Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти




Download 2,06 Mb.
bet15/24
Sana31.12.2019
Hajmi2,06 Mb.
#6723
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24

Ko‘kyo‘tal bolalarda uchraydigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘ziga xos kuchli bo‘g‘ilib yo‘tallish bilan kechadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi 1906 yili J.Borde va O.Jangular tomonidan bemordan ajratib olingan. 1937 yili ko‘kyo‘talning engil shakli bilan og‘rigan boladan B. pertussis ga o‘xshash mikroorganizmni Eldring va Kendriklar ajratib olib, unga B. Parapertussis, B. Bronchiseptica deb nom berdilar.


Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi kokkobakteriyalar mayda, kalta, tayoqcha shaklida bo‘lib, ikki uchi bir oz bukilgan, uzunligi 0,5-1,2 mkm, eni 0,2-0,4 mkm. virulent turlarida kapsulasi bor, xarakatsiz. Gram manfiy.

Ko‘kyo‘tal mikrobi qat’iy aerob, oddiy oziq muhitlarida o‘smaydi, chunki bunda yog‘ kislotalari to‘planib, bakteriyalarning ko‘payishini to‘xtatadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisini qon aralashtirilgan kartoshka-glitserinli 25% muhitlarda (Borde-Jangu ozig‘i) ko‘paytiriladi. Hozir yarim sintetik kazein-ko‘mirli qonsiz agarda (KKA muhit) keng foydalaniladi, chunki bu muhit arzon va oson tayyorlanadi. Oziq muhitida ko‘kyo‘tal mikrobi 24-72 soatdan so‘ng mayda, bo‘rtgan, simob tomchilariga o‘xshash yaltiroq, qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Ko‘kyo‘tal mikroblari mayda, diametri 1-2 mm yaltiroq, chetlari tekis bo‘rtgan S-shaklidagi koloniyalar (I-II f) hosil qilib, o‘ziga xos, ya’ni gomologik immun zardoblar bilan agglyutinatsiya reaksiyasini beradi.

Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining eski kulturasi, aksincha yirik, diamtri 3-4 mm bo‘lgan, chetlari notekis, yassi R-1 shakldagi koloniyalar (III-IV f) hosil qiladi.

Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi biokimyoviy xususiyati bo‘yicha faol emas, qand, oqsil va mochevinalarni parchalamaydi, nitratlarni qaytarmaydi, katalaza hosil qiladi.

Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi temperaturaga chidamsiz ekzotoksin ishlab chiqaradi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi gialuronidaza, letsitinaza, gemagglyutinlarni hosil qiladi va quyon, qo‘y, buzoq va odam qonidagi zardobni ivitadi.

Bordotella urug‘iga mansub bakteriyalar O-antigen va turli maxsus agglyutininlarga ega B.pertussis turiga agglyutinogen-1; parapertussis ga 14, B. Bonchisepticis-12 agglyutininlar xos.

Ko‘kyo‘tal va parako‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi fizik va kimyoviy omillar, tashqi muhitga chidamsiz, quyosh nuri va dezinfeksion moddalar ta’sirida tezda o‘ladi. Ko‘kyo‘tal bilan tabiiy sharoitda hayvonlar kasallanmaydi.

Ko‘kyo‘tal bilan odatda bolalar og‘riydi. Kasallik tipik simptomlar va siklik tarzda o‘tishi bilan ta’riflanadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchilari yuqori nafas yo‘llari orqali organizmga kirib, traxeya va bronxlar shilliq pardasining kataral yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.

Kasallikning kataral davri 2 xafta chamasi davom etadi va nafas bo‘g‘ilib qoladigan darajada tutib turadigan yo‘tal bilan davom etuvchi konsulsiv (talvasali) davriga o‘tadi, bunda goho har xil tashqi ta’sirotlar (tovush, bemorni ko‘zdan kechirish, in’eksiya qilish) tufayli yo‘tal tutib qolaveradi. Konsulsiv davri 4-6 xafta davom etadi va yo‘tal xurujlari qolib ketganidan keyin sog‘ayishi bilan tugallanadi. Bemorlar, shuningdek sog‘lom bakteriya tashuvchilar infeksiya manbai bo‘lishi mumkin. Kasallikning kataral davrini boshidan kechirayotgan bemorlar kasallik yuqtiruvchi manba sifatida ayniqsa xavflidir. Kasallikning asosiy o‘tish yo‘li havo-tomchi yo‘lidir. Ko‘kyo‘tal bakteriyalari tashqi muhitda kam chidamli bo‘lgani uchun buyumlar infeksiya yuqishida rol o‘ynamaydi. Kasallikdan so‘ng mustaxkam va uzoq davom etadigan immunitet qoladi.

Laboratoriya diagnostikasi uchun bakteriologik usul qo‘llaniladi. SHu maqsadda bemordan balg‘am yoki xalqum va burundan shilliq modda olinib Borde-Jangu, sut-qonli yoki gidrolizat-kazeinli, kazein-ko‘mirli muhitlarga ekiladi. Begona mikrofloralar o‘sishini to‘xtatish uchun oziq muhitlarga penitsillin qo‘shiladi, 3-5 kundan so‘ng oziq muhitlarda koloniyalar o‘sib chiqadi, so‘ngra ulardan sof kulturaajratib olinib, uning morfologiyasi, o‘sishi, biokimyoviy, antigenlik va biologik xususiyatlari o‘rganiladi. Teri-allergik sinamasi ham qo‘llaniladi. Ko‘kyo‘tal mikrobni tezda aniqlash uchun tezkor immunoflyuoressent usuldan foydalaniladi.

Kasallikning oldini olish uchun umumiy profilaktika choralari ko‘riladi. Hozirgi vaqtda adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal-bo‘g‘ma qoqshol vaksinalar (AKDS) bilan bolalar emlanadi. Bu vaksina tarkibida 40 mlrd. o‘ldirilgan ko‘kyo‘tal mikroblari bo‘ladi. AKDS vaksina bilan bolani 2, 3, 4, 16 oyligida emlanadi.

Sil qo‘zg‘atuvchisi


Mikobakteriyalar oilasiga sil qo‘zg‘atuvchisi – Mycobacterium tuberculosis va moxov qo‘zg‘atuvchisi – Micobacterium liprae kiradi. Mikroorganizmlar hujayra pardasida yog‘-mumsimon moddalar ko‘p bo‘lganligi uchun ular kislota, spirt va ishqorlarga chidamli bo‘lishi bilan ajralib turadi, ularni bo‘yash uchun konsentrlargan bo‘yoqlar va qizdirish usulidan foydalaniladi (Sel-Nilsen metodi). Bo‘yalgan mikobakteriyalar qiyinchilik bilan rangsizlanadi. Ularning ko‘pchiligi – tuproqda, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarida yashovchi saprofitlardir.

Sil qo‘zg‘atuvchisini Mycobacterium tuberculosis 1882 yili R. Kox kashf etgan.

Morfologiyasi va biologik xossalari.

Mycobacterium lar shu tipik vakillari bo‘lib, kislotalar ta’siriga hammadan ko‘ra ko‘proq chidaydi. Balg‘am yoki organlardan tayyorlangan surtmalarda mikobakteriyalar kattaligi 1,5-4x4 mkm keladigan kichkina, ingichka tayoqcha shaklida ko‘rinadi, gram musbat. Sun’iy oziq muhitlarida tarmoqlanadigan formalar hosil qilishi mumkin. Sil mikobakteriyalari ko‘p darajada polimorf bo‘ladi: tayoqchasimon, donador, ipsimon, kokksimon, filtrlanadigan va L- formalari uchraydi.

Patogen mikobakteriyalarning 4 ta tipi tafovut qilinadi.

Mycobacterium tuberculosis (odamlarga xos tipi).

Mycobacterium bovis (xo‘kizlarga xos tipi).

Mycobacterium avium (parrandalarga xos tipi).

Mycobacterium tuberculosis mirium (dala sichqonlarga xos tipi).

Sil mikobakteriyalarining hamma tipi morfologik jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, bir xildagi oziq muhitlarda o‘sadi.

Sil mikobakteriyalari glitserin qo‘shilgan kartoshkali va tuxumli muhitlarda (Pavlovskiy, Petrov, Petranyani va Dorse muhitlarida) shuningdek, sintetik muhitlarda (Soton) o‘stiriladi. Mikobakteriyalar 8-10 kunda unib chiqadi, 3-4 xaftadan keyin zich oziq muhitlarida och sariq tusli g‘ubor va suyuq muhitlarda bujmaygan zich sarg‘ish parda paydo bo‘ladi. rN 7,0-7,4 da optimal o‘sish temperaturasi 37oS.

Kox sil mikobakteriyalaridan tuberkulin” degan zaharli modda olgan, uning patologik ta’siri faqat infeksiya yuqqan organizmda yuzaga chiqadi. Tuberkulin allergen xossalariga ega va undan hozir odam yoki hayvonlarga mikobakteriyalar yuqqanligi allergik reaksiyalar qo‘yilib aniqlanadi.

1890 yilda R.Kox tuberkulin preparatini kashf etdi, uni Koxning “eski tuberkulini” (Alt tuberculin Koch) ham deyiladi. Bu preparatni sil mikobakteriyasining 2-2,5 oylik eski glitserinli suyuq muhitdagi kulturasini filtrlab, uning dastlabki hajmini 1/10 gacha quritib olingan. Bu preparatning kamchiligi hujayralardan ajratib olingan faol fraksiyalar bilan bir qatorda kultura suyuqligidagi ballast pepton, glitserinlarning mavjudligidir.

1937 yili F.Zaybert quritib tozalangan va 30% ga yaqin polisaxaridlardan tarkib topgan “ tozalangan proteinli derivat” (RRD) deb ataluvchi yangi tuberkulinni taklif etdi. Bu preparat teri-allergik sinamalarni quyishda qo‘llaniladi. Sil bakteriyalari yuqqan odamlarga bilak terisiga va teri orasiga bu preparat yuborilsa, o‘sha erda mahalliy o‘ziga xos reaksiya, ya’ni qizarish va infiltrat hosil bo‘lishi kuzatiladi (Pirke va Mantu reaksiyalari).

Mikobakteriyalarda oqsil, polisaxarid birikmalari hamda lipid komponentlari antigenlik xususiyatiga ega. Tuberkulin proteidlari, polisaxaridlar, fosfatidlar kabi omillarga ham qarshi antitelolar hosil bo‘ladi. Polisaxarid, fosfatid, antitelolarining spetsifikligi KBR, Bilvosita GAR, geldagi pretsipitatsiya reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Bu reaksiyalar yordamida M. Tuberculosis, M. Bovis, M. Leprae larning antigenlik xususiyatlari aniqlanadi.

Mikobakteriyalar bioximiyaviy xususiyatlari juda faol bo‘lib, ular oqsillarni parchalaydigan proteolitik fermentlar ishlab chiqaradi. Katalaza faolligiga ega bo‘lib, bu xususiyati 65oS da 30 daqiqa davomida yo‘qoladi. Ular glitserin, spirt, bir qancha uglevodlarni, letsitin, fosfatidlar, mochevinalarni, zaytun va kanakunjut moylarini ham parchalaydi.

Sil mikobakteriyalari odam yoki hayvon organizmidan tashqarida yashash qobiliyatini uzoq saqlab qoladi. Qurigan balg‘amda ular 10 oygacha yashaydi. 70oS temperaturaga 20 daqiqa davomida, qaynatishga esa 5 daqiqa bardosh beradi. 5% li karbol kislota eritmasi hamda 1:1000 nasbatdagi sulema eritmasida bir kecha-kunduzdan keyin, 2% li lizol eritmasida esa 1 soatdan so‘ng o‘ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalardan xlorli oxak va xloraminga hammadan ko‘ra ko‘proq sezgirdir. Sil tayoqchalari oqar suvlarda 1 yilgacha, sariyog‘da 8 oy, tuproqda 6 oygacha, kitob varaqlarida 3 oydan ortiq saqlanadi. Sil mikobakteriyalari bir qancha antibiotiklar (streptomitsin, kanamitsin, rifampitsin), kimyoviy terapevtik preparatlar, paraminosalitsilat kislota (PASK), tubazid, ftivazid, izoniazid va boshqalar ta’siriga chidamsiz.

Patogenezi, klinikasi. Odamlar, asosan mikobakteriyalarning 3 turi M. tuberculosis, M. africanis (hayvonlardan)b M. bovis bilan kasallanadilar. 92% dan ortiq hollarda M. tuberculosis, 3-5% da M. bovis, 3% M. africanis kasallik qo‘zg‘atadi.

Sil kasalligi asosan havo-tomchi, havo-chang yo‘llari orqali yuqadi, ba’zan sil mikobakteriyalari tushgan ovqat mahsulotlaridan og‘iz orqali hamda teri va shilliq qavatlar orqali yuqishi, xomilaga esa yo‘ldosh orqali o‘tishi mumkin.

Kasallik aerogen yo‘l bilan yuqqanda uning birlamchi o‘chog‘i ko‘pincha o‘pkada yuzaga keladi. Alimentar yo‘l bilan yuqqanda esa ichakdagi mezenterial limfa tugunlarida paydo bo‘ladi. Organizmning qarshiligi zaif, turmush va maishiy sharoitlari og‘ir bo‘lganda, kasallik qo‘zg‘atuvchilari birlamchi joylashgan eridan butun organizmga tarqalib, generalizatsiyalangan infeksiyani yuzaga keltirishi mumkin. Aksariyat hollarda birlamchi o‘choq yallig‘lanish jarayonining mavjudligi bilan xarakterlanadi. So‘ngra limfa yo‘llari shikastlanadi, limfangit va regionar limfadenitlarning rivojlanishi kuzatiladi. Birlamchi sil kompleksi deb ataluvchi jarayon yuzaga keladi. Bu xol ijobiy kechganida yallig‘lanish jarayoni to‘liq yo‘qolib, shikastlangan joy qobiq bilan o‘ralib kalsiy tuziga aylanadi va chandiq hosil bo‘ladi. Agar organizmning rezistentligi susaysa, birlamchi sil surunkali kechib, kasallik avj olishi mumkin.

Ikkilamchi sil, birlamchi sil kasalligi bilan og‘riganlarda endogen yo‘l bilan yoki kasallik qayta yuqishi oqibatida yuzaga keladi.

Sil kasalligi turli klinik shakllarda (o‘pka, sil meningiti, ichak sili, teri-tanosil va siydik yo‘llari a’zolari sili, suyak va bo‘g‘im sili) kuzatiladi.

Immuniteti. Odamlarning ko‘pchiligi sil infeksiyasiga etarli darajada chidamli bo‘ladi va ularga bolalikda kasallik yuqib o‘tishi odatda ohaklanib qoladigan birlamchi sil o‘choqlari hosil bo‘lishiga olib keladi. Sil bilan kasallanish irsiyatga ham bog‘liq ekanligi aniqlangan. Sil kasalligida hujayraviy immunitet omillari muhim ahamiyatga ega. Immunitet nosteril bo‘lib, sun’iy immunitetni yuzaga keltirish uchun odamlar BSJ vaksinasi bilan emlanadi. Orttirilgan immunitet sil mikobakteriyalari antigenlari ta’sirida T-limfotsitlarni faollashishi natijasida yuzaga keladi.

Mikrobiologik diagnostikasi.

Tekshirish uchun olinadigan materiallar sil kasalligining klinik shakliga asoslanib turlicha: balg‘am, siydik, yiring, orqa miya suyuqligi, operatsiya vaqtida turli a’zolardan olingan ajratmalar bo‘ladi. Asosan bakterioskopik, bakteriologik, serologik, biologik va allergik usullarda foydalaniladi.

Bakterioskopik usulda olingan materialdan bir xil qalinlikda bir necha surtmalar tayyorlanib, havoda quritiladi va alangada fiksatsiya qilinadi. SHundan keyin Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi.

Sil-Nilsen usulida bo‘yalgan surtmalarda sil mikobakteriyalari havorang ko‘rish maydonida qizil bo‘lib ko‘rinadi, chunki ular tarkibida yog‘ kislotalari bor. Preparat qizdirilganda bu kislotalar asosiy fuksin bilan ajralmas birikma hosil qiladi, natijada preparat qizil rangga, ular atrofidagi boshqa elementlar bilan mikroorganizmlar esa ko‘k rangga bo‘yaladi. Mikobakteriyalar to‘g‘ri ezilgan, uzun va kalta bo‘lishi mumkin. Ular alohida-alohida va turli kattalikda to‘da-to‘da holida uchraydi. Ba’zan ular bir xilda bo‘lmagan bir qator qizil donachalar shaklida ko‘rinadi.

Bakteriologik usulda tekshirilayotgan patologik material avvaliga Ulengut va Sumiosh bo‘yicha (15-20% HCl yoki H2SO4 eritmasi) ishlov beriladi.

Lyuminessent mikroskopiya oddiy mikroskopiyaga qaraganda ancha sezgir. Preparat odatdagicha tayyorlanadi. Nikiforov aralashmasi bilan fiksatsiyalanadi va 1:1000 nisbatdagi auramin bilan bo‘yaladi. So‘ngra preparat xlorid kislota qo‘shilgan spirt bilan rangsizlantiradi va nordon fuksin bilan qo‘shimcha bo‘yaladi, bunday fuksin preparatlaridagi leykotsitlar, to‘qima elementlarining tovlanishini “o‘chiradi” va qora fon bilan tilla rang yashil ravshan nur sochib porlaydigan sil mikobakteriyalari surtmasida kontrast hosil qiladi. Preparat lyuminessent mikroskopda ko‘zdan kechiriladi.

Boyitish metodi, sil diagnostikasida mikroskopik metodning sezgirligini oshirishga erishiladi. SHu metodlarning biri shilimshiqni eritadigan turli moddalar (ishqor, antimorfin)ni materialga ta’sir ettirib, uni gemogen holga keltirishdan iborat. Bu – ma’lum hajmdagi material sentrifugalangandan keyin cho‘kmadan olingan surtmalarda sil mikobakteriyalarini topishga imkon beradi. Sil mikobakteriyalari kulturalarini ajratib olishning tezkor metodlari Prays va SHkolnikova metodlari ishlab chiqilgan. Tekshiriladigan material buyum oynasiga tushirilib, sulfat kislota bilan ishlanadi, fiziologik eritma bilan yuviladi va sitrat qon qo‘shilgan oziq muhitiga quyiladi. 3-4 kundan keyin buyum oynasi olinib, Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi. Mikroskopning kichik ob’ektivi bilan ko‘zdan kechiriladi. Mikobakteriyalar virulent shtammlarining mikrokoloniyalari xivchinlari, soch tutamlari ko‘rinishida bo‘ladi.

Sil kasalligida eng samarali usul, dengiz cho‘chqalarida biologik sinama o‘tkazish hisoblanadi. Buning uchun bemordan olingan patologik materialdan 1 ml dengiz cho‘chqalarining terisi ostiga yoki qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi. 5-10 kundan keyin limfadenit, so‘ngra tarqalgan infeksion jarayon yuzaga keladi va hayvonlar o‘ladi.

Serologik usulda antigen va antitelolarni aniqlovchi KBR, agglyutinatsiya, bevosita agglyutinatsiya reaksiyalari qo‘yiladi.

Allergik usulda organizmning mikobakteriyalar bilan infeksiyalan-gan-infeksiyalanmaganligini aniqlash uchun foydalaniladi. Pirke reaksiyasi (teri ustiga) va Mantu reaksiyasi (teri orasiga) tuberkulin bilan aniqlanadi va infeksiyalangan kishilarda 48 soatdan so‘ng infiltrat, qizarish paydo bo‘lsa, reaksiya musbat hisoblanadi.

Profilaktikasi. Sil bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, dispanser hisobiga olish. Odamlarni aktiv ravishda immunlash ham katta ahamiyatga egadir.

Fransuz olimlari Kalmett va Geren tomonidan qoramolga xos tipdagi sil mikobakteriyalarini 13 yil davomida glitserinli kartoshkali ozuqa muxitida o‘stirib, olingan tirik vaksina BSJ da foydalaniladi (lotincha BCG-Bacilla Calmette-Guerin). Bu vaksina chaqaloq chap elkasining tashqi yuzasidagi teri orasiga yuboriladi. 7 va 15-16 yoshda revaksinatsiya qilinadi.

Patogen aktinomitsetlar. Aksinomitsetlar bir hujayrali mikroorganizmlar bo‘lib, Actinomycetales va Actinomyceteceae oilasiga kiradi.

Aktinomitsetlar septasiz mitseliylardan, ya’ni shoxlanuvchi, ingichka, uzunligi 100-600 mkm, ya’ni 1,0-2,5 bo‘lgan ipchalardan iborat. Ular gramm usuli bilan musbat, umuman anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yaladi. Aksinomitsetlar spora hosil qilib, ipchalari mayda bo‘lakchalarga ajralib, kurtaklanib va bo‘linib jinssiz ko‘payadi.



O‘sishi. Aktinomitsetlar – fakultativ anaerob, ularning o‘sishi uchun 35-370S qulay harorat hisoblanadi. 24 soatdan so‘ng qattiq muhit yuzasida mayda koloniyalar, 7-14 kundan so‘ng esa, yirik polimorf, silliq yoki g‘adir-budir kulrang sarg‘ish, yumshoq, bir xil oq, duxobaga o‘xshash koloniyalar hosil qiladi. Koloniyalar oziq muhitning ichiga kirgan va tashqarisida ham bo‘lishi mumkin. Koloniyalar havorang, jigarrang, qizil, yashil va boshqa rangda bo‘ladi.

Toksin hosil qilishi to‘liq o‘rganilgan emas.

Antigan tuzilishi. Aktinomitsetlar hujayra devoriga antigenlar turiga xos bo‘lib, bu antigenning spetsifikligiga ko‘ra barcha aktinomitsetlar 5 ta seroguruhga bo‘linadi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Aktinomitsetlar qo‘y, echki va qoramollarda, cho‘chqa, ot, it, quyon va boshqa hayvonlarda surunkali kasallik keltirib chiqaradi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai quyon, echki va qoramollar, yovvoyi hayvonlar, it, cho‘chqa, ot, quyon, shuningdek tuproq o‘simliklari va boshqalar hisoblanadi. Organizmga kirgan aktinomitsetlar, shu joydan teri ostidagi biriktiruvchi to‘qimalar, muskullar orasidagi bo‘shliqlar hamda qon va limfa orqali tarqaladi.

Immuniteti. Kasallikni boshidan kechirgan bemor organizmida kuchli, turg‘un, uzoq davom etadigan immunitet hosil bo‘lmaydi, shu sababli kishi qayta kasallanishi mumkin.

Laboratoriya tashhisi.

Aktinomikozda yaradan chiqqan yiringdan surtma tayyorlanadi.

Yiring qandli bulonga (rN 6,8) qonli, zardobli go‘sht peptonli agarlarga, Saburo muhitiga aerob va anaerob sharoitlarda ekiladi va sof kultura ajratib olinib, kultural, biokimyoviy xususiyatlari identifikatsiya qilinadi.

KBRsi bemor zardobi bilan qo‘yiladi.

Aktinomitsetlarning ekstraktlari bilan teri allergik sinama qo‘yiladi.

Davosi va profilaktikasi. Bu kasallikni maxsus davosida aktinolizatlar, 6-8 ta shtammlardan tayyorlangan polivalent aktinomitset vaksina qo‘llaniladi. Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigienaga qat’iy rioya qilish, teri va shilliq qavatlarni turli jaroxatlardan asrash, tomoq, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlarni kasallanishdan saqlash kerak.

CHuqur blastomikozlarning qo‘zg‘atuvchilari. Vyptococcus neoformaus odamlarda chuqur blastimikoz kasalligini chaqiradi. Odamda o‘pka, miya, miya pardasi, ichak, teri, teri osti klechatka, limfa bezlari suyak sistemasini shikastlaydi.

Profilaktikasi. Umumiy va shaxsiy gigienaga rioya qilish kerak.

Фойдаланилган адабиётлар


  1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

  2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

  3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

  4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

  5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

  6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

  7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.

12.Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)
Tayanch iboralar:

KANDIDOZ QO‘ZG‘ATUVCHISI

Kandidozga Candida urug‘iga mansub achitqisimon zamburug‘lar sabab bo‘ladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi dastlab 1983 yili Langenbak tomonidan kashf etilgan. Kandidalar bir hujayrali organizm bo‘lib, kurtaklanib ko‘payadi. Ular konidiy, askosporlar hosil qilmaydi, haqiqiy mitseliylari yo‘q, soxta metsiliylari ketma-ket kurtaklanish natijasida paydo bo‘ladi. Bu zamburug‘lar maxsus urug‘ni tashkil etib, 80 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi, shulardan 20 tasi odamlarda kasallik keltirib chiqaradi. Bularga C.albicans, C.tropicalis, C.pseudotropicalis, C.krusei, C.gullermondi, C.parapsilosis va boshqalar kiradi. Bulardan asosan C.albicans, C.tropicalis kandidozga sabab bo‘ladi. Bu turni 1853 yili SH.Roben birinchi bor aniqlagan.

Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar dumaloq tuxumsimon yoki uzunchoq hujayralar bo‘lib, asosan kurtaklanib ko‘payadi. C.albicans xlamidosporalar hosil qiladi. Ularning zanjirsimon uzunchoq hujayralardan iborat soxta mitseliylari bor.

Achitqisimon zamburug‘lar aerob bo‘lib, oddiy muhitlarda 20-30 0S haroratda o‘sib, silliq koloniyalar hosil qiladi, ammo Saburo muhitida yaxshi ko‘payadi.

Kandidoz zamburug‘larining antigen tuzilishi murakkab, hujayra devoridagi glikoproteidlar turlarning antigen mahsusligini belgilaydi. Ko‘p turlari 6 ta serologik guruhga, C.albicans esa A, V, S mseroguruhlarga bo‘lingan. Candida urug‘iga zamburug‘lar tashqi muhitda keng tarqalgan C.albicans esa odam ichagining normal mikroflorasi hisoblanadi.

Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar tashqi muhitga chidamli, quritilgan holda yillab saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi vositalar 2-5 % li fenol, formalin, xloramin, lizol eritmalari tezda o‘ldiradi. Bu zamburug‘lar odamlarning og‘iz bo‘shlig‘i, me’da-ichak, siydik-tanosil a’zolarining shilliq qavatlarida yashaydi. Bundan tashqari, ular xo‘l mevalarda, sabzavotlar, ovqat mahsulotlari, chiqindi suvlar, idish-tovoqlar va buyumlarda ham bo‘ladi.

Kandidoz endogen va ekzogen yo‘llar bilan paydo bo‘lishi mumkin. U asosan endogen yo‘l bilan nimjon bolalarda, tashqi muhitning (namlikning ko‘pligi, terining ishqalanib turishi va boshqalar) nohush omillari ta’sirida paydo bo‘ladi, kasallik yaxshi dezinfeksiya qilinmagan vannalar orqali ham yuqishi mumkin.

Kasallikning ekzogen yo‘l bilan rivojlanishida makroorganizm reaktivligining pastligi, qo‘zg‘atuvchining miqdori va boshqa ikkilamchi mikroorganizmlar borligi muhim rol o‘ynaydi.

Candida ning har xil turlari o‘tkir va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunda ko‘pincha shilliq qavatlar zararlanadi. Bulardan achitqi stomatiti (og‘iz oqarishi) ko‘p uchraydi, u aksariyat yosh bolalarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlaydi. Avval shilliq qavat qizaradi, so‘ngra til, tomoq, lunjda ko‘plab mayda donachalarga o‘xshash karashlar paydo bo‘ladi. Keyinchalik ular qo‘shilib, yirik, yaltiroq, oq, kulrang pardalarga aylanadi. Bu pardalar giflar va achitqisimon zamburug‘lardan iborat bo‘ladi. Kandidozning bu turi chaqaloqlarda va bolalarda uchraydi. Kandidoz chaqaloqlarning dumbasi, chov sohasida, yuqori nafas va ovqat yo‘llarida, siydik-tanosil a’zolarida, markaziy nerv sistemasi va boshqa joylarida bo‘lishi mumkin. Bolalarda uchraydigan kandidozning 78% ini og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining kandidozi tashkil etadi.

Antibiotiklarni o‘z biligicha qo‘llash ham organizmdagi normal mikrofloraning simbiozini buzadi, natijada disbakterioz rivojlanadi. Bu ichakda ayrim mikroblarning ko‘payib ketishiga yoki saprofit holatdan shartli patogen va patogen holatga aylanishiga sabab bo‘ladi.

Achitqisimon zamburug‘lar qo‘l-oyoq panjalari, chov va qo‘ltiq osti hamda tirnoq atrofidagi terini, lab, og‘iz burchaklaridagi shilliq qavatlarni, til, taloq, qizilo‘ngach va qinlarni oq pardalar hosil qilib, shikastlaydi. Kandidoz me’da-ichak, nafas yo‘llari, siydik-tanosil a’zolarini, ayrim hollarda nerv sistemasini ham zararlashi mumkin. Kandidozda o‘t yo‘li va tishlarning ham shikastlangani qayd etilgan. Bundan tashqari, kandidoz qo‘zg‘atuvchilari septitsemiyaga olib kelishi, buning oqibatida buyrak, o‘pka to‘qimalari, jigar va boshqa a’zolar shikastlanishi mumkin. Diabet bilan og‘rigan kishilarda kandidoz juda og‘ir kechadi.

Laboratoriya tashhisini qo‘yish uchun avval mikroskopik usuldan foydalaniladi. Patologik materialni mikroskop ostida tekshirganda grammusbat dumaloq hujayralar bilan birga tuxumsimon va ovalsimon zamburug‘lar ko‘rinadi.

Bakteriologik usulda tekshirish uchun og‘iz bo‘shlig‘i, qin, uretraning shilliq qavatlaridan, balg‘am, o‘t, siydik, abssess moddasi, najas, teri va tirnoqlardan material olinadi va Saburo muhitiga ekiladi. Muhit betida 20-300S haroratda ko‘p miqdorda koloniyalar paydo bo‘ladi. Ulardan sof kultura ajratib olinadi va uning asosiy biologik xususiyatlarini aniqlab, turi va zoti belgilanadi.

YAna serologik usuldan ham foydalanib, KBR, PGAR, kandidoz zamburug‘larining ma’lum kuluralaridan tayyorlangan antigenlar bilan pretsipitatsiya reaksiyalari qo‘yiladi.

So‘nggi yillarda immunoflyuoressent usuli ham keng qo‘llanilmoqda. Biologik usuldan foydalanish uchun oq sichqon yoki quyonlarning vena qon tomiriga C.albicans, C.tropicalis kulturalari yuboriladi. Teri allergik sinamasi nisbatan kam ishlatiladi.

