|
Xulosa va taklif va tavsiyalarBog'liq 3-2023-uzzamin.uzXulosa va taklif va tavsiyalar.
O‘rganilgan tuproqlarning mexanik tarkibi og‘ir
qumoqlardan iborat bo‘lib, mexanik fraksiyalar
chang zarrachalarining ko‘pligi va qum
zarrachalarining juda kamligi bilan tavsiflanadi.
Jigarrang tuproqlarda il zarrachalarining eng
ko‘p miqdori kesmaning o‘rta qismida to‘planadi.
Huddi shu gorizontda karbonatlarning eng
ko‘p miqdori kuzatiladi. Bu holat o‘rganilgan
tuproqlarda karbonatlar yuqori gorizontlardan
quyi tomon yuvilayotganidan, karbonatlarning
akkumulyativ to‘planish gorizontida loylanish
jarayonlari ketayotganligini hamda karbonatli
akkumulyativ gorizontlarning joylashish o‘rni
qiyalik ekspozitsiyasiga va eroziyalanish
darajasiga bog‘liq bo‘lib, tipik jigarrang
tuproqlarda karbonatli tuproqlarga nisbatan
chuqur ekanligini ko‘rsatadi.
Jigarrang tuproqlarda gumus miqdori
ularning qaysi ekspozitsiyada joylashishiga
ko‘ra keskin farq qiladi. Eng ko‘p gumus
miqdori shimoliy ekspozitsiyadagi tipik jigarrang
tuproqlarda kuzatiladi. Karbonatli jigarrang
tuproqlarda gumusning eng ko‘p miqdori
shimoliy ekspozitsiya tuprog‘iga tegishli.
Gumus miqdori bo‘yicha keyingi o‘rinni sharqiy
ekspozitsiya karbonatli tuproqlari egallaydi.
Janubiy ekspozitsiya karbonatli tuproqlari
nisbatan gumusga kambag‘al.
Shimoliy ekspozitsiya tuprog‘i sharqiy
va janubiy ekspozitsiyalardagiga nisbatan azot
va fosforga boy. Barcha o‘rganilgan tuproqlarda
qaysi ekspozitsiyada rivojlanganligidan qat’iy
nazar azot miqdori, gumus miqdori kabi tuproq
kesmasi bo‘ylab pastga tomon bir me’yorda
kamayib boradi.
Jigarrang tuproqlardan qishloq xo‘jaligida
va
boshqa
maqsadlarda
foydalanishda,
degradatsiya jarayonlarining oldini olish,
ekologik turg‘unligini ta’minlashga qaratilgan
chora-tadbirlarni tabaqalashtirilgan holda
rejalashtirish va amalga oshirishda ularning xossa
va xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3/2023
|
| |