O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
58
butalar, koʻpincha yaylovlardan iborat. Chotqol
milliy bogʻi togʻlari va oʻrmonlari bilan Toshkent
viloyatida joylashgan [21].
Ma’lumotlar. Landsat-7 ETM+ va Landsat
8 (OLI & TIRS) sun’iy yoʻldoshlari tasvirlarini
yuklab olish uchun Earth Explorer platformasidan
foydalanilgan. 2000–2020 yillar davri uchun sunʼiy
yoʻldosh tasvirlari iyun-avgust oyida tanlab olindi,
bu bizga bulut qoplamini minimal taʼminlash
imkonini beradi. Landsat sun’iy yoʻldosh tasvirlari
30x30 m/pixel fazoviy oʻrta aniqlikka ega, sakkizta
aks ettirish diapazoni 30 m, panxromatik diapazon
15 m va ikkita termal diapazon 100 m. Yuklab
olingan ma'lumotlar ArcGIS 10.8 dasturida qayta
ishlandi. Sun’iy yoʻldoshning qolgan texnik
parametrlarini quyidagi jadvalda koʻrish mumkin.
Usullar.
Tadqiqotchilar tomonidan
masofadan zondlash materiallarini tahlil qilishda,
turli bosqichlarida foydalaniladigan turli xil
geofazoviy dasturiy vositalar mavjud. Ulardan
ba’zilari: ArcGIS, ENVI, ERDAS Imagine, QGIS
va Google Earth [9]. Yer qoplamining oʻzgarishi
tasnifi va tushunish turli masofadan zondlash
indekslari yordamida ham baholanishi mumkin:
NDVI, NDWI, NDBI, SAVI va boshqalar shu
jumladandir [24]. Sun’iy yoʻldosh tasvirlari
yordamida hisoblangan indekslar GATning koʻplab
indekslarini tizimli, ishonchli va fazoviy ravishda
har tomonlama nazorat qilish qobiliyatini koʻrsatdi
[8], [24]. Quyidagi rasmda ilmiy tadqiqotning
2-rasm.