• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Zokirov Farruxbekning XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movorounnahrda siyosiy vaziyat




    Download 79.13 Kb.
    bet3/3
    Sana11.12.2022
    Hajmi79.13 Kb.
    #34155
    1   2   3
    Bog'liq
    tarix
    privacy, 777777, 2022114, Ingiliz tilidan kurs ishi, OFIS JIHOZLARIGA TEXNIK XIZMAT KO2, 4 MAVZU, akademik yozuv 2-amaliy ish, lecture-1, ab4f10a9-2931-43ec-bc71-a320d6271cd4, C87BFB6A-B432-426B-B4EB-C3B41B9C620A.Algoritm-3-18, Sirdaryo viloyati Zakovat klubi Professional ligasi kuzgi mavsum 10-tur savollari (03.11.2023), Mundarija kirish I. Ko’p qavatli binolarda zilziladan so’ng qutq, 4-topshiriq ion, “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi
    Xiva xonligidagi hokimiyat
    Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505- yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510- yil)dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtgan. Ularga qarshi Vazir qal'asi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Said Hisomiddin boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarilgan. Ikki- yil davom etgan kurash natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511- yil Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.
    Elbarsxon davrida (1511-1516) Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, shuningdek, Orol va Mangʻishloq qoʻshib olingan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. Bu davrda xalq Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro qirgʻinlardan tashqari Buxoro va Xiva oʻrtasidagi urushlar azobini ham tortishga majbur boʻlgan. Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida Buxoro xonligi Xorazmga hujum qilib, qisqa vaqt uni Buxoroga boʻysundirgan. Bu urushlar hamda XVI asrning 70- yillarida Amudaryoning oʻz oʻzanini oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻygani ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy ta’sir koʻrsatgan.
    XVII asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida xonlikda davlat parokandaligi oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarsning otasiga qarshi chiqishi parokandalikni avj oldirgan. Ular kurashda muvaffaqiyat qozonib, Qum qal'asida otasining koʻziga mil tortib, soʻngra qatl ettirganlar. Koʻpgina padarkushlar kabi Elbars va Habash sultonlar (1621-1623) akalari Asfandiyor (1623-1643) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan.
    XVII asrning oxiri-XVIII asr boshlarida Xiva xonligida oʻnlab xonlar almashgan. Bu esa mamlakat ahvolini yanada ogʻirlashtirgan. XVIII asrning
    60- yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga erishgan qoʻngʻirot urugʻlari Xiva xonligida hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin 1770- yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782- yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, xonlikda qoʻngʻirotlarning amaldagi
    hokimiyatini mustahkamlagan.
    Avaz Muhammad inoq davrida Xivada markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811- yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham xonlik tarkibiga qoʻshib olgan. U oʻtkazgan siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan. Xazina daromadlari koʻpaygan.
    Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qoʻqon xonliklaridagidek boʻlib, asosiy farqi XIX asr boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) faoliyat koʻrsatganligidir. Eng yuqori amaldorlardan tashkil topgan Kengash vakolati cheklangan edi. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan boʻlsa-da, amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi mavqei baland boʻlgan. Mansab va unvonlar harbiy-ma’muriy, harbiy va diniy toifalarga boʻlingan. Inoq, otaliq, biy, amir ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi va boshqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim oʻrin tutgan. Xonlik sud ishlari asosan, diniy ulamolar qoʻlida boʻlib, ularning mamlakat hayotida ta’siri kuchli boʻlgan. Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib barcha farmonlar, davlat hujjatlari oʻzbek tilida yozilgan.
    XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining ma’muriy jihatdan boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, XVIII asrdan bekliklar deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 18 ta viloyat, 2 ta noiblik boʻlgan boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan.
    Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori boʻlib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham, asosan,
    ular qoʻlida boʻlgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlagan va ularning ahvoli juda ogʻir boʻlgan. Sun'iy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik mamlakat iqtisodida muhim oʻrin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sodiq ham iqtisodiy hayotda muhim oʻrin tutgan. Xonlik harbiy qoʻshini zarur qurol-aslahaga ega boʻlmagan. Qoʻshinni
    koʻproq yarim koʻchmanchi turkmanlar tashkil etgan.
    Xiva xonligi Buxoro, Qoʻqon, Eron va Rossiya kabi qoʻshni davlatlar bilan savdo-sotiq olib borgan. Soliqlar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va juz'yadan iborat boʻlgan. Shu bilan majburiy mehnatning ba’zi turlari amalga oshirilgan. Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, me’morlik ancha rivojlangan boʻlsa ham, tabiiy va texnika fanlariga, dunyoviy ilmlarga e'tibor deyarli qaratilmagan.
    Boshlangʻich maktabda oʻqish, yozishni oʻrgangan bolalar madrasalarda oʻqitilgan. XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlangʻich maktab va 103 ta madrasa mavjud boʻlgan. Xiva shahrining oʻzida 22 ta madrasa faoliyat koʻrsatgan. Bu davrda Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, xattotlik, musiqa san'ati, me'morlik va madaniyatning boshqa sohalarida muayyan yutuqlar qoʻlga kiritilgan
    Xulosa: Xulosa qilib aytganda Movorounnahr ya’ni deyarli O’rta Osiyo bu
    davrga kelib xonliklarga bo’linib ketadi. Bular Buxoro xonligi, Xiva xonligi, va keyinchalik bu davr o’tkanidan keyin Qo’qon xonligi paydo bo’ladi. Bu davrga kelib Buxoroda taxtga shayboniylar keladi va dastlab, Shayboniylar davlati paydo bo’ladi va davlat yerlari kengayishni boshlaydi. 1501 dan 1601 yilgacha Buxoro taxtida Shayboniylar sulolasi hukmronlik qiladi. 1601- yildan boshlab taxtga Ashtarxoniylar sulolasi keladi bu XVII asr boshlaridan XVIII asr
    ikkinchi yarmigacha davom etadi va xonliklar tugatilib Buxoro amirligi boshlanadi. Bu davrda xonlikllarda tashqi aloqalar yaxshi rivojlanadi vasavdo sotiqqa katta e’tibor beriladi, elchlik aloqalari ornatiladi, davlatlar bilan.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    • 1-kurslar uchun tarixdan ma’ruzalar
    • Wikipedia.com internet portal
    • Matab o’quvchilari uchun 8-sinf “O’zbekiston tarixi”darsligi

    Download 79.13 Kb.
    1   2   3




    Download 79.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zokirov Farruxbekning XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movorounnahrda siyosiy vaziyat

    Download 79.13 Kb.