Земля Узбекистана




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/98
Sana30.05.2024
Hajmi15,52 Mb.
#257547
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98
Bog'liq
3-2023-uzzamin.uz

Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
51
oralig‘ida bo‘lib, eng kam miqdori (3,44; 4,33%) 
chim va chim osti gorizontlariga tegishli bo‘lib 
quyi tomon 9,99% gacha ortib boradi.
Janubiy 
ekspozitsiyada 
rivojlangan 
karbonatli jigarrang tuproqlar kesmasining yuqori 
qismi 0-5 sm lik chimli gorizontdan iborat bo‘lib 
rangi to‘q sur tusli, chim osti gorizonti qo‘ng‘ir-
sarg‘ish-sur tusli bo‘lib, quyi tomon och qo‘ng‘ir-
sur, sarg‘ish-sur-oqish tus oladi.
Mexanik tarkibi o‘rta qumoqqa moyil, 
og‘ir qumoq. Mexanik fraksiyalar tarkibida 
chang zarrachalari qum zarrachalariga nisbatan 
ancha ko‘p. Il zarrachalarining eng ko‘p miqdori 
(13,2%) 19-45 sm lik gorizontga xos. Ushbu 
gorizontda karbonatlarning nisbatan eng ko‘p 
miqdori (9,59%) kuzatiladi. 
Suvda oson eruvchan tuzlarning umumiy 
miqdori 0,115-0,225% oralig‘ida tebranadi. 
Tuproq muhiti kuchsiz ishqoriy sharoitga ega. 
Karbonatlar miqdori kesma bo‘ylab 4,54–10,08% 
oralig‘ida bo‘lib, eng kam miqdori (4,54, 7,14%) 
chim va chim osti gorizontga mansub bo‘lib quyi 
tomon ortib (9,59-10,08%) boradi (Jadval).
Beldersoy 
jigarrang 
tuproqlarida 
gumus miqdori ularning qaysi ekspozitsiyada 
joylashishiga ko‘ra keskin farq qiladi. Eng ko‘p 
gumus miqdori shimoliy ekspozitsiya karbonatli 
tuproqlarida kuzatildi. Bu tuproqning 0-6 sm 
lik chimlik gorizontida gumus miqdori 5,80% 
ni tashkil etadi. Chim osti gorizontida esa 
2,96%, undan keyingi gorizontda 1,35% bo‘lib 
kesma bo‘ylab quyi tomon kamayib boradi va 
100-120 sm lik gorizontda 0,51 %ni tashkil 
etadi. Gumus miqdori bo‘yicha keyingi o‘rinni 
sharqiy ekspozitsiyadagi tuproqlar egallaydi. 
Uning 0-5 sm lik chimlik gorizontida gumus 
miqdori 5,50%, chim osti gorizontida 3,76%, 
keyingi gorizontda 2,88% bo‘lib quyi tomon 
kamayib boradi. Janubiy ekspozitsiyadagi 
tuproq nisbatan gumusga kambag‘al. Uning 
0-5 sm lik chimli gorizontida gumus miqdori
4,26% ni, chim osti gorizontida 2,13% ni tashkil 
etib, bu tuproq kesmasida ham gumus miqdori 
quyi tomon kamayib boradi.
Umumiy azot miqdori gumus miqdoriga 
bog‘liq bo‘lib uning eng ko‘p miqdori shimoliy 
ekspozitsiyadagi tuproqning chimli gorizontida 
0,357% ni tashkil etadi. Sharqiy ekspozitsiya 
tuprog‘ining chimli gorizontida umumiy azot 
miqdori 0,328%, janubiy ekspozitsiyaning xuddi 
shunday gorizontida esa 0,219% bo‘lib shimoliy 
ekspozitsiyaga nisbatan, tegishlicha, 0,029 va 
0,138% kam.
Umumiy fosforning tuproq yuqori 
gorizontlaridagi miqdori shimoliy ekspozitsiya 
tuprog‘ida sharqiy va janubiy ekspozitsiyalarda 
rivojlangan tuproqlardagiga nisbatan ko‘proq. 
Uning miqdori shimoliy ekspozitsiyadagi 
tuproqning chimli gorizontida 0,263% bo‘lsa, 
sharqiy va janubiy ekspozitsiya tuproqlarining 
chimli gorizontida 0,223 va 0,220% dan iborat. 
O‘rganilgan 
tuproqlar 
joylashish 
ekspozitsiyasidan qat’iy nazar kaliy elementiga 
boy tuproqlar hisoblanadi. Bu elementning miqdori 
shimoliy ekspozitsiyadagi tuproq kesmasida 
2,30-3,00%, sharqiy va janubiy ekspozitsiyalarda 
esa, tegishlicha, 2,34-2,93 va 2,12-2,70% 
oralig‘ida tebranadi.
Harakatchan fosfor miqdori bo‘yicha 
shimoliy ekspozitsiyadagi tuproq o‘rtacha 
ta’minlangan guruhni, sharqiy va janubiy 
ekspozitsiyalar tuproqlari esa kam ta’minlangan 
guruhlarni tashkil etadi, harakatchan kaliy miqdori 
bo‘yicha ularni o‘rtacha ta’minlangan tuproqlar 
guruhiga kiritish mumkin (Jadval).
Parkentsoy 
havzasida 
rivojlangan 
jigarrang tuproqlar G‘arbiy Chotqol tog‘ 
jigarrang tuproqlarining shakllanishidagi asosiy 
qonuniyatlarga bo‘ysungan holda Beldersoy 
tuproqlaridan o‘z xossa va xususiyatlari bilan farq 
qiladi.
Shimoliy ekspozitsiyada rivojlangan tipik 
jigarrang tuproqlar kesmasining yuqori qismi 
0-5 sm lik chimli gorizontdan iborat bo‘lib rangi 
qo‘ng‘ir, pastki gorizontlari esa avval jigarrang 
chuqur gorizontlarda och sur rang sarg‘ish tus 
oladi. Mexanik tarkibi o‘rta qumoqga moyil og‘ir 
qumoq. Il zarrachalarining to‘planishi 31-91 sm 
lik chuqurlikda kuzatiladi.
Suvda oson eruvchan tuzlarning umumiy 
miqdori kesma bo‘ylab 0,12-0,27% oralig‘ida 
tebranadi. Bu tuproqlarda karbonatlar chuqur 
yuvilgan, ularning miqdori kesma bo‘ylab 
0,63–1,15 % oralig‘ida bo‘lib, 91-130 sm lik 
gorizont bundan mustasno. Ushbu gorizontda 
karbonatlar miqdori keskin ko‘payib 11,9% ni 

Download 15,52 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   98




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish