120
Bu moslamalar protsessordan tashqarida turgan bloklardir.
Ayrim tashqi
moslamalar faqat elektron uzel va uning komponentlaridan (monitor, modem, ovozli
kartalar, operativ xotira uchun qo`shimcha bloklar, boshqarish uchun interfeyslar)
iborat. Ayrimlari elektron uzeldan tashqari oddiy mexanik uzellarni (klaviatura,
sichqoncha) o`z ichiga oladi, yana boshqalari esa mikroprotsessorli boshqaruvga ega
bo`lgan murakkab mexanik tizimdan (printerlar, plotterlar, disk moslamalari, optik
diskli ma`lumot to`plagich) tashkil topgan. Oxirgilari mexanik uzellarning tez va
aniq ishlashi uchun analogli va raqamli datchiklar va aqlli boshqaruv tizimlari bilan
ta`minlangan.
Bu uskunalarning hammasi tipik mexatron ob’ektlar bo`lib
hisoblanadi.
Kompyuterning tashqi qurilmalari ichida
murakkablaridan biri bu CD
(DVD) diskovod bo`lib, u mexatron ob’ekka misol bo`la oladi. Diskovod elektronika
platasidan, shpildelli dvigateldan, optik o`qiydigan qurilmaniing mexanik tizimi va
diskni yuklash mexanizmidan iborat (2.4.14-rasm).