• Fanning maqsad va vazifalari
  • Fan bo‘yicha talabaning malaka si ga qo‘yiladigan talablar
  • Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
  • Shaxsga yonaltirilgan ta’lim.
  • Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv.
  • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
  • Axborotni taqdim qilishni zamonaviy vositalarini va usullarini qo’llash
  • O’qitishni tashkil etish shakllari
  • Kommunikatsiya usullari
  • Boshqarish usullari va vositalari
  • Mikrobiologiya” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi: Kasb ta’limi, farmatsiya (farmasevtika ishi, klinik farmatsiya, farmasevtik taxlil, farmasevtika ishi.
  • Lаborаtoriya ishi№7
  • Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти




    Download 2,06 Mb.
    bet2/24
    Sana31.12.2019
    Hajmi2,06 Mb.
    #6723
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

    I.ISHCHI DASTUR


    AMALIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI

    Kirish
    Ma’lumki, mikrobiologik tekshirish natijalariga asoslangan xolda yukumli kasalliklarga aniq tashhis ko’yish mumkin. Bunda shu kasalliklarga sabab bo’lgan mikrob sof holda ajratib olinib, uning hamma xususiyatlari o’rganib chiqiladi. Shuning uchun tibbiyot institutlarining barcha fakultetlari talabalariga yuqumli kasalliklarning ko’zg’atuvchilariga batafsil tavsif berildi hamda ular qo’zgatadigan kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi keng yoritildi.

    O’kuv-uslubiy majmuada bakteriyalar, viruslar, rikkketsiyalar, spiroxetalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, zamburug’lar, sodda jonivorlar va boshqa mikroorganizmlar qo’zg’atadigan kasalliklar, ularni bakteriologik, virusologik va immunologik tekshirish usullari bayon etildi.

    So’ngti yillarda ko’payib borayotgan hamda tashhis ko’yishda muammoli hisoblangan hujayra ichi bakteriyalari (xlamidiya, rikketsiyalar) va mikoplazma infeksiyalarining morfobiologik xossalari va laboratoriya diagnostikasi batafsil berildi.

    O’kuv-uslubiy majmuada xususiy qismida esa bakteriyalar, zamburug’lar, viruslar, spiroxetalar va patogen eng sodda bir hujayrali jonivorlar morfologiyasi, antigenlik xususiyatlari hamda ular paydo qiladigan kasalliklarning laboratoriya tashhisi, profilaktikasi va davolash usullari bayon etildi.

    O’kuv-uslubiy majmuada klinik mikrobiologiya asoslari mavzusi birinchi bor yoritilib, unda xavfli jarohatlar va kuyish, turli a’zo va to’qimalar zararlanishining etiologik omillari, bronx-o’pka, ichakning shartli-patogen infeksiyalari hamda urologik kasalliklar, disbakterioz va kasalxona ichi (yatrogen) infeksiyalari to’g’risida to’liq ma’lumotlar berildi

    Mikrobiologiya fani tibbiyot fanlari uzluksiz rivojlanayotgan hozirgi davrida molekulyar biologiya, genetika, gen injeneriyasi va immunologiya, biotexnologiya asoslari bilan boyib bormoqda. Mikrobiologiya va immunologiya fani yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, diagnostikaning samaradorligini oshishi, davolash va oldini olishdagi chora - tadbirlarni o‘rgatishi, provizorlarni tayyorlashda muhim axamiyatga ega. Bu maqsadga erishish va o‘quv jarayonini tuzishda ishchi dastur katta rol o‘ynaydi.


    Fanning maqsad va vazifalari
    Hozirgi kunda umumiy mikrobiologiyadan mikroorganizmlarning tuzilishi, hayot jarayonini, molekulyar, hujayra bosqichlarida o‘rganilmoqda. Ishchi dasturda mikroorganizmlarning tasnifi, rejasi, morfologiyasi, fiziologiyasi, patogen mikroorganizmlarni o‘stirish uchun ozuqa muhitlar tayyorlash jarayoni, ekologiyasi, tashqi muhit faktorlarining mikroorganizmlarga ta’siri, immunobiologik tibbiy preparatlar to‘g‘risidagi ta’limotlar yoritiladi.

    Mikrobiologiya fanida yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari: bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlarning morfologiyasi, fiziologiyasi ularning yuqumli kasallik patogenezidagi o‘rni, kasalliklarning klinikasi, epidemiologiyasi, spetsifik diagnostikasi, davolash, oldini olish usullari o‘rgatiladi. Ishchi dasturda farmatsevtik mikrobiologiya asoslari: dorivor o‘simliklarning, xom-ashyoning mikroorganizmlar ta’sirida o‘zgarishi, dori tayyorlash jarayonida mikroorganizmlar bilan ifloslanishi, dori ishlab chiqarishda aseptika, antiseptika, dezinfeksiyaning moxiyati, immun preparatlar tayyorlash texnologiyalariga alohida o‘rin berilgan. Ishchi idasturda mikrobiologiya fanining asoslari zamon talablari asosida o‘z aksini topgan.



    Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
    Talabalar o‘quv jarayonida mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlar haqida umumiy tushuncha olishlari kerak, ularni o‘ziga xos bo‘lgan yashash qonuniyatlarini bilishi kerak va shu bilan birga yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari, ularni mikroorganizmlar bilan o‘zaro munosabatlari, yuqumli kasalliklar diagnostikasi, organizmning himoyalanish xususiyatlari, yuqumli kasalliklar doirasida patogen agentlarni ajratib olish, identifikatsiya va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yishni bilishi kerak.

    Har xil sinfga kiruvchi mikroorganizmlarning umumiy yashash qonuniyatlarini bilgan holda har xil yuqumli kasalliklarning laboratoriya diagnostikasini o‘zlashtirib bilishi kerak.

    Mikrobiologiya fanini o‘rganish davrida provizor va farmatsevtning kasb va profil fanlar uchun bilimi, mahorati amaliy faoliyati shakllanadi. Talabalar mikrobiologiya fanidan olgan bilimlari bo‘yicha dori moddalarning sterilligini aniqlash, kasallikni oldini olish uchun ishlatiladigan immunobiologik preparatlarni ishlata bilish, dorivor o‘simliklarni antimikrob xossalarini o‘rganib, yangi dori mahsulotlarini tayyorlashda olingan natijalarni ish jarayonida qo‘llaydilar.

    Mikroorganizmlarning morfologiyasi, tuzilishi va makroorganizm bilan o‘zaro munosabatlarini bilishi kerak, o‘qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy ko‘rsatmalar yordamida quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:

    - surtma preparatlarini tayyorlash;

    - tayyor surtmalarni bo‘yash usullarini bilish;

    - mikroorganizmlarni morfologiyasini o‘rganish uchun mikroskopiya usullarini qo‘llay olish;

    -bakteriyalarni ozuqa muhitlariga ekish va o‘sish ko‘rsatgichiga qarab ta’rif berish;

    - antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali suyultirish, disk usullarida aniqlay olish;

    - mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qilishni bilishlari ke rak;

    - yuqumli kasalliklarni klinik belgilariga qarab uning davrlarini bilish va taxminiy tashxis qo‘yish;

    -epidemik va pandemik yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni oldini olish chora tadbirlari, profilaktikasini bilishlari kerak.

    Organizmni himoyalanishi immunitet tushunchasini chuqur tahlil qilish va uning mohiyatini bilgan holda immun patologik xolatlarga to‘g‘ri baho bera bilishi kerak. YUqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarga bakteriologik, virusologik, serologik, mikroskopik, biologik, allergik usullarda tashxis qo‘yish asoslarini chuqur bilishi kerak. YUqumli kasalliklarni oldini olishda, davolashda qo‘llaniladigan vaksinalar, anatoksinlar, immun zardob va biopreparatlarning ishlatilishi va axamiyatini bo‘lishi kerak.



    O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
    Mikrobiologiya fani 3 kurs talabalariga 5 semestrda o‘qitiladi. Ishchi dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan mikrobialogiya, anatomiya va fiziologiya, patologiya fanlaridan olgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etiladi. Mikrobiologiya fanidan olgan bilimlari farmakologiya, farmakognoziya, dori turlarini tayyorlash texnologiyasi, bioximiya, kimyo, normal fiziologiya, epidemiologiya, patologik fiziologiya,toksikologiya, klinik farmakologiya, tibbiy biologiya, patologik anatomiya, xirurgiya, akusher-ginekologiya, yukumli kasalliklar fanlari bilan uzviy bog‘langan.
    Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
    Mikrobialogiya fanini o zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir . Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan (“Vertushka”, “Aqliy xujum” va “Bumerang” va hk. ) keng foydalaniladi.

    O’quv jarayoni bilan bo’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogic darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedogogik texnologiyalardan va multimediya vositalridan foydalanish, tinglovchilarni undadigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.



    “Mikrobialogiya” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:

    Shaxsga yonaltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayoninig barcha ishtirokchilarini tolaqonli rivojlantirishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyhalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo kelgusidagi mutaxasisslik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.

    Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’imlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

    Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

    Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

    Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurlugini bildiradi.

    Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

    Axborotni taqdim qilishni zamonaviy vositalarini va usullarini qo’llash- yangi kompuyter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

    O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradox va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

    O’qitishni tashkil etish shakllari: diolog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal kollektiv va guruh.

    O’qitish vositalari:o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik ma’ruza matni) bilan bir qatorda-kompyuter va axborot texnologiyalari.

    Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

    Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits- so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarni tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

    Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi oquv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqri mustaqil ishlarning nazorati.

    Monitoring va baholash:o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham oqitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
    Mikrobiologiya” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi: Kasb ta’limi, farmatsiya (farmasevtika ishi, klinik farmatsiya, farmasevtik taxlil, farmasevtika ishi.


    t/r

    Mavzular nomi

    Jami soat

    Ma’-

    ruza


    Amaliy

    mash-g’ulot



    Mustaqil ta’lim

    far

    k/t

    1

    Tibbiyot mikrobiologiyasi хaqida tushuncha va rivojlanish tarixi. Umumiy bakteriologiya: bakteriyalar klassifikasiya morfologiyasi va tuzilishi.

    Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlanishi. Laboratoriyada ishlash qoidasi. Surtma tayyorlash texnikasi. Oddiy bo’yash usullari.



    12

    11

    2

    4

    6

    5

    2

    Bakteriyalarning fiziologiyasi: nafas olishi, oziklanishi, usishi, kupayishi. Ozik muxitlari,ularning klassifikasiyasi.

    Mikroorganizmlar morfologiyasi, strukturasi, bakteriyalarning kimyoviy tarkibi.Murakkab bo’yash usullari va axamiyati.



    6

    6

    2

    4







    3

    Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar.

    Mikroorganizmlar fiziologiyasi: ozik muxitlari, ularning klassifikasiyasi.nafas olishi, o’sishi va ko’payishi. Aerob va anaerob bakteriyalarni sof kulturasi.Sterilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika.Antibiotiklar, ularning klassifikasiyasi. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniklash usullari



    6

    6

    2

    4







    4

    Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari.

    Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar



    6

    6

    2

    4







    5

    Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi.

    Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari.



    12

    11

    2

    4

    6

    5

    6

    Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari.

    Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi.



    6

    6

    2

    4







    7

    Immunitet, immunitet turlar.Organizmning infeksiyaga qarshi ximoya mexanizmi.

    Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar. Infeksion kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari



    12

    11

    2

    4

    6

    5

    8

    Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar.

    Immunitet, immunitet turlar. Organizmning immun xolatiga baxo berish usullari.



    12

    11

    2

    4

    6

    5

    9

    Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar).

    Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar.



    12

    11

    2

    4

    6

    5

    10

    Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm.

    Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar



    6

    6

    2

    4







    11

    Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakterii, mikobakterii).

    Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm



    12

    11

    2

    4

    6

    5

    12

    Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)

    Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakteriya, bordotella, legionella, mikobakteriya)



    12

    11

    2

    4

    6

    5

    13

    Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, botulizm qo’zg’atuvchilari va ularning biologik xususiyatlari.

    Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)



    12

    11

    2

    4

    6

    5

    14

    Patogen zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari.

    Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, botulizm qo’zg’atuvchilari va ularning biologik xususiyatlari



    13

    12

    2

    4

    7

    6

    16

    Patogen spiroxetalar. Zaxm, qo’zg’atuvchilari. Mikrobiologik xususiyatlari. Rikketsiozlar. Toshmali tif qo’zg’atuvchilari

    Patogen zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari.



    13

    12

    2

    4

    7

    6

    16

    Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq).

    Patogen spiroxetalar. Zaxm, qaytalama tif qo’zg’atuvchilari. Mikrobiologik xususiyatlari. Rikketsiozlar. Toshmali tif qo’zg’atuvchilari



    6

    6

    2

    4







    17

    Gepata va rabdoviruslar. (gepatit,qutirish kasalliklari).

    Virusli kasalliklar. Gripp, qizamiq va qutirish. Gepatit viruslari.



    13

    12

    2

    4

    7

    6

    18

    OITS, Entero-, neyroviruslar ( poliomielit).

    Rabdoviruslar. OITS va poliomielit kasalliklarini keltirib chiqaruvchi viruslar



    13

    12

    2

    4

    7

    6

    jami

    182

    172

    36

    72

    74

    64

    Lаborаtoriya ishi№1: Yeruglik mikroskopidа immersion sistemаni kullаshni urgаnish.



















    Lаborаtoriya ishi№2: Pаtologik mаteriаl ekilgаn zich vа suyuk ozik muxitlаrdаn prepаrаt tаyerlаsh,fiksаsiya kilish.oddiy vа murаkkаb buyash usullаridаn foydаlаnish



















    Lаborаtoriya ishi№3: Аerob vа аnаerob bаkteriyalаrning sof kulturаsini аjrаtish vа ulаrni identifikаsiya kilish Kogozli disk usulidа bаkteriyalаrning аntibiotiklаrgа sezuvchаnligini аniklаsh. Zich vа suyuk ozik muxitlаrdа pаtologik mаteriаldаgi bаkteriаl kulturаni ekishni o’tkаzish.



















    Lаborаtoriya ishi№4: Bаkteriyalаrni fаgotiplаrgа аjrаtishni utkаzish



















    Lаborаtoriya ishi№5: Tаyyor dorilаrning sterilligini аniqlаsh.



















    Lаborаtoriya ishi№6: Odаm orgаnizmi normаl mikroflorаsining mikdor vа sifаt tаrkibini аniklаsh vа olingаn nаtijаgа bаxo berish.



















    Lаborаtoriya ishi№7 :Institut vivаriysigа tаshrif.Biologik tekshirish usullаrini o’rgаnish.



















    Lаborаtoriya ishi№8Pаtologik mаteriаl ekilgаn bulonli vа аgаrli mikrob kulturаsidаn nаtiv prepаrаt tаyerlаsh.



















    Lаborаtoriya ishi№9 Korongilаshtirilgаn kuruv mаydonidа mikroskopiya



















    Download 2,06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти

    Download 2,06 Mb.