• 4.3.5-rasm. " Siemens " kompaniyasining intellektual mexatron moduli
  • 4.3.6-rasm.Intellektual mexatron modul kinematik sxemasi
  • -rasm. SIEMENS firmasining intellektual mexatronika modullari




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet168/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

    4.3.4-rasm. SIEMENS firmasining intellektual mexatronika modullari 
    a- SIMODRIVE POSMO A; b-SIMODRIVE POSMO SI
    Yana bir misol tariqasida "Animatics Corp." (AQSh) va "Siemens
    (Germaniya) firmalarining harakatlar ketma-ketligi erkin dasturlanadigan bir 
    koordinata bo`yicha boshqariladigan harakatlarni amalga oshiradigan mexatron 
    modullarni aytish mumkin.
    4.3.5-rasm. "Siemens" kompaniyasining intellektual mexatron moduli 
    4.3.5-rasmda "Siemens" kompaniyasining intellektual mexatron moduli 
    ko`rsatilgan. Bu modulda kuchli o`zgartirgich va boshqaruv qurilmasi dvigatel bilan 


    319 
    konstruktiv birlashtirilgan. Shteker texnikasi yordamida raqamli kirish va diagnostik 
    signallar beriladi, hamda dvigatel va kuchli o`zgartirgichlar bilan elektrik aloqani 
    amalga oshiriladi. Markaziy boshqarish qurilmasi va boshqa modullar bilan aloqa 
    standart shina "Profibus" orqali amalga oshiriladi. 
    4.3.6-rasmda valtsovkali birikmalarni bajarish uchun mo`ljallangan 
    IMMning kinematik sxemasi ko`rsatilgan. Valtsovkali birikmalar avtomobillarning 
    zamonaviy elektrjihozli qurilmalarni (elektrbenzonasos, benzinni sepuvchi 
    forsunkalar, o`t oldirish katushkalari)ni yig`ishda qo`llaniladi.
    4.3.6-rasm.Intellektual mexatron modul kinematik sxemasi 
    1-shar-vintli uzatma; 2-3- silindrik to`g`ri tishliuzatma; 4- shpindel; 5- qattiq 
    kulachokli mufta; 6-7 - silindrik to`g`ri tishli uzatma; 8- qo`zg`aluvchan shlitsali 
    yig`ma birlashma; 9-korpus; 10-quloqchalar; 11-holat datchiklari blokining 
    harakatchan elementi 
    Modulning chiqish zvenosi bo`lib shar-vintli uzatma xizmat qiladi. Modul 
    ikkita kinematik zanjirdan tarkib topgan: M1 elektrdvigatel va 2-3 to`g`ri tishli 


    320 
    silindrik uzatmali gaykani aylantirish zanjiri hamda M2 elektrdvigatel va to`g`ri 
    tishli silindrik uzatmali 6-7 kulachokli mufta va shpindel orqali aylanadigan 
    yuruvchi vint zanjiri. Shesternya 7 ning ichi bo`sh bo`lib, undan shpindelga 
    aylanishlar harakatchan shlitsali birikma 8 orqali uzatiladi. Korpus 9da modulni 
    texnologik jihozga 
    mahkamlash uchun quloqchalar 
    10 bor. Yuritma 
    elektrdvigatellari vallarining aylanish chastotasini o`lchash uchun BR1 va BR2 
    taxogeneratorlar ishlatiladi. Yuruvchi vintning o`q bo`yicha holatini hamda 
    shpindelning korpusga nisbatan holatini aniqlash uchun holat datchiklari bloki 
    qo`llaniladi. Bu blokning harakatchan elementi 11 yuruvchi vint uchida 
    joylashtirilgan. 
    Modul yig`ish uchun kerakli harakatlarni amalga oshiradi:
    • 
    valtsovka kallakchali shpindelni detal bilan kontaktlashishgacha 
    ilgarilanma harakat;
    • 
    valtsovkalash vintli va aylanma harakati;
    • 
    shpindelning ilgarilanma yuqoriga birlamchi holatiga harakati.
    Bu harakatlar gayka va vintning aylanish chastotalarini moslashtirish orqali 
    amalga oshiriladi. Harakatning har qaysi bosqichida bu chastotalarni o`zgartirish 
    qonuniyatini aniqlash jarayonni boshqarishning algoritmik ta`minoti vazifasidir.

    Download 10,93 Mb.
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. SIEMENS firmasining intellektual mexatronika modullari

    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish