• Raqamlashtirish
  • Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti




    Download 1.12 Mb.
    bet5/21
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.12 Mb.
    #59773
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Diplom Ishi-Ikromov Iskandar
    IW 5 Aziza Razzokova, 1-Topshiriq. Ekologiya fanidan. (2), 101453, DAVLAT BOSHQARUVI SHAKLI, Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik, карта пулни кайтариш, 55 days listening, Adabiyotlar ro, Переписка Амира Темура, MUSTAQIL ISH UCHUN TAQRIZ, Bayroq, 1705227202 1705227010 Don Miguel Ruiz The Four Agreements libgen.li 1 83
    1-Bosqich:
    1.2. Boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning amalga oshirilishi (shu jumladan, ARM, ERP, EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar)
    1.3.Telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi. shu jumladan. simli va simsiz, optik aloqaning amalga oshirilishi.
    2-Bosqich:
    1.4. On-line platformalarning hayotga tadbiq qilinishi (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar)
    1.5.Bulutli va virtual texnologiyalarning hayotga kirib kelishi.
    3-Bosqich:
    1.6. Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, buyumlar interneti, robototexnika, additiv texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni).
    Raqamli texnologiyalarning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsata olamiz:
    1. vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati;
    2. turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati;
    3. ko‘ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model);
    4. global ekosistema orqali savdo-sotiq qila olish iinkoniyati.
    Raqamli texnologiyalar uchun zaruriy bo‘lgan zahiralar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
    * hisoblash-kommunikatsion infratuzilma mavjudligi;
    * turli xildagi raqamli texnologiyalarning ishlashi;
    * tezkor Internet borligi;
    * raqamli texnologiyalar sohasida tayyorgarlik ko‘rgan inson resurslari mavjudligi:
    * turli xildagi biznes moellar keng miqyosda ishlatilishi;
    * intellektual on-line ishlab chiqarish tizimlari mavjudligi:
    * raqamli texnologiyalar uchun moliyaviy ta’minot yetarliligi:
    * kraudsorsing va kraudfunding jarayonlarini tashkil qilish imkoniyatlari3.
    Raqamlashtirish:
    Raqamlashtirish esa umuman boshqa bir ma`noni anglatadi. Axborotni raqamli (ya'ni kompyuterda o'qiladigan) formatga aylantirish jarayoni raqamlashtirish deb nomlanadi. Yakuniy natija obyekt, tasvir, ovoz, hujjat yoki signalning (odatda analog signal) diskret nuqtalar yoki namunalar to'plamini tavsiflovchi bir qator raqamlarni yaratish orqali tasviridir. Yakuniy mahsulot raqamli tasvir yoki aniqrog'i, obyekt uchun raqamli tasvir va signal uchun raqamli shakl sifatida tanilgan. Oddiy til bilan aytganda ancha-yillar oldin amalga oshirgan vazifalarimizni endi maxsus qurilmalar va internet orqali bajarish. Misol uchun xat jo`natish hozirgi kunda kundalik hayotimizning bir qismiga aylangan ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilyapti demak xat jo`natish raqamli ko`rinishga kirgan. A.Lausher raqamlashtirishga juda ham ulkan ta`sir ko`rsatgan Internet haqida shunday degan edi:
    “Internet intellekt asri, bu yerda gap nafaqat tarmoqli texnologiyalar yoki aqlli mashinalar haqida ketyapti, balki insoniyatning ijtimoiy hayotini shakllantirishda muhim yutuqlarga erishish uchun ijodkorlik, bilim va aql-zakovatni o‘zaro bog‘laydigan texnologiyadan foydalanish haqida ketyapti4.”
    Shunday ekan biz raqamlashtirishdan keng ko`lamda foydalana olsak har bir sohamiz gullab yashnashi aniq, ta`limdan tortib tibbiyotgacha, iqtisodiyotni-ku aytmasa ham bo`ladi. Unda asosiy mavzumiz raqamli iqtisodiyotga o`tsak.
    Raqamlashtirish-bu so'nggi-yillarda ijtimoiy nutqda tobora ko'proq qo'llanilayotgan atama bo'lib, atamaning ko'plab variantlari ko'p hollarda yanglish, noto'g'ri ishlatiladi. Umuman olganda, "raqamlashtirish" atamasidan foydalanib, biz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyat va uning tizimlariga (masalan, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ijtimoiy) ta'sirini o'zgartirishga intilamiz. Ushbu atamani ishlatishda ehtiyot bo'lish kerak, chunki turli xil kontseptual ma'nolar raqamlashtirishning turli jarayonlarini va ushbu jarayonlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyat va uning tizimlariga ta'siri sharoitida qanday rol o'ynashini belgilaydi.

    Download 1.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 1.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

    Download 1.12 Mb.