126
* Gollandiya olimi tomonidan yaratilgan SOFIE boshqa robotlarga nisbatan
o`lchamlarining kichikligi va operatsiya stolida o`rnatilishi bilan ajralib turadi. Bu
o`z navbatida stol balandligi yoki qiyaligini o`zgartirganda, “jarrohni”
qayta
moslashtirish zaruriyati tug`ilmaydi.
* Sun’iy yurak – inson yashashi uchun lozim bo`lgan geodinamika
parametrlarini ta’minlab beruvchi texnologik qurilma.
* Kompyuterning tashqi (periferik) moslamalari deb EHM yordamida tahlil
uchun ma`lumotlarni kiritish, oraliq va yakuniy ma`lumotlarni
inson uchun
tushunarli tarzda chiqarib berish va ob`ektni boshqarish uchun belgilangan
moslamalarga aytiladi.
* Nur qavariqlikka kelib tushsa,
detektorda akslanadi, prizmadan o`tib
yorug`likka ta`sirchan diodga kelib tushadi. Agar nur botiqlikka (pitga) kelib tushsa,
u tarqaladi va kam qismi qaytarilib svetodiodgacha etib keladi. Diodda yorug`lik
impulslari elektr impulslariga o`zgartiriladi: yorqin nurlar birga, past nurlar esa
zaiflashib – nolga aylanadi. Shunday qilib, botiqliklar diskovod tomonidan mantiqan
nol deb, tekis yuza esa mantiqan bir deb qabul qilinadi. Lazer nurlar bilan tashkil
qilingan pitlar o`lchamlari juda ham kichik, 30-40 pitlar odam sochi qalinligiga teng
(taxminan 50 mkm).
* Maishaiy turmushda ishlatiladigan tizimlar –murakkab
va ilmiy
muhandislik masalasidir, chunki bu hollarda intellekt elementiga va inson sezgi
organlariday sezish sensorlariga ega bo`lgan robotlardan
tashkil topgan universal
tizimlardan foydalaniladi.