• Sun’iy yurak
  • -rasm. Innovatsion robot-jarroh SOFIE




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

     
    2.4.11-rasm. Innovatsion robot-jarroh SOFIE 
    Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Sofie_(surgical_robot)  
    Gollandiya olimi tomonidan yaratilgan SOFIE boshqa robotlarga nisbatan 
    o`lchamlarining kichikligi va operatsiya stolida o`rnatilishi bilan ajralib turadi. Bu 
    o`z navbatida stol balandligi yoki qiyaligini o`zgartirganda, “jarrohni” qayta 
    moslashtirish zaruriyati tug`ilmaydi. 
    Sun’iy yurak – inson yashashi uchun lozim bo`lgan geodinamika 
    parametrlarini ta’minlab beruvchi texnologik qurilma.
    Bugungi kunda mavjud donor yuraklar zarur bo`lgan ehtiyojni qondira 
    olmaydi, shuning uchun avtonom, implantatsiya qilinadigan “sun`iy yurak” kabi 
    portativ uskunalarni yaratish juda muhim bo`lib hisoblanadi. Bu uskunalar ta`minot 
    manbasi, ishchi yoki ijrochi organga energiyani etkazib beruvchi harakat
    o`zgartirgich, kompyuterli boshqaruv tizimidan iborat.
    Bugungi kunda sun’iy yurak o`z ichiga ikki guruh texnik moslamalarni oladi. 
    Birinchisi – gemooksigenatorlar (sun`iy qon aylanish apparatlari) Arterial 
    nasos «CardioWest» (2.4.12-rasm). Ular qonni tortib oladigan arterial nasos va 


    118 
    qonni kislorod bilan to`yintiradigan oksigenator blokidan tashkil topgan. Bu 
    apparatlar kardioxirurgiyada yurakda operatsiya qilish jarayonida keng qo`llaniladi. 
    Ikkinchi guruhga kardioprotezlar, ya’ni, odam organizmiga yurak 
    mushagini o`zgartirish, bemorning hayot tarzini yaxshilash maqsadida implantatsiya 
    qilinadigan uskunalar. Bugungi kunda bu kabi protezlar eksperimental ravishda 
    klinik sinovlardan o`tkazilmoqda. 
    AbioCor (2.4.13-rasm)– og`ir yurak etishmovchiliklarida qo`llaniladigan 
    sun`iy yurak apparati bo`lib hisoblanadi. AbioCor Massachusetsning Abiomed 
    kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Apparat odam organizmining ichida to`liq 
    joylashtiriladi, tashqi tomondan teri orqali zaryad oladigan ichki akkumulyatori bor, 
    bu bemorga turli xil o`tkazgich simlarni ulash oldini oladi, shu bilan infektsiyalar 
    bilan zararlanishdan xalos etadi. 
    AbioCor faqat ma`lum vazn va bo`yga ega bo`lgan bemorlarda ishlatilishi 
    sababli, klinik sinovlar davrida faqat erkaklarda qo`llanilgan. Apparatning ishlash 
    davomiyligi 18 oyni tashkil qiladi. AQSHda dori va oziq-ovqat vositalari 
    boshqarmasi (FDA) tomonidan apparatga 2006 yilda ruxsat berilgan. 
    Boshqa an`anaviy mexatronik sohalariga nisbatan tibbiy mexatronika sohasi 
    shiddat bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga tibbiy mexatronikani qo`llashni saqlab 
    turuvchi faktorlarni ham eslab o`tish lozim. Psixologik faktor ular orasida eng 
    asosiysi bo`lib, u bemor va tibbiyot xodimlari orasidagi munosabatlarga bog`liq. 
    Psixologik faktor mexatronikani odam organizmi uchun muhim bo`lib hisoblangan 
    aralashuvga ishonchsizlikka olib keladi. Bu munosabatlarni o`zgartirish uchun, 
    mexatronikani tibbiyot instrumenti, vrachning aralashuvi deb qabul qilish kerak, 
    bemorga mexatronikaning ahamiyati va zararsizligini tushuntirish lozim. 


    119 

    Download 10,93 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish