-rasm. Rentgen nurlarining ob’yektdan




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/213
Sana04.12.2023
Hajmi10,93 Mb.
#110708
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   213
Bog'liq
Zbekiston respublikasi

 
2.4.8-rasm. Rentgen nurlarining ob’yektdan 
o`tish sxemasi 
2.4.9-rasm. Rentgen 
tomografiyasida 
nurlarning tarqalishi 
Boshqaruv pulti kompyuter tomografning asosiy qismi bo`lib hisoblanadi. U 
skanerlash tizimi va EHM bilan bevosita bog`liqdir. Boshqaruv pulti tarkibiga ikkita 
videomonitor kiradi: biri matnli, ikkinchisi esa kesimlarni ko`rsatishga 
mo`ljallangan. Skanerlash dasturi kesimlar qalinligi va sonini, skanerlash tezligi va 
tomograf qadamini, suratlar sonini belgilab beradi. Yorug`lik nuri yordamida vrach 
raqamlar sifatida o`rganilayotgan ob`ektning optik zichligi to`g`risida ma`lumot 
oladi, patalogiya hajmi yoki organ o`lchamlari to`g`risida berilgan nuqtalar 
orasidagi masofani aniqlaydi. 
Yuqori malaka va tajribaga ega bo`lgan jarrohlarning kamligi ayrim yuqori 
aniqlik bilan bajarilishi talab qiladigan operatsiyalarni bajarilmasligiga sabab 
bo`ladi. Masalan: ko`z mikroxirurgiyasida yaqinni ko`ra bilmaslik holatlarida ko`z 
fokusini yaxshilash maqsadida ko`z shoh pardasidagi radial kesishlarni amalga 
oshirish. Bunda shoh parda kesish chuqurligi 20 mkm dan oshmasligi kerak, 
malakali mutaxassis esa 100 mkm dan kamni kesish chuqurligini amalga oshira 
olmaydi. Kanadada tibbiy robototexnik kompleks yaratilgan bo`lib, bu uskuna ko`z 


116 
shoh pardasida yuqori aniqlikda kerak bo`lgan chuqurlik va qiyalikda kesimlarni 
amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Yana bir misol qilib mikroneyroxirurgiya sohasini olish mumkin. Buyuk 
Britaniyada miyada mikrojarrohlik operatsiyalarni bajarish uchun tibbiy robotlar 
yaratilgan (2.4.10-rasm). 
 
2.4.10-rasm. Robot ishtirokida jarrohlik operatsiyasi 
Robotlashtirilgan tibbiyotning bir kamchiligi, bu jonli aloqa yo`qligidir, 
xirurg asbobning qanchalik kuch bilan ishlatishni nazorat qila olmaydi. Bu 
muammoni yechish uchun Eyndxoven Texnologiyalar Universiteti (Eindhoven 
University of Technology) mutaxassisi Linda van den Bedem tomonidan yangi 
SOFIE (Surgeon’s Operating Force-feedback Interface Eindhoven) tizimi
yaratilgan. 
SOFIE nazorat panelida joylashtirilgan joystiklar yordamida boshqariladi, 
asbobga berilgan kuch orqali to`qimalarga beriladigan kuch muvofiqlashtiriladi. Bu 
tizim manipulyatorning ipni tortish kuchini nazorati qilishi tufayli, operatsiyadan 
keyingi choklarni qo`yishda juda qo`l keladi (2.4.11- rasm). 


117 

Download 10,93 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   213




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Rentgen nurlarining ob’yektdan

Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish