107
§2.4. MEXATRONIKA TIZIMLARINI QO`LLASH AMALIYOTI
2.4.1. Mexatronika tizimlarini tibbiyotda qo`llanishi
Hozirgi vaqtda tibbiy yuqori texnologiyalar shiddat bilan rivojlanmoqda.
Ko`p davlatlarda tibbiyot sohasida ishlatiladigan mexatronik qurilmalarni ishlab
chiqarish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Tibbiy
mexatronikaning asosiy
yo`nalishlari –bu nogironlar reabilitatsiyasi uchun qurilmalar, servis operatsiyalarni
bajarish, hamda klinik jarayonlarda qo`llash. Tibbiy mexatronika rivojlanishining
asosiy yo`nalishlari 2.4.1- rasmda aks ettirilgan.
Nogironlar reabilitatsiyasi uchun robotlar. Tibbiy reabilitatsiya uchun
robotlar ikkita vazifani bajarish uchun mo`ljallangan:
yo`qotilgan oyoq va qo`llar
funktsiyasini bajarish hamda
to`shakda qolgan nogironlar (ko`zi ojizlar, tayanch
tizimi yoki boshqa og`ir xastaliklar natijasida yotib qolganlar) hayot tarzini
yaxshilash.
Protezlash tarixi
bir necha yuz yilliklarga ega, ammo mexatronika
kuchaytirilgan protezlar bilan ishlaydi. Zamonaviy avtomatlashtirilgan protezlar
kontruktsiyasining qiyinligi va ishlatish samarasining
pastligi sababli keng
miqyosda qo`llash imkoniyatini bermaydi. Bugungi kunlarda protezlar
konstruktsiyasiga yangi materiallar va elementlarni
kiritish orqali ularning
xarakteristikasini yaxshilash borasida qator ishlar olib borilmoqda (masalan,
plyonkali tenzodatchiklar yordamida qo`l protezlarida barmoqlar harakatini
yaxshilash, ko`z orqali qo`l protezini boshqaradigan ko`zoynakka
biriktirilgan
elektron-optik datchiklar va b.).