|
Uslubiy ish jarayoni va ma’lumotlarni tahlil qilishBog'liq 3-2023-uzzamin.uzUslubiy ish jarayoni va ma’lumotlarni tahlil qilish
uslubiy ish jarayoni va ma’lumotlar tahlili “yoʻl
xaritasi” koʻrinishida berilgan (2-rasm).
ArcGIS 10.8 da ma’lumot manbai sifatida
suniy yoʻldosh tasvirlaridan foydalangan holda
oʻrganilgan hududga asoslanib, yer qoplamining
bir nechta turlari ajratildi. Rasm tasnifi Maksimal
ehtimollik tasnifi usuli yordamida amalga oshirildi.
Yuklab olingan fazoviy ma'lumotlarning iyun
oyida olinganligining asosiy sababi, oʻsimliklar
indeksining maksimal nuqtaga yaqinligi,
shuningdek, bulutsiz tasvirni tanlashdir. Yuqorida
aytib oʻtilganidek, yerdan foydalanish va YQOʻ
tahlili uchun 8 ta diapazondan faqat toʻrttasi - RED,
NIR, SWIR va TIRS1 diapazoni talab qilinadi
(5-rasm). Oʻsimlik qoplamining tahlili NDVI
boʻyicha hisoblanadi; formula quyida keltirilgan
(1). Indeks -1 va 1 orasida oʻzgarib turadi. Bu
holda, qiymat qanchalik katta boʻlsa, sogʻlom
yoki zich oʻsimlik qoplami tushuniladi va yoki
aksincha. Salbiy ishorali qiymat esa oʻsimlik deb
3-rasm.
Tadqiqot hududida yerdan foydalanish va oʻsimlik
qoplami oʻzgarish dinamikasi
hisoblanmaydi (3-rasm).
NDVI = (NIR-RED)/(NIR+RED),
Landsat 7 uchun: NDVI = (Band 4 – Band
3) / (Band 4 + Band 3).
(1)
Landsat 8 uchun: NDVI = (Band 5 – Band
4) / (Band 5 + Band 4).
bu yerda: NIR - Landsat sensorining yaqin
infraqizil diapazoni Landsat-7 ETM+ uchun
4-band; Landsat 8 OLI uchun 5-band); RED esa
Landsat sensorining qizil diapazoni (Landsat
7 ETM+ uchun 3-band; Landsat 8 OLI uchun
4-band) [25].
CRU TS (Climatic Research Unit
(University of East England)) 1901-yildan boshlab
yuqori aniqlikdagi, yogʻingarchilikning kunlik,
oylik, yillik kuzatuvlar toʻplamini taqdim etib
keladi [26]. Bu toʻplam oʻnta kuzatilgan va olingan
oʻzgaruvchilardan iborat. Ushbu toʻplamdagi
yogʻingarchilik ma’lumotlari MS Excel va ArcGIS
10.8 dasturiy ta’minotlari yordamida tahlil qilindi
va xaritaga tushirildi (7-rasm).
|
| |