294
Asosiy tayanch so`z va iboralar
Mexatronik modullar strukturasi; harakat moduli; mexatronik harakat moduli;
intellektual mexatronik modul; motor-reduktorlar;
yuqori momentli dvigatellar;
“dvigatel-ishchi organ” tipidagi yuritmalar; elektrshpindellar
Asosiy tayanch tushunchalar
* Mexatronik modullarni ularni tashkil qilgan elementlariga qarab 3 ta
guruhga ajratish mumkin:
harakat moduli (HM); mexatronik harakat moduli (MHM);
intellektual mexatronik modul (IMM) .
*
Harakat moduli (HM) - konstruktiv va funksional mustaqil mahsulot bo`lib, unda
boshqariladigan dvigatel va mexanik qurilma konstruktiv birlashtirilgan.
*
Mexatronik harakat moduli (MHM) - konstruktiv va funksional mustaqil mahsulot
bo`lib, unda boshqariladigan dvigatel, mexanik qurilma va axborot qurilmasi konstruktiv
birlashtirilgan. Ta`rifga asosan HMga ko`ra bu yerga axborot qurilmasi joylashtirilgan.
*
Intellektual mexatronik modul (IMM) - konstruktiv
va funksional mustaqil
mahsulot bo`lib, dvigatel mexanik, axborot, elektron va boshqaruv qismlarni sinergetik
inregratsiyalash yo`li bilan qurilgan.
* 1927 yilda «
Bayer» firmasi tomonidan printsipial yangi konstruktsiya –
motor-reduktor ishlab chiqildi. Bunda elektrodvigatel
va mexanik harakatni
o`zgartiruvchi (reduktor) birta ixcham konstruktorlik moduliga birlashtirilgan.
* Motor-reduktorlar afzalliklari: gabarit o`lchamlarning kichrayishi; bog`lovchi
detallari sonining
kamayishi; o`rnatish, sozlash va ishga tushirish ishlariga
xarajatning kamayishi; ishlatish xususiyatlarining yaxshilanishi (chang va
namlikdan himoya, vibratsiyalarning kamayishi, noxush ishlab chiqarish
sharoitlarida xavfsizlik va ishonchlilik).
* Yuritmali texnikaning rivojlanishidagi keyingi qadam bu –
aylanma
harakatlanuvchi
yuqori momentli dvigatellarning paydo bo`lishi bo`ldi. Ularni
qo`llash kichik tezliklarda ishlaydigan o`zgarmas tokli elektryuritmalar tarkibidan
mexanik reduktorni olib tashlash imkonini berdi.
295
*
Yuqori momentli deb doimiy magnitdan va o`ramlari elektronli
kommutatsiyadan g`alayonlanadigan o`zgarmas tokli dvigatellarga aytiladi, ya`ni
ular o`zgarmas tok elektrdvigatellari bo`lib, elektrmagnit to`lqinlanish o`rniga
doimiy magnitlardan to`lqinlanish qo`llaniladi.
* Solishtirma aylantiruvchi momenti uncha katta bo`lmagan
stanoklarda
(kichik o`lchamdagi tokarli, konsol-frezerli, yuqori tezlikli frezerli stanoklarda)