Virus 1989 yilda AQSH da Sood va YAponiyada Arimo va hamkasblari tomonidan kasalning qon zardobidan ajratib olindi. Virus




Download 2,06 Mb.
bet17/24
Sana31.12.2019
Hajmi2,06 Mb.
#6723
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24

Virus 1989 yilda AQSH da Sood va YAponiyada Arimo va hamkasblari tomonidan kasalning qon zardobidan ajratib olindi. Virus o’z xususiyatlariga ko’ra Flaviviriadea oilasiga mansub virusning hajmi 30-80 nm. Qobiqqa ega. Genomi bir ipli musbat RNKdan iborat. Kasallik o’tkir gepatitlar orasidan 48,3% ni tashkil qiladi. kasallik parenteral yo’l bilan jinsiy aloqa, yo’ldosh orqali yuqadi. Kasallikning kechishi va klinik belgilari gepatit V ga o’xshash, ko’pincha surunkali holda kechadi va 20% bemorlarda jigar serozi rivojlanadi. Virus jigarda birlamchi rak paydo bo’lishi da ham asosiy rol o’ynaydi.


Laboratoriya diagnostikasi.

Serologik usulda kasalning qon zardobida virusga qarshi antitelolarni IFA va RIA usullarida aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bioximik analizlardan ham foydalaniladi. PSR yordamida ham 5-6 soat ichida tashhis qo’yish mumkin. Davolashda interferon ishlatiladi va klinikasiga qarab muolajalar qo’llaniladi. Maxsus davosi profilaktikasi hozircha yo’q.



Gepatit E virusi.

Bu virusni bemorning najasidan elektron mikroskop yordamida topish mumkin. Virus 32-34 nm hajmga ega. Genomi 1 ipli musbat RNK dan iborat. Virus ko’pgina xususiyatlari bilan gepatit A virusiga va kolsi viruslariga o’xshaydi. Lekin ularning oilasiga kirmaydi.


Kasallikning patogenezi.

Kasallikning asosiy manbai kasal odam. Kasallik suv orqali tarqaladi. Kasallik fekal-aral yo’l bilan yuqadi. Ko’pincha 15-30 yoshdagi odamlar kasallanadi. Kasallik homilador ayollarda og‘ir kechadi.kasallik gepatit A singari epidemiya holida tarqalib har 7-8 yilda qaytalanib turadi. Markaziy Osiyo davlatlarida kasallik ko’proq uchraydi.kasalikning inkubatsion davri 14 kun, kasallikning klinik belgilari gepatit A ga o’xshash, lekin bunda asta-sekin rivojlanadi. Homilador ayollar ichida ushbu kasallikdagi o’lim 10-14% ni tashkil qiladi. Kasallikning og‘ir kechishi homilaga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada har ikki homiladan 1 tasida bola o’lik tug‘iladi.



Immuniteti.

Kasallikdan so’ng kuchli bir umrlik immunitet qoladi.



Laboratoriya diagnostikasi.

Kasalni qon zardobidan gepatit E virusiga qarshi antitelolar topish asosiy usul bo’lib hisoblanadi. Kasallikning boshlang‘ich davrida bemorning natijasidan elektron mikroskop yordamida HEV ni topish mumkin.



Profilaktikasi.

Maxsus profilaktikasi yo’q. Umumiy profilaktikasi gepatit A ga o’xshash.

OITS – odam immuntanqislik sindromidir. Ortirilgan immunitet tankisligi sindromi limfotron viruslar qo’zgatadigan va organizmda immunitet etishmay kolishi, shuning okibatida xar xil kasalliklar paydo bulishi, xatarli o’smalar rivojlanishi bilan ta’riflanadigan xavfli yuqumli kasallikdir.

Oxirgi yillar davomida OITS butun er yuzida, deyarli barcha mamlakatlarda xammaning diqqatini jalb qilmokda. OITS yil sayin tarqalib, ko’payib bormokda. Undan ko’plab odamlar xalok bo’lmokda. Uni shuning uchun xam «XX asr o’lati» deb atalishi bejiz emas. Rasmiy ma’lumotlarga (1992 yil) ko’ra er yuzida OITS 10-12 million kishiga yuqqanligi qayd qilingan bo’lsa, 1998 yilga kelib, bu kasallik virusini yuqtirib yashayotgan soni 30 milliondan oshganligi aniqlangan. Ularning uchdan biri yoshlardir. Xar yili Afrika kit’asida 1,7 million, Osiyo va Tinch Okean xavzasida 700 ming yoshlar OITS kasalligining kuzgatuvchisini yuktirib olmokda. Oxirgi yillarda OITS ni qo’zg‘atuvchi virusning yangi xili borligi ma’lum bo’ldi. OITS ning yashirin davri juda davomlidir. Virus bilan zararlangan paytdan boshlab, kasallikning dastlabki belgilari boshlanguncha bir necha yil o’tib, shu vaqt ichida esa zararlangan shaxslar o’zlarini sog‘lom deb xisoblab, virusni boshka odamlarga xam yuqtirishi mumkin.



Фойдаланилган адабиётлар


  1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

  2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

  3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

  4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

  5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

  6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987



  1. OITS, Entero-, neyroviruslar ( poliomielit)


Tayanch iboralar:
Tarixiy ma’lumotlar: 1981 yili AKSH da 5 ta yosh yigit zotiljam bilan kasallanganligi va tegishli antibiotiklar bilan davolashga qaramasdan xech tuzalmagani shifokorlar diqqatini jalb qildi. Tekshirishlar natijasida bemorlarning barchasi gomoseksualist ekanligi, ularda zotiljamni qo’zg‘atganligi va ularning xammasida immunitet so’nganligi, ya’ni etishmaydigan bo’lib qolgani aniqlangan. Ko’p o’tmay shunga o’xshash belgilar bemorlarning yana 26 tasida ma’lum bulgan. Ularning bir kismida zotiljamdan tashkari Kaposhi sarkomasi xam aniklangan. Usha paytgacha Kaposhi sarkomasi keksarok kishilarda uchrashi ma’lum edi. Saprofit sifatida odamlar alveolalarda yashashi xam ma’lum edi.

1981 yil AKSH olilari M.Gottlib, G.Mazkur va F.Sigallar gomoseksualistlarda uchraydigan bu kasallik shu vaktgacha noma’lum bulgan va immunitet tankisligi okibatida paydo buladigan kasallik ekani xakida matbuotda axborotberdilar. Kup utmay Amerikalik epidemiologlar bu kasallik AKSH da tez-tez uchrab turishi va u gomoseksualistlardan tashkari komanlarda xam uchrashi xakida xabar berdilar.



Terminologiyasi: OITS termini «orttirilgan immunitet tankisligi sindromi» ma’nosini anlatadi (ingliz tilida, rus tilida SPID). Kasallik kuzgatuvchi virus 1983 yilda Parijdagi Paster institutining professori L.Montane raxbarligidagi ilmiy tekshirish guruxi tomonidan ochilan va (limfoadenopatiyaga boglik virus) deb ataladi. 1984 yilda Merilend (AKSH) shaxrida joylashgan onkologiya tekshirish institutidagi R.Gallo boshchilik kilgan ilmiy gurux tomonidan bu virus identifikatsiya kilindi. I va II lamchi «odam T-leykemiya virusi» (……….) subguruxlariga uxshash bulganiuchun unga III nomi berildi. OITS muammosi buyicha utkazilgan ikkinchi xalkaro kongressda ilgari ishlatib kelingan (III) murakkab nomlanishi (uzbek tilida OIV odam- immuntankisligi virusi, rus tilida VICH –virus immunodefitsita cheloveka) termini bilan almashtirishga karor kilindi. Bu virus retroviruslar oilasiga kiradi.

Taksonomiyasi: Retroviruslar oilasi terminini fanga 1973 yili V.Parks kiritgan bulib, virus tarkibida kaytar transkriptaza (rivertaza fermenti borligi uchun shunday atalgan («retro»- kaytar). Bu oila vakillari uchta kichik oilachalari bulingan – (onkovirus), (spumaviruslar), (lentoviruslar).

Ulardan birinchi sut emizuvchilar, kushlar, sudralib yuruvchilar va boshkalarda xujayra tuzilishining uzgarishlariga olib keladi.

Spumaviruslar xayvonlarda autoimmun xolatlarini keltirib chikaradi. Bunda immun tizim xujayralari uz organizmining normal xujayralarini tan olmay kuyadi va ularni emiradi.

Lentiviruslarga esa kuylarning neyro va pnevmotron viruslari, otlarning yukumli kam konlik kasalligi va maymunlarning immuntankislik viruslari kiradi. Kupincha bu viruslar ot, kuy va echkilar nerv sistemalarini zararlaydi; kasallik asosan yashirin davrining uzok davom etishi va zararlangan xayvonlarning 100% ulim bilan tugaydi. Odam immuntankislik virusi I va II lari xam shu oilaga kiradi. Bu infeksiyalar asta sekin rivojlanuvchi infeksiyalar xam deyiladi (lotincha «lentus» asta-sekin), chunki yashirin davr davomi bulib kasallik surunkali kechadi.



Tuzilishi: Etuk OIV ning diametri urtacha 100-120 nm ni tashkil etadi. Virus genomi ikkita bir ipli bir-biriga uxshash RNK molekulasidan iborat. Unda kuyidagi genlar tafovut kilinadi:

nukleokapsid oksillarini (r 17, r 24, r 7 / r 9) sintezlovchi;

kayta transkriptaza oksillarini (r 66 / r 51) va endonukleaani (r 34) sintezlovchi;

virion kobigi glikoproteidlarini sintezlovchi;

matritsa RNK sintezi kuchaytirib turuvchi aktivlovchi omilni (r 13) sintezlovchi;

Bulardan tashkari yana OIV genomi boshka yana uchta genga xam ega:

xar xil matritsa RNK sintezini kuchaytiradi;

va 3 – sintez kiluvchi oksillari (r 23 va r 27);

ular virusning sitopatogen ta’sirini kuchaytiruvchi aktivotarlardir. Virion nukleokapsidi molekulalar ogirligi 24 kilodalton (r 24), 18 kilodalton (r 18), 13 kilodalton (r 13) bulgan 3 ta oksil tutadi. Ular geni faoliyati maxsulotlari bulib xisoblanadi. Nukleokapsidning asosiy oksili r 24 retroviruslar oilasining boshka vakillarining oksillari bilan umumiy antigen determinantlariga ega emasligi bilan fark kiladi.

Gening asosiy vazifasi molekulalar ogirligi 160 kilodalton bulgan oksilni kodlashdan iboratdir. U uz navbatida kobik glikoprotendin (120) va kobikka yopishib turuvchi oksildan (41) iborat.

OITS virusi markazida genomdan tashkari tashki kobig ostida joylashgan r 18 va virus RNK si va kayta transkriptazasini urab turuvchi oksillar xam joylashgan. Virionning tashki kobigi 41 oksilldan iborat bulib, ikki kavatli membranadan tashkil topgan.

CHidamliligi: OITS virusi kupgina tashki muxit omillariga chidamlidir. U xona xarorati nam xolatda 15 kungacha, xarorat 370S ga kutarilganda 11 kungacha, 560S gacha kutarilganda esa 3-4 soatgacha uz yukumlilik xususiyatini saklab koladi. 700 li etil spirti eritmasi, 0,5% li natriy gipoxlorit yoki 0,5% li nonidenti detergenti eritmalari ta’sirida 1 minutda xalok buladi. Bundan tashkari 0,2% li v-propiolakton, 1% li glyutar aldegid, atseton va metonalning 1:1 nisbatidagi aralashmalari xam virusga kuchli xalokatli ta’sir etadi. Odam terisining yuzasida bulsa, organizm va bakteriyalarning ximoya fermentlari ta’sirida tezda emirilib ketadi.

Epidemiologiyasi: OITS da infeksiya manbai bu-bemorlar va virus tashuvchilardir. Ayniksa virus tashuvchilar epidemiologik jixatdan kuchli xavf solishadi, chunki ular virus bilan ifloslanishning birinchi boskichida amaliy jixatdan soglom bulishi kasallik alomatlari umuman sezilmaydi. SHunga karamasdan ular kuzgatuvchini tashki muxitga chikarib turishadi. Kasallikning yashirin davrida xam (davomiyligi 3-5 yildan 8-10 yilgacha) garchi u xar xil bulsada, shu xolat kuzatiladi.

OIV ni tarkatishda gemoseksualistlar, foxishalar, narkomanlar muxim urinni egallaydilar. Uni tarkatishda xomiladorlarning tutgan urni xakida aytib utish joizdir. Agar kupchilik viruslar uchun onadan bolaga yuldoshdan uta olish mumkin bulmasa, retroviruslarning tipik vakili bulgan OIV evolyusiya davomida uzini biologik tur sifatida saklab kolishi uchun yuldosh orkali utishi yoki vertikal yul asosiy xisoblanadi. OIV bilan zararlangan onalardan tugilgan bolalarning 70% i virus bilan zararlangan ekanligi isbotlangan. Bola kon zardobidagi antitelalar mikdori, immunoglobulinlar sinflarining bir-biriga nisbatan OITS virusining yuldosh orkali utganligining yorkin misolidir. Boshka kupgina virus infeksiyalarida esa antitelolarning passiv utishi kuzatiladi, xolos. OIV ning eng kup mikdori shaxvatda (sperma), kon zardobida, kukrak sutida topilsa, xam, ammo yukishi mumkin bulgan mikdorda sulakda, kuz yoshida, likvor (orka miya suyukligida), kin suyukligida uchraydi.

Gomoseksualistlar infeksiyani jinsiy yul bilan, narkomanlar esa parenteral yuli bilan (kon orkali) tarkatadilar. Eng muxim yukish yuli jinsiy kontakdir. Gomoseksualistlar aktiv va passiv buladilar. Ularning ikkovisi xam OITS ni tarkatishda katta xavf tugdiradilar. Eng xatarlisi shundan iboratki, bitta gomoseksualistning juda kup mijozlari buladi. Bundan tashkari gomoseksualist biseksualist tarzida xarakat kilib, OITS ni uz oilasiga tarkatishi xam mumkin.

Giyoxvand va spirtli ichimlikni sumste’mol kiluvchi yoshlar axlok va odob koidalariga rioya kilmay pala-partish e’tiborsiz duch kelgan bilan betartib jinsiy aloka kilish yuliga utadilar, natijada OITS virusini uzlariga yuktirib oladilar.

Kon tomir orkali giyoxvand moddalarni kabul kiluvchi ishlar aksariyat sterillanmagan ignalardan takror foydalanishlari natijasida OITS kasalligining kuzgatuvchisini yuktirib oladilar.



Patogenligi: Soglom organizmning immun-tizimi odatda atrof muxitdagi va odam ichidagi xar xil mikroblar, viruslar, zamburuglar va sodda bir xujayrali jonivorlarning xujumlaridan saklab turadi. Immun tizim shu bilan birga xatarli usma xujayralarining kupayishiga xam yul kuymaydi. Demak, immun tizim organizmning juda murakkab va ishonchli ximoya vositasidir.

OIV odam organizmiga tushgan, bir kancha vakt ozod xolatda yoki immunoglobulinlar bilan nospetsifik kompleks xosil kilib, aylanib yuradi. Keyinchalik esa u T-limfotsitlarning regulyator subpopulyasiyalaridan biri T-xelperlarning T 4 retseptorlariga adsorbsiya buladi, undan tashkari monotsitlar va makrofaglarga xam yopishib oladi, chunki ularning xam tashki membranasida umumiy maxsus T 4 retseptorlari uchraydi. SHu xujayralarning 10-100 mingtasidan bittasi OITS virusi bilan zararlanadi. T 4 retseptori OIV virioni kobigining tarkibiga kiruvchi glikoprotein bilan birikadi va shu joyda xujayra ichiga karab botik xosil kiladi, bu keyinchalik pufakchaga (vezikula) aylanadi, sung esa shu pufakcha virus bulakchasini xujayra ichiga olib kiradi. Xujayra ichida virionning deprotennizatsiyasi, uning nuklein kislotagacha «echinishi» kuzatiladi. Nuklein kislotada bulsa kayta transkriptaza fermenti yordamida ikki zanjirli DNK xosil buladi. U ba’zan provirus deb xam ataladi. Provirus xujayra yadrosiga kirib oladi va xromasomaga birikadi yoki ozod xolatda yadroda turib koladi.

Provirusning faollashish mexanizmi xali tulik urganilmagan bulsa xam, lekin bunda xujayra genlari bilan birgalikda provirus makrofag tomonidan faollashtiriladi, deb xisoblanadi. Bu faollashish virus RNK si, oksillari va boshka kismlarining sinteziga olib keladi. SHundan sung, virus bulaklarining yigilishi kuzatilib, etilgan viruslar kurtaklanish yuli bilan ajralib chikadi. Kup mikdorda virus bulaklarining xosil bulishi va «xujayin» xujayrani yorib chikishi, uning (T-xelperning) tashki kobigini erishiga (lizis) olib keladi. Lekin limfotsitlarning xalok bulishi uchun viruslarning uning ichida kupayishi shart emas, chunki membrana glikoproteidlari xujayra bilan simplast xosil kilib, uni kupaymay turib xalok kiladi. Bularning xammasi konda t-xelperlarning keskin kamayishiga olib keladi.

Odam immun tizimida bu virusga karshi antitelolar xosil buladi, lekin ular etarli darajadagi ximoyaga olib kelmaydi. Bunday uzini ximoya kila olmaslikning sabablari tugrisida bir kancha gipotezalar bor. Xisoblanadiki, «xujayin» xujayradan kayta xosil bulib chikkan virus doimo xam oldingilarning anik nusxasi bulmay, balki uz yuzasidan oxgina bulsa xam uzgarishiga ega. Antitelolar esa antigenlarning kat’iy ma’lum belgilari bilangina birikka oladi va uzgargan virusni tanimaydi. SHunday kilib, antitelolarning virus antigenlariga birikib, ularni ishdan chikishining oldi olinadi. Undan tashkari OIV yana markaziy nerv tizim xujayralarini (bosh va orka miya xujayralarini), asosan makrofaglarini zararlaydi va ular xam viruslarning kupayishida ishtirok eta boshlaydi.



Asosiy klinik kurinishlari: OITS ning klinikasi xar xil opportupistik infeksiya va invaziyalar, xamda xatarli usma kasalliklarining simptomakomplekslari bilan xarakterlanadi. YA’ni OITS ning uziga xos aloxida belgilari yuk. Organizmda kanday mikroorganizmlar xujumga utgan bulsalar, ushalar kuzgatadigan kasalliklar belgilari paydo bulaveradi.

OITS ning yakkol kuzga tashlanadigan belgilari paydo bulgunga kadar, prodroma alomatlari kurinadi: prodroma isitma, diareya, limfoadenopatiya, darmon kurishi, anemiya, depressiya, kok va shillik pardalarda xar turli yiringli kasallikla rivojlanishi va beborlarning ozib ketishi bilan ta’riflanadi. Bemorning darmon kurishi, terlashi bilan bir katorda limfa tugunlarining kattalashuvi OITS ning dastlabki belgilari xisoblanadi.

OITS umuman asta-sekin boshlanadi. SHu sababdan yashirin davri bilan prodroma alomatlari boshlangan kunni aniklash kiyin. Ikkinchi tomondan prodorma kachon tugashi va kasallikning asosiy belgilari boshlanishi bir-biridan ajratish xam kiyin. Kasallik kup xollarda nerv tizimining zararlanishi bilan boshlanadi. Unda immuntankislik xolati bilan birga birlamchi va ikkilamchi limfomalar, kup uchokli leykoensefaoliyati va boshkalarning rivojlanishi bilan boradi.

OITS da 50-90% xollarda ovkat kilish yulining kasalliklari yuz beradi. Ayniksa kasallikning surunkali diareya (ich ketishi), shaklida tana ogirligining 10% undan kuprokka keskin kamayishi kuzatiladi.



Tashxisi: OITS tashxisi klinik belgilari va laboratoriya tekshirishlari natijalariga asoslangan buladi. Jaxon soglikni saklash tashkiloti tavsiyasiga kura kuyidagi dalillar topilgan xolda OITS xakida uylamok zarur: 1) 60 dan yosh odamlarda Kaposhi sarkomasi aniklansa; 2) 1-2 oydan uzokka chuziladigan, surunkali ich ketar kasalligida enteropatogen mikroblar topilmagan va kup mikdorda kriptospiridium topilgan xollarda; 3) uzok chuziladigan noma’lum isitma kuzatilganda; 4) markaziy nerv tizimining limfomasi rivojlanganda; 5) odatdagi kimyoterapiyasi usuli bilan davolashda tuzalmayotgan va pnevmotsista kuzatgan zotiljam aniklanganda; 6) bemor sababsiz ozib, limfotseniya bulganda; 8) xar xil bakteriyalar, zamburuglar, viruslar, bir xujayrali sodda jonivorlar kuzatiladigan va tez-tez kaytarilib turadigan ekzogen va endogen reinfeksiyalar kuzatilganda.

Laboratoriya tashxisi: OIV bilan zararlangan deb xisoblangan ashyo bilan ishlab tekshirishlar olib borilganda, texnika xavfsizligi koidalariga kat’iy rioya kilish kerak.

OIV ga karshi antitelolarni «peptoskrin» tes tizim yordamida aniklash:

Immunoferment analiz yordamida olingan natijalarni tasdiklash uchun oksillarni immunokimyoviy analiz kilish usulidan foydalaniladi. Bu usul elektroforez yordamida ajratilgan virus oksillarining tekshirilayotgan zardob bilan maxsus boglanishiga asoslangan. Bu usulning asosiy moxiyati kuyidagicha buladi. Elektroforez yordamida ajratilgan virus oksillari nitrotsellyuloza filtrlariga utkaziladi va immunoferment usuli yordamida virion aloxida oksillarning immun zardob bilan maxsus birikishi aniklanadi. Agar maxsus birikish yuz bersa, unda nitrotsellyuloza filtrlarda maxsus bulgan oksil joylashgan joy «dog»

Oldini olish usullari: Xozir OITsga karshi amalga oshirilaetgan chora tadbirlar umumiyoldini olish tadbirlaridan iboratdir. Avvalo axoli rasida keng kullamda tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Xar bir fukaro OITS xakida ma’lum bir minimum tushunchaga ega bulishi kerak. SHu munosabat bilan seksiual soxada tarbiyalash juda muxim axamiyat kasb etadi. Xar bir fukora uzini va boshkalarni OITSdan saklash uchun birinchi navbatda nimalarga e’tibor kilish kerakligi xakida anik ma’lumotlarga ega bulishi kerak. Gomoseksualistlar, narkomonlar, buzik ayollar, tartibsiz palla-partish jinsiy xayor kechiradigan odamlar bilan aloxida tushuntirish ishlari olib borish. Ayniksa xalk oldida jamiyat oldida eng avvolo uz vijdoni oldidagi burchini tushuntirmok kerak. OITS infeksiyasining manbai uning yukish yullarini nazoratga olib va ularga ta’sir kilish bilan biror natijaga erishish kiyin. CHunki infeksiya manbalarining xili juda kup, ularni xozircha butunlay nazoratga olish amalda mumkin emas. Xuddi shunga uxshash kasallikni yukishyullari xam kup. Birdan bir natijaga erishish bulgan yul, OITSga karsha aloxida immunitet paydo kilish, ya’ni emlashdir.Oxirgi yillarda bk masala ustidan kup ishlar kilinmokda.

Amerikada R.G. Golov, Fransiyada L. Montane, Rossiyada R.V. Petrov va uning shoigrdlari vaksina ishlab chikarish ustida ishlamokdalar. Kashf etilgan vaksinalar tekshirilmokda. Olimlarning ba’zilari vaksinani odamlar ustida, boshkalari maymunlarda sinab kurmokdalar. Ajab emas, yakin kelajakda yaxshi immunogen vaksina topilsa va xozircha butun kishilik jamiyatiga xavotir tushirgan muommo echilsa.
PIKARNOVIRUSLAR OILASI (Picarnoviriadae)
Pikarnoviruslar oilasi katta guruh viruslardan tashkil topgan bo’lib, odam va hayvon organizmini shikastlaydi.

Oilaning nomi – pico – mayda rha – RNK so’zidan olingan bo’lib, sodda tuzilishga ega bo’lgan viruslardir.

Pikarnoviruslar mayda RNK tutuvchi viruslar bo’lib, diametri 24 – 30 nm ni tashkil etadi. RNK kapsid bilan o’ralgan bo’lib, ikosaerd shakliga ega. Ularda tashqi qobig‘i, ya’ni superkapsidi bo’lmaydi, lipid, karbonsuvlari yo’q, efir va dezoksixalat ta’siriga chidamli.

PIKARNOVIRUSLAR OILASI (PICARNOVIRIADAE) 4 TA AVLODNI O’Z ICHIGA OLADI


Enteroviruslar avlodi – Enteroviadae.

Kardioviruslar avlodi – Cardioviriadae.

Rinoviruslar avlodi – Rinoviriadae.

Aftoviruslar avlodi – Aphtoviriadae.

Enteroviruslar avlodiga poliviruslar, Koksaki, ESNO va gepatit A viruslari kiradi. Kardioviruslar avlodiga odamlarda isitmali kasalliklar keltirib chiqaruvchi ensefalomiokaodit virusi, Rinoviruslarga esa odam, sigir, otlarda yuqori nafas yo’llarida kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar kiradi. Avtoviruslar avlodiga esa hayvonlarda, ayrim vaqtda odamlarda kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar kiradi.

Odamlarda patogen bo’lib, poliomielit, Koksaki virusining A va B guruhi, ESNO, entoviruslar va 68 – 72 serotiplarga mansub bo’lgan viruslar – gepatit A viruslarini o’z ichiga oladi. Enteroviruslar avlodiga kiruvchi viruslarni 1969 yilda tiplar bilan belgilangan. Masalan: poliomielit viruslar enteroviruslarning 1 – 3 tiplari deb belgilangan.

Barcha enteroviruslar bir biriga o’zining tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fizikaviy va kimyoviy omillarga chidamliligi va boshqa xususiyatlari ham o’xshaydi. Enteroviruslardan poliomielit virusi to’liq o’rganilgan.
POLIOMIELIT VIRUSI
Poliomielit virusi 1909 yilda K.Landshteyner va E.Popperlar poliomielit bilan kasallanib o’lgan bolaning orqa miyasini ajratib oladilar va ula maymunlarga virusni yuqtirib, xaqiqiy poliomielit kasalligini chiqardilar. 1994 – yili D.Endryus virusni hujayra to’qimasida ko’payishini isbotlaydi.

Virusni tuzilishi va kimyoviy tarkibi.

Virusning RNK si bir ipli. Quruq massasining 30% RNK, 70% oqsil tashkil qiladi. RNK kapsid bilan qoplangan bo’lib, ikosaedral simmetriyaga ega. Kapsid o’z navbatida 60 ta kapsomerlardan iborat. Virusda tashqi qobig‘ bo’lmaydi. SHuning uchun virus tarkibida lipid va karbonsuvlar bo’lmaydi. Virusning kattaligi 17 – 30 nm.ga teng. Virus bo’lakchasining tashqi ko’rinishi malina mevasiga o’xshaydi. Virus kapsidi 4 ta (VP1, VP2, VP3, VP4) oqsildan tashkil topgan. Bu oqsillar har xil molekulyar massaga ega. R4 oqsilli virus RNK bilan birikkan holda bo’ladi.
Antigen tuzilishi

Poliomielit virusi antigeniga ko’ra 3 ta serologik tiplarga bo’linadi (I, II, III). Kompliment bog‘lovchi antigen 3 ta serotipi uchun umumiy hisoblanadi. Bu serotiplar bir – biridan antigen tuzilishi va ayrim biologik hususiyatlari bilan farq qiladi. Epidemiya vaqtida asosan I tip (65 – 95%) uchraydi, II va III tiplar esa kamroq, ya’ni 3 – 35% bemorlardan ajratib olinadi.

Virusning o’stirilishi va reproduksiyasi.

Poliomielit virusi maymun va odam bo’laklarining birlamchi hujayra kulturasida va undiriluvchi Hela hujayra kulturasida, hujayraga patogen ta’sir (XPT) etib ko’payadi. Poliomielit viruslarining reproduksiya sikli 5 – 7 soat bo’ladi. Virus hujayraga vipropeksis yo’li bilan kiradi. Reproduksiya jarayoni sitoplazmada sodir bo’ladi. Bitta ho’jayin hujayrada 150 ta varion sintez qilinadi. Varion kapsiddan ozod bo’lganidan so’ng, replikativ shakldagi RNK hosil bo’lib, u RNK va varion RNK larining sintezi uchun matn bo’ladi. So’ng yagona yirik polipeptid hosil bo’ladi. Bu polipeptid proteolitik fermentlar yordamida bir necha bo’laklarga parchalanadi. SHu bo’lakchalarning bir qismida kapsomerlar, ularda kapsid, ikkinchi qismidan ichki oqsillar uchinchi qismida esa virion fermentlar (RNK – transkriptaza va proteaza) hosil bo’ladi. Keyin har bir moyil hujayrada bir qancha virion paydo bo’lib, hujayrani lizis qilib tashqariga chiqadi.

CHidamliligi.

Poliovirus 0 temperaturada suvda va najasda yuqish aktivligi 1 oygacha saqlanadi. Virus steril suvda uy haroratida 100 kungacha, sutda 90 kungacha, ochiq suv havzalarida bir necha oy saqlanadi. 500S temperaturada 30 daqiqadan so’ng aktivligini yo’qotadi, - 200S temperaturada esa yillab yuqish aktivligini yo’qotmaydi. Poliovirus 0,5 – 1% fenol eritmasi chidamlik, xlorli oxak, xloramin, formalin eritmalari va vodorod angidridi ta’sirida o’z faolligini yo’qotadi.


Odamlarda kasallikning patogenezi
Kasallikni manbai bo’lib, bemor odam yoki virus tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik havo tomchi, fekal, oral yo’llari bilan yuqadi. Virus og‘iz bo’shlig‘i, burun halqumlarining shilliq qavati epitelial hujayralarida reproduksiyalanadi. Birlamchi virus reproduksiyasi ingichka ichakni shilliq qavati va Peyer blyashkalarida ham ro’y beradi. Virus limfa sistemasidan qonga o’tib, MNS – ga boradi va periferik nerv aksonlariga pastki harakat neyronlarining tolalari bo’ylab tarqaladi. Virus bosh miya va orqa miyani shikastlaydi. Orqa miyani oldingi shoxlaridagi hujayralar juda ham virusga sezgir bo’ladi, shuning uchun ushbu hujayralarning shikastlanishi falajlikka olib keladi.

Klinik belgilari paydo bo’lganiga qadar bemorning burun, halqumi va najasidan virusni ajratib olish mumkin. Kasallik 4 – xil klinik shaklda kechadi.

Klinik simptomlari rivojlanmagan shakli.

Kasallikning engil falajsiz shakli.

Aseptik meningit shakli.

Falajlik shakli.

Kasallikning yashirin davri 7 – 14 kun, ayrim hollarda 3 – 35 kun blishi mumkin. Poliomielit virusining 3 ta serotipi axoli orasida tarqalgan. Poliomielit bilan asosan 4 oylikdan 5 oygacha bo’lgan bolalar kasallanadi va kattalar ham kasallanishi mumkin. Kasallik ko’proq kuz oylarida uchraydi. Kasallikning og‘ir kechishi, bemor organizmining holatiga va uning irsiyatiga bog‘liq.

IMMUNITETI: Poliomielitdan so’ng turg‘un, uzoq muddatli immunitet hosil bo’ladi. Virusning boshqa tipi yuqishi natijasida qayta kasallanishi mumkin. Virusning neytrallovchi antitelalar va sekretor immunoglobulin A hosil bo’ladi. Onadan o’tgan immunitet bolada 3 – 6 haftagacha saqlanishi mumkin. Immunitet gumoral tipda xos bo’ladi.

LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun bemordan najas, burun halqumidan suyuqlik olinadi. Murdadan esa, bosh va orqa miya, muskullar ichak devori va boshqa a’zolar olinadi.

Poliomielit virusi Koksaki va ESNO viruslaridan farqli o’laroq, orqa miya suyuqligida kam uchraydi. Bakteriya mikroflorasini o’ldirish maqsadida tekshiriluv materiallarda antibiotiklar qo’shib, ulardan suspenziya tayyorlanadi. Ularni maymun, odam embrioni buyraklarining hujayra kulturasiga va odam amnioni hujayra kulturalariga yuklatiladi. Bu hujayra kulturalarida virus reproduksiyalanadi (XPT etadi) va tipga xos zardoblar yordamida hujayra kulturasidan neytralizatsiya reaksiyasini qo’yib, viruslar idintifikatsiya qilinadi.

Poliomielit kasalligida bemor qonida komplement bog‘lovchi va viruslarni neytrallovchi antitelalar paydo bo’ladi. Ularning titri kasallikning dinamikasida ortib boradi. SHu sababli bemordan juft zardoblar olinib KBR va neytrallash reaksiyalarini quyib, diagnoz qo’yiladi.

PROFILAKTIKASI: Poliomielit maxsus profilaktikasi 1954 yil Amerikada boshlangan bo’lib, Amerikalik virusolog Dj. Solk formalin yordamida 1, 2, 3 tiplaridan undirilgan vaksina tayyorlanadi. Bu vaksina organizmda yuqori immunogenlik hususiyatiga ega bo’lib, antitelalarni hosil qiladi. Ammo bu vaksina ichak shilliq qavat hujayralaridagi virusning ko’payishiga to’sqinlik qila olmaydi. Bu vaksina muskul orasiga yuboriladi.

A.Sebinning virusning kuchsizlantirilgan shtammidan tayyorlangan tirik vaksinasi yuqorilardagidan tashqari yana sekretor me’da ichak sistemasi, ayniqsa ingichka ichakning shilliq qavatlarida ko’payib gumoral va sekretor A antitelalarni hosil qiladi. SHu bilan ichakda virulentlik polivirusni ko’payishiga to’sqinlik qiladi.

Ushbu vaksinani ishlab chiqarish texnologiyasi sobiq sovet virusologlari A.A.Smorodinsev va M.B.CHumakovlar tomonidan yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu vaksina 85 – 95% emlangan bolalarda immunitet hosil qiladi. Vaksina draje va suyuq holda chiqariladi va og‘iz orqali yuboriladi.

Maxsus passiv profilaktika 7 yoshgacha bemor bilan muloqotda bo’lgan bolalarga hamda o’smirlarga immunoglobulin, ota – onalarning qonini quyish, sog‘lom odamlarning zardoblarini quyish bilan amalga oshiriladi.

Polimielitga qarshi bolalarni yoppasiga emlash kasallikni epidemiya shaklida tarqalishini yo’q qiladi. Ushbu qoidaga amal qilib barcha bolalarni o’z vaqtida yoppasiga emlansa bu kasallikni yo’q qilish mumkin.

DAVOLASH: Bemorlarga immunoglobulin yuboriladi. Simptomlariga ko’ra davolanadi. Muskullarning tortishib qolishiga qarshi dorilar beriladi.
Фойдаланилган адабиётлар


  1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

  2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

  3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

  4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

  5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

  6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.




Download 2,06 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Download 2,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Virus 1989 yilda AQSH da Sood va YAponiyada Arimo va hamkasblari tomonidan kasalning qon zardobidan ajratib olindi. Virus

Download 2,06 Mb.