153
almashtirilgan. Bu “Ventilli”, “kuchli tayanchlar (ventillar)
yordamida
boshqariladi” deganini anglatadi. Uning tok fazalari sinosiodal shaklga ega.
Kuchaytirgich vazifasini keng-impulsli modulyatsiyali (
широтно-импульсная
модуляция ШИМ) avtonom kuchlanish invertori bajaradi.
3.1.7-rasm. Ventilli elektrdvigatel
O`zgaruvchan tok elektrdvigatellari. O`zgarmas tok dvigatellariga nisbatan
ko`proq ishlatiladi. Chunki ularni ishlab chiqarish arzonroq,
konstruktsiyasi
soddaroq va ishonchliroq, ulardan foydalanish osonroq.
Amalda barcha uyda
ishlatiladigan maishiy texnika o`zgaruvchan tok elektrdvigatellari bilan jihozlangan:
yuvish mashinalari, oshxona vityajkalari va h.k.
Sanoatda stanokli jihozlarda,
lebyodkalarda, kompressorlarda, gidravlik
va pnevmatik nasoslarda va
ventilyatorlarda qo`llaniladi.
Ularning 2 turi mavjud:
sinxron va
asinxron dvigatellar.
Sinxron dvigatellarda rotorlarning aylanish chastotasi magnit maydonning
aylanish chastotasiga teng (sinxron). Ularning aylanish tezligi o`zgarmas bo`lganligi
sabab kompressorlarda,
katta ventilyatorlarda, nasoslarda va o`zgarmas tok
generatorlarida ishlatiladi.
Asinxron dvigatellarda rotorlarning aylanish chastotasi stator o`rami
hosil
154
qiladigan magnit maydonning aylanish chastotasidan farq qiladi (asinxron). Ular
qisqa ulangan rotorli va fazali rotorli bo`ladi. Bular konstruktsiyasi bir xil, orasidagi
farq ularning o`rash usulidadir. Asosan uch fazali asinxron dvigatellar ko`p
tarqalgan: stanok va jihozlarda, avtomatikada, telemexanika va h.k.larda ishlatiladi.