306
iborat: dvigatel, ya’ni elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiruvchi
elektromexanik o`zgartirgich; harakat o`zgartirgichi (reduktorsiz MHM larda ular
yo`q); harakatlanadigan zvenoni tezligini kamaytiruvchi, to`xtatuvchi va uni bir
joyda ushlab turuvchi tormoz qurilmasi (ayrim hollarda bo`lmasligi ham mumkin);
harakat o`zgartirgichlarning ayrim turlarida uchraydigan tirqishni (o`lik yo`lni)
tanlash uchun mo`ljallangan lyuft tanlovchi mexanizm (ayrim hollarda bo`lmasligi
ham mumkin); MMning chiqish zvenosiga nisbatan harakatni amalga oshiruvchi
yo`naltirgich (ayrim hollarda bo`lmasligi ham mumkin); o`lchash, yuborish,
o`zgartirish, saqlash va qayd qilish uchun qulay bo`lgan nazorat o`lchamlarini
o`lchash uchun qulay signallarga aylantiruvchi hamda boshqariladigan
jarayonlarga ta’sir etuvchi axborot qurilmasi.