321
* Zamonaviy yuqori texnologik intellektual modul (IM)larni yaratishga
mexatron yondoshish mexanik, elektromexanik, elektron, elektrotexnik, kompyuter
va interfeys elementlarining o`zaro hamkorligi, oraliq energiya va ma`lumotlar hosil
bo`lishini minimallashtirish, hamda elektr va mexanik interfeyslarning alohida blok
sifatida ishlashini talab qiladi. Bu talablar ijrochi mexanizmlarining ixchamligi,
aniqligi va tannarxi kabi ko`rsatgichlarni yaxshilashga olib keladi.
* Mexatron modullarning zamonaviy rivojlanishi ularning ta`sirini ko`p
funktsional harakatlarining intellektuallashtirish bo`lib hisoblanadi: yangi avlod
modullari o`z tashkil etuvchilari – elektromexanik, elektron va kompyuter
yo`nalishlarini birlashtirgan.
* Texnik jihatdan intellektual mexatronik modullarini rivojlantirish
mikroprotsessor tizimlarining jadal rivojlanishi bilan bog`liqdir. Ishlab chiqarish
texnologiyalarining rivojlanib borishi mikroprotsessorlar narxining pasayishiga va
rentabelligining oshirishga va shu sababli uni amaliyotga keng qo`llashga olib
keladi.
Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
1.Intellektual mexatron modullarning boshqalardan farqi?
2.
Mexatron harakatlarni boshqarish masalasini nechta asosiy qismlarga
ajratish mumkin?
3.
Harakat kontrolleri blok-sxemasini tushuntiring.
4.
Intellektual kuch modullariga misollar keltiring.
5.
Intellektual sensorlar qanaqa vazifalarni bajaradi?
6. IMMlarni qo`llashdan ijobiy natijalar qanaqa?