Zbekiston respublikasi




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/213
Sana04.12.2023
Hajmi10,93 Mb.
#110708
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   213
Bog'liq
Zbekiston respublikasi

Topshiriq 
 
Manipulyatorning ikkita qismini harakatga keltirish uchun ulanish sxemasini 
tayyorlang va shu sxema asosida Arduino UNO mikrokontrolleri bazasida dasturini 
tuzing va yozma hisobot tayyorlang. 
 
Takrorlash uchun savollar 
1. 
Amaliy mashg`ulotni bajarish davomida nimalar o`rganiladi? 
2. 
Manipulyator haqida ma’lumot bering. 
3. 
Ishni bajarish tartibini ayting. 
4. 
“Robot qo`li” ni harakatga keltirish uchun mikrokontroller bazasida 
tuzilgan dasturni tushuntiring. 
 
 
TAJRIBA MASHG`ULOTI №1 
Tuproq namligini mikrokontroller yordamida boshqarish 
 
Mashg`ulotning maqsadi: Talabalarda YL-69 turidagi namlikni o`lchovchi 
datchik 
yordamida 
tuproq 
namligini 
boshqarish 
tizimi 
ko`nikmalarini 
shakllantirish. 
Tajriba mashg`uloti jarayonida talabalar quyidagilarni bilib olishadi: 
• 
Datchikni Arduino UNO qurilmasiga ulash sxemasini; 
• 
Arduino UNO mikrokontrolleri bazasida dastur tuzishni. 
 
Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar va vositalar: 
1. Arduino UNO mikrokontrolleri; 2. YL-69 turidagi namlikni o`lchovchi 
datchik; 3. Maket platasi; 4. Maket platasi uchun o`tkazgichlar; 5.USB standart 
kabeli; 6. Rele. 
 


138 
Nazariy ma’lumotlar 
 
Namlikni o`lchash uchun mo`ljallangan asboblar namlik o`lchagichlar 
deyiladi. Namlik o`lchagichlarning ishlashi turli usullarga asoslangan: psixrometrik, 
gigrometrik, elektrik, shudring nuqtasi, kimyoviy va boshqalar. Foydalaniladigan 
usullariga ko`ra asboblar ham turlicha bo`ladi: psixrometrlar, gigrometrlar, namlik 
o`lchagichlar (elektrik, tarozili va boshqalar). Avtomatlashtirish sxemalarida esa 
psixrometrlar, elektr namlik o`lchagichlar (konduktometrik, sig`imli) ko`p 
qo`llaniladi. 
Ushbu amaliy mashg`luotda YL-69 turidagi namlikni o`lchovchi datchik 
bo`yicha tuproq namligini o`lchash va reglament asosidagi qiymatlarga tayangan 
holda uni boshqarish tizimi ko`rib chiqiladi. Ishchi kuchlanishi 3,3 - 5 V oralig`ida 
bo`lishi talab etiladi. O`lchov asbobining ikkita elektrodi orasida kuchlanish hosil 
bo`ladi. Agar tuproq quruq bo`lsa qarshilik kichik bo`lib tok maksimal qiymatda 
bo`ladi. Aksincha bo`lsa tok kamroq qarshilik ko`proq bo`ladi. Yakuniy analog 
signalga qarab namlik darajasini aniqlasa bo`ladi. Datchikning yuza qismi oltin bilan 
qoplangan bo`lib, o`chov asbobining korroziyaga uchrashini oldini oladi. Elektr toki 
yoqilganda korroziyadan qutilish qiyin shuning uchun uni faqat namlik o`lchash 
zarur bo`lganda ishga tushirish zarur. 

Download 10,93 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   213




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish