89
Harbiy robotlar. Quinetiq kompaniyasi
harbiy robotlashtirilgan MAARS
(Modular Advanced Armed Robotic System) qurolli robot tizimini yaratdi.
Uning
elektrodvigatel yuritmali zanjirli platformasi 7 km/soatgacha tezlikni ta`minlaydi va
og`irligi 165 kg.
2.2.11-rasm. Quinetiq kompaniyasining MAARS harbiy-transportli roboti
Manba:https://en.wikipedia.org/wiki/Modular_Advanced_Armed_Robotic_System
U kichkina harbiy mashina bo`lib, 7,62 mm kalibrli
M240B pulemyot va
40mm li granatomyot bilan jihozlangan. Uning minorasi 360
0
ga 155
0
/sek tezlik bilan
aylana oladi. Optik-elektron stantsiyasi 360
0
ga aylana bo`yicha ko`rishni
ta`minlaydi. Tunda va og`ir tabiat sharoitlarida ham to`g`ri otishni ta`minlaydigan
optik kameralari va lazerli dalnomeri mavjud.