92
▪ Mavzu bo`yicha asosiy rasm va illyusrtatsiyalar
§2.3. MEXATRONIK TIZIMLARNI TRANSPORT VOSITALARDA
QO`LLASH
2.3.1. Mexatronika tizimlarni avtomobil transportida qo`llash
Yerusti transport vositalari ichida eng kompyuterlashgani bu avtomobil
transportidir (transportlovchi robotlar bu yerga kirmaydi).
Avtomobil (yunon.
autos - o`zim va lot.
mobilis - harakatchan) o`z dvigateli
bilan oson harakatlanadigan g'ildirakli yoki yarim gusenitsali relssiz transport
mashinasidir
24
.
Hozirgi vaqtda yengil avtomobilning 40% narxini elektron komponentlar va
dasturiy ta`minot egallaydi. Avtomobillarda texnik yangiliklar kiritishning 90% ni
elektron sistemalar tashkil qiladi. Premiyum klassdagi yengil mashinalarda 70
tagacha protsessorlar mavjud, elektron tizimining 50 dan 70%
xarajatini dasturiy
ta`minot tashkil qiladi. Amalda zamonaviy avtomobil - bu kompyuter, faqat
g`ildirakli. Ana shu elektron tizimlarning asosini мexatronika tizimlari (MT) ташкил қилади.
Avtomobil bozoridagi kuchli raqobat mutaxassislarni yangi zamonaviy
texnologiyalarni qo`llashga majbur etadi.
Zamonaviy avtomobil MTlari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
-
dvigatelni boshqarish;
-
uzatmalar korobkasini boshqarish;
-
harakat xavfsizligini ta`minlash (tormoz, diagnostika, xavfsizlik podushkalari,
kruiz-kontrol, navigatsiya tizimi va h.k.)
-
qulaylikni yaratish (klimat-kontrol, audio- va
videotizimlarni avtomatik
boshqarish) va h.k.
24
Малкин В. С. Основы эксплуатации и ремонта автомобилей. — Ростов н/Д: Феникс, 2007. — 431 с.
93
Lekin, avtomobillarga asosiy qo`yiladigan talab – ularning xavfsizligidir. Shuning
uchun, quyida avtomobillarning xavfsizlik sistemalarini ko`rib chiqamiz.
Hozirgi vaqtda avtomobil ixtirochi-olimlarning asosiy maqsadi
yo`l-transport
hodisalar (YTH) ni kamaytiruvchi “aqlli” elektron qurilmalarni ishlab chiqarish hisoblanadi.
Bu ishlarning natijasi -
avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimi (AXBT)ning yaratilgani bo`ldi.
Inglizchada (
AVSM -Advanced vehicle safety management)
25
.
Bu tizim avtomatik ravishda
mashinalar orasidagi kerakli oraliqni saqlay oladi, mashinani sfetoforning qizil signalida
to`xtatadi, haydovchiga burilish uchastkasida mashina tezligining katta ekanligi haqida xabar
beradi va h.k. Hatto, yangi tizimlar to`qnashish bo`lganda
maxsus datchiklarning
radiosignalizatori yordamida tez yordam mashinasi chaqirish imkoniyatiga ega.
Avtomobilni xavfsiz boshqarish tizimining 2 ta turi mavjud.
1.
Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi.
2.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi.
Avtomobilning aktiv xavfsizlik tizimi (AAXT) –YTHni oldini olish va
avtomobilning konstruktiv xossalariga bog`liq holda ular kelib chiqish sabablarini
yo`qotishga qaratilgan avtomobilning konstruktiv va ishlatish xususiyatlari
yig`indisidir. Boshqacha qilib aytganda AAXT – avariya sodir bo`lish sabablarini
yo`qotib, avtomobilni xavfsiz ishlatishga qaratilgan barcha tizimlari yig`indisidir
26
.
Eng ko`p ma`lum bo`lgan va eng ko`p qo`llanidigan aktiv xavsizlik tizimlari
quyidagilar:
• tormozni antiblokirovkalash tizimi (TAT) -
antilock braking system
(ABS);
• yetakchi g`ildiraklarni probuksovkalashdan himoyalash tizimi -
anti-slip
system (ASS);
• favqulodda tormozlash tizimi -
emergency braking system (EBS) va
boshqalar.
Yuqorida keltirilgan tizimlar avtomobilning tormozlash va dvigatelni
boshqarish tizimlari bilan konstruktiv bog`langan, ular bilan birga o`zaro aloqada
25
http://www.geeks4thewin.com/Topics/advanced-vehicle-safety-management/
26
http://systemsauto.ru/active/active.html
94
bo`ladi. Bu esa ushbu tizimlarning samadorligini oshirishga imkon beradi.
Bundan tashqari zamonaviy avtomobillarda
quyidagi aktiv xavfsizlik
tizimlari o`rnatilmoqda:
• adaptiv kruiz-kontrol ;
• avtomatik parkovkalash tizimi;
• aylana bo`yicha nazorat qilish tizimi va b.
Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimi (APXT)– YTHsi ro`y
berganda,
haydovchi va passajirlarning shikastlanishidan himoyalashga qaratilgan
avtomobilning konstruktiv va ishlatish xususiyatlari yig`indisidir
27
.
Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
• xavfsizlik kamarlari -
seat belts;
• xavfsizlik podushkalari -
airbags;
• xavfsizlik kamarlarini tarang tortish qurilmasi -
seat belt tensioners va b.