95
tormozlashda g`altaklar blokirovkalashini oldini olish sistemalari aviatsiyada keng
tarqaldi. Birinchi marta seriyali ishlab chiqarilgan elektronli
ABSi bo`lgan avtomobil
1978 yilda
S-klassdagi Mercedes (
W116) avtomobili bo`ldi (2.3.1-rasm).
2.3.1-rasm. Mercedes (W116) avtomobilining tormozni antiblokirovkalash
tizimi (ABS)
1 – elektr yuritmali gidravlik nasos; 2 – g`altaklar aylanish tezligi datchiklari;
3-boshqarish bloki
ABS lar quyidagi komponentlardan iborat: g`altaklar aylanish tezligi (chastotasi)
datchiklari, boshqarish bloki (elektron protsessor), servoklapanlar, elektr yuritmali
gidravlik nasos va bosim akkumulyatori (2.3.2-rasm).
Intensiv tormozlashda g`altaklar aylanishdan to`xtaydi, avtomobil sirpana
boshlaydi va rul bilan boshqarish imkoniyati bo`lmaydi, tormoz yo`li uzunligi esa
bunda juda o`sishi mumkin. Bu quyidagicha ro`y beradi: g`altak aylanayotganida
protektor va yo`l orasidagi kontaktda qovushqoqlik ishqalanishi (
трение
сцепления) paydo bo`ladi, uning kuchi blokirovkada paydo bo`ladigan
sirpanish
ishqalanishi (
трение скольжения) kuchidan katta bo`ladi.
Qovushqoqlik
ishqalanishisiz g`altaklar yon tomon kuchlanishlarni qabul qilolmaydi,
shuning
uchun avtomobil inertsiya ta’sirida sirpanishni davom ettiradi: bunda to`siqlarni
96
aylanib o`tish yoki burilishga qaytish mumkin bo`lmaydi.
ABS bunday vaziyatga yo`l qo`ymaydi (2.3.2-rasm): g`ildirakdagi datchiklar
2 aylanish tezligini sekundiga 10 marta o`lchab boshqarish bloki
3 ga axborotni
yuboradi. G`ildiraklar blokirovkalanganda g`altaklarning yana aylanishini
ta`minlash
uchun boshqarish bloki 3 bir yoki bir nechta tormoz magistrallarida
bosim akkumulyatori
4 yordamida bosimni rostlaydi va servoklapanlar
5 vaziyatga
qarab ochilib-yopiladi hamda bu bilan g`altaklarning blokirovkasi yoqotiladi.
Barcha zamonaviy
ABS lar to`rt kanalli
hisoblanadi, ya`ni elektronika har
bir g`altakni alohida boshqaradi.
Bunday holatda haydovchida tormozlashda ham to`siqlarni aylanib o`tish
imkoniyati paydo bo`ladi (2.3.3-rasm).