• 2.3.3-rasm. ABS ning samaradorligini ko`rsatuvchi foto 2.3.4-rasm. Aylanish chastotasi datchigini o`rnatish joyi
  • Adaptiv (moslashuvchan) kruiz-kontrol tizimi
  • -rasm. Avtomobilining tormozni antiblokirovkalash tizimi sxemasi




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

    2.3.2-rasm. Avtomobilining tormozni antiblokirovkalash tizimi sxemasi 
    1 – elektr yuritmali gidravlik nasos; 2 – g`altaklar aylanish tezligi datchiklari;
    3-boshqarish bloki; 4-bosim akkumulyatori; 5-servoklapan 
    Zamonaviy avtomobillarda asosan konstruktsiyasi sezgir element va uzatish 


    97 
    elementlaridan tashkil topgan magnitrezistorli aylanish chastotasi datchiklari va 
    Xoll datchiklari qo`llaniladi (2.3.4-rasm). Magnitrezistorli datchiklarda magnit 
    maydoni o`zgarishi natijasida qarshilik o`zgaradi. Xoll datchiklarida magnit 
    maydoni o`zgarishi natijasida kuchlanish o`zgaradi. Bu o`z navbatida, tok 
    qarshiligining o`zgarisiga olib keladi. Bunday signalni apparat yoki dasturiy usulda 
    qayta ishlangandan keyin g`altaklar aylanish chastotasini hisoblab topish mumkin.
    2.3.3-rasm. ABSning samaradorligini ko`rsatuvchi foto 
     
     
    2.3.4-rasm. Aylanish chastotasi datchigini o`rnatish joyi 
     


    98 
    Adaptiv (moslashuvchan) kruiz-kontrol tizimiAdaptive Cruise Control 
    (ACC).   Harakat paytida oldingi mashina orasidagi distantsiyani nazorat qiladigan 
    tizimlar 90-yillar o`rtasida paydo bo`ldi: 1995 yilda Mitsubishi sedan Diamante” 
    ni bozorga olib chiqdi. 1999 yilda S-klassdagi Mercedes W220 da ABS bilan birga 
    ishlovchi distantsiyani boshqaruvchi Distronic tizimi yaratildi. Shundan keyin bu 
    tizim yildan yilga rivojlanib ketmoqda. Bu tizimning asosiy funktsiyalari 2.3.5- 
    rasmda ko`rsatilgan. 
    ACC tizimi tarkibiga masofa datchiklari, boshqarish bloki va ijro qurilmalari 
    kiradi. Masofa datchiklari oldinda harakatlanayotgan avtomobilning tezligi va 
    ungacha bo`lgan masofani o`lchash uchun xizmat qiladi. Masofa datchiklari sifatida 
    radar va lidarlar ishlatiladi. 
    Radar (ingl. Radar, Radio Detection and Ranging – radioaniqlash va 
    masofani o`lchash)
    28
    – ob`ektga elektrmagnit to`lqinlarni yuboradi va qaytish signali 
    - aks-sado (exo)ni qabul qilib oladi. Oldinga ketayotgan avtomobilning tezligi 
    qaytgan to`lqinning chastotasi o`zgarishi bo`yicha, avtomobilgacha masofa esa -
    signal qaytish vaqti bo`yicha aniqlanadi. Olingan parametrlar elektrik signalga 
    o`zgartiriladi va boshqarish blokida yuboriladi.
    Lidarda (ingl. Lidar, Light Identification Detection and Ranging –nur 
    yordamida masofani aniqlash va o`lchash)
    29
    infraqizil lazer nurlaridan 
    foydalaniladi. Ular ishlash printsipi radarga o`xshash va radarga nisbatan arzon 
    turadi, lekin ish faoliyati aniqligi ob-havo sharoitiga bog`liq, shuning uchun 
    premium-klass avtomobillarda radarlar ishlatiladi. Masofa datchiklari asosan oldingi 
    bamperda yoki radiator panjarasida o`rnatiladi. Faoliyat radiusi 150 m ni tashkil 
    qiladi.
     
    28
    Bowen, Edward George. Radar Days. — CRC Press, 1998. 
    29
    Middleton, W. E. K, and Spilhaus, A. F., Meteorological instruments, University of Toronto, 3rd ed.-2002, 402 р. 


    99 

    Download 10,93 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Avtomobilining tormozni antiblokirovkalash tizimi sxemasi

    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish