O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
57
Decision Analysis) orqali yer osti suvlari bilan
bogʻliqligini tahlil qildi. Chukvudi va boshqalar,
[19] yogʻingarchilikning oʻziga xos xususiyatini
hisobga olgan holda janubi-gʻarbiy Nigeriyadagi
yillik
yogʻingarchilikning
oʻzgaruvchanlik
darajasi va tendentsiyalarini oʻrganib chiqdi.
Bu ma’lumotlar bashoratli modellashtirish
va havzadagi uzoq muddatli iqlim oʻzgarishi
moslashish dasturlariga ta’sir qilishi isbotlangan.
Yer qoplamining oʻzgarish tendensiyasida muhim
faktor ekanligi koʻrsatilgan.
Toshkent viloyati juda boy tabiiy resurslarga
ega, xususan, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat
bogʻi Oʻzbekistondagi eng yirik tabiiy muhofaza
hududi hisoblanadi [16].
Bogʻda 2200 dan ortiq Oʻsimlik
turlarining mavjudligi va katta oʻrmon
maydonlarining mavjudligi milliy bogʻni
2016-yilda YuNESKOning Butunjahon merosi
obyektiga aylantirdi [17], [18]. Ushbu tadqiqotda
biz fazoviy ma’lumotlar tahlili yordamida Milliy
bog‘ning yer qoplami va yerdan foydalanish
oʻzgarish dinamikasi, oʻsimlik qoplamining
oʻzgarish dinamikasi va soʻngi oʻn yillikda
yog‘ingarchilik oʻzgarishi xaritalarini tuzdik.
Maqolaning maqsadi global iqlim oʻzgarishi, milliy
bogʻning yer qoplami va yerdan foydalanishga
ta’sirini oʻrganishdir.
Tadqiqot
obyekti
va
uslublari.
Tadqiqot maydoni Ugom-Chotqol davlat
milliy tabiat bogʻi Toshkent viloyatining
Boʻstonliq, Parkent va Ohangaron tumanlaridagi
togʻli
hududida
joylashgan.
Vazirlar
Mahkamasining 1990-yil 30-iyundagi 270-
son qarori bilan tuzilgan. Umumiy maydoni
574,6 ming ga, shundan 56,4 ming ga oʻrmonlar
bilan qoplangan; archa - 64679 ga, pechak
- 139 ga, chinor - 565 ga, qayragʻoch - 1670 ga, oq
qayin - 985 ga, findiq - 1424 ga, yovvoyi - 1451 ga,
doʻlana - 2056 ga. Milliy bog‘da jami 70 dan ortiq
daraxt va 80 ga yaqin buta turlari oʻsadi. Oʻsimlik
turlari 1000 dan ortiq. Oʻrmonlar asosan shimoliy
va sharqiy yon bagʻrlarida joylashgan. Janubiy
yon bagʻrlari siyrak daraxt shoxlari yoki zich
1-rasm.