286
4.1.3.-rasm. Mexatronika modullarining kvalifikatsiyasi (tasnifi)
Modulning konstruktiv bajarilishi qo`llaniladigan reduktorlar turiga bog`liq
bo`lib, silindrik, konusli, chervyakli va boshqa turdagi motor-reduktorlar mavjud.
Elektrdvigatellar sifatida qisqa
yopilgan rotorli asinxron, aylanish chastotasi
rostlanadigan, bir fazali va o`zgarmas tokli dvigatellar ishlatiladi.
287
4.1.4-rasm. Silindrik ikki pog`onali o`qdosh motor-reduktor
Motor-reduktor (4.1.4-rasm) ikkita asosiy elementdan tarkib topgan:
elektrdvigatel
1 va harakat o`zgartiruvchisi (reduktor)
2.
Reduktor qismida
elektrdvigatelni vint va bolt
4 bilan mahkamlash uchun teshikli bog`lash yuzasi
3
mavjud. Elektrdvigatel va reduktorni bitta konstruktiv modulga birlashtirish uchun
val
5 reduktorning ichi bo`sh kirish vali
6 ga shponka
7 orqali mahkamlanadi.
Dvigatel va reduktorning umumiy valga ega bo`lish varianti ham mavjud.
Bir bosqichli chervyakli motor-reduktor sxemasi 4.1.5-rasmda keltirilgan. U
dvigatel
1 dan va harakatni o`zgartiruvchi chervyakli uzatma
2 dan iborat. Ular
umumiy
korpusga vint 3 yordamida birlashtirilgan. Dvigatel va chervyak vali
4
umumiy.