283
IV-MODUL. MEXATRONIKADA HARAKAT MODULLARI
§4.1. MEXATRONIK MODULLAR STRUKTURASI VA
KVALIFIKATSIYASI. HARAKAT MODULLARI
4.1.1. Harakat modullarining strukturasi va kvalifikatsiyasi (tasnifi)
Mexatronik modullar strukturasi. Mexatronik modullarni ularni tashkil
qilgan elementlariga qarab 3 ta guruhga ajratish mumkin (4.1.1-rasm).
•
Harakat moduli (HM);
•
Mexatronik harakat moduli (MHM);
•
Intellektual mexatronik modul (IMM).
4.1.1-rasm. Mexatron modullarning strukturasi
Harakat moduli (HM) — konstruktiv va funksional mustaqil mahsulot bo`lib, unda
boshqariladigan dvigatel va mexanik qurilma konstruktiv birlashtirilgan.