104
2.3.3. Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimlari
Avtomobil xavfsizlik podushkasi (airbag). Uning elementlari:
inertsion datchiklar
mashina modeliga qarab, mashina bamperida, motor to`sig`i oldida, haydovchi tirsak osti joyida
joylashgan bo`lib, avariya paytida boshqarishning elektron blokiga signallarni yuboradi (2.3.10-
rasm). Zamonaviy AXBT da frontal datchiklar 50 km/soat dan yuqori tezlikdan paydo bo`lgan
zarbada ishlaydi. Yon tomondagilar bundan kichikroq zarbada ishlaydi.
Elektron blokdan signal gazogenerator bilan ulangan asosiy modulga uzatiladi. Asosiy
modul diametri 10 sm va balandligi 1 sm li tabletka shaklida bo`lib, azot generatsiyalovchi
moddadan iborat. Elektr impuls tabletkaning patronini yondiradi va kristallar portlash tezligida
gazga aylanadi. Ana shu jarayon juda tez amalga oshiriladi va podushka 25 ms ichida gazga
to`ladi (2.3.11-rasm). Keyin podushka 200-300 km/soat tezlikda insonning ko`kragi
tomon
otilib keladi.
2.3.10-rasm. Avtomobil xavfsizlik podushkasi.
1 - xavfsizlk kamarini tarang tortish qurilmasi; 2 – yo`lovchi uchun xavfsizlik
podushkasi; 3 - haydovchi uchun xavfsizlik podushkasi; 4 - boshqarish bloki va markaziy
datchik; 5 - ijrochi modul; 6 - inertsiya datchiklari.