121
Elektron platada diskovodni boshqaruvchi barcha sxemalar –interfeys
kontroller bilan, interfeys raz’yomlari va tovushli signal chiqish joyining ikki
kontaktli raz’yomi joylashgan (2.4.15-rasm).
Shpindelli dvigatel doimiy yoki o`zgaruvchan chiziqli tezlik bilan diskni
aylantirishga mo`ljallangan. Doimiy chiziqli tezlikni saqlab turish uchun optik
golovkaning holatiga qarab diskning aylanish burchak tezligini o`zgartirish
talab
qilinadi.
Fragmentlarni qidirish jarayonida optik golovka fragmentlarni o`qishga
nisbatan tezroq aylanadi, shuning uchun dvigatel yuqori dinamik xarakteristikaga
ega.
Shpindel o`qiga ferromagnit taglik o`rnatilgan bo`lib, uning yuzi kompakt-
disk siljib ketmasligi uchun rezina yoki yumshoq plastik bilan qoplangan. Disk
o`rnatilgandan so`ng, u yuqorida joylashgan doimiy magnitli shayba yordamida
taglikka qistiriladi.
2.4.15-rasm. CD-ROM diskovodning ishlash printsipi.
Optik
golovka
sistemasi
tarkibiga
golovkaning
o`zi
va
uni
harakatlantiradigan mexanizm kiradi. Golovkada infraqizil lazerli svetodiod asosida
ishlangan nurlagich,
fokuslash uchun moslama, fotopriyomnik va dastlabki
kuchaytirgich joylashtirilgan. Fokuslash uchun moslama bo`lib elektromagnit
122
g`altak yordamida harakatlantiriladigan linza xizmat qiladi. Magnit maydoni
kuchlanishi o`zgarishi bilan linza harakatlanadi va lazer nurining fokusi o`zgaradi.
Kam inertsiyali bo`lganligi sababli bu tizim diskning vertikal urilishlarini samarali
kuzatib boradi. Fokuslash aniqligi ±1 mkm (nur dog`i diametri 0,9 mkm bo`ladi).
Optik golovkani harakatlantirish mexanizmining o`z
dvigateli bor, u
karetkani tishli yoki chervyakli uzatma orqali harakatlantiradi. Lyuft oldini olish
maqsadida oldingi kuchlanish bilan bog`langan (chervyakli uzatma uchun bu
ergashuvchi shesternyaning prujinalari bo`lib hisoblanadi). Treking koordinatasi
bo`yicha harakatlantirish aniqligi (radius bo`yicha) -0,1 mkm.
Diskni kiritish moslamasi o`zi yurar lotok
yordamida amalga oshiriladi,
nakopitelning qabul qilish tirqishiga to`g`ridan-to`g`ri o`rnatish bilan ham amalga
oshirish mumkin. Barcha hollarda nakopitel lotokni kiritish-chiqarish dvigateliga
hamda ramani harakatlantiruvchi moslamaga ega. Bu ramada shpindel va optik
golovkaning yuritmasi bilan mexanik qism o`rnatilgan, disk joyiga tushganda u
ishchi holatga keltiriladi.
Boshqarish tizimi bir kristalli mikro EHM asosida yaratilgan bo`lib,
CD-
ROM ning barcha qismlari
ishini muvofiqlashtiradi, oldingi operatsiya to`liq
bajarilgandan so`ng, yangi topshiriqni bajarish buyruq’ini beradi.
Kompakt disklarning yuritmasida bir nechta asosiy elementlarni ajratish
mumkin (2.4.16-rasm): lazerli diod, servomotor, optik tizim (nur
tarqatuvchi
prizmasi bilan) va fotodetektor. Kompakt diskdagi ma`lumotlarni o`qish va unga
yozib olish lazer nur orqali olib boriladi. Optik diskning yuzasi lazer golovkaga
nisbatan o`zgarmas chiziqli tezlikda aylanadi, burchak tezlik esa golovkaning radial
joylashuviga qarab o`zgarib boradi. Shunday qilib, tashqi yo`lakchalardagi
ma`lumotlarni o`qish
kattaroq, ichki yo`lakchalardagi ma`lumotlarni o`qish esa
kichikroq aylanishlar soni bilan amalga oshiriladi. Aynan shu xossa kompakt
diskdagi ma`lumotlarni vinchesterlarga nisbatan past tezlikda o`qishga sabab
bo`ladi. Servomotor ichki protsessorning topshirig`iga asosan nur qaytaruvchi
oynani siljishiga olib keladi. Bu lazer nurni aynan kerakli yo`lakchaga yo`naltirishga
123
imkon beradi. Nur plastikning himoya qobig`idan o`tib, disk yuzasidagi alyuminiy,
kumush yoki oltin yugurtirilgan qavatiga yetib keladi.
Nur
qavariqlikka kelib tushsa, detektorda akslanadi, prizmadan o`tib
yorug`likka ta`sirchan diodga kelib tushadi. Agar nur botiqlikka (pitga) kelib tushsa,
u tarqaladi va kam qismi qaytarilib svetodiodgacha yetib keladi. Diodda yorug`lik
impulslari elektr impulslariga o`zgartiriladi: yorqin nurlar birga, past nurlar esa
zaiflashib – nolga aylanadi. Shunday qilib, botiqliklar diskovod tomonidan
mantiqan
nol deb, tekis yuza esa
mantiqan bir deb qabul qilinadi. Lazer nurlar bilan tashkil
qilingan pitlar o`lchamlari juda ham kichik, 30-40 pitlar odam sochi qalinligiga teng
(taxminan 50 mkm).