• Klinik robotlar.
  •  –rasm. Yo`l boshlovchi robot




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

    2.4.4 –rasm. Yo`l boshlovchi robot
    Manba: https://tachilab.org/projects/meldog.html  
    Robotning orqa devoriga hududning xaritasini o`qish moslamasi – klavishli 
    panel, ovqat uchun lotoklar va akkumulyator uchun tokcha o`rnatilgan. 
    Hududdagi to`siqlarni aylanib o`tish strategiyasi EHM yordamida hal etiladi. 
    Olingan birlamchi ma`lumotlar mantiqan o`rganib chiqiladi va xaritaga 
    joylashtiraladi. Robotning oldidagi datchiklar yo`lni o`rganadi, to`siqni aniqlaydi, 
    robot EHMi esa to`siq agar harakat qilayotgan bo`lsa, uning uzoqlashishini kutadi, 
    agar harakatsiz bo`lsa, uni aylanib o`tish yo`lini belgilab beradi. Barcha harakatlar 
    va amallar mashina xotirasiga yozib olinadi. Agar xatoliklar aniqlansa, barcha 
    amallar va turli xil variantlar qayta ko`rib chiqiladi va boshqaruv tizimida 
    korrektsiya qilinadi. Mobil robotni avtonom rejimda harakatlanishini o`rgatish 
    muddati marshrutning murakkabligi, shifoxona eshiklari va yo`laklari kengligiga 
    bog`liq. 


    112 
     
    2.4.5-rasm. HelpMate tibbiy roboti
    Tirsak bo`g`imi uchun bilak bilan yoki bilakni qo`shmagan holda passiv 
    harakatini avtomatik korrektsiyalashga mo`ljallangan Kinetec 6080 elbow CPM 
    trenajyori (2.4.6-rasm). Bu trenajyor ishlatish uchun yengil va qulay bo`lib, krovatda 
    ham, kresloda o`tirgan vaqtda ham ishlatish mumkin. Trenajyor operatsiyadan 
    keyingi bo`g`im harakatlarining cheklanishi oldini oladi. 
    Klinik robotlar. Klinik robotlar asosiy uchta masalani yechishga 
    mo`ljallangan: kasalliklarni tashhislash, terapevtik va jarrohlik davolash. EHM 
    bilan boshqariladigan turli xil tibbiy uskunalarning ommaviy ishlab chiqarilishi 
    vrachlik amaliyotiga katta ta`sir ko`rsatdi. 
    Ekranda tekshirilayotgan inson organini ko`rsatib turuvchi (masalan: EHM 
    bilan boshqariladigan tomografli) diagnostik tizimlarda mexatronika va robotexnika 
    elementlari ishlatilib kelinmoqda. 
    Ichki organlar tasvirini olish uchun ishlatiladigan energiya turiga qarab 
    kompyuter tomograflarning bir necha xil turlari mavjud. Quyida rentgenli tomograf 
    ishini ko`rib chiqamiz. 


    113 

    Download 10,93 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish