292
Bu modullar tarkibiga
sinxron elektrdvigatel,
IGBT yarimo`tkazgich
(tranzistorlar) asosida qurilgan integrattsiyalangan kuchli invertor,
IGBT boshqarish
drayveri va mexatron modulni boshqaruvchi kontroller kiradi.
•
Manba kuchlanishi 220-450
V (DC), 12-14
V (DC).
•
Ishlatish temperaturasi -40
0
C…+70
0
C.
•
Maksimal aylantiruvchi moment: motorda 200
N∙m,
reduktor chiqish
valida 1900
N∙m.
•
Maksimal quvvat 60
kVt, nominal quvvat 30
kVt, massa 58
kg.
•
Suyuqlikli sovitish sistemasi.
Solishtirma aylantiruvchi momenti uncha katta bo`lmagan
stanoklarda
(kichik o`lchamdagi tokarli,
konsol-frezerli, yuqori tezlikli frezerli stanoklarda)
“motor-shpindellar” deb ataluvchi qurilmalar qo`llaniladi.
Bu qurilmalarning
yuritmalarning elektrmexanik uzellaridan asosiy ajralib
turadigan konstruktiv
xususiyatlari bu – shpindelni bevosita dvigatel rotorida o`rnatilganidir.
Elektrshpindellar. Raqamli dasturli boshqariladigan
stanoklar uchun
asbobni avtomatik almashtirish xususiyatiga ega elektroshpindellar (4.1.10-rasm)
quyidagilar bilan jihozlangan:
-
asbobni almashtirishni nazorat qiluvchi sensor;
-
xizmat ko`rsatishni inkor qiladigan
gibrid keramik podshipniklar,
permanentli moylash usuli bilan – xizmat muddati 6000 soat;
-
katta tezlikni ta’minlaydigan moylash sistemasi;
-
katta ish unumdorligida ega
HF motorlar (sinxron va asinxron);
-
motorlarni himoyalovchi termoviklyuchatel
KTВ 84;
-
aniq ishlash uchun vektorli nazorat;
-
elektrshpindel ichidagi sovitish sistemasi;
-
HF motor va podshipniklarni sovitish uchun ichki suyuqli sirkulyator;
-
havo bar’yerli oldingi havo purkagich;
-
asbobni almashtirish vaqtida o`qni tozalash.