• Tadqiqot obyekti va uslublari.
  • Земля Узбекистана




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/98
    Sana30.05.2024
    Hajmi15,52 Mb.
    #257547
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98
    Bog'liq
    3-2023-uzzamin.uz

    Land of Uzbekistan
    Земля Узбекистана
    3/2023


    O‘ZBEKISTON ZAMINI
    4/2019
    50
    Tuproqlarni ularning o‘z genetik jihatdan 
    aniqlangan xususiyatlari asosida identifikatsiya 
    qilish tamoyiliga asoslangan yangi kesma-genetik 
    (substantiv) klassifikatsiyasi, tuproq hosil bo‘lish 
    omillari va tuproqlarning zamonaviy funksional 
    faoliyatini diagnostikasi mezonlari sifatida 
    hisobga oluvchi ekologik-genetik klassifikatsiya 
    (1977) dan farq qiladi. Ya’ni yangi tuproqlar 
    klassifikatsiyasida substantiv yondashuvdan 
    foydalanish bir xil morfogenetik xususiyatlarga ega 
    tuproqlarni, ularning fazoviy tarqoqligi va ekologik 
    taalluqligidan qat’iy nazar, yagona taksonlarga 
    birlashtirishga imkon beradi. Bu klassifikatsiya 
    ilgari ta’riflanmagan va o‘rganilmagan yangi 
    tuproqlarni 
    klassifikatsiyalash 
    tizimining 
    yaxlitligini buzmasdan kiritishga imkon 
    beradi, bu antropogen evolyusiya natijasida tez 
    shakllanadigan antropogen o‘zgargan tuproqlarga 
    nisbatan ayniqsa muhimdir [9]. 
    Yangi 
    klassifikatsiya 
    to‘g‘risida 
    munozarali va bahsli masalalar mavjud bo‘lib, 
    turli fikrlar bildirilmoqda. V.I. Kulagina va b. 
    (2018) ning fikriga ko‘ra “Rossiya tuproqlari 
    klassifikatsiyasi va diagnostikasi” (2004) ilmiy 
    tadqiqotlarda qo‘llash uchun ko‘proq mos keluvchi 
    klassifikatsiyadir. 1977-yil klassifikatsiyasi esa 
    amaliy tuproq tadqiqotlari va tekshirishlarini 
    amalga oshirishda qulayroqdir [6].
    Har ikkala klassifikatsiyada ham jigarrang 
    tuproqlar 3 ta tipchalarga: ishqorsizlangan 
    (karbonatlardan yuvilgan), tipik va karbonatli 
    jigarrang tuproqlarga ajratilgan.
    Tadqiqot obyekti va uslublari.
    Tadqiqotlar hududi Chirchiq daryosining o‘rta 
    tog‘lar mintaqasida jigarrang va qo‘ng‘ir 
    tog‘ o‘rmon tuproqlari kamarida joylashgan. 
    Tadqiqotlarda ushbu kamarda tarqalgan karbonatli 
    va tipik jigarrang tuproqlarga kesmalar tushirildi. 
    Tuproqlarning genetik gorizontidan namunalar 
    olindi, oftob nuri tushmaydigan joyda, ochiq 
    havoda quritildi hamda 0,25 mm va 1 mm 
    elaklardan o‘tkazildi. Tuproqlarning mexanik 
    tarkibi Kachinskiyning pipetka uslubida, 
    Karbonatlar miqdori atsidemetrik uslubda, 
    tuproq muhiti (pH H
    2O) va solishtirma elektr 
    o‘tkazuvchanlik PNT 3000 COMBI uskunasida 
    aniqlandi. Umumiy organik modda miqdori Tyurin 
    uslubida, umumiy azot Keldal uslubida, umumiy 
    fosfor va kaliy Ginzburg uslubida, harakatchan 
    fosfor va almashinuvchi kaliy Machigin uslubida 
    aniqlandi.

    Download 15,52 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish