|
Tadqiqot natijalari va ularningBog'liq 3-2023-uzzamin.uzTadqiqot natijalari va ularning
muhokamasi.
Tadqiqotlarda Toshkent
viloyatining Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida,
xususan Beldersoy, Parkentsoy va Amirsoyda
tarqalgan karbonatli va tipik jigarrang tuproqlar
qiyalik ekspozitsiyasiga bog‘liq ravishda
o‘rganildi.
Beldersoy shimoliy ekspozitsiyada
rivojlangan karbonatli jigarrang tuproqlar
kesmasining yuqori qismi 0-6 sm lik chimli
gorizontdan iborat bo‘lib rangi jigarrang, quyi
gorizontlari esa avval och jigarrang, chuqurroqda
qo‘ng‘ir-sur-oqish-sarg‘ish tus oladi.
Bu tuproqning mexanik tarkibi o‘rta
qumoqga yaqin og‘ir qumoq, mexanik
fraksiyalar chang zarrachalarining ko‘pligi va
qum zarrachalarining kamligi bilan tavsiflanadi.
Il zarrachalarining eng ko‘p miqdori (11,8%)
26-35 sm lik gorizontga to‘g‘ri keladi. Xuddi
shu gorizontda karbonatlarning eng ko‘p miqdori
(10,03%) kuzatiladi. Bu holat karbonatlar
yuqori gorizontlardan ushbu gorizontgacha
yuvilayotganini hamda aynan shu gorizontda
loylanish jarayoni ketayotganligini ko‘rsatadi.
Suvda oson eruvchan tuzlarning umumiy
miqdori kesma bo‘ylab 0,09-0,20% oralig‘ida
tebranadi. Karbonatlar miqdori kesma bo‘ylab
7,04–10,03% oralig‘ida bo‘lib, ularning
maksimumi (9,11-10,03%) 26-59 sm gorizontda
kuzatiladi. Tuproq muhiti kuchsiz ishqoriy
sharoitga ega.
Sharqiy
ekspozitsiyada
rivojlangan
karbonatli jigarrang tuproqlar kesmasining yuqori
qismi 0-5 sm lik chimli gorizontdan iborat. Rangi
jigarrang, pastki gorizontlari esa qo‘ng‘ir-sarg‘ish
va sarg‘ish tusda.
Bu tuproqning ham mexanik tarkibi og‘ir
qumoq. Il zarrachalarining to‘planishi kesmaning
o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi. Huddi shu gorizontda
karbonatlar miqdorining ham ortib borishi
kuzatiladi.
Suvda oson eruvchan tuzlarning umumiy
miqdori kesma bo‘ylab 0,105-0,220% oralig‘ida
tebranadi. Tuproq muhiti kuchsiz ishqoriy.
Karbonatlar miqdori kesma bo‘ylab 3,84–9,99%
3/2023
|
| |