Shayboniylarning davlat tepasiga kelib hokimiyatni egallashi




Download 79.13 Kb.
bet2/3
Sana11.12.2022
Hajmi79.13 Kb.
#34155
1   2   3
Bog'liq
tarix
privacy, 777777, 2022114, Ingiliz tilidan kurs ishi, OFIS JIHOZLARIGA TEXNIK XIZMAT KO2, 4 MAVZU, akademik yozuv 2-amaliy ish, lecture-1, ab4f10a9-2931-43ec-bc71-a320d6271cd4, C87BFB6A-B432-426B-B4EB-C3B41B9C620A.Algoritm-3-18, Sirdaryo viloyati Zakovat klubi Professional ligasi kuzgi mavsum 10-tur savollari (03.11.2023), Mundarija kirish I. Ko’p qavatli binolarda zilziladan so’ng qutq, 4-topshiriq ion, “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi
Shayboniylarning davlat tepasiga kelib hokimiyatni egallashi 
XV asrning 90- yillarida Temuriylarning oʻzaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Dashti Qipchoqning janubiy qismini, jumladan, Oʻtror, Sabron, Yassi (Turkiston) va boshqa shaharlarni ishgʻol qiladi. Shayboniyxon qoʻshinlari 1499- yildan Movarounnahrni istilo qilishga kirishdi. U Qarshi va Shahrisabzga bosib boradi, katta oʻlja bilan Dashti qipchoqqa qaytadi. Oradan koʻp oʻtmay Shayboniyxon katta kuch bilan Samarqandni qamalga oldi. Shu asnoda Dabusiya qal’asi yaqinida u samarqandliklarga yordamga kelayotgan Buxoro hokimi Muhammad Boqi Tarxon qoʻshinlarini tor-mor qilib, avval Buxoroni, soʻngra Qorakoʻlni egallaydi.
Shayboniyxon Buxoroga oʻz dorugʻasi (hokim)ax tuch etib, uni oʻzining bosh qarorgohiga aylantiradi. Buxoro va Qorakoʻlda Shayboniyxonga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon shafqatsiz bostiriladi. Shayboniyxon yana Samarqand ustiga yurish qilib shaharni toʻqqiz oy qamalda tutadi.
Bu vaqtda Samarqandda Abu Saidning nabirasi Sulton Ali Mirzo hukmdorlik qilardi. Ogʻir iqtisodiy tanglik va ax tuchun kurashlardan bezor boʻlgan mehnatkash omma ax tu zodagonlarining ma’lum qismi Temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Fargʻona hukmdori Boburga maktub yoʻllab, Samarqandni ishgʻol qilishga da’vat etadilar. Bobur qoʻshinlari bilan Samarqandga yetib kelgach, unga peshvoz chiqilib, ax tu darvozalari ochib beriladi. Shayboniyxonning ax tu himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari qirib tashlanadi. Shayboniyxon katta kuch bilan yana Samarqandga yurish boshlaydi.
1501- yil aprelda Zarafshon boʻyidagi Saripul qishlogʻi yaqinida boʻlgan jangda Bobur qoʻshinlari yengiladi. Bobur Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamalga olinib, u toʻrt oy davom etadi. Qamalda qolgan ax tu aholisining ochlikdan tinkasi quriydi. Noilojlikdan Bobur 1501- yilning 2- yarmida Samarqandni tark etib, Toshkentga togʻasi Mahmudxon huzuriga yoʻl oladi. Shayboniyxon Samarqandni ikkinchi marotaba jangsiz egallab, mudofaachilarning aksariyatini qilichdan oʻtkazadi.
1503- yilda Shayboniyxon Sirdaryo tomon yurish qilib, Toshkent xoni Mahmudxon,Bobur va Sulton Ahmadxonning birlashgan kuchlarini tor-mor keltiradi. Toshkent va Shohruxiya shaharlari zabt etiladi. 1504- yilda Fargʻona ishgʻol qilinadi. Shayboniyxon Samarqandni oʻz davlatining poytaxti qilib, Buxoroga inisi Mahmud Sultonni hokim etib tayinlaydi. Toshkent xonligi va
Sirdaryo boʻyidagi shaharlarni amakilari Koʻchkunchixon bilan Suyunchxoʻjaxonga topshiradi.
Movarounnahrda siyosiy mavqeini mustahkamlab olgach, Shayboniyxon 1504- yilda avval Hisor hukmdori Xusravshohni yengib Qunduzni boʻysundiradi. Soʻngra Xorazmga yurish qiladi, oʻn oy davom etgan qamaldan keyin 1505- yilning avgust oyida Urganch taslim boʻladi. Natijada butun Xorazm yerlari Shayboniyxon tasarrufiga oʻtadi.
1507- yil may oyida Shayboniyxon Hirotga yoʻl oladi. Jangda Hirot qoʻshinlari tor-mor etiladi. Shayboniyxon shaharga 100 ming tanga, zodagon va suyurgʻol egalariga alohida yana 20 ming tanga tovon ax tu. Temuriylarning mol-mulklari musodara qilinib, ax tu aholisi ikki kun talanadi. Temuriylar davlati sakkiz- yil mobaynida butunlay istilo qilinib, uning xarobalarida Shayboniyxon saltanati tashkil topadi. Bu saltanatga Kaspiy dengizidan Yettisuvgacha, Dashti Qipchoqdan Xurosonning janubiy chegaralarigacha boʻlgan yerlar kirdi. Temuriylar davlatining barham topishiga yuqori tabaqa vakillarining ma’lum qismi mamlkatda oʻz mavqelari hamda mol-mulklarini saqlab qolish maqsadida Shayboniylar bilan kelishib, sotqinlik yoʻliga oʻtishlari ham sabab boʻldi.
Movarounnahr va Xurosonda qozonilgan gʻalabadan soʻng, Shayboniyxon shimolda kuchayib borayotgan Qozoq xonligi, janubda Eron Safaviylari bilan toʻqnashadi.
1510- yilda Shayboniyxon Murgʻob daryosining narigi tomonida boʻlgan katta jangda qizilboshlilar Shayboniyxon qoʻshinlarini qurshovga olib, butunlay tor-mor qiladilar. Muhorabada Shayboniyxon ham halok boʻladi. Shayboniylar zudlik bilan Toshkent hokimi Suyunchxoʻjaxonni sulola boshligʻi qilib
saylaydilar, lekin shayboniylar oʻrtasida nizolar toʻxtamagach, xon avlodining ax t ulugʻi Koʻchkunchixonni yurtning yangi hukmdori qilib koʻtaradilar. Shayboniyxondan keyin shoh Ismoilga qarshi kurashuvchi munosib sarkarda topilmaydi.
Qobulni egallab turgan Bobur shoh Ismoilning madadi bilan Movarounnahr tomon yurish boshlaydi. 1511- yilda u Qunduz orqali Amudaryodan oʻtib, Puli Sangin koʻprigi yaqinida boʻlgan shiddatli jangda Shayboniylarni tor-mor qiladi.
Soʻngra Samarqandga tomon yoʻl oladi. Qarshi, Samarqand va Buxoroni Shayboniylar jangsiz boʻshatib ketadilar. Bobur Movarounnahrni hech qanday qarshiliksiz egallaydi. Shu bilan bu oʻlkada Shayboniylar hukmronligi vaqtincha toʻxtaydi. Boburning qaytishi va gʻalabasini Movarounnahr aholisi xayrixohlik bilan qarshi olsa ham, ammo uning hukmronligi uzoqqa bormadi.
Shayboniyxonning jiyani Ubayd Sulton qulay fursatdan foydalanib 1512- yil bahorida Movarounnahrga yurish qilib Buxorogacha bosib boradi. Jondor tumani yaqinidagi Malik koʻli yonida Bobur lashkari Ubaydulla Sultondan yengiladi. Bobur Hisorga chekinadi. Ubaydulla Samarqandni egallab, Shayboniylar hukmronligini qayta tiklashga muvaffaq boʻladi.
Bobur garchi Movarounnahrni qaytarib olish niyatidan voz kechmagan boʻlsa-da, lekin Shayboniylar bilan bundan keyin kurash olib ax tuc maqsadidan qaytadi. Qobulga qaytgach, u keyinchalik Shimoliy Hindistonni oʻziga boʻysundirib, bu oʻlkada Boburiylar saltanatiga asos ax tu. Amudaryoning oʻng sohiligacha boʻlgan viloyatlarda yana Shayboniylar hukmronligi tiklandi.
Shayboniylar hokimiyati tepasida xon turgan. Viloyatlarni xonning oʻgʻillari, yaqin qarindoshlari (sultonlar) hamda koʻchmanchi qabila boshliqlari (biylar) idora qilgan. Jumladan, nayman qabilasi sardori Jon Vafobiy Hirot dorugʻasi etib tayinlangan (1507). Turkistonni Koʻchkunchixon (1503-1509), Toshkentni Suyunchxoʻjaxon (1503-1525) boshqargan. Buxoro va Qorakoʻl noibligi (1501-1504) Muhammad Shayboniyxonning inisi Mahmud sultonga,
Samarqand va uning viloyati toʻngʻich oʻgʻli Muhammad Temur sultonga berilgan.
Buxoro xonligi (amirligi) Shayboniylar sulolasi 100 yil hukm surgan. Poytaxt dastlab Samarqand, keyinchalik Ubaydullaxon davrida 1533- yil Buxoroga koʻchirilgan. Davlat shundan soʻng Buxoro xonligi deb atala boshlagan. Ubaydullaxon xonlikni tashqi va ichki dushmanlardan himoya qilishda, uni mustahkamlashda muhim rol oʻynagan. Biroq Ubaydullaxon vafoti (1540) dan soʻng xonlik mayda mustaqil mulklarga parchalanib ketgan. Xususan, Buxoroda Ubaydullaxonning oʻgʻli Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxan (1540-1551), Balxda Pirmuhammadxon (1546-1567), Toshkent va Turkistonda Baroqxon (Navroʻz Ahmadxon 1551-
1556- yillarda Movarounnahr xoni), Miyonqol va Karmanada esa (1529-1561) Iskandarxon mustaqil hokim boʻlishgan.
1551-1556- yillarda Movarounnahr uchun shayboniylar oʻrtasidagi kurashda Abdullaxon II gʻolib chiqib markaziy hokimiyatni mustahkamlagan, ayirmachilik harakatlariga chek qoʻygan kuchli qoʻshin tashkil etilgan. Uning bu harakatlarini jo‘ybor shayxlari Muhammad Islom hamda uning o‘g‘li Xo‘ja Sa’dlar faol qo‘llab-quvvatlab turdi. Muhammad Islom va uning avlodlari o‘zlarining kelib chiqishini ota tomonidan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo‘jiga bog‘lar edilar. 1556-yilda Navro‘z Ahmadxon vafot etgach, Abdullaxon II darhol ax tuchun Shahrisabzda o’z hukmronligini tikladi. Muhammad Islomning ko‘magi bilan esa Buxoro taxtini egalladi va uning poytaxt maqomini qayta tikladi.
Dastlab Abdullaxon II amakasi Pirmuhammad, keyinchalik otasi Iskandarxonlar nomidan davlatni boshqardi. 1561-yilda Abdullaxon II Pirmuhammad aloqalarni uzdi va otasi Iskandar Sultonni (1561-1583) xon deb e’lon qildi. Iskandar Sulton nomigagina xon bo‘lib, mamlakatni boshqaruv ishlariga deyarli aralashmas, hokimiyat amalda Abdullaxon II qo‘lida edi.
1583-yilda Iskandar Sulton vafot etgach, Abdullaxon II rasmiy xon deb e’lon etildi.
Shayboniy hukmdorlari orasida Abdullaxon II o‘zining qat’iyatliligi, yaxshi siyosati va sarkardalik qobiliyati bilan ajralib turadi. U markazlashgan shayboniylar davlatini tiklash maqsadida bebosh va o‘zlarini mustaqil hisoblaydigan amirlar, sultonlar, mulklar hukmdorlari bilan tinimsiz kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Tinimsiz urushlar natijasida 1573-yilda Farg‘ona, 1574-yilda Shahrisabz, Qarshi, Hisor viloyatlari, 1578-yilda Samarqand, 1582-yildaToshkent, Shohruxiya, Sayram, Ohangaron, 1583-yilda Balx, 1584-yilda Badaxshon, 1588-yilda Hirot va uning atroflari, 1595-yilda Xorazm Abdullaxon II hokimiyati ostiga birlashtirildi. Tinimsiz urushlardan charchagan joylardagi mahalliy aholi ko‘p hollarda Abdullaxon II ning markazlashtirish siyosatini qo‘llab-quwatlar edi.
Abdullaxon II davrida xonlik chegarasi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha boʻlgan yerlarni qamragan. Abdullaxon faol tashqi siyosat olib ax tu. Buxoro xonligi Eron, Hindiston, Turkiya, Xitoy, Rossiya va b. mamlakatlar bilan keng ax tuchun,
iqtisodiy, savdo aloqalari olib ax tu. Ichki siyosatda mamlakatda pul islohoti oʻtkazilgan, koʻplab sugʻorish inshootlari, koʻpriklar, madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, timlar qurilgan. Hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan, madaniy hayot rivojlangan. Abdullaxon vafotidan soʻng ax tuchun kurashlar yana avj olgan. Abdullaxonning oʻgʻli Abdulmoʻminxonning olti oylik hukmronligidan soʻng u muxolif kuchlar tomonidan oʻldirilgan. Taxtga Pirmuhammadxon II chiqqan. Ammo uning hukmronligi ham uzoqqa bormay, 1601- yil taxtdan agʻdarilgan.
Shundan so’ng shayboniylar sulolasi barham topgan.

Download 79.13 Kb.
1   2   3




Download 79.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shayboniylarning davlat tepasiga kelib hokimiyatni egallashi

Download 79.13 Kb.