|
-rasm. Taqsimlangan boshqarish tizimi arxitekturasi Pdf ko'rish
|
bet | 167/213 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 10,93 Mb. | | #110708 |
Bog'liq Zbekiston respublikasi4.3.2-rasm. Taqsimlangan boshqarish tizimi arxitekturasi
Taqsimlangan tizim arxitekturasi quyidagi afzalliklarga ega:
-
bog`lovchi kabel va o`tkazuvchi simlarning minimal miqdori, bu
mexatronika tizimlarni sozlash va ishlatishni qulay va ishonchli qiladi;
-
harakatni boshqarishning zamonaviy hisoblash algoritmlari va usullari
(aniq bo`lmagan mantiq, neyron tarmog`i)ni qo`llash imkoniyati;
-
ochiq arxitektura printsiplarini qo`llash, bu konfiguratsiyalarni
o`zgartirish va yangi funktsiyalarni yechish uchun tizimni kengaytirish imkonini
yaratadi;
-
tizimning ishonchliligi, ishlash vaqtida diagnostika ishlarini o`tkazish
imkoniyati.
Misol tariqasida «MilanDriveAUMA» intellektual mexatron modulini ko`rib
chiqamiz. Modul texnologik jarayonlarni markazlashmagan avtomatlashtirilgan
tizimlar uchun ishlatiladi. Yaxlit korpusda sinxron dvigatel, elektron va axborot
qurilmalar hamda taqsimlangan mexatron tizimni yaratish uchun interfeys bloklar
konstruktiv ravishda birlashtirilgan (4.3.3- rasm).
317
4.3.3-rasm. «MilanDriveAUMA» intellektual mexatron moduli
Elektr bog`lanish bloklari modulni is’temol manbasiga, umumiy kompyuter
shinasiga, kirish/chiqish bloklariga va RS-232 tipidagi interfeysga ulanish
imkoniyatini beradi. Profibus-DP yoki CAN-Open interfeyslariga ulanish ham
mumkin. Kontrollerning dasturiy ta’minoti yuritmalarni boshqarish, shu jumladan
elektravtomatikani interpolyatsiyalash va boshqarishni amalga oshiradi. Holat
bo`yicha teskari aloqa datchigi sifatida aylanuvchi transformator qo`llaniladi. Ba’zi
bir modifikatsiyalarida o`rnatilgan tormoz qurilmasi ham mavjud.
Aylanuvchi transformа
́ tor — o`zgaruvchan tok elektrik mikromashinasi-
rezolver; u aylanish burchagini amplitudasi aylanish burchagiga proportsional
bo’lgan yoki burchakning funktsiyasi bo`lgan elektr kuchlanishiga o`zgartiradi.
4.3.4-rasmda SIEMENS firmasiining SIMODRIVE POSMO A (4.3.4-rasm,
a) va SIMODRIVE POSMO SI (4.3.4-rasm, b) IMM lari keltirilgan.
|
| |