• Konruktsiyalar, bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish
  • Maket
  • 4-amaliy mashg’ulot: Konstruksiyalarning mustahkamlik va bikrlik xossalarini tajribada o‘rganish vositalari va dastgohlari




    Download 1,01 Mb.
    bet1/8
    Sana16.11.2023
    Hajmi1,01 Mb.
    #99905
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    4-amaliy mash


    4-amaliy mashg’ulot: Konstruksiyalarning mustahkamlik va bikrlik xossalarini tajribada o‘rganish vositalari va dastgohlari
    REJA

    1. Konstruktsiyalar, bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish

    2. O‘lchash usullari va vositalari

    3. Qurilish tuzilmalarini buzmasdan sinash uslublari va vositalari

    4. Ultratovush va boshqa akustik asboblar yordamida qurilish tuzilmalarining fizik-mexanik xossalarini aniqlash

    5. Ionli nurlanish, magnit, elektrik va elektromagnit usullari

    6. Qurilish tuzilmalaridagi yoriqlarni qayd etish va o‘lchash uchun texnik vositalar



    1. Konruktsiyalar, bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish

    Bino va inshootlarni texnik holatini tekshirish va sinashning maqsadi va vazifasi - harakatdagi ob’ektlarning holati va xususiyatini tavsiflovchi, sifat ko‘rsatgichlarini baholash uchun belgilangan usul va uskunalarni ishlab chiqish, shuningdek, ularda kechayotgan jarayonlarni o‘rganish, tuzilma materiallarining konstruktiv va ekspluatatsion xususiyatlarini tajriba orqali aniqlash va ularni texnik sharoitlarga mosligini tekshirishdan iborat.


    Qurilish tuzilmalari, bino va inshootlarni tekshirish tarkibiga tuzilmalarni tayyorlash va montajidagi sifat nazorati usullari, loyiha hujjatlariga qanchalik mosligi va tizimning haqiqiy ishini o‘rganish kiradi. Masalan, temirbeton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanayotgan orayopma plitalari standartlarga asoslangan holda ishchi chizmalar asosida tayyorlanishi va belgilangan texnik talablarga javob berishi lozim. Uzunligi, eni, qalinligi, notekisligi, diagonallar uzunligi farqi, qoplama detallarining joylashishi, himoya qatlam qalinligi bo‘yicha ma’lum kattalikdagi chetlashishlarga ruxsat etiladi. Beton qorishmasini tayyorlash uchun qo‘llaniladigan materiallar shu materiallarga nisbatan qo‘llaniladigan davlat standartlari talablariga javob berishi va mustahkamlik loyihadagi beton sinfiga mos bo‘lishi kerak. Ishchi armatura uchun belgilangan beton himoya qatlami ishchi chizmalarda ko‘rsatilgan qiymatlarga mos kelishi lozim.
    Qurilish tuzilmalarini tekshirish natijasida sifatga oid kamchiliklar topiladi, tahlil qilinadi va olingan xulosalar asosida u yoki bu tuzilma hisobiy sxemasiga yoki hisobiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Shu nuqtai nazardan inshootlarni tekshirish katta amaliy ahamiyatga egadir.
    Bino va inshootlarni tekshirish usullarining ahamiyati va samaradorligi avval bo‘lib o‘tgan zilzilalar oqibatlarini o‘rganish asosida qurilish amaliyotiga tadbiq etilgan antiseysmik chora-tadbirlarda yaqqol ko‘rinadi. 1976 yilda Gazli shahrida bo‘lib o‘tgan zilzila natijalarini o‘rganib chiqib, tegishli antiseysmik chora va tadbirlarni amalga oshirib qurilgan bino va inshootlar 1984 yili qayta takrorlangan zilzilada qisman zarar ko‘rgan xolos. 1985 yilda Meksikada bo‘lgan zilzilada 500 dan ortiq binolar, shu jumladan 40 ta osmono‘par baland binolar buzilgan, ayni paytda bir qator binolarda zilzila ta’sirini kamaytiruvchi chora - tadbirlar ko‘rilgani uchun zilzila ularga aytarli zarar yetkazmagan. 1985 yili Qayroqqumda bo‘lib o‘tgan zilzilada Qayroqqum gilam korxonasining 50-yillarda antiseysmik chora-tadbirlarsiz qurilgan binosi batamom buzilgan.
    Inshootlarni sinashning asosiy vazifasi ularning hisobiy sxemasi bilan real ishchi holati qanchalik mosligini o‘rnatishdan iborat. Muhandislik inshootlari murakkab kuchlanish - deformatsiyalanish holatida ishlovchi mexanik tizimlardan iboratdir. Shu sababli, qurilish mexanikasi va inshootlar dinamikasining hozirgi davrga kelib juda rivojlanib, ilgarilab ketganiga qaramasdan, loyihalash jarayonida ob’ektlarning hisobiy sxemalarini modellashtirish va soddalashtirishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, amalda bir jinsli hisoblangan ST3 markali po‘latning cho‘zilishga mustahkamligi N.S.Strelesskiy tomonidan sinab ko‘rilganda, oquvchanlik chegarasi 200 MPa dan 320 MPa gacha bo‘lgan oraliqda o‘zgarib turishi aniqlangan. Beton va yog‘ochning mustahkamligidagi tarqoqlik yanada katta bo‘ladi.
    Yuqoridagilarga asoslanib shunday xulosa qilish mumkinki, sinash har qanday materialning haqiqiy mustahkamligini baholashda, tuzilmalarning nazariy hisoblarini ularning haqiqiy ishchi holatiga yaqinlashtirishda hamda hisob algoritmlarini takomillashtirishda juda muhim o‘rin tutadi.
    Sinovning asosiy maqsadi - tuzilmalarning yuklama ostidagi holatini o‘rganishdir.
    Fan va texnika rivojlanib borayotgan bir paytda texnologik jarayonlar takomillashib boradi. Buning natijasida eskirgan texnologik tizimlar, uskunalarni yangisiga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatlar yuklamalarning ortishi va inshoot hisobiy sxemalarining o‘zgarishiga sabab bo‘lib, tuzilmalarning haqiqiy ishchi holatini o‘rganish zaruratini vujudga keltiradi. Muhandis-quruvchilar qurilish tuzilmalari, bino va inshootlarning ekspluatatsiyaga yaroqligi, tahmirtalabligi yoki kuchaytirish lozimligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda inshootlarni tekshirish, sinash uslublariga murojaat qiladilar. Shuningdek, zilzila, ko‘chkilar, shamol kabi tabiiy ofatlar, urush harakatlari natijasida shikastlangan inshootlarni tiklash jarayoni ham bevosita tekshirishdan boshlanadi.
    Qurilish tuzilmalarni tekshirish 3 ta bosqichdan iborat:
    - loyiha hujjatlari, ishchi ijro chizmalari va ishlarni yopish dalolatnomalari bilan birlamchi tanishuv;
    - ob’ektni vizual tekshirish, ob’ektning loyihaga mos kelishini aniqlash, ko‘zga ko‘ringan nuqsonlarni aniqlash, inshootni tekshiruvdan o‘tkazish rejasini tuzish, buzmasdan sinash usullari yordamida kompleks tadqiqotlar o‘tkazish;
    - inshoot holatining tahlili va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish.
    tekshirish va sinashning bosh vazifalaridan biri, ularni haqiqiy holatini va kelgusida ekspluatatsiya qilishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Bu muammo qaralayotgan tizimning ishochliligini baholash bilan bevosita bog‘langan.
    Ishonchlilik deganda ma’lum bir vaqt oralig‘ida, muayyan ekspluatatsiya sharoitida tizim oldiga qo‘yilgan funksiyani bajarish xususiyati tushuniladi. Ishonchlilik kompleks xususiyatlardan iborat bo‘lib, beto‘xtovlik, uzoq muddatga chidamlilik va tahmirga yaroqlilik kabilarni o‘z ichiga oladi.
    Beto‘xtovlik - ob’ektning ma’lum vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlash xususiyati.
    Uzoq muddatga chidamlilik - ob’ektning uzoq muddat chegaraviy holatga tushmay, ishga yaroqligini saqlash xususiyati.
    Ta’mirga yaroqlilik - ob’ektning buzilish oldidan o‘zini namoyon qilib borishi va tahmirlab tuzatishga yaroqlilik xususiyati.
    Bino, inshoot va tuzilmalarni sinashdan asosiy maqsad ularning yuk ko‘tarish qobiliyati, bikrligi va yoriqbardoshligini aniqlashdir. Sinov real tuzilmalarda, maket yoki modellarda ham o‘tkazilishi mumkin. Sinov inshootlari va ularni yuklash usullari sinov oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq tanlanadi.
    Real ob’ektlarni sinashda ekspluatatsiya qilinayotgan konstruksiyalarning haqiqiy ishchi holatini aniqlash vazifasi belgilanishi mumkin. Bunda buzmasdan sinash usullari keng qo‘llaniladi. Tajriba uchun tanlangan tuzilmalarni buzmasdan sinash usullari bilan bir qatorda buzib sinash ham o‘tkaziladi. Bunda sinov inshoot tuzilmasi yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotguncha davom ettiriladi.
    Maket - sinov ob’ektining soddalashtirilgan holatini aks ettiradi. Maket va model ko‘rinishidagi sinov ob’ektlari ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi.
    Model - sinov ob’ekti yoki uning bir qismini ma’lum bir masshtabda aks ettiradi. O‘xshashlik nazariyasini qo‘llagan holda modellar bilan haqiqiy inshoot parametrlari o‘rtasida sonli bog‘lanish o‘rnatish lozim bo‘ladi. Real bino, inshoot va tuzilmalarning tekshiruvi bilan bog‘liq bo‘lgan sinovlar naturaviy ob’ektlarda o‘tkaziladi.
    Sinov usulini aniq tamoyillarga asoslangan sinov qoidalari majmui belgilaydi. Bu qoidalar bo‘yicha tashqi ta’sirni hosil qilish, o‘lchov uskunalarini tanlash, natijalarni qayta ishlash uslublari ishlab chiqiladi. Sinovlarni o‘tkazish katta moddiy harajatlar bilan bog‘liq bo‘lgani hamda sinov jarayonida qimmatbaho dastgoh va uskunalar ishlatilishi sababli, sