-rasm. Chervyakli motor-reduktor




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/213
Sana04.12.2023
Hajmi10,93 Mb.
#110708
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   213
Bog'liq
Zbekiston respublikasi

 
4.1.5-rasm. Chervyakli motor-reduktor 
Ko`pgina horijiy firmalar, masalan MOTOVARIO, VARVEL, MAXON, har 
xil turdagi motor-reduktorlar ishlab chiqaradi. MAXON firmasi elektrdvigatellar, 
silindrik va planetar reduktorlar va ular bazasida motor-reduktorlar ishlab chiqaradi. 


288 
Kerak bo`lganda ushbu motor-reduktorlar fotoimpulsli datchiklar, rezolverlar va 
tormozlar bilan jihozlanadi (shunday qilib ular MHM sinfiga o`tadi). 
Motor-reduktor o`zining afzalliklariga asosan hozirgi vaqtda eng ko`p 
tarqalgan elektryuritma turiga kiradi. Butun dunyoda hozirgi vaqtda har yili million 
dona motor-reduktorlar ishlab chiqarilyapti.
Dvigatelga har xil turdagi planetar va silindrik reduktorlarni hamda magnitli 
va raqamli fotoimpulsli datchiklarni blokli-modulli bog`lash tizimi 4.1.6-rasmda 
ko`rsatilgan. 
 
4.1.6-rasm. Dvigatel va reduktorlarni blokli-modulli bog`lash tizimi
 
Ko`p hollarda motor-reduktorning chiqish vali aylanish tezligi o`zgaruvchan 
bo`lishi talab etiladi. Bu shartni bajarishning ikkita yo`li bor: birinchisi – aylanma 
tezlikni rostlaydigan mexanik variatorlardan foydalanish; ikkinchisi – dvigatel 
aylanish tezligini o`zgartiruvchi elektron qurilmalardan foydalanish. 
Bu ikkita usulning o`ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor. Ularni 
konstruktiv va texnologik vazifalarni bajarishga qarab ishlatadilar.
Agar chiqish validagi aylantiruvchi momentni kuchaytirish kerak bo`lsa, 
unda mexanik variatorli motor-reduktorni ishlatish maqsadga muvofiq bo`lardi. 
Agar motor-reduktorning minimal gabaritlari va massasini saqlab qolish 
kerak bo`lsa, yoki tezlikni rostlash diapazonini kattalashtirish kerak bo`lsa, unda 
tezlikni chastotali o`zgartirgichlardan foydalanish afzalroq. 


289 
Motor-reduktorlarda har xil turdagi variatorlar ishlatiladi. Masalan, planetar-
friktsion variatorlar. Unda mahsulot “motor-variator-reduktor” deb ataladi.
4.1.7-rasmda motor-variator-reduktorlarning umumiy komponovkalash 
sxemasi keltirilgan. Dvigatel 1, variator 2 va reduktor 3 bir-biri bilan flanetslar bilan 
vintlar (boltlar) 4 yordamida biriktirilgan. 

Download 10,93 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   213




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish