102
ma`lumotlarni “sun`iy intellekt” qabul qilib, harakat yo`lidagi barcha ob`ektlarni,
yo`l chiziqlarini, burilishlarni, yo`l belgilarni “ko`ra oladi”, va bu ma`lumotlar
asosida elektronika yo`l marshruti va rejimlarini belgilaydi
hamda ularni bajarish
uchun ijro mexanizimlariga buyruq beradi (2.3.7-rasm).
2.3.7-rasm. Avtomatik parkovkalash sxemalari
Xo`sh avtomobilda ideal holatda qancha “ko`rish organlari” bo`lishi kerak?
Eng rivojlangan tizim hozircha
Tesla avtomobillarida mavjud (2.3.8 -rasm). Unda
aylana bo`yicha ko`rish uchun 8 ta videokamera (uchtasi oldinga qaraydi: asosiysi
mashinadan 150 m masofani ko`radi, ikkinchisi – 250
m ni va uchinchisi katta
burchakni ko`radigan kamera 60 m ni ko`ra oladi). Yon va orqa tomonlarda yana 5
ta kamera joylashgan. Bundan tashqari 160 m masofani ko`ra biladigan asosiy radar
va mashina atrofi bo`yicha joylashgan 12 ta ultratovushli datchiklar bor.
2.3.9-rasmda “
Bosh” firmasining
ob-havo datchigi ko`rsatilgan. Mashina
modeli turiga qarab ichkarida bitta infra qizil yorug`lik diodi va 1-3 ta foto qabul
qiluvchi joylashtiriladi. Yorug`lik diodi ko`z ko`rmas nurni mashina shamol shishasi
yuzasiga nisbatan o`tkir burchak ostida tarqatadi. Agar ob- havo quruq bo`lsa barcha
nurlar tesqariga qaytarilib foto qabul qiluvchiga tushadi (shunday
optik tizim
ishlangan). Nurlar impuls shaklida berilganligi sabab datchik boshqa nurga reaktsiya
qilmaydi. Agar shamol shishasi yuzasiga tomchi yoki suv qatlami bo`lsa, nurlarning
shishadan qaytish sharoiti buziladi va nurning bir qismi atrof-muhitga tarqaladi.
Buni sensor sezadi va kontroller shisha yuvuvchi uchun ishlash rejimini tanlab, uni
103
ishga tushiradi. Agar kerak bo`lsa, bu qurilma mashina tomidagi elektrolyukni ham
yopadi, eshiklardagi shishalarni ko`taradi. Yana 2 ta fotodiod bu tizimda mavjud.
Ulardan biri faralarni avtomatik tarzda yoqadi (kech tushganda yoki mashina
tunnelga kirganda), ikkinchisi “dalniy” va “blijniy” faralarni o`zgartirib turadi. Bu
funktsiyalarning ishlashi mashina modeliga bog`liq.