Kandidozli bemorlarni davolash uchun avval disbakteriozni aniqlab olish lozim. SHuning uchun turli antibiotiklar berilmay. Balki maxsus preparatlar (nistatin, levorin, amfoglyukamin, amfoteritsin-V) va sulfademizinlar buyuriladi. Bundan tashqari, bemordan Candida kulturasini ajratib olib, o‘ldirib tayyorlangan autovaksina ham qo‘llaniladi.

Oldini olish. Asosan umumiy profilaktika o‘tkziladi, ya’ni kasallik manbaini aniqlab yo‘qotiladi, bemorni alohidalab kasallik o‘choqlari dezinfeksiya qilinadi.

Фойдаланилган адабиётлар


  1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

  2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

  3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

  4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

  5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

  6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

  7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.

13. Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, botulizm qo’zg’atuvchilari va ularning biologik xusu
siyatlari.

Qoqshol
Tayanch iboralar:

`Qoqshol –o‘ta og‘ir infeksion kasallik bo‘lib, odam tana muskullarining kuchli tortishib qolishi va vaqti vaqti bilan tirishib qolishi ,markaziy nerv sistemasining shikastlanishi natijasida bemorda kuchli tirishish xolati o‘limgacha olib kelishi kuzatiladi.

19 asrda birinchi bulib qoqshol xirurgik kasallik ekanligi aniqlangan.Kasallikning klinik belgilarini Gippokrat tomomnidan aniq o‘rganilib tariflab berilgan.Galen,AbuAli Ibn Sino tomonidan va1883 yili rus xirurgi N.D.Monastыrskiy qoqshol bilan kasallangan bemorning yarasidan tayyoqcha shaklidagi bakteriyalarni topgan.1884 yili yosh olim Nikoloequyon va dengiz cho‘chqachalarining terisi ostiga turpoq yuborganida ularda kasallik alomatlarini aniklagan.1887 yilda Kitazato uzg‘atuvchining sof kulturasini ajratib oladi va 1890yilda antitoksik zardobni quyonlardan eksprement yo‘li orqali oladi.1923-1926 yillarda fransuz olimi Roman uzoq izlanishdan sung 39-40 oS da formalin ta’sirida anatoksin ajratib oldi va kasallikni oldini olishda ishlatilishini yo‘lga quydi.Qoqshol qo‘zg‘atuvchilari tuproqda xayvon va odam najasi tushgan o‘ta iflos yoki unimdor tuproqlarda ko‘p miqdorda topiladi.Tropik va subtropik klimat zonalarda quzg‘atuvchilar qo‘pligi aniklangan. CHorvadorlik va dexqonchilik bilan shug‘illanuvchi mamlakatlarda ,asosan Uzbekiston, Qirg‘iziston , Todjikiston ,Ukraina va Armeniya davlatlarida, saqlanishi va ko‘payishi uchun kulay sharoit tuproqning temperaturasi va rN xisoblanadi.

Etiologiyasi va morfologiyasi.Qo‘zg‘atuvchi anaerob bakteriya bo‘lib,xarakatchan,ingichka uzun tayoqcha 4-8 mkm.Kapsula xosil qilmaydi va sporasi subterminal joylashgan grammusbat bo‘yaladi.Aerob sharoitda tashqi muxitda qo‘zg‘atuvchi baraban shaklida yoki tenis raketkasiga o‘xshash shaklda uchraydi.Bu shakli orkali uzoq saklanishi va tirik qolishi uchun qulay sharoit xisoblanadi.

O‘sishi.Qo‘zg‘atuvchi qattiy anaerob bulib,Kitt-Tarotsi muxitida kuyka xosil kilib usadi.Kandli va konli ozik muxitlarida R-shaklidagi kaloniya xosil kiladi.Fermentativ faoliyati jelatinni suyultiradi va sutni ivita oladi.Odam tana xaroratida va etarli namlik bulganida,suniy oziq muxitlarida bakteriya sporasi vegetativ formaga aylana oladi.Tayoqcha shaklidagi vegetativ formasi tashqi muxitga nisbatan chidamsiz.Tayoqcha tanasi xivchin bilan peretrix koplangan bulib xarakat qila oladi.Vegetativ shakli qulay sharoitda kuchli ekzotoksin ishlab chikaradi.Toksin uz xususiyatiga qarab uch fraksiyaga bo‘linadi: tetonospazmin-(neyrotoksin) asosiy patologik xolatni keltirib chiqaradi,tetonogemolizin-qon eritrotsitlarini gemoliz qilish xususiyati, to‘qimalarni o‘ldirib nektoz xolatiga keltiruvchi va toksin fagotsitlarning faoliyatini susaytiruvchi fraksiyalardir.Toksin protoin oqsil turkumiga kiradi, issiqlik ta’sirida, quyosh nuri ishqorli muxitlarda tez inaktivatsiya, ya’ni parchalanib ketadi.Oshqozon ichak trakti fermenti toksini parchalab tashlaydi va ichaklarda so‘rilish xususiyatiga ega emas.

Epidemiologiyasi.B.tetani tabiatda keng tarqalgan.Tuproqda,yovoi va uy xayvonlari(qo‘y,ot,sigir quyon,sichqon) va odam (5-40%) ichaklarida doimiy va zararsiz xolatda vegetativ shaklari yashaydi.Lekin uning ishlab chiqargan zaxari toksin ichaklarda surilish xususiyatiga ega emas.

Qo‘zg‘atuvchi odam yoki xayvon organizmiga faqat jaroxat orqali kirganidao‘z xususiyatini kursata oladi.SHuni xisobga olib bu kasallikni fakat urish paytida kuzatiladi degan xulosaga kelishgan.Xozirgi tinchlik paytida kasallik 80-86% qishloq xo‘jaligida ishlovchilarda ,vaqtida meditsina yordamiberilmaganda kuzatiladi.Kasallik asosan baxor va kuz oylarida kup uchraydi.SHunday qilib kasallikning manbai sog‘lom odam yoki xayvon va asosan tuproq xisoblanadi.

Patogenezi.Qoqsholning kirish darvozasi bo‘lib jaroxat xisoblanadi.Qoqshol bemor travma olganida ,ochiq suyak sinishi,kuyish,sovukda qolishi(otmorojeniya),in’eksiyada,tug‘ish paytida,operatsiya muolajasida yukishi mumkin,yallig‘lanish orqali ya’ni yotoq yaralar, rak kasalliklarida,frunkulda, va oxirgisi kirish darvozasi aniklanmagan.Organizmda vegetativ shakli asta sekin o‘z toksinini ajrata boshlaydi va u qon o‘tib pereferik nerv tolalaridan konga suriladi. Orqa va uzunchoq miyaning retikulyar formatsiya uzagiga boradi,Afferent va efferent impulslarning ta’siri oshishi natijasida tanada tirishish kuzatiladi.Asosan uta axamiyatli markaz nafas markazi vagus yadrosi shikastlanadi.O‘limning asosiy sababi asfeksiya xolati bo‘lib,yurak sistemasi parlichi,sepsis va pnevmaniya kuzatiladi. Kasallikni vaqtida davolansa,kasallikdan sung immunitet ya’ni ximiya kolmaydi, sababi juda kam miqdordagi toksinlar doza bo‘lgani uchun.

Klinikasi.Kasallikni borishiga qarab umumiy (generilizovannaya) va maxaliy kurinishga ega.YAshirin davri o‘rtacha 5-14 kun bo‘lib, kasllik o‘tkir, to‘satdan boshlanadi.Ba’zida prodromal davri qisqa ,umumiy xolsizlanish,jaroxatning sanchib og‘rishi kuzatiladi.Birinchi belgilaridan biri trizm ,ya’ni chaynov muskullarinig kuchli qisqarishi kuzatiladi.Bemor og‘zini ocha olmaydi , sardonik kulgi bu yolg‘on kulgi deb xalk orasida aytiladigan xolat bilan trizm qo‘shilib ketadi.Disfagiya yutishning kiyinlashuvi bulib bemor yutira olmaydi.Bu 3 ta simptomlar kasallikning boshlang‘ich ko‘rinishi xisoblanadi.Asta sekinlik bilan tirishish kurak va qorin muskulari tirishishi kuzatiladi, bu xolat bemor yurak to‘xtashi yoki nafas tuxtashiga olib kelishi kuzatiladi.Kasallik vaqtida davolansa ko‘pincha asorati pnevmaniya kuzatiladi.Kayta kasallanish kamdan kam kuzatiladi.

Laboratoriya diagnostikasi.Kasallikning klinik simptomlari diagnoz quyishga yordam beradi.Bakterioskapik,biologik va bakteriologik tekshirish yaxshi natija beradi.

Profilaktikasida jaroxatga ishlov berilgandan sung, qoqsholga qarshi antitoksik zardob, anatoksin yuboriladi.Maxsus immunoglobulin yaxshi natija beradi.Antibiotiklardan foydalaniladi. Maxsus profilaktikasida bolalarga AKDS,ADS-m vaksinalari qilinadi.
Фойдаланилган адабиётлар


  1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

  2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

  3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

  4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

  5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

  6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987
14. Patogen zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari
Tayanch iboralar:
O‘lat (toun) qo‘zg‘atuvchisini A.Iersen 1894 yilda topgan. Uning shakli tuxumsimon bo‘lib, kattaligi 1-2 mk keladi, ikki uchlari yaxshi bo‘yaladi. Spora va xivchinlari yo‘q; qonli qo‘shilgan muhitlarda yaxshi o‘sadi va kapsula hosil qiladi. Koloniyasi to‘qilgan ro‘molchaga o‘xshash bo‘ladi (R - koloniyasi). GPBda parda va stalaktitga o‘xshash osilgan ipchalar shaklida o‘sadi. Kuchli ekzotoksin («sichqon zahari») va agressiv fermentlar ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonda chumaning tabiiy manbalari bor: cho‘lda yashovchi kemiruvchilar, kalamushlar, yumronqoziqlar, dala sichqonlari, qo‘sh oyoqlar, sug‘urlar va h.k. Burgalar kasallikni doimo tabiatda kemiruvchilar orasida tarkalishiga sabab bo‘ladi. Odam bu kasallikka juda ham moyildir. Tabiiy sharoitda tuyalar, mushuklar ham kasallanadi. Agar zararlangan burgalar chaqsa, odamda teri-bubonli formasi kelib chiqadi; nafas yo‘llari orqali o‘pka formasi, og‘iz orqali ichak formasi, qonga tushganda septik formasi kelib chiqadi.

Laboratoriya tekshirishida chumaga qarshi kostyum kiyib, maxsus instruksiya asosida quyidagi materiallar olinadi: yaradan, bubondan olingan suyuqlik, yiring, o‘pkadan balg‘am, ichakdan olingan material yoki najas, septik formasida qon olib tekshiriladi. Mikroskopik usulda surtma tayyorlab, Gram usulida yoki metil ko‘ki bilan bo‘yaladi. Mikroskop ostida ikki qutblari yaxshi bo‘yalgan tuxumsimon shakldagi bakteriyalar ko‘rinadi.

Mikrobiologik usulda olingan material oziqli muhitga ekilib, toza kulturasi ajratiladi, chuma bakteriofagi bilan lizis bo‘lishi aniqlanadi.

Biologik usulda – dengiz cho‘chqasining yungi olingan terisiga tekshiruv materiali ishqalanadi. Ular 3-5 kun ichida kasallanib o‘ladi; ularning ichki a’zolaridan toza kulturasi ajratiladi.

Davolashda streptomitsin va boshqa antibiotiklar ishlatiladi.

Profilaktikasi – maxsus chumaga qarshi stansiyalar otryadlari kasallangan kemiruvchilarga qarshi ishlar olib boradi. Hozirgi vaqtda chuma qo‘zg‘atuvchisining tirik EV – vaksinasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u teri ostiga yuboriladi. 1 yilgacha immunitet qoladi.

Sibir yarasi (kuydirgi) qo‘zg‘atuvchilari – batsillatsea oilasiga kiradi. SHakli tayoqchasimon, ikki uchlari qirqilgan, zanjircha shaklida joylashadi; Markaziy spora va kapsula hosi qiladi, harakatsiz GPAda meduza boshiga o‘xshash ipsimon g‘adir-budir koloniya hosil qiladi. GPBda paxta parchasiga o‘xshash cho‘kma hosil qiladi. GPJni to‘ntarilgan archaga o‘xshab parchalaydi.

Kuydirgi tayoqchasi sporalari tuproqda uzoq vaqt saqlanadi. Tabiiy sharoitda o‘txo‘r hayvonlar kasallanadi; ulardan go‘shti, terisi va boshqa mahsulotlari orqali, hamda kontaktda bo‘lganda yuqadi. Ko‘pincha chorvadorlar, zooveterenarlar, qassoblar kasallanadi. Kasallikning teri, o‘pka, ichak va septik formalari bo‘ladi.

Tekshirish uchun kasallardan karbunkul suyuqligi, balg‘am, najas va qon olinadi. Tekshirish maxsus reglament asosida olib boriladi; ehtiyot choralari ko‘riladi. Tekshiruv materialidan surtma tayyorlab, Gram usulida bo‘yaladi. Surtmada zanjircha shaklida joylashgan tayoqchasimon bakteriyalar ko‘rinadi.

Bakteriologik usulda material oziqli muhitlarga ekiladi, toza kulturasi ajratilib, identifikatsiya qilinadi. Biologik usuda material oq sichqonlarga yuborilib tekshiriladi. Allergik usulda teri ichiga «antraksin» yuboriladi, infiltrat va qizarish bo‘ladi. Teri va junda kuydirgi sporalarini aniqlash uchun Askoli pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi (2 – mashg‘ulotga qarang).

Davolash uchun antibiotiklar, sibir yarasiga qarshi gammaglobulin va boshqa dorilar ishlatiladi. Maxsus profilaktikasida tirik kuchsizlantirilgan STI vaksinasi ishlatiladi. O‘lgan hayvonlar kuydiriladi, kamida 2-3 metr chuqurlikda dizenfeksiyalovchi moddalar bilan ishlov berib ko‘miladi.

Brutsellez qo‘zg‘atuvchilari.

Brutsellez qo‘zg‘atuvchisini 1887 yilda D.Bryus Malta orollarida o‘lgan askarlar talog‘idan topgan. Brutsellalar kokkobakteriyalar shaklida, 0,5-1 mk kattalikda bo‘ladi, spora, kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, grammanfiy bakteriyalardir. Ularning bir necha turi bo‘lib, odamga asosan qo‘y-echkilar turi (Brucella melitensis – 85-90%) qoramol turi (Brucella abortus – 5-7%) va cho‘chqa turi (Brucella suis – 3-5%) kasallik chaqiradi.

Brutsellez qo‘zg‘atuvchilari jigar, qon zardobi qo‘shilgan muhitlarda, tovuq tuxumi embrionida sekin (15-20 kunda) o‘sadi. Qoramol turini ajratish uchun 10% li SO2 qo‘shilgan oziqli muhitlar ishlatiladi.

Brutsellalar o‘zaro N2S hosil qilishi, bo‘yoq moddalarda o‘sishiga qarab va antigen tuzilishiga ko‘ra farq qiladi. M – antigeni melitenzis turiga, A – antigen abortus turiga xosdir. Brutsellalar endotoksin va aggressiv fermentlar ishlab chiqaradi. Kasallik manbai kasal qo‘y – echkilar, qoramollar va cho‘chqalar hisoblanadi. Ulardan axlati, siydigi, abort bo‘lgan material iva qin ajratmalari bilan ajraladi. SHuningdek, ularning sut va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilganda, yaqin kontaktda bo‘lganda yuqadi. Brutsellez kasb kasalligidir: asosan chorvadorlar, sut sog‘uvchilar, zooveterenarlar, qassoblar, molboqarlar kasallanadi. Organizmga kirgan brutsellalar limfoid-makrofagal qon ishlab chiqaruvchi organlarda ko‘payib, harakat-tayanch va nerv sistemasini zararlaydi.

Bakteriologik tekshirishda qon (gemokultura uchun), suyak iligi (mielokultura), siydik, sut olib ekiladi.

Serologik tekshirish uchun qon zardobidagi agglyutininlarni Rayt va Xeddlson reaksiyalarini qo‘yib aniqlanadi. Brutsellin bilan Byurne teri allergik sinamasi o‘tkaziladi.

Davolash uchun levomitsetin va boshqa antibiotiklar qo‘llaniladi, vaksinaterapiya yaxshi natija beradi.

Profilaktikasi. Kasal qo‘y-echkilar, qoramollar va cho‘chqalarni alohidalanadi, veterenariya nazorati ostiga olinadi; ularni alohida qushxonalarda so‘yiladi va termik obrabotka qilinadi. Sut mahsulotlariga ham termik ishlov beriladi, pishloqlar 1 oydan so‘ng ishlatiladi. Qoramol va qo‘y echkilar vaksinatsiya qilinadi. Odamlarni tirik, kuchsizlantirilgan VA19 shtammdan tayyorlangan vaksina bilan emlanadi.



Фойдаланилган адабиётлар


  1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

  2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

  3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

  4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

  5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

  6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987


  1. Patogen spiroxetalar. Zaxm, qo’zg’atuvchilari. Mikrobiologik xususiyatlari. Rikketsiozlar. Toshmali tif qo’zg’atuvchilari.


Tayanch iboralar:

Spiroxetalar xemogeterotraf hujayralar bo’lib, o’zlariga tuzilishi va xarakatlari bilan tubdan boshqa bakteriyalardan farq qiladi. Xujayraning shakli spiralsimon bo’lib, o’ta bukiluvchandir. Spiroxetalarning uzunligi 5-500 mkm bo’lib, tanasining diametri nixoyatda ingichkadir -0,6-0,1 mkm.

SHuning uchun xam spiroxetalar bakteriyalar ushlanib qoladigan bakterial filtrlardan o’tib ketadi. Spiroxetalarning tanasining diametri juda kichik bo’lganligidan oddiy mikroskoplarda ko’rish juda qiyin, shuning uchun fazoli kontrast mikroskopida yoki qorongilashtirilgan maydonda ko’rish mumkin.

Spiroxetalarning tuzilishida 3 ta asosiy kompanentlari bor:

SHrotoplazmatik silindr.

O’qsimon fabrila.

Tashqi qobiq.

Nukleoid–DNK.

Proteplazmatik silindrning ustidan o’q ip fabrilla aylanib o’rab turadi. O’q ipning bir uchi xujayraning bazal membranasiga - blefaro-plastlarga birikkan bo’lib, ikkinchi uchi esa erkin xolatda turadi. O’q ip fibrillani soni spiroxetalarning turiga bogliqdir.

Spiroxetalar tashqi muxitda keng tarqalgan: suvlarda, odam va xayvon organizmining normal mikroflorasida va boshqa joylarda saprfit xolda uchrashi mumkin. Spiroxetalarning patogen turlari xam uchrab bularga zaxm, qaytalanma tif, leptospiroz qo’zg‘atuvchilari kiradi. Spiroxetalarning 5ta avlodi tafavud qilinadi.

Spiroxetalar oddiy ko’ndalang bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Spora va kapsula xosil qilinmaydi. Spiroxetalar ba’zi ta’sirlar natijasija mutsinsimon qobiq bilan o’ralib sistalar x/q qiladi. Sista organizmda uzoq yashaydi.

Zaxm qo’zg‘atuvchilari – Treponema pallidumni 1905 yilda nemis olimlari F.SHaudin va Goffmanlar ochishgan. Zaxm qo’zg‘atuvchilari oziqli muhitlarga qiyin o’sadi: asosan quyon zardobi va quyon miyasi, assit qo’shilgan muhitlarda anaerob sharoitda (Aristovskiy – Gelser oziq muhitida) o’sadi; lekin bu usul zaxmning laboratoriya diagnostikasida ishlatilmaydi. Zaxm treponemalarini quyon moyagiga yuborib o’stirish mumkin. To’qima kulturalarida zaxm qo’zg‘atuvchilari o’z patogenligi va virulentligini yo’qotadi. Tashqi muhit sharoitiga chidamsizdir: 45-480S da 10 minutda o’ladi; suyuq oziq muhitlarda 250Sda 3-6 kun, qonda +40Sda 1 kun saqlanadi. Ammo, sovuq sharoitda kiyim-kechak to’qimalarida 50 kungacha saqlanadi.

Zaxm qo’zg‘atuvchilarining bioximik va antigen xossalari sust rivojlangan. Uning tarkibida endotoksin moddalari, lipid va polisaxarid komplekslari bor. Ular ta’sirida kasal odamda nosteril immunitet hosil bo’ladi. Bu immunitet odamni zaxm bilan qayta og‘rishdan saqlamaydi.

Zaxm kasalligi antroponoz (faqat odamga xos) kasallikdir. Kasallik manbai kasal odam hisobalanadi. Kasallik asosan bevosita jinsiy aloqa orqali yuqadi. Kam hollarda kasal ishlatgan buyumlar orqali yuqishi mumkin (maishiy yo’l bilan yuqishi hozir kamdan – kam uchraydi). 1905 yilda I.I.Mechnikov maymunlarga yuqtirib, eksperimental zaxm chaqirgan. Erkak quyonlar moyagiga bu mikrobni yuborib, eksperimental orxit chaqirish mumkin. Zaxm qo’zg‘atuvchilari kasal onadan homilaga yo’ldosh orqali ham yuqadi.

Zaxmning yashirin davri 21-25 kun bo’lib, treponemalar kirgan joyda qattiq shankr paydo bo’ladi. Bunga birlamchi zaxm deyiladi. Bunda zaxm qo’zg‘atuvchilari chov sohasidagi limfa bezlariga o’tib, 7-10 kundan so’ng limfoadenit chaqirishi mumkin. Bu davrda qattiq shankrdan (yaradan) qovuzloq bilan qitiqlab to’qima suyuqligi olinadi va treponemalarning harakati kuzatiladi; surtma tayyorlab Romanovskiy – Gimza usulida bo’yab ko’riladi. SHuni aytish kerakki, yara bir necha kundan so’ng bitib ketadi. Bu davrni birlamchi seronegativ davr deyiladi. Vasserman reaksiyasi manfiy bo’ladi (reaksiyaga keyinroq batafsil to’xtalamiz). 1 oydan so’ng (to’rtinchi haftadan boshlab) Vasserman reaksiyasi musbat natija bera boshlaydi. Buni birlamchi seropozitiv zaxm deyiladi.

Bemor agar yaxshilab davolanmasa, 6-7 haftadan so’ng treponemalar qonga o’tib butun organizmga tarqaladi va kasallikning ikkinchi davri rivojlanadi. Bunda shilliq pardalarda, terida har xil toshmalar (donacha, papula, pustulalar) hosil bo’ladi. Bu 3-4 yil davom etadi. Buni generalizatsiya davri ham deb ataladi. Agar bemor davolanmasa 3-davr gummoz davri rivojlanadi. Bunda terida, burun tog‘aylarida, suyaklarda va ichki a’zolarda gummalar, granulyomalar paydo bo’lib, ularning funksiyasini buzadi. Bu davrda kasallar qisman yuqumli bo’lishi mumkin (m: og‘izdagi yoki jinsiy a’zolardagi gummalar).

YAxshi davolanmagan bemorlarda 8-15 yildan so’ng neyrosifilis (bosh miya zaxmi, orqa miya so’xtasi) rivojlanib, bemorda esipastlik, falajlanishlar kelib chiqadi.

Bolalarda tug‘ma zaxm kasalligi erta tug‘ma zaxm va kech tug‘ma zaxm ko’rinishida bo’ladi.

Laboratoriya diagnostikasi. Bakterioskopik usulda tekshirilganda asosan kasallikning birinchi davrida shankrdan suyuqlik olib, surtma tayyorlab, Romanovskiy – Gimza usulida bo’yab ko’riladi; treponemalar harakatini kuzatiladi. SHuningdek, toshmalardan gummalardan, kandiloma, yaralardan va orqa miyadan material olib, bakterioskopik usulda tekshirish mumkin.

Asosiy usul – serologik diagnostikasi hisoblanadi. Bular nospetsifik va spetsifik reaksiyalarga bo’linadi. Birinchisiga Vasserman reaksiyasi va uning modifikatsiyalari, hamda Kan va sitoxolat reaksiyalari kiradi. Spetsifik reaksiyalarga treponemalarni bemor qon zardobi immobilizatsiya reaksiyasi va vositali immunoflyuoressensiya reaksiyalari kiradi.

Vasserman reaksiyasi KBR reaksiyasiga asoslangan bo’lib, maxsus antigen o’rniga xo’kiz yuragining lipoidli ekstrakti (nomaxsus kardiolipin antigeni) ishlatiladi. Reaksiyani qo’yish texnikasi 2- mashg‘ulotda berilgan. Kan va sitoxol reaksiyalari buyum oynachalarida qo’yiladigan flokulyasiya reaksiyasining modifikatsiyalari bo’lib,ular kasal qoni va kardiolipin – letsitin – xolesterin antigeni bilan qo’yiladi. Immobilizatsiya reaksiyasi esa quyon moyagidan olingan harakatchan treponemalar bilan kasal qon zardobini aralashtirib, ularning harakatini to’xtashiga asoslangan usuldir. Immunoflyuoressensiya usulida esa adsorbsiyalangan kasal zardobi bilan treponemalarning Rayter shtammi va flyuoressein bilan nishonlangan zardobni aralashtirib, lyuminessent mikroskopda ko’riladi.

Davolashda penitsillin, bitsillin, ekstitsillin va boshqa ximioterapevtik preparatlari ishlatiladi. Bulardan tashqari simob, vismut mыshyak preparatlari va boshqa dorilar qo’llaniladi.

Profilaktikasi. Maxsus vaksinasi ishlab chiqilmagan bo’lib, boshqa venerik kasalliklarni profilaktikasiga o’xshab, fohishabozikka qarshi kurash, bemorlarni aniqlab, 100% gospitalizatsiya qilib, majburiy davolash, kasallik manbaini aniqlab uni sanatsiya qilish va h.k.

Xlamiydilar obligat xujayra ichidagi organizmlar bulib, xar xil xlamidioz kasalliklarning kuzatuvchisi xisoblanadi. Bularga troxoma va ornitoz kiradi. Traxomada kuzda yalliglanish protsessы ketadi, ornitozda esa pnevmaniya keltirib chikaradi.

Xlamiydilar dumalok formada (0,30-0,45 mkm) 50-500 nm kattalikda buladi.

Makrofagda va retikuloendotelial xujayralarda uchratishimiz mumkin. Xlamiydilar asosan xujaini kushlar xisoblanadi. Xlamiydilar uzida DNK va RNK tutadi va uzlaridan murom kislotasi, folievaya kislota, D-alaninlar ajratib chikaradi. Xlamiydilar fakat tirik xujayrada usadi, ularni tovuk embrionida , tukima kulturasida ustirish mumkin. Gr (-) buyaladi.

Rivojlanishda 3 ta stadiya tafov. kil.

1. mayda elementlar tanachalar xosil bulishi 0,2-0,4 mkn. Uzida nukleoid gepatit materialini va ribosomalar tutadi. 3 kavat kobik bilan uralgan.

2. Birlamchi tanachalar xosil bulishi va ribosomalar elementlar uzida tutadi. Bulinish yuli bilan kupayadi.

3..Oralik stadiya - birlamchi va elementlar tanachalar xosil bulishi stadiyasi urtasidagi stadiya bulib, bunda birlamchi va elementlar tanachalar tafavut kiladi.

Birlamchi tanachalar vegetativ funksiyani bajaradi.

Romanovskiy-Gimza usulida buyab, lyuminessent va elektron mikroskoplarda urganish mumkin.

Mikoplazmalar Mollicutes ( yumshok teri) sinfiga, Micoplasmaceae oilasi kiradi. Juda mayda 100-200 nm polimorgf mikr-zmlardir. Bular uzlari mustakil kupayish xususiyatiga ega. Ularda xujayra devori bulmaydi. Fakt 3 kavatli sitoplazmatik mebranasi buladi va tashki tomondan kapsulaga uxshab urab turadi. Bularning genomi bakteriyalarning genomidan m: E. coli genomidan 4- marotaba kichik, lekin mustakil kupayish xususiyatiga ega. Sitoplazmada kiritmalar, ribosomalar, DNK va RNK buladi.

Mikoplazmalar birinchi marotaba yirik shoxli koramollarda plevro­pnevmoniya keltirib chikarganligi aniklangan.

Morfologiyasi: Juda mayda kokksimon xujayralar bulib, membranali filtrdan utib ketadi, oddiy bulinishi yuli bilan kupayadi.

Bakteriyalardan farki:

xujayra devorining yukligi

ular fakat izotonik eritmalarda va gipertonik muxitlarda usadi. Usish faktorlari - purin, pirimidin, lipedli ozik muxitlarni talab kiladi. Xayvonlarda yukori nafas yullarining shillik kavatida uchraydi.

Parozitlari upkani yalliglaydi. Spora xosil kilmaydi, xarakatsiz, Gr (-) bo’yaladi. Birinchi marotaba L.Paster aniklangan. Tuprokda, suvlarda uchrashni mumkin. Patogen va patogen bulmagan turlari mavjud. Fakultativ anaerob. Konli agarda gemoliz xosil kiladi. Gemolizin ajratib chikaradi. Mikoplazmalarning bu xususiyatini konli agar
Фойдаланилган адабиётлар


  1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

  2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

  3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

  4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

  5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

  6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987


  1. Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq)

Tayanch iboralar:
Viruslar podsholigiga umumiy xarakteristika. Viruslarni tabiatdagi hayotning alohida formasi ekanligi. toksonomiyasi, klassifikatsiyasi (oilasi, avlodi, turi va tiplari) va o’lchami, formasi, tuzulishi, simmetriya tiplari, ximiyaviy tarkibigni, ko’paytirish usullari.

Orto va paromiksoviruslarni, toksonomiyasi va klassifikatsiyasi va ularning umumiy xususiyatlari. Gripp, paragripp, qizomiq, epid paratit va RS – viruslarning o’lchami, formasi, tuzulishi, simmetriya tiplari, ximiyaviy tarkibi, ko’paytirish usullari va ularni bir-birlaridan faqlanishi, ximik va fizik faktorlarga rezistenligi.

Gripp, paragripp, qizomiq, epid paratit va RS - viruslarining patogenezi, klinik ko’rinishi, immuniteti . Gripp, paragripp, qizomiq, epid paratit va RS–viruslarning virusologik diognostikasi, maxsus profelaktikasi va etiatrop terapiyasi.

Viruslarni klassifikatsiyasi

Nomlanishi (nomenklatura) - ko’pchilik viruslarni nomlashda ular chaqirgan kasalliklar (gerpis virus) yoki virus birinchi ajratib olingan joy (koksani virusi) kamrok xollarda ajratib olgan olimlar nomi (Epistayn Barr virusi) qo’llaniladi., yoki ularni epidemiologik tavsili (arboviruslar) ishlatilishi mumkin.

Toksonomiyasi (kriterii).

Nulein kislotalarni gomologligi.

Morfologiyasi, o’lchami va formasi.

Tashki kobigini bor yo’kligi.

Nukleokapsidni simmetriya tillari.

Nuklein kislotalarni tiplari.

Xozirgi kunda nuklein kislotalar turiga qarab klassifikatsiya qilish ko’p tarqalgan:

1. DNK saqlovchi viruslar.

2. RNK saqlovchi viruslar.

Viruslarni o’lchami, morfologiyasi asosiy xususiyatlari.

Viruslarni razmeri bir-birlarida juda katta farq qilib, xar-xil razmerlari uchraydi. 8-10nm 350-400 nm gacha bo’lishi mumkin. Viruslari razmerlarini aniqlashda kuyidagi usullar ko’llaniladi:

Xar-xil razmerli maxsus filtrlar yordamida, ultrafiltratsiya kilish usuli bilan

Ultratsentrifuga qilishdan foydalanish (25000, 30000, 80000 oborotda). Bu usulda viruslar razmerlariga qarab cho’ka boshlashadi. (sedimentatsiya).

Virionlarni suyuqliklarda diffuziya qilish yo’li orqali aniqlash.

Elektron mikroskop orqali rasmga tushirish yo’li bilan.

5. Turli gistoximik yo’llar orqali (bo’yash va niyli razmerini aniqlash). Odatda kasallik chaqiruvchi viruslarni eng kichigi enteroviruslardir. (17- 25nm), o’rtachasi grippp virusi (100-200 nm), eng kattasi chinchechak virusi (250-300 nm).

Viruslarni morfologiyasi, strukturasi.

Viruslarni shakli jixatidan bir necha gruppalarga bo’linadi:

SHarsimon-gripp, paragripp, yapon ensefalit viruslari va boshqa viruslar.

Tayoqchasimon-tamaki bargini kasalligini chaqiruvchi virus, kartoshkada kasallik chaqiruvchi virus.

Ipsimon - gripp virusi.

O’qsimon - qutirish kasalligini virusi.

Kubayidal formada - chinchechak virusi.

Snermatazoid shaklidagi viruslar-bakteriofaglar va tuban o’simliklarda yashaydigan viruslar.

Viruslarning katta-kichikligiga va turli shaklga ega bo’lishidan qat’iy nazar ularni tuzilishida ikkita asosiy komponent qatnashadi. Nuklein kislotasi va oqsil. Nuklein kislotasining tashqi tomonidan oqsil parda o’rab turadi, «kapsid» deb ataladi yoki nuklein kislotasi bilan birikib nukleokapsidni xosil qiladi. Ba’zi xollarda virus faqat nuklein kislotasi bilan oqsildan iborat bo’lib, «yolangoch» virus deb ataladi. (bularga tamaki bargi kasalligini virusi, adenoviruslar kiradi) Ikkinchi xil viruslar yopqich qavatli, ya’ni ustki tomondan yana bir oqsil qavat bo’lishi mumkin, buni superkapsidli yoki murakkab tuzilishli viruslar deb ataladi.



Viruslarni ximiyaviy tarkibi.

Viruslarni tuzilishiga qarab ularning ximiyaviy tarkibi xam o’zgaradi. Oddiy tuzilishga ega bao’lgan viruslarning tarkibiga nukleoproteidlar, nukleokapsid, nuklein kislotasi bilan (RNK - DNK) va uning o’rab turuvchi oqsillardan iboratdir.

Murakkab tuzilishga ega bo’lgan viruslarni ximiyaviy tarkibi yuqorida ko’rsatilgandan tashqari superkapsid maxsulotlari oqsil, yog uglevodlar va fermentlardan iborat bo’ladi. Bularni asosiy kelib chiqishi xo’jaiyn xujayra membranasi tarkibiga o’xshaydi.

Viruslarning nuklein kislotalari, xamma tirik organizmlar singari 2 tipdagi nuklein kislotalar bo’lib, DNK va RNK. Dan iboratdir. DNK ikki ipli molekulada bo’lib, RNK bir iplidir.

Viruslarda esa boshqa xayvonlarning nuklein kislotalaridan farq qilib faqat RNK yoki DNK saqlashi mumkin. Ulardagi DNK va RNK bir ipli yoki ikki ipli dumaloq va lineyli bo’lishi mumkin. Virus oqsillari 50 dan 90% bo’ladi. 2 tipdagi oqsillar uchraydi.

Struktura oqsillari.

Strukturaga ta’luqli bo’lmagan oqsillar.

Struktura oqsillariga. 1)kapsid oqsillari. 2)superkapsid oqsillari. superkapsid oqsillarini (glinoprotend).

Strukturaga ta’luqli bo’lmagan oqsillarga RNK va DNK molekulalarini sintezida qatnashuvchi fermentlar.

oqsil regulyatorlar.

virus fermentlari kiradi.

YOglar asosan murakkab tuzilishga ega bo’lgan viruslarda uchraydi 1,5-57% bo’lishi mumkin. Asosan superkapsid tarkibida uchraydi.

RNK tashuvchi viruslarda yoglar 15-dan 35% quruq vaznini tashkil qiladi. Uglevodlar umumiy virusning quruq ogirligini 10-13% tashkil qiladi. Glikoprotoin, glikolipid ko’rinishida uchraydi. Xujayin xujayrasi membranasi tarkibiga o’xshaydi.

Ba’zi bir viruslarda fermentlar topilgan. Mana shu fermentlar yordamida viruslar xujayrani yuzasiga yopishishi va uning ichiga kirish mumkin. Bunday fermentlarga: gemagglyutinin, neyraminidaza, transkriptaza va boshqalar kiradi.

Viruslarning fermentlari ikki gruppaga bo’linadi: Birinchi gruppasiga virion tarkibida uchraydigan fermentlar. Ikkinchi gruppasiga esa viruslarning xujayrada ko’payish jarayonida ishlab chiqariladi.

Viruslar obligat hujayra ichi parazitlari bo’lib, ularni birinchi marta rus botanigi D.I.Ivanovskiy ochgan. Viruslarning o’lchamlari juda mayda, ular hatto chini filtrlardan ham o’tish xususiyatiga ega (millimikron yoki nanometr bilan o’lchanadi). Mayda viruslar 8-25 nm (m: poliomielit virusi), o’rtacha kattalikdagi viruslar 80-120 nm (m: gripp, quturish kasalligi virusi), katta viruslar esa 250-300 nm (m: chin chechak virusi, chechak vaksinasi virusi) o’lchamga ega. Ularning hujayra ichidagi parazitik shakliga virus, hujayradan tashqaridagi shakliga esa virion deyiladi. Har qanday virionda nukleoid bo’lib, unda faqat 1 ta nuklein kislotasi (DNK yoki RNK) bo’ladi. Nuklein kislotasi spiral shaklda bo’lib, uni oqsil parda (kapsid) yoki oqsilli lipid parda o’rab turadi. Kapsid bir necha oqsil molekulalaridan – kapsomerlardan tashkil topgandir. Kapsid va virus genomasi kompleksini nukleokapsid deyiladi.

Viruslarning kapsomerlari 2 xil simmetriyada: spiralsimon yoki kubsimon (ikosaedr) shaklida bo’ladi. Virusning qobig‘iga peplos deyiladi. Unda ikki qavatli lipid va virusga xos oqsillari bo’ladi. Lipidlar glikova fosfolipidlarning aralashmasidan iborat bo’lib, ko’pincha u xo’jayin hujayralarining membranasidan hosil bo’ladi. Peplosning virusspetsifik oqsillari asosan glikoproteinlar hisoblanadi.

Ko’pgina viruslarning oqsil qavatida maxsus retseptorlari bo’lib ular eritrotsitlarni agglyutinatsiyalash (gemagglyutinatsiya) xossasiga ega (m: gripp virusi). SHuningdek, maxsus fermentlari neyrominidaza, proteaza, qaytar transkriptaza va h.k.lar bo’ladi.

Viruslarning tayoqchasimon, aylanasimon (sferik), itbaliq (spermatozoidga o’xshash), hamda kubsimon yoki ikosaedr, ipsimon shakllari bo’ladi.

Qaysi organizmlarni zararlashiga ko’ra o’simlik, hayvon, odam yoki bakteriyalar (bakteriofag) viruslariga bo’linadi.

Asosiy klassifikatsiyasida qo’zg‘atadigan kasalliklari, topilgan joyi, o’lchami, shakli, nuklein kislotasining xarakteristikasi va boshqa ma’lumotlar inobatga olinadi. Eng qulay klassifikatsiyasi – nuklein kislotasi tipiga qarab DNK – saqlovchi va RNK – saqlovchi viruslarga bo’linadi. DNK – saqlovchi viruslar 7 xil, RNK – saqlovchi viruslar – 12 xil bo’ladi.

Viruslarni asosan elektron mikroskoplarda tekshiriladi. Ba’zi virusli kasalliklarda hujayra ichi kiritmalari hosil bo’ladi. Masalan, chin chechak kasalligida pustuladagi yiringda Pashen tanachalari bo’ladi. Agar chin chechak bilan og‘riyotgan odam pustulasi yiringidan olib, quyon ko’zining shoh pardasiga yuqtirilsa, Guvarnieri tanachasi hosil bo’ladi. Quturish kasalligida kasal hayvon yoki odamning miyasidagi ammon shohlari miyachasi nerv hujayralarida Babesh – Negri tanachalari hosil bo’ladi. Bu kiritmalar, ayrim olimlarning fikricha viruslarning to’plami hisoblanadi. Ularning shakli ovalsimon yoki sharsimon, 1-10 mk kattalikda bo’lib, nerv hujayralarining ichida joylashadi. Bu kiritmalarni Romanovskiy – Gimza, Mannu usullarida bo’yab, oddiy yorug‘lik mikroskopida ko’rish mumkin.

Viruslarni laboratoriya sharoitida steril bokslarda to’qima kulturalarda, tovuq tuxumining 9-12 kunlik embrionida (materialni uning xorion, allantois, amnion bo’shliqlariga yuborib) yoki biologik usulda sezgir laboratoriya hayvonlariga yuqtirib ko’paytiriladi. Bu usullar virusli kasalliklarga diagnoz qo’yishda muhim ahamiyatga ega. Viruslar to’qimalarda o’sganda hujayralar ichiga kirib ko’payadi, hujayralarni buzadi, kiritmalar hosil qiladi. Bunga sitopatik ta’sir deyiladi.

Virus bilan zararlangan to’qima yoki hujayralar eritrotsitlarni o’ziga adsorbsiyalab oladi. Buni gemadsorbsiya reaksiyasi deyiladi. Tovuq tuxumi embrioniga gripp virusini (bemordan olingan materialni) yuqtirib, gemagglyutinatsiya reaksiyasi yordamida uni aniqlanadi, virus tipini esa gemagglyutinatsiyani tormozlanish reaksiyasi bilan aniqlanadi.

Virusli kasalliklar paytida bemor qonida hosil bo’lgan antitelolarni esa serologik reaksiyalardan passiv gemagglyutinatsiya, vositali gemagglyutinatsiya, komplementni bog‘lash reaksiyalari yordamida va boshqa serologik reaksiyalarni qo’yib kasallikka diagnoz qo’yiladi.

Gripp. Gripp kasalligini qo’zg‘atuvchi viruslar RNK – saqlovchi ortamiksoviruslarga kiradi. Gripp virusini 1933 yilda Smit, Endryus va Leydloular ochishgan. Unga gripp virusining A turi deb nom berilgan. Keyinchalik 1940 va 1949 yillarda V va S turlari topildi. Gripp viruslari ichidan epidemiologik jihatdan xavflisi A viruslari bo’lib, ular tez o’zgaruvchanlik xususiyatga ega (ularning A0, A1, A2 kenja turlari mavjud).

Gripp viruslarining shakli aylanasimon bo’lib, o’rtacha o’lchami 80-120 mmk (nm) keladi. Virus genomasida bir ipli segmentlarga bo’lingan RNK molekulasi kapsid bilan qoplangan bo’ladi.

Lipid qobig‘ida yuzaki glikoproteinlar bo’lib, unda gemagglyutinin (N) va neyraminidaza (N) moddalari bor. Ana shu oqsil moddalarning o’zaro o’rnining almashinishidan, ya’ni o’zgaruvchanligidan turli xil gripp viruslarining variantlari hosil bo’ladi.

Jahon sog‘liqni saqlash komitetining ekspertlari ta’kidlashicha gripp viirusining A turida 12 xil gemagglyutinin va 9 xil neyraminidazasi borligini aniqlagan. Demak, gripp viruslarining o’zgaruvchanligi ularning gemagglyutinin va neyrominidazasiga bog‘liq bo’lib, ular grippning yangi-yangi epidemiyalarining kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Kasallikning manbai kasal odam bo’lib, yo’talganda, aksa urganda yoki yaqin kontaktda bo’lganda virus yuqori nafas yo’llarining epiteliyalariga tushib ko’payib, ularni buzadi va qonga o’tadi. Inkubatsion davri 1-3 kun bo’lib, kasallik darmonsizlik, peshonaning og‘rishi, isitmalash, mushaklarda og‘riqni paydo bo’lishi bilan kechadi; keyinchalik quruq yo’tal, terlash ro’y beradi. Og‘ir kechganda gemorragik sindrom, pnevmoniya va boshqa asoratlar beradi. Kasallikka bolalar va keksa odamlar tez beriluvchan bo’ladi.

Laboratoriya diagnozida virusni ajratish uchun burundan yoki burun-halqumdan tekshiruv materiali (chayindi suvi, balg‘am yoki burun shilliq ajratmasi) olinib, tovuq embrioniga yoki buyrak to’qima kulturalariga yuqtiriladi. Virusning qaysi turga mansubligini KBR bilan, virus gemagglyutininining kenja turini (N1, N2, N3, va h.k.) gemagglyutinatsiyani tormozlanish reaksiyasi yordamida, neyraminidazani esa ferment aktivligini ingibitsiya qilish reaksiyasi vositasida aniqlanadi.

Serologik tekshirishlar grippga qarshi antitelolarnii aniqlashga va neytrallashga qaratilgandir. Bunda kasaldan juft zardoblar (kasallikning o’tkir fazasida va 1-2 haftadan so’ng) olinib tekshiriladi. Kasallikning rekonvalessensiya davrida zardobdagi antitelolarning titri 4 baravar oshsa gripp kasaligi borligidan dalolat beradi.

Gemagglyutininlarga qarshi antitelolar titrini bilish uchun kasal qon zardobini bir necha marta ketma-ket suyultirib, unga virus va tovuq eritrotsitlaridan qo’shib, gemagglyutinatsiyani to’xtatishga qarab aniqlanadi.

Hozirgi vaqtda grippni oldini olishning va davolashning samarali usullari ishlab chiqilgan. Birinchidan, grippning aktiv va passiv immunoprofilaktikasi, ya’ni passiv immunizatsiyasi uchun, gripp vaksinasi bilan emlangan donorlardan olingan grippga qarshi immunoglobulin ishlatiladi. Aktiv immunizatsiyasi uchun grippga qarshi o’ldirilgan (anaktivatsiyalangan) va tirik kuchsizlantirilgan vaksinalari ishlab chiqilgan (virionli, sub’edinitsali, dezintegratsiyalangan vaksina preparatlari bor). Bu vaksinalar gripp epidemiyalaridan oldin yosh bolalarga va nafas sistemasi, hamda yurak qon tomirlar kasalliklari bo’lgan qariyalarga qilinadi. Bundan tashqari remontadin, oksalin malhami, interferon, antigrippin, limonli choy, vitamin S, askorutin kabi preparatlar ishlatiladi. Bemorlar alohidalanib, ishlatgan buyumlari dezinfeksiyalanadi, maska taqiladi, isriq tutatiladi va h.k.

Paramiksoviruslar RNK tutuvchi viruslar ichida kata ulchamga zga bulgan viruslar xisoblanadi. Bu oilaga kiruvchi viruslardan epidemik parotit virusi tovuk embrionida juda yaxshi reproduksiyalanadi. Paramiksoviruslar gemadsorbsiyalovchi viruslar bulib, eritrotsitlarni adsorbsiyalash xususiyatiga ega. SHuning uchun laboratoriya diagnostikasida gemadsorbsiya reaksiyasi kullaniladi.

Epidemik parotit virusi kulok oldi bezida reproduksiyalanadi va yalliglanish jarayonini keltirib chikaradi. Kasallikdan sungi asorati meningit, ugil bolalarda bepushtlikdir. Kizamik virusida asosan toshmalar toshadi, ogiz bushligining lunj kismi shillik kavatida Koplika-Filatova doglarini xosil kiladi.

Qizamiq. Qizamiqni Morbillivirus avlodiga kiruvchi RNK – saqlovchi qizamiq viruslari chaqiradi. Qizamiq virusi 50-150 nm kattalikda bo’lib, uning tarkibida 3 xil oqsil antigenlari – gemagglyutinin (N), peptid F va nukleokapsidli oqsil (NP) bor. Kasallik manbai – kasal odamdan virus havo tomchi yo’li bilan yuqib, nafas yo’llariga va limfa bezlariga kirib ko’payadi va qonga o’tadi. Inkubatsion davri 8-13 kun. Undan so’ng prodromal davri boshlanadi. Bunda nafas yo’llarining yallig‘lanishiga o’xshash belgilar, kon’yunktivit, bosh og‘rishi, temperaturani ko’tarilishi kuzatiladi, og‘iz shilimshiq pardasida Belskiy – Filatov – Koplik dog‘lari paydo bo’ladi. So’ngra, peshona va quloqning orqa tomonida papulyoz toshmalar paydo bo’ladi; keyin butun tana va qo’l-oyoqlarga tarqaladi. Ba’zan pnevmoniya, ensefalit, otit kabi asoratlar qoldiradi. YOsh chaqaloqlarda va qizamiqqa qarshi immunoglobulin olganlarda engil kechadi.

Laboratoriya diagnozi uchun bemordan qon olib, maymun buyragi yoki odam embrioni birlamchi to’qima va hujayralariga yuqtirib, virusni ajratish mumkin.

Kasallikdan tuzalish davrida neytrallovchi, komplement bog‘lovchi va gemaagglyutinatsiyalovchi antitelolar titrining oshishi kuzatiladi. Kasallikdan so’ng bir umrga etadigan immunitet qoladi. Maxsus davosi yo’q. Bemorlar alohidalanadi. Kontaktda bo’lgan bolalarga qizamiqqa qarshi immunoglobulin yuboriladi. Homilador ayollar kasallardan alohida bo’lishi kerak (homiladorlarga yuqqanda bola tashlash yoki homilaning turli xil anomaliyalar bilan tug‘ilishi kuzatiladi).

Hozirgi vaqtda bolalarni emlash uchun tirik, kuchsizlantirilgan qizamiq virusining L-16 shtammidan tayyorlangan vaksina va qizamiqqa qarshi immunoglobulin ishlatiladi. Vaksinadan keyingi immunitet 10-15 yilgacha saqlanadi.
Фойдаланилган адабиётлар


  1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

  2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

  3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

  4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

  5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

  6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987

17. Gepata va rabdoviruslar. (gepatit,qutirish kasalliklari)
Tayanch iboralar:

GEPATIT VIRUSLARI.

Gepatit kasalligi juda qadimdan ma’lum bo’lib, u Gippokrat asarlarida ham qayd qilingan. Adabiyotlarda u turli nomlar bilan atalib kelingan. Sariq kasalligi, parenximatoz gepatit. Epidemik gepatit. 1891 yildan boshlab uzoq vaqtgacha Botkin kasalligi va h.k. Botkin S.P. uzoq vaqt bu kasallikni tekshirib, uning yuqumli ekanligini isbotlaydi. Lekin uzoq vaqtgacha bu kasallikning qo’zg‘atuvchisi aniqlanmadi. Keyinchalik bu kasallikni qo’zg‘atuvchilari viruslar ekanligi va ular bir-biridan farq qilishlari aniqlandi. Hozirgi kunda gepatit kasalligini bir necha viruslar keltirib chiqarishi aniqlandi, ya’ni ularning 7 xili ma’lum – A. V. S. D. E. U. F.



Gepatit A virusi (epidemik gepatit).

Download 2,06 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Download 2,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти

Download 2,06 Mb.