|
Земля УзбекистанаBog'liq 3-2023-uzzamin.uzO‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
56
Kirish.
Muayyan bir hududda yer qoplami
maydonining koʻpayishi va kamayishi yerdan
foydalanish va yer qoplamining oʻzgarishi deyiladi
[1]. “Yerdan foydalanish” atamasi odamlar
tomonidan oʻzini oʻzi ta'minlashda yerdan toʻg'ri
foydalanish uchun ishlatilgan. Ushbu atama yerning
biofizik koʻrinishi xususiyatlarini oʻzgartirishning
barcha usullarini oʻz ichiga oladi. Bunga, ekin
yetishtirish, konchilik, uy-joy qurilishi va barcha
turdagi infratuzilmani rivojlantirish misol boʻladi
[2].
Shuningdek, “yer qoplami” atamasi
yer yuzasi va yer ostining barcha biofizik
xususiyatlarining holatini ham anglatadi. Bunga
antropogen ta’sirlar, relef va tuproq mexanik
tarkibidagi oʻzgarishlar yaqqol misol boʻla
oladi [3]. Qaror qabul qiluvchilar yer qoplamini
oʻrganish (YQOʻ) ning fazoviy va vaqtinchalik
ma’lumotlaridan yer usti ekotizimlarida,
suv ta’minotida, iqlimni modellashtirishda
biogeokimyoviy
sikllarni
tahlil
qilishda
foydalanishlari mumkin [4, 5].
YQOʻ yerdan foydalanish va yer
degradatsiyasi jarayonlarini oʻrganishga, aholi
punktlari hududidagi oʻzgarishlarni kuzatish va
tushunishga, uning intensivligi, yoʻnalishi va
ta’siriga katta hissa qoʻshadi. U yerdan foydalanishni
boshqarish va barqaror aholi punktlarini
rejalashtirish uchun qimmatli ma’lumotlarni
taqdim etadi [6]. Geoaxborot tizimlari (GAT)
va masofadan zondlash texnologiyalari (MZT)
global miqyosda yerdan foydalanish va YQOʻ ning
fazoviy va vaqtinchalik oʻzgarishlar dinamikasini
baholash uchun keng qoʻllaniladi [7, 8].
Sun’iy yoʻldosh tasvirlari Yer yuzasida
yerdan foydalanish va YQOʻ ma’lumotlarini olish
uchun ishlatiladi, bu oʻtmishdagi yer oʻzgarishlari
asosida kelajakdagi yerdan foydalanish senariylarini
bashorat qilishga yordam beradi. GATda ikki
turdagi tasniflash usullari yerdan foydalanish
va YQOʻ xaritalash va tahlil qilish uchun ilmiy
jihatdan ishonchli natijalarni taqdim etadi:
nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydiagan
tasniflar. Nazorat qilinadigan tasniflashda keng
qoʻllaniladigan bir nechta usullar mavjud boʻlib:
yordam vektor mashinasi (YVM) (Support vector
machine), k-eng yaqin qoʻshni (kNN-Nearest
Neighbour) va Maksimal ehtimollik tasniflagichi
(MET). Nazoratsiz tasniflashda klasterlash,
ISODATA (iterativ oʻz-oʻzini tashkil qiluvchi
maʼlumotlarni tahlil qilish texnikasi algoritmi),
oʻz-oʻzini tashkil qiladigan karta (Self-organizing
map), K-means usullari keng qoʻllaniladi [9].
Taxminiy oʻrmon (Random Forest)
tasniflash usuli hatto sifati nisbatan past
ma’lumotlar uchun ham mos boʻla oladi [1] va bir xil
ma’lumotlardan foydalangan holda va yuqoridagi
klassifikatorlar bilan taqqoslanganda, Taxminiy
oʻrmon klassifikatori eng yuqori aniqlikni qayd
etgan [10].
Landsat va MODIS sun’iy yoʻldosh
tasvirlaridan foydalanib, Yin va boshqalar,
2009–2011 yillar uchun Markaziy Osiyoda oʻrmon
yer qoplamining oʻzgarishlari xaritasi tuzgan
[11]. Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo
viloyatida 1972-2000 yillarda sug‘oriladigan ekin
maydonlarining kengayish dinamikasi Edlinger
va boshqalar tomonidan masofadan zondlash
ma’lumotlari asosida baholab chiqilgan [12].
Mazkur tadqiqotda Landsat OLI va
TM ma’lumotlari ishlatilgan va qaror qabul
qilish daraxtlari (Decision tree) asosida ekin
maydonlarining oʻzgarishini hisoblash eng yaxshi
usul sifatida koʻrsatilgan. 1953-2010 yillarda
Qozogʻistonning Qostanay viloyatida qishloq
xoʻjaligi yerlari qoplamining oʻzgarishi tahlili
Kramer va boshqalar tomonidan amalga oshirildi.
[13].
Ushbu tadqiqotda koʻp spektrli Landsat
TM/ETM+ tasvirlari asosida yordam vektor
mashinasi texnikasi yordamida qishloq xoʻjaligi
yerlari qoplamining oʻzgarishi xaritasi tuzilgan.
Aslanov va boshqalar, [14] Toshkent viloyati
misolida masofadan zondlash maʼlumotlaridan
shaharlar va har qanday oʻsib borayotgan
shaharlarning aglomeratsiyasini oʻrganish uchun
YQOʻ indeksini modellashtirish usullaridan
samarali foydalanish boʻyicha tadqiqot oʻtkazgan.
Ushbu uslub yerdan foydalanish yer qoplamining
oʻzgarishi va tendensiyasi haqida yaxshiroq
ma’lumot berish uchun yuqori darajadagi talqin
va spektral identifikatsiya sinflaridan foydalangan.
Fazoviy suratlarni raqamli qayta ishlash natijalari
asosida muhim tavsiyalar berilgan.
Yer osti suvlarini tahlil qilish jarayonida
Alixonov va boshqalar, [15] Toshkent viloyati
misolida YQOʻ xaritasini yaratdi va GAT asosidagi
koʻp mezonli qarorlar tahlili (Multi-Criteria
3/2023
|
| |