ega bo‘lib, diametri 0,8-1.0 mkm. Bittadan yoki uzum shingili shaklida joylashgan bo‘ladi. Yiringdan tayyorlangan surtmalarda qisqa zanjir yoki juft holda joylashgan bo‘lib ko‘rinadi. Turli fizik, ximik va biologik omillar ta’sirida stafilokokklar o‘z shakllarini o‘zgartirib, yirik sharsimon yoki juda mayda hattoki filtrdan ham o‘tib ketadigan kichik shakllarda ham bo‘lishi mumkin. Xarakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi.

    O‘STIRILISHI: Nafas olishiga ko‘ra fakultativ anaerob. Oddiy oziq muhitlarida o‘sadi, muhit rN 7,2-7,4, t – 37oC , o‘sish diapazoni 10-45oS. Uy temperaturasida, kislorod va yorug‘lik etarli bo‘lganda stafilokokklar tillarang, oq, limon rang yoki boshqa pigmentlarni hosil qiladi. Pigmentlar suvda erimaydi. Ular spirt, benzin, atseton, xloroform va lyugolda eriydi.

    GPA (go‘sht peptonli agar)da qavariq, chetlari tekis, diametri 1-4 mm li koloniya hosil qilib o‘sadi. Koloniyaning rangi mikrob ishlab chiqargan pigmentga bog‘liq bo‘ladi. Stafilokokklar S koloniyalardan tashqari R, J, L koloniyalar ham hosil qilib o‘sishi mumkin.

    GPB (go‘sht peptonli bulon)da bir tekisda loyqa hosil qilib, so‘ngra cho‘kmaga tushib o‘sadi.

    Jelatinaga ekilganda, 1-2 sutkadan so‘ng ekilish yo‘nalishi bo‘yicha jelatinani suyultiradi. Qonli agarda gemoliz zonasini hosil qiladi.

    FERMENTATIV XOSSASI: Proteolitik va saxarolitik fermentlarni hosil qiladi. Indol hosil qilmaydi, jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi. Nitratlarni nitritlarga qaytaradi, ureaza, katalaza, fosfataza, ammiak, H2S hosil qiladi. Glyukoza, levuloza, maltoza, laktoza, saxaroza, mannit, glitserinlarni kislota hosil qilib parchalaydi. Argininni parchalaydigan arginaza fermentini ham hosil qiladi.

    TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qiladi. Toksin letal (o‘lim), gemolitik va nekrotik ta’sir qilish xususiyatiga ega. Stafilokokklarning bulondagi kulturalarida enterotoksin mavjud bo‘lib, ular oshqozon ichak traktiga tushganda ovqatdan zaharlanish holatini keltirib chiqarishi mumkin. Patogen stafilokokklar leykotsitlarni parchalovchi leykotsidni hosil qiladi. Leykotsidin suyak ko‘migi leykoblastlarni va nerv hujayralarini ham halok qilishi mumkin va yana qon zardobini ivitadi. Uning bu xususiyatidan stafilokokklarni differensiyasiya qilishda foydalaniladi. Qondagi fibrinlarni eritib yuboruvchi fibrinolizin hosil qiladi. Gialuronidaza fermentini esa biriktiruvchi to‘qimalar tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini parchalaydi. Stafilokokklar hosil qiladigan koagulaza, fibrinolizin, letsitinaza, gialuronidaza, dezoksiribonukleaza, proteinaza va fosfotazalar agressiv xususiyatli fermentlar guruhiga kiradi. Jumladan, letsitinaza odam, quyon, qo‘y eritrotsitlarining tarkibiga kiruvchi letsitinni parchalaydi. Stafilokokk kulturasida bo‘ladigan antikoagulyant qonning ivishiga qarshilik qiladi, gemaglyutinin esa quyon eritrotsitlarini bir-biriga yopishtirib qo‘yadi. Virulent stafilokokklar leykotsitlarning fagotsitar aktivligini yo‘qotadi. Stafilokokklar hosil qilgan barcha mahsulotlar (toksin, ferment va b.) termostabil bo‘lib, 80-90oS gacha qizdirishga chidaydi. Patogen stafilokokklarda bir necha hil toksinlar qayd qilinadi – b (alfa), v (betta)-gemolizinlar, shuningdek g (gamma), delta-gemolizinlar.

    Stafilokokk toksinlarini 0,3-0,5 % formalin eritmasida, 37oS da 7-28 kun saqlansa u anatoksinga aylanadi va parenteral yo‘l bilan organizmga yuborilsa, spetsifik antitoksin hosil bo‘ladi.

    ANTIGEN TUZILISHI: Stafilokokk kulturasini kislotali va ishqoriy muhitda ushlab, so‘ng undagi oqsilni TXUK (trixloruksusnaya kislota) yordamida ajratib tashlash yo‘li bilan polisaxarid A va V larni ajratib olish mumkin. Bunda A polisaxaridi patogen, V esa nepatogen stafilokokklardan olinadi. Ular kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi.

    Antigenlarni agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, gemmagglyutinatsiya reaksiyalari yordamida aniqlanadi.

    HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI. Patogen stafilokokklarga otlar, yirik shaxli qoramol, mayda shoxli mollar, cho‘chqalar, laboratoriya hayvonlaridan esa oq sichqonlar, quyonlar, mushukchalar sezgir bo‘ladi.

    PATOGENEZI VA ODAMLARDA KASAL CHAQIRISHI: Organizmga stafilokokklar havo-chang va havo-tomchi holida kiradi. Organizmda limfatik to‘qimalardan o‘tib septitsemiya holatini chaqiradi. Kasallikning patogenezida bakteriyaning toksini ham, o‘zi ham ahamiyatga molikdir. SHuning uchun ham stafilokokklik kasalliklarni toksikoinfeksiya deb qarash mumkin. Kasallikning kelib chiqishi organizmda immun sistemaning holatiga ham bog‘liq. Patogen stafilokokklar teri va teri osti to‘qimasining jaroxati bilan kechadigan ko‘pgina kasalliklarni chaqiradi. Bularga piodermiya, gidroadenit, absess, panaritsiy, bleforit, furunkul, karbunkul, periostit, osteomielit, dermatit, ekzema, pnevmoniya, piodermiya, peritonit, meningit va boshqalar kiradi. Ayniqsa bolalarda uchraydigan stafilokokkli sepsis va pnevmoniya og‘ir kasallik bo‘lib hisoblanadi. Patogen stafilokokklar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, tvorog, sqr, tortlar, pirojniylar, muzqaymoq va b.) isteemol qilinganida ovqatdan zaharlanish, ya’ni kuchli intoksikatsiya holatini kuzatish mumkin. SHuni aytib o‘tish kerakki, stafilokokklar antibiotiklarga juda tez chidamlik bo‘lib qoladilar.

    IMMUNITETI: Odam organizmi stafilokokklarga birmuncha chidamlidir. Kasallikdan so‘ng qonda antitoksinlar, pretsipitinlar, opsoninlar, agglyutininlar topiladi. Alfa antitoksinning bo‘lishi esa immunitet darajasini belgilaydi.

    LOBORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Stafilokokklar avlodini asosan 3 ta turi ko‘proq uchraydi: St. Aureus, St. Piodermitis, St. Saprophiticus.

    Qo‘zg‘atuvchilarning fagodiagnostikasi spetsifik faglar yordamida olib boriladi. Tekshirish uchun quyidagi materiallar olinadi: yiring, qon, shilliq qavatlaridan ajratilgan shilimshiq, balg‘am, siydik, qusuq moddasi, oshqozon chayindisi, axlat va ovqat mahsulotlari (sыr, tvorog, sut, pirojniy, tort, krem va b.).

    Yiring qonli agar va kristall violet qo‘shilgan GPA ga va qonli bulonga ekiladi. Ajratilgan sof kulturaning morfologik, kultural va bioximik xossalari, gemolitik aktivligi, plazmokoogulyasiya va gialuronidaza xususiyatlari tekshiriladi. Quyonlarda esa virulentligi aniqlanadi. Buning uchun quyon terisi ostiga 4 mln. Miqdorda stafilokokk yuboriladi. Ovqatdan zaxarlanish hollarida ajratilgan kulturalarning enterotoksini tekshiriladi. Buning uchun etilgan quyonlarning venasiga stafilokokk kulturasi yuboriladi.

    DAVOSI: Kompleks holda olib boriladi. Maxsus davosida antiistafilokokk immunoglobulini, antistafilakok plazmasi va anatoksin yuboriladi. Umumiy profilaktikada – roddomlarda, xirurgiya va bolalar bo‘limlarida.

    PROFILAKTIKASI: Umumsanitariya qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat sanoatida, jumladan konserva ishlab chiqarish sanoatida texnologik jarayonga ahamiyat berish, ovqat mahsulotlarini issiq xonalarda uzoq saqlamaslik, bakteriya tashuvchilarni aniqlash, kassalxonalarda dezinfeksiya ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish, xodimlarni tashuvchilikka tekshirib turish ham muhim ahamiyatga ega. Maxsus profilaktikasida chaqaloqlarni himoya qilish uchun onalarni homiladorlik paytida stafilokokk anatoksini bilan emlash tavsiya qilinadi. Ona sutini ham stafilokokklarga tekshirish ishlari amalga oshiriladi.

    STREPTOKOKKLAR

    Streptokokklar Streptococcus fvlodiga Streptococcaceae oilasiga kiradi. Berdji klassifikatsiyasi bo‘yicha Streptokokklar avlodi 2 ta turni o‘z ichiga oladi. Odamlarda uchraydigan patologik protsesslarda ko‘proq St. riogenes uchraydi. Streptokokklar U.T.Bilrot tomonidan 1874 yilda roja kasallaridan va yaralardan, L.Paster va boshqalar tomonidan sepsis kasalligida topilgan va yiringli protsesslarni o‘rganishda Ognston tomonidan 1881 yilda batafsil ifodalangan. Streptokokk-larning sof kulturasi 1883 yilda F.Fleyzen tomonidan roja kasalliklaridan va 1884 yilda F.Rozenbax tomonidan yiringdan ajratib olingan.

    MORFOLOGIYASI: Streptokokklar sharsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, 0.6-1.0 mkm hajmga ega, surtmada zanjirsimon joylashadi, xarakatsiz, spora hosil qilmaydi, ayrim turlari makrokapsulaga ega, gramm (+).

    O‘STIRILISHI: Aerob, fakultativ anaerob. Optimal o‘sish temperaturasi 37oS, o‘sish diapozoni 20-40oS, enterokokklar uchun 10-45oS. Qandlik, qonlik, zarbodlik va assit suyuqligi qo‘shilgan muhitlarda yaxshi o‘sadi. Muhit sharoiti 7,2-7,4 ga teng bo‘lishi kerak. Qattiq muhitlarda mayda, tiniq bo‘lmagan, biroz kulrangroq yoki oq-kulrang, donador koloniyalar hosil qiladi. Qonlik agarda, streptokokklar turlariga qarab quyidagi koloniyalarni hosil qiladi:

    Atrofida gemoliz zonasi hosil bo‘lgan koloniyalar. Bunday koloniyalarni asosan betta gemolitik streptokokklar hosil qiladi.

    Gemoglobinni metgemoglabinga aylanishi natijasida atrofida diametri 1-2 mm keladigan yashil rang zona hosil qilib o‘sadigan koloniyalar.

    Eritrotsitlarni o‘zgartirmagani uchun rangsiz holdagi koloniyalar. Bunday koloniyalarni gemolitik bo‘lmagan streptokokklar hosil qiladi.

    Streptokokklar qandlik bulonlarda probirka devoriga yopishgan holda yoki probirka tagida mayda donador cho‘kma holida o‘sadi. Ayrim hollarda bulonni loyqalantirib o‘sadi.

    FERMENTATIV XOSSALARI: Streptokokklar jelatinani suyultir-maydi, nitratlarni nitritlarga qaytarmaydi. Sutni ivitadi, fibrinni eritadi, glyukoza, maltoza, laktoza, saxaroza, mannit (ayrim hollarda), salitsinni kislota hosil qilib parchalaydi.

    TOKSIN HOSIL QILISHI: Patogen streptokokklar har xil ta’sir qiluvchi ekzotoksin ajratadi:

    Gemolizin

    Leykotsidin

    Nekrotoksin

    Letal (o‘ldiruvchi) toksin

    Eritrogen toksin

    Bundan tashqari streptokokklar patogenlik fermentlarini ham hosil qiladi, bularga: gialuronidaza, streptokinaza, fibrinolizin, proteinaza, amilaza, lipaza va boshqalar kiradi. YAna spetsifik bo‘lgan termostabil endotoksin ham hosil qiladi.

    ANTIGEN STRUKTURASI: Bir necha xil antigenlarga ega va antigenlari bo‘yicha quyidagi serogruppalarga bo‘linadi: A, V, S, D, E va boshqalar. Antigenlar hujayra devori tarkibidagi polisaxarid komponentidan iborat bo‘lib, guruh spetsifikligiga ega. A seroguruhiga kiruvchi ayrim streptokokklarda qarama-qarshi (perekrest) ta’sir qiluvchi antigenlar mavjud.

    KLASSIFIKATSIYASI: Streptokokklar qonli agarga bo‘lgan munosabatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

    “Beta”-gemolitik streptokokklar-koloniyasi atrofida gemoliz zonasini hosil qilib o‘sadi (yuqoriga qarang).

    “Alfa”-gemolitik streptokokklar-koloniya atrofida kuchliroq yashil zona hosil qilib o‘sadi.

    Gemolitik bo‘lmagan streptokokklar.

    EKOLOGIYASI VA TARQALGANLIGI: Streptokokklar tabiatda nihoyatda keng tarqalgan. Ekologik belgilariga ko‘ra streptokokklar quyidagicha bo‘linadilar:

    Faqat odamlarda kasallik chaqiruvchi patogen streptokokklar – Str. pyogenes.

    Odamlar va hayvonlar uchun patogen va shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. agalacticae, Str. faecalis va boshqalar.

    Odamlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. salivarisus. Str. mitis va boshqalar.

    Hayvonlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar.

    Saprofit streptokokklar – Str. lactis va boshqalar.

    CHIDAMLILIGI: Past temperaturada uzoq vaqt saqlana oladi, quritishga chidamli, yiringda, balg‘amda oylab saqlana oladi. 70oS gacha 1 soatda halok bo‘ladi. Fenolning 3-5% li eritmasida 15 daqiqada halok bo‘ladi.

    HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Patogen streptokokklarga yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot, cho‘chqa, it, mushuk va boshqalar sezgir bo‘ladilar.

    KASALLIKNING PATOGENEZI: Streptokokklar chaqirgan kasalliklarning patogenezida bir vaqtning o‘zida bakteriyaning o‘zining ham va uning toksinining ham ahamiyati bor. Kasallikning rivojlanishida mikroorganizmlarning holati va sezgirligi alohida o‘rin tutadi. Kasallik ekzogen va endogen yo‘llar bilan chaqirilishi mumkin. Ekzogen holda streptokokklar asosan havo-tomchi orqali va teri hamda shilliq qavatlarning butunligi buzilganda organizmga tushadi.

    PNEVMOKOKKLAR

    DIPLOCOCCUS PNEUMONIA – birinchi bor 1871 yilda R.Kox, 1875 yilda E.Klebs, L.Paster, SH.SHomberlen va E.Ru tomonlaridan 1881 yilda kashf qilingan bo‘lib, 1885 yilda K.Frengel va 1886 yilda A.Veykselbaum tomonlaridan kasalning balg‘amidan toza kultura ajratib olingan. Lactobacillaceae oilasiga mansub.

    MORFOLOGIYASI: Lansetsimon yoki biroz cho‘zinchoqroq kokklar bo‘lib, diametri 0.5-1.25 mkm, juft bo‘lib joylashgan, ayrim hollarda qisqa zanjir hosil qiladi. Odam va hayvon organizmida kapsula hosil qiladi, gr (+), harakatsiz, o‘zi mustaqil kapsula hosil qilmaydi.

    O‘STIRILISHI: Aerob,fakultativ anaerob. Optimal o‘sish tosi 37oS. Diapazon 28-42oS. 25oS da o‘smaydi. Oddiy muhitlarda qiyin o‘sadi. Assitlik va zardoblik agarlarda Ph 7,2-7,6 bo‘lganda yaxshi o‘sadi, diametri 1 mm keladigan mayda kalloniyalar hosil qiladi, 2 kundan keyin kalloniyalar kattalashadi, kalloniyalarni o‘rtasi puchayib, chekkalari ko‘tarilib qoladi. Qonli agarda mayda, yumaloq, atrofi bir tekis nam (sochnыy) kalloniya hosil qiladi. Qonli bulonda loyqa va cho‘kma hosil qilib o‘sadi. Bulonda 0,2% glyukoza qo‘shilsa yaxshi o‘sadi. Sun’iy muhitlarda o‘stirilganda kapsula hosil qilmaydi, agarda bu muhitga hayvon oqsili qo‘shilsa kapsula hosil qilib o‘sishi mumkin. Tashqi muhit ta’sirida pnevmokokklar M-formadin, S va R-formaga o‘tishi mumkin.

    FERMENTATIV XOSSASI: Jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, nitratlarni nitritlarga qaytarmaydi, sutni ivitmaydi, saxaroza, glyukoza, maltoza, laktoza, inulin, radginoza, salitsinlarni parchalaydi. Virulentlik pnevmokokklar o‘tsuyuqligi va nordon o‘t tuzlarida erib ketadi. Inulinni parchalashi, o‘t va o‘t tuzlarida erib ketishi ularni streptokokklardan differensiatsiya qilishda mihim ahamiyat kasb etadi.

    TOKSIN HOSIL QILISHI: Endotoksin ajratadi. Kuchsiz ta’sir qiluvchi gemotoksik, fibrinolitik va leykotsitlarni parchalovchi toksin ham hosil qiladi. Pnevmokokklarning virulentligi ularning kapsulasiga bog‘liq bo‘lib, ular fagotsitoz va qonning bakteriotsid xususiyatini kamaytiradi. Virulentlik pnevmokokklarning kapsulasida maxsus komponent “antifagin” bo‘lib, ular o‘zlari toksigenlik xususiyatiga ega emas, lekin ular virulent bo‘lmagan pnevmokokklarga qo‘shilsa, ularda fagotsitozga chidamlilik xususiyati paydo bo‘ladi. Antifagin issiqda chidamli bo‘lib, 80-100oS gacha qizdirilsa chidaydi. Pnevmokokklardan antifagiga o‘xshash “virulin” moddasi ajratib olingan.

    ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Pnevmokokklar o‘zlarida, ya’ni kapsulasida polisaxarid kompleksini tutadi va ularni tipga xos spetsifikligi va virulentligi qiz kompleksiga bog‘liqdir. Proteinlik antigeni barcha tiplari uchun umumiy bo‘lib, bu antigen protoplazmada joylashgan, u mikrobni spetsifikligi va virulentligini belgilaydi.

    Serologik jihatdan pnevmokokklar 80 dan ortiq tipga ega bo‘lib, har qaysisi faqat o‘zining spetsifik zardobi bilan agglyutinogen reaksiyasiga kirishadi. SHulardan 1, 2, 3 tiplari odamlar uchun patogen. Pnevmokokklar antigenlik xususiyatini osonlikcha o‘zgartiradi. Agarda 2-tipdagi pnevmokokkni 3-tip bilan birga o‘stirsa, u holda 2-tipning barcha xususiyati transformatsiya yo‘li bilan 3-tipga o‘tadi, ya’ni xossalari DNK orqali o‘tadi.

    CHIDAMLILIGI: Qurigan balg‘amda 2 oygacha saqlanadi. Sun’iy muhitlarda 7-8 kun saqlanadi, 50-60oS da 20 minutda o‘ladi, 3% li fenolda 1-1,5 minutda o‘ladi, o‘t suyuqligi va o‘t tuzlariga ham sezgir.

    HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Qishloq xo‘jalik hayvonlarida yosh buzoqlar, cho‘chqa bolasi, qo‘zichoqlar tez kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqon va quyonlar hamda dengiz cho‘chqasi sezgir.

    ODAMDAGI KASALLIK VA PATOGENEZI: Pnevmokokklarning 1, 2, 3 tiplari ekzogen, qolgan barchasi endogen yo‘l bilan yuqadi. Organizmning qarshiligi pasayganda ko‘proq kasallik kelib chiqadi. Pnevmokokklarning 3 ta tipi keltirib chiqaradi. Boshqa patologik jarayonlarni ham keltirib chiqarishi mumkin: sepsis, meningit, bo‘g‘imlarni yallig‘lanishi, endokardit, otit, peritonit, renit, gaymorit va h.k.

    Ammo pnevmoniya stafilokokklar, streptokokklar, influensa tayoqchalari, xlamidiyalar, gripp virusi va boshqa mikroorganizmlar tomonidan ham chaqirilishi mumkin.

    IMMUNITETI: Kuchsiz va qisqa muddatlik. Pnevmokokklar organizmni sensibilizatsiya holatiga olib keladi. Kasallikka mo’nelik organizmning umumiy holatiga bohliq.

    LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun bolg‘am, orqa miya suyuqligi, murdadan material olinadi va bu materiallar ustidan quyidagi tekshirishlar olib boriladi:

    Bakterioskopik – materialdan surtma tayyorlab, gramm usulida bo‘yab ko‘rish, gramm (+) kapsulali pnevmokokklar topiladi.

    Bakteriologik – sof kultura ajratish va xossalarini o‘rganish. Ajratilgan kulturani antibiotikga sezgirligini aniqlash

    Serologik – pnevmokokklarning tiplarini agglyutinatsiya reaksiyasi orqali aniqlash.

    DAVOSI: Antibiotiklar, sulfanilamidlar.

    PROFILAKTIKASI. Umumiy sanitar qoidalariga rioya qilish.

    MENINGOKOKKLAR.

    MENINGOKOKKLAR: Meningokokk (Neisseria meningitidis) meningit kasali bilan og‘rigan bemorning orqa miya suyuqligidan ajratib olingan va 1887 yilda A.Veykselbaum tomonidan batafsil o‘rganilgan

    Klassifikatsiyasi bo‘yicha meningokokklar Neiseria avlodiga (rod) va Neiseriaceae oilasiga mansubdir.

    MORFOLOGIYASI: Meningokokklar kofe donasini eslatuvchi, juft holda joylashgan, diametri 0,6-1,0 mkm keladigan kokklardir. Spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinga ega emas, yiringlimaterialda ko‘pincha leykotsitlarning ichida joylashgan bo‘ladi. Kulturadan tayyorlangan surtmalarda mayda yoki yirik, bittadan, juft holda va 4 tadan joylashgan holda ko‘rinishi ham mumkin. Gr (-), lekin ayrim hollarda gr(+) ni ham ko‘rish mumkin. Diplokokklar.

    O‘STIRILISHI: Aerob, oddiy muhitlarda o‘smaydi, Ph 7,2-7,4. zardob, assil suyuqligi qo‘shilgan muhitlarda mayda, tiniq nozik, diametri 2-3 mm bo‘lgan koloniyalar hosil qiladi. Zardobli bulonda loyqa va cho‘kma hosil qiladi, 3-4 kun o‘tgandan so‘ng esa bulon yuzida parda hosil qilib o‘sadi. Ayrim hollarda adaptatsiya natijasida oddiy muhitlarda ham o‘sishi mumkin.

    FERMENTATIV XOSSASI: Jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi, glyukoza, maltozani – (K+) kislota hosil qilib parchalaydi.

    TOKSIN HOSIL QILISHI: Meningokokklar ekzotoksin va endotoksin xususiyatiga ega bo‘lgan toksik modda hosil qiladi. Bakteriya hujayrasi parchalangandan keyin ulardan endotoksin ajralib chiqadi. Meningokokk toksinini bakteriya hujayrasini (dist. suv) bilan yuvib olish mumkin.

    ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Antigen tuzilishi-da 3 ta fraksiya aniqlangan: umumiy hisoblangan uglevodlik (S), gonokokklar va 3 tipidagi pnevmokokklarda uchraydigan proteinlik (R) hamda 1 va 2 tipi. Meningokokklarda tur ichidagi o‘zgarishlar mavjud.

    CHIDAMLILIGI: CHidamsiz. Quritishga, yuqori to-ga chidamsiz. 60o S va 10 minutda o‘ladi, 80o S da 2 minutda o‘ladi, 1% li fenol eritmasida 1 minutda o‘ladi. Past temperaturada nihoyatda chidamsiz, shuning uchun patologik material iliq holda laboratoriyaga yuborilishi kerak.

    HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Tabiiy sharoitda hayvonlar kasallanmaydi. Laboratoriya sharoitida maymanlarni kasallantirish mumkin.

    ODAMLARDA KASALLIK VA UNING PATOGENEZI: Kasallik manbai – kasal odam va kasal tashuvchi. Kasallik havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Mikrob avvalo burun-xalqumda joylashib, so‘ng limfa va qonga o‘tib bakteriemiya holatini paydo qiladi, keyin miya po‘stlog‘iga kirib joylashadi (meningokokklar bosh miya to‘sig‘idan o‘tish xususiyatiga ega). Meningokokklar miya po‘stlog‘ida va orqa miyada o‘tkir yiringli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Kasallik o‘tkir holda yuqori to bilan boshlanadi: simptomlari – qayt qilish, orqa ensa muskulini tortishib og‘rishi, kuchli bosh og‘rishi va terida o‘ta sezgirlik kuzatiladi.

    Kalla ichi bosimini oshishi natijasida bosh miya nervlarining falaji kuzatiladi. Bemorning ko‘z qorachig‘i kengayib, akkomodatsiya buziladi. Orqa miya suyuqligi loyqalashadi va ko‘p miqdorda leykotsitlar tutadi, bosim yuqori bo‘lgani uchun orqa miya suyuqligi punksiya qilinganda tizillab, otilib chiqadi. Ayrim hollarda meningokokkli sepsis rivojlanishi mumkin va bu paytda meningokokklar qonda, bo‘g‘imlarda, o‘pkada uchrashi mumkin. Asosan meningit bilan 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kasallik ko‘pincha ko‘klam va kuz oylarida uchraydi. Organizmning qarshiligi, mikrobning virulentligi kasallikni kelib chiqishida katta ahamiyatga ega.

    IMMUNITETI: Tabiiy immunitet mavjud. Orttirilgan immunitetni kasallikni keyingina emas, balki hayot davomida meningokokklarni tashib yurishi davomida ham paydo bo‘ladi. Qayta kasallanish hollari kam uchraydi.

    LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun material: orqa miya suyuqligi, burun-xulqumdan olingan surtma, qon, murdadan olingan bo‘lakchalar bo‘lishi mumkin. Bu materiallar ustida quyidagi tekshirishlar olib boriladi:

    Orqa miya cho‘kmasidan tayyorlangan surtmani mikroskopda ko‘rish.

    Orqa miya suyuqligi, burun-xalqum suyuqligi, assit bulon va agarga, qonli agarga ekilib, ajratilgan kulturani xossalari, fermentativ xossalari, serologik xossalari o‘rganiladi va burun-xalqumda uchraydigan kataral meningokokklardan (Neiseria catarhalis) farqlanadi, differensatsiya qilinadi, shu jumladan xalqumda uchraydigan saprofitlardan ham. Meningokokklar maltozani parchalaydi, Neiseria catarhalis parchalamaydi.

    Orqa miya suyuqligi bilan pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.

    DAVOSI: Antibiotiklar, sulfanilamidlar.

    PROFILAKTIKASI: Umumiy kasalni ajratish, karantin e’lon qilish, shamollashdan saqlanish va h.k.

    GONOKOKKLAR.

    Gonorreya va blenorreya qo‘zg‘atuvchisi Neisseria gonorrhoeae, 1879 yilda A.Neyser tomonidan yiringdan topilgan va 1885 yil E.Bauman tomonidan batafsil o‘rganilgan. Gonokokklar Neisseria avlodiga Neisseriaceae oilasiga kiradi.

    MORFOLOGIYASI: meningokokklarga o‘xshash, diametri 0,6-1 mkm, juft holdagi loviyasimon (kofesimon) kokk bo‘lib gr(-), hujayra ichi va tashqarisida joylashadi, spora hosil qilmaydi, xivchini yo‘q, juda o‘zgaruvchan (polimorf). Antibiotiklar ta’sirida tez o‘zgaradi – kattalashadi, gr(+) bo‘lib qoladi.

    O‘STIRILISHI: Aerob, oddiy muhitda o‘smaydi. Odam organizm hujayrasida, oqsil tutuvchi muhitlarda (qon, zardob, oqsil suyuqligi qo‘shilgan) yaxshi o‘sadi. Muhiti Ph 7,2-7,6, optimal o‘sish to si 37o S.

    25 va 42o S da o‘smaydi, namlikni yaxshi ko‘radi, yaxshi ko‘rgan muhitlari – assitlik agar va bulon, tuxum sarig‘i qo‘shilgan muhit. Qattiq muhitlarda yumaloq, tiniq, diametri 1-3 mm ga teng koloniya hosil qilib o‘sadi. Assitlik bulonda bir necha kundan so‘ng cho‘kmaga tushuvchi parda hosil qilib o‘sadi.

    FERMENTATIV XOSSASI: faqat glyukozani K hosil qilib parchalaydi. Fermentativ jixatdan aktiv emas.

    TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qilmaydi. Bakteriyani parchalanishida endotoksin ajralib chiqadi, u hayvonlar uchun ham zaharlidir.

    ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Antigen strukturasi protein va polisaxarid fraksiyalari bilan bog‘liq. Gonokokklarning 7 ta gruppasi mavjud bo‘lib, ulardan 4 tasi gruppospetsifik – A, V1-4, S, D va 3 tasi tipospetsifik – E, F, D antigenlarga ega. V1-4 va D antigenlari gonokokklar va meningokokklar uchun umumiy bo‘lib hisoblanadi.

    CHIDAMLILIGI: Past to ga nihoyatda chidamsiz. Quruqlikda ham chidamsiz. Nam buyumlarda 1 sutkagacha saqlanadi. 56o S da 5 minutda o‘ladi. Nordon azot-kumushning 1:1000 va fenolning 5% li eritmalarida bir necha daqiqada o‘ladi.

    HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Hayvonlar uchun patogen emas.

    ODAMLARDA KASALLIK VA PATOGENEZI: Kasallikning manbai faqat kasal odam. Kasallik jinsiy aloqa orqali, ba’zan kasal ishlatgan buyumlar orqali (sochiq, machalka) yuqadi. YUqish yo‘li uretra va bachadon bo‘yni shilliq qavati orqali. Ayollarda bachadon, bachadon naylari, tuxumdonning yallig‘lanishi, qizlarda vulvovagenit kuzatiladi. Erkaklarda urug‘ning, prostat bezini yallig‘lanishi (prostatit), ko‘pincha surunkali yallig‘lanish kuzatiladi. Bachadon bo‘ynidan gonokokklar to‘g‘ri ichakka ham o‘tishi mumkin. Noto‘g‘ri davolash va davolanish natijasida kasallik bo‘g‘imlarda, endokardga o‘tishi va qonga o‘tib “sepsis” chaqirishi mumkin. Kasallik surunkali holga ham o‘tishi mumkin. Gonokokklar gonorreyali kon’yuktivit, kattalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga “blennorreya”ni chaqirishi mumkin.

    IMMUNITETI: Tug‘ma immmuniteti yo‘q. kasallikdan so‘ng ham immunitet qolmaydi. Kasalning qonida antitelolarni (agglyutinin, pretsipitin, opsonin, KB-chi tanachalari) topish mumkin, lekin ular organizmni kasallikdan himoya qilmaydi. SHuning uchun ham kasallikda tana haroratini ko‘tarilishi bilan organizmning umumiy qarshiligi ham ko‘tariladi.

    LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Mikroskopik tekshirish uchun uretra, qin, vulva, bachadon bo‘ynidan, prostatadan, to‘g‘ri ichak shilliq pardasidan, kon’yuktivadvn, spermadan, siydik cho‘kmasidan material olinadi. Surtma Gramm usuli va Leffler usuli metil ko‘ki (sinkasi) bilan bo‘yab tekshiriladi. Natija chiqmasa, u holda olingan materiallarni sof kulturasini olish uchun ekiladi. Kasallikning surunkali va asoratli darajalarida KBR-Borde-Mantu va allergik sinama qo‘yiladi.

    DAVOSI: Antibiotiklar: penitsillin, gentamitsin, polimiksin va sulfanilamidlar – streptocidi, norsulfasoli, sulfacili yoki pronilin yuborish.

    PROFILAKTIKASI: Umummiy sanitar qoidalarga rioya qilish. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlar ko‘ziga 2% li kumush nitrat eritmasidan tomiziladi.

    Фойдаланилган адабиётлар


    1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

    2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

    3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

    4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

    5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

    6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

    7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.



    10. Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm

    Режа

    1. Salmonellezlar qo‘zg‘atuvchilarining umumiy xarakteriyatikasi.

    2. SHigellezlarning morfologiyasi, kultural biologik xossalari.

    3. Dizenteriyaning patogenida laboratoriya diagnostikasi va profilaktikasi

    Tayanch iboralar:

    10.1 SALMONELLEZLAR QO‘ZG‘ATUVCHILARINING UMUMIY XARAKTERIYATIKASI.

    Salmonellalar avlodiga morfologik, kultural va fermentativ xususiyatlari jihatidan paratif V qo‘zg‘atuvchisiga o‘xshash bo‘lgan ko‘pgina salmonella turlari va tiplari kiradi.

    1885 yilda Amerikada D. Salmon cho‘chqalardan S.suis ni ajratib oladi. Bu qo‘zg‘atuvchi uzoq vaqtlargacha cho‘chqalarda toun (chuma) kasalligini chaqiradi deb hisoblanib kelar edi. Keyinchalik esa bu cho‘chqa touni kasalligi bilan birga kechadigan infeksiya ekanligi odamlarda esa toksiko-infeksiyani, ya’ni ovqatdan zaxarlanishni chaqirilishligi aniqlandi.

    1885 yilda A.Gertner Saksoniyada toksiko-infeksiya kasalligi tufayli so‘yilgan sigir go‘shtidan va uni eb o‘lgan odamdan S.hertneri qo‘zg‘atuvchisini topadi. Bu qo‘zg‘atuvchining dengiz cho‘chqalariga, oq sichqonlar, qo‘y va echkilar uchun ham patogen ekanligi aniqlandi.

    1895 yilda Breslavl shahrida K.Kenshe va 1898 yil Ertirik shahrida J.Nobel ovqatdan zaxarlanishda S.breslau qo‘zg‘atuvchisining sababchi ekanligini aniqlashdi va uni sof kulturasini ajratib olishdi.

    SHunday qilib salmonellalarning odamlar uchun patogen bo‘lgan va ovqatdan zaxarlanish holatlarini chiqaradigan 100 dan ortiq turlari borligi aniqlandi.

    Morfologik tuzilishi bo‘yicha Enterobacteriacei oilasining vakillariga o‘xshash bo‘lib, ular peritrix xivchinlari tufayli xarakatchandir.

    Fakultatif aerob, optimal temperaturasi 370, oddiy oziq muhitlarida yaxshi o‘sadi. Fermentativ xossasi. Salmonellalar jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, ko‘pchiligi H2S hosil qiladi. Glyukoza, maltoza, mannit, saxarozalarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi.

    Ekzotoksin hosil qilmaydi. Glyusid-lipit-protein kompleksidan tashkil topgan endotoksinga ega.

    Serologik belgilariga qarab salmonellalar bir qancha (35 ta) guruhlarga bo‘lingan. SHulardan Kaufman-Uayt klassifikatsiyasi bo‘yicha S.enteritidis - D guruhiga, S tihyimurium – V guruhiga, S.choierae suis – S guruhiga kiradi. Salmonellalarning klassifikatsiyasi ularning antigen, kultural va biologik xossalariga qarab tuzilgan.

    Ovqatdan zaxarlanishni chaqiruvchi salmonellalar tif va paratif qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan birmuncha chidamlik. YUqori tumperaturaga, osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmasiga, ayrim kislotalarga chidamli, 60-700 da 1 soatda, 8-10% uksus kislotasida 18 soatda halok bo‘ladi. 400 grammlik go‘sht bo‘lagida 2,5 soat qaynatishga chidaydi. Uy temperaturasida 2-3 oy saqlanadi. Endotoksinlari esa qaynatgandan so‘ng ham bir necha soat saqlanib qoladi. SHunisi xarakterli salmonellalar bilan zaxarlangan ovqat mahsulotlarining ko‘rinishi ham, hidi ham buzilmaydi.

    Odamlar uchun patogen bo‘lgan salmonellalarning ko‘pchiligi ko‘pchilik hayvonlar ichida, ya’ni yirik shohli hayvonlar, cho‘chqa va jo‘jalar orasida ko‘p tarqalgan va ularda turli kasallar chaqiradi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar salmonellalarga sezgir. Kasal hayvonlar go‘shtidan, kasal tovuq tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi.

    Salmonellalar bilan zararlangan ovqatlarni iste’mol qilish kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa kasal hayvon, qushlar va ularning tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar ko‘proq kasallikka sababchi bo‘ladi. salmonellalar ovqat bilan qanchalik ko‘p tushsa u tez ko‘payib shunchalik ko‘p o‘ladi va ulardan ko‘plab endotoksin ajralib chiqadi. Oshqozon ichak traktidan endotoksin qonga o‘tadi va bir necha soatdan so‘ng kasallik belgilari asosida o‘tadi. Kasallik faqat zararlangan ovqatlardan emas, balki kasal odamlardan va kasal tashuvchilardan ham yuqadi. Bunday hollarda kasallik ko‘proq yosh bolalar orasida uchraydi. Bolalarda salmonellez dispepsiya, enterokolit, qorin tifi ko‘rinishida o‘tadi va ko‘pincha septitsemiya va bakteriemiya holatini chaqirib, ba’zan surunkali dizenteriya deb noto‘g‘ri tashhis qo‘yiladi.

    Salmonellalarning endotoksini ichak shilliq qavatining va limfatik sistemaning himoya qilish qobiliyatini ham ishdan chiqaradi va natijada bakteriyalarning qonga o‘tishiga zamin yaratiladi va bunday hollarda kasallikning birinchi soatlaridayoq qonda bakteriyalar topiladi. Kasallik asosan 4-5 kun davom etadi.

    Kasallikdan so‘ng kuchsiz va qisqa muddatli immunitet hosil bo‘ladi. Kasal bo‘lib o‘tgan odamlar qonida agglyutininlar, pretsipitinlar, bakteriolizinlar va boshqa antitelolar topiladi. Salmonellalarning bir serovari bilan chaqirilgan kasallikdan so‘ng boshqa serovarlariga immunitet hosil bo‘lmaydi, ya’ni qarama-qarshi immunitet mavduj emas.

    Ovqat qoldiqlari, buyumlardan olingan chayindilar, kasalning axlati, qusugi, oshqozon yuvilgandagi suv, qon, siydik, o‘likdan olingan materiallar oziq muhitlarga ekilib (Endo, Ploskirev, Vismut-sulfit agar va h.k.) sof kultura ajratib olinadi va ularning kultural, serologik va biologik hossalari o‘rganiladi, ya’ni turlari va serovarlari aniqlanadi. Ayrim hollarda ajratilgan kultura yoki ovqat qoldiqlari bilan biologik probalar qo‘yiladi. Retrospektiv diagnoz qo‘yish uchun kasallikning 8-10 kunlarida rekonvallessentlarning qon zardobi bilan asosiy qo‘zg‘atuvchilarning diagnostikumlari bilan Vidal reaksiyasi qo‘yiladi.

    Antibiotiklar-streptomitsin, levomitsin, xlortetrotsiklin va tetroatseklin, oshqozonni yuvish, glyukoza va fiziologik eritmalar quyish yaxshi natija beradi.

    Veterenar-sanitar nazoratini kuchaytirish, ya’ni go‘sht va go‘sht mahsulotlarini doimiy tekshirib turish, oziq-ovqat sohasida ishlovchilarni bakteriya tashuvchilikka tekshirib turish va h.z. Ayrim hollarda ovqatdan zaxarlanish shartli patogen mikroblari tomonidan ham chaqirilishi mumkin (proteus morgani, Pr. miriabilis, Pr. rettgeri, Pr. incostans, E.Coli va b.).

    Salmonellalar ko‘pchilik hollarda bolnitsa ichi kasalligini ham chaqiradi. Bunda S.tiphymirium ko‘proq uchraydi va ayrim hollarda S.heidelberg, S.derby, S. Haifa, S. Wien va boshqalar qatnashadilar. Bu salmonellalar barcha xususiyati jihatidan yuqorida ko‘rsatilgan salmonellalardan farq qilmaydi.

    YOsh bolalarda bolnitsa ichi kasalligi uzoqroq davom etadi va og‘irroq kechadi, ularda og‘ir intoksikatsiya va oshqozon-ichak traktining kuchli shikastlanishi kuzatiladi. Bolalarda salmonellez intoksikatsiyasi natijasida modda almashinuv va gipotalamus ishi buziladi. Emizikli bolalarda ko‘p suv va tuz yo‘qotishlari natijasida toksikoz va suvsizlanish holatlari kuzatiladi. YOsh bolalarda ayniqsa stafilokokkli viruslar, esherixiyalar chaqirgan kasalliklarga yoki pnevmoniyaga salmonellez qo‘shilsa ularda sepsis yoki meningit rivojlanib kasallik nihoyatda og‘ir o‘tishi mumkin.

    Laboratoriya diagnostikasi, davosi, profilaktikasida boshqa salmonellalardan farqi yo‘q.

    Фойдаланилган адабиётлар


    1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

    2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

    3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

    4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

    5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

    6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

    7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.

    11. мавзу:Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakterii, , mikobakterii)

    Режа:


    1. Patogen korinobakteriyaning toksinomik o‘rni.

    2. Patogen mikobakteriyalar ekologiyasi va umumiy xarakteristikasi.

    3. Difteriya va sil kasallik qo‘zg‘atuvchilari, biologik xususiyatlari.

    4. Qo‘zg‘atuvchilarning yuqish yo‘llari.

    5. Kasalliklarini laboratori diagnostikasi va profilaktikasi.

    6. Sil qo‘zg‘atuvchilari, ularning biologik xususiyatlari va yuqish yo‘llari.

    7. Sil kasalliklarining mikrobilogik diagnostikasi va tuberkulin-ning xarakteristikasi.

    8. Sil kasalliklarining maxsus davosi va profilaktikasi.

    Tayanch iboralar:
    Corynebacterium urug‘i gram musbat tayoqchasimon bakteriyalardan tashkil topgan bo‘lib, ular spora hosil qilmaydi, xarakatsiz. Tayoqchasining chetida metoxromatik kriptalar joylashgan. (Babej-Ernst yoki valyutin donachalari). Korinobakteriyalar sitoplazmasida valyutindan tashqari lipid va kraxmal kiritmalari ham bor.

    Korinobakteriyalar urug‘ining 20 ga yaqin patogen, shartli-patogen, nopatogen turlari mavjud.

    Difteriya qo‘zg‘atuvchisi – Corynebacterium diphtheriae ni 1883-84 yillarda Klebs va Leffler kashf etgan. E.Ru va A. Iersen esa bakteriya ekzotoksinini ajratib olishga muvaffaq bo‘lganlar. Fransuz olimi G.Ramon ekzotoksin kuchini formalin ta’sirida kamaytirib, kuchsizlantirilgan toksin, ya’ni anatoksin olishga muvaffaq bo‘ldi va uni kasallikning oldini olish uchun amaliyotga tatbiq qildi (1923 y.).

    Cor. diphtheriae coryna lotincha so‘z bo‘lib, to‘g‘nog‘ichsimon, diphteniae esa parda, qobiq degan ma’noni anglatadi.

    Cor. Diphtheriae – to‘g‘ri yoki bir oz bukilgan gram musbat tayoqcha bo‘lib, uzunligi 1-8 mkm, eni 0,3-0,8 mkm. Bu bakteriyalarning xarakterili belgisi polimorfizm (tipik tayoqchalaridan tashqari uzun, kalta, tarmoqlanadigan, noksimon formalarining bo‘lishi), metaxromatik granula (valyutin donalari birmuncha to‘qroq bo‘yalganligi uchun tanasining bir tekis bo‘yalmasligi) va tayoqchalarning surtmada kerilgan panja barmoqlari, to‘qmoq to‘dalari ko‘rinishida bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashuvidir. Gram musbat. Neysser usuli bo‘yicha bo‘yalganida valyutin donalari yaxshi ko‘rinadi: bakteriyalar tanasi sariq rangga, valyutin donalari esa to‘q ko‘k rangga bo‘yaladi.

    Difteriya bakteriyasi aerob yoki fakultativ anaerob nafas oladi, ular 370 S (chegarasi 15-40oS) haroratda, rN 7,2-7,6 bo‘lganda oqsillar (ivitilgan zardobli) agarli muhitlarda va qandli bulonlarda yaxshi o‘sadi. Ru va Leffler muhitlaridagi koloniyalari qavariq yaltiroqdir, ularning o‘sishi shagren teriga o‘xshab ketadi. Marten bulonida parda ko‘rinishida o‘sishi xarakterlidir.

    Kultural, bioximiyaviy va boshqa xossalariga qarab difteriya tayoqchalarining 3 - biovari tafovut qilinadi: gravis, mitis, intermedius. Gravis tipi telluritli muhitlarda yassi, dumaloq, chetlari tishsimon, kulrang qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Mitis tipining koloniyalari birmuncha mayda, qavariq, yaltiroq, silliq, qora rangda bo‘ladi. Intermedius tipi oraliq holatni egallaydi. S va R tip koloniya hosil qiladi.

    Difteriya glyukoza, maltoza, levulyozani kislota hosil qilib parchalaydi. Nitratni nitritlarga qaytaradi, kaliy telluritni sulfid telluritga aylantiradi. SHu sababli telluritli agarda qora yoki kulrang koloniyalar hosil bo‘ladi.

    Difteriya bakteriyalari kuchli ekzotoksin hosil qiladi, bu toksin organizmga yuborilganda yurak muskuli, buyrak usti bezlari va pereferik nerv sistemasini tanlab shikastlaydi. Toksin kuchi dengiz cho‘chqalarida aniqlanadi va hayvonni 3-4 kun mobaynida o‘ldiradigan eng kam dozasi (D/t) bilan o‘lchanadi. Difteriya toksini kam chidamli, 60oS da quyosh nuri va har xil ximiyaviy moddalar ta’sirida oson parchalanib ketadi. 0,3-0,4% farmalin ta’sirida va 400S da bir oy mobaynida zaharsiz birikma – anatoksinga aylanadi. Anatoksin immunogen xossalarni saqlab qoladi, shunga ko‘ra undan odamlarni immunlash uchun foydalaniladi.

    Difteriya tayoqchalari gialuronidaza, neyrominidaza, fibrinolizin fermentlarini ham hosil qiladi, bular bakteriyalarning toksigenligini yanada oshirib, to‘qimalar orasida tarqalishini ta’minlaydi.

    Difteriya tayoqchalarini antigen tuzilishi murakkab, u joylashgan bakteriya hujayra devori ko‘p qavatli, shuning uchun qalinroq va boshqa gram musbat bakteriya hujayra devoridan farq qiladi. Hujayra devorining yuza qavati temperaturaga chidamsiz, tipga xos oqsil antigan joylashgan. Bu antigen bo‘yicha difteriya korinobakteriya 58 ta serologik variantlarga bo‘linadi, korinobakteriyalarda 19 xil fagotiplar bo‘lib, ular yordamida infeksiyaning manbai aniqlanadi, hamda kulturalarni identifikatsiya qilishda foydalaniladi.

    Difteriya bakteriyalari past temperaturaga ancha chidamli, ular turli buyumlarda 15 kungacha, sut va suvda 6-20 kungacha, kuz va bahorda esa buyumlarda 5,5 oygacha, bemordan olingan materialda ham uzoq saqlanadi. YUqori temperaturalar ta’siriga sezgir: qaynatilganda o‘sha zahoti, 60oS da 10 minut davomida o‘ladi, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez halok bo‘ladi. Hayvonlar tabiiy sharoitda difteriya bilan kasallanmaydi.

    Patogenezi. Difteriya mikroblarining kirish darvozasi burun-xalqum, ba’zan ko‘z, jinsiy organlar shilliq pardalari, teri va jaroxatlardir. Infeksiya manbai bemor yoki bakteriya tashib yuruvchi odam hisoblanadi.

    Kasallik kuz-qishda ko‘proq uchraydi. Difteriya korinobakteriyalari kirgan joyida mahalliy yallig‘lanish rivojlanib parda hosil bo‘ladi.

    Kasallik patogenezida gistotoksin muhim ahamiyatga ega, chunki u bemorlardagi oqsil sintezini to‘xtatadi, transferaza fermentining faoliyatini kamaytiradi.

    Difteriya tayoqchasining toksini qonga so‘rilib, organizmning umuman qattiq zaxarlanishiga sabab bo‘ladi va yurak muskuli, buyrak usti bezlari, nerv hujayralarini tanlab shikastlantiradi. Bo‘g‘ilib qolish yoki yurakning falajlanishidan odam o‘lib ketishi mumkin.

    Difteriya bilan kasallangandan so‘ng antitoksik immunitet paydo bo‘ladi.

    Laboratoriya tashxisi. Difteriya pardasi burun va xalqumdan olingan surtma tekshirish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Material ikkita steril paxta tampon bilan olinadi. Tamponning biri ekish uchun ishlatilsa, ikkinchisida surtma tayyorlash uchun foydalaniladi. Surtmalar gram, neysser usulida bo‘yalib, mikroskopda tekshiriladi. Surtmalar differensial diagnostik muhitlardan biri quyilgan kosachaga ekib ko‘riladi. 37oS da termostatda 24-48 soat o‘stiriladi. SHubxali koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Sof kulturani ajratib olish uchun alohida yotgan shubxali koloniyalarning bir qismi zardobli (Ru muhitiga) ekib ko‘riladi. Difteriya tayoqchasining toksin ishlab chiqarish-chiqarmasligi hozirgi vaqtda (agarda) diffuz pretsipitatsiyalash metodi bilan aniqlanadi. Buning uchun Petri kosachasidagi tarkibida 15-20 % ot zardobi, 0,3% maltoza va 0,03% sistin qo‘yilgan oziqli agar satxiga, 5000 AE ml tutuvchi bo‘g‘maga qarshi antitoksinli zardob shimdirilgan 1,5x6 sm kattalikdagi filtr lentasi quyiladi. Kosachalar 37oS da 30 minut davomida termostatda quritilgandan so‘ng tekshiriluvchi kulturalar quyilgan qog‘oz parchasi chekkasidan 0,6-0,8 sm masofada perpendikulyar ekiladi. Kontrol sifatida oldindan toksigenlik xususiyati ma’lum bo‘lgan kultura ekiladi. Ekmalar 37oS da kelasi kungacha termostatda saqlanadi.

    Toksigenlik xususiyatiga ega bo‘lgan kulturalar o‘sganda, toksin bilan antitoksin uchrashgan erda qattiq oziqli muhitda oq chiziqlar – “mo‘ylovchalar” ko‘rinishida pretsipitat hosil bo‘ladi.

    Difteriya korinobakteriyasini toksigen va notoksigen shtammlari dengiz cho‘chqachalari terisi ostiga yoki teri orasiga yuborib, ularning toksigenlik xususiyatlari aniqlanadi.

    Profilaktikasi va davosi. Difteriya tarqalishini oldini olish uchun kasallikni barvaqt aniqlash, bemorlarni kasalxonaga yotqizish, dezinfeksiya qilish, bolalar o‘rtasida va bolalar muassasalarida ishlovchi kishilar orasida, difteriya mikroblarini tashib yurgan odamlarni aniqlash zarur.

    Spetsifik profilaktikasi difteriyaga qarshi aktiv immunitet paydo qilish uchun difteriya anatoksinini yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi. AKDS adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal, difteriya, qoqshol vaksinasi va ADS-M-adsorbsiya qilingan difteriya, qoqshol anatoksini bilan emlanadi.

    Bemorga klinik belgilariga ko‘ra tashxis qo‘yilgandan so‘ng o‘rtacha og‘irlikdagi difteriya 5000-15000 XB yoki uning og‘ir shakllarida 30000-50000 XB antitoksin zardobi yuboriladi.

    Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi


    Download 2,06 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти

    Download 2,06 Mb.