• 4.2.3. Chiqish zvenosi chiziqli harakatlanadigan modullar Chiqish zvenosi chiziqli harakatlanadigan MHM
  • 4.2.6 rasm. Chiqish zvenosi chiziqli harakatlanadigan MHM sxemasi
  • Zbekiston respublikasi




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet159/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

    MAXON firmasining mexatronik harakat moduli 4.2.5-rasmda ko`rsatilgan. 
     
    4.2.5-rasm. MAXON firmasining mexatronik harakat moduli 
    U kollektorli dvigatel 1, ikki bosqichli planetar reduktor 2 va holatning 
    fotoimpulsli datchigi 3 dan iborat. Dvigatel o`ram (obmotka) 4, magnit 5, kollektor 
    6, chyotkalar 7, flanets 8, podshipnik 9, val-shesternya 11 bilan tugaydigan val 10 
    va qopqoq 12 dan iborat. 
    2K-N rusumli reduktorning har bir bosqichi bitta tashqi va bitta ichki ilashma 
    bilan 2 ta markaziy g`ildirak 11 va 13 (birinchi bosqich), vodilo 14 va satellitlar 15 
    ga ega. Podshipnik 9 ni o`rnatish uchun maxsus montaj plitasi 16 mavjud. 


    302 
    Podshipnik 17 harakat o`zgartirgichining flanets 18 ga o`rnatilgan va podshipnik 
    o`rtasidan chiqish vali 19 o`tadi. 
    Fotoimpulsli datchik chiqish valining holati va harakatini aniqlash uchun 
    mo`ljallangan. 
    4.2.3. Chiqish zvenosi chiziqli harakatlanadigan modullar 
     
    Chiqish zvenosi chiziqli harakatlanadigan MHM sxemasi 4.2.6 rasmda 
    berilgan. 
    U ichi bo`sh val 2 li asinxron dvigatel 1dan, vint 3 ni o`z ichiga olgan sharik-
    vintli uzatmadan, shariklar 4, val 2 bilan bog`langan gayka 5, yo`naltirgich 6, normal 
    yopilgan elektromagnit tormoz 7, fotoimpuls datchigi 8 va korpus 9 dan tashkil 
    topgan. 
    4.2.6 rasm. Chiqish zvenosi chiziqli harakatlanadigan MHM sxemasi
    Dvigatel rotori aylanganda val 2 gayka ni aylantiradi, bunda sharik 4 
    lar orqali vint 3 ning ilgarilanma harakati vujudga keladi.
    Vint harakati natijasida me’yordan ortiq aylanib ketish va siyqalanish 


    303 
    oldini olish maqsadida unga uchta o`q bo`ylab tirqish (paz)lar qilingan bo`lib, 
    pazlarga yo`naltirgich ning shariklari 10 kiradi. Vint 3 ning harakat qiymatlarini 
    fotoimpulsli datchik 8 belgilab boradi. Elektr energiyasi o`chgan paytda korpus
    9da joylashgan elektromagnit tormoz 7 ishga tushadi va vint to`xtatiladi. 
    Chiziqli harakat uchun mexatron modullar chiziqli dvigatellar asosida 
    quriladi. Stanoklarda chiziqli siljitish uchun aylanma harakat elektrodvigateli va 
    aylanma harakatni to`g`ri chiziqli ilgarilanma harakatga aylantiruvchi mexanik
    uzatgichlar (tishli reyka, sharikli vintli juftlik va b.) bilan berish yuritmasi 
    ishlatilgan. Mexanik uzatgichlarni ishlatmaslik maqsadi aylanma harakat qiluvchi 
    stator 1 va rotor 2ni tekislikda chiziqli qiluvchi dvigatellarni yaratish fikriga olib 
    keldi (4.2.7-rasm, a). 
    Shunday qilib, bir mexatron uzelida yuritmaning yurituvchi va bajaruvchi 
    elementlari konstruktiv birlashtiriladi. Odatda harakat qiluvchi qismida 
    (stanokning ishchi organi - supportda, stolda va b.da) elektromagnitlar 3 (4.2.7-
    rasm, b), yo`naltiruvchi (harakat qilmaydigan) qismida doimiy magnitlar 4 
    joylashtiriladi. Chiziqli dvigatellarda harakati doimiy magnitlarning va 
    elektromagnit g`altak (katushka)larning magnit maydonlarining o`zaro ta’siri 
    natijasida paydo bo`ladi, ya’ni, bevosita energiyani chiziqli harakatga aylanishiga 
    olib keladi.
    1980-yillardan boshlab chiziqli dvigatellarni ishlab chiqish yo`lga 
    qo`yilgan, lekin ularning past solishtirma kuch ko`rsatgichlari sababli kam 
    sohalarda ishlatilgan (grafopostroitellar, koordanata o`lchaydigan mashinalar) 
    avtomatlashtirilgan jihozlarda ishlatish imkoni bo`lmagan. 
    Mexatron yondoshish asosida yuqori momentli dvigatellar bazasida 
    aylanma harakat modullarini yaratish oxirgi yillarda chiziqli harakat qiluvchi 
    modullarda ham o`z rivojini topdi. Bunday loyihalashning maqsadi yuqoridagisiga 
    o`xshash –MHM tarkibidan mexanik uzatmalarni olib tashlash. 


    304 

    Download 10,93 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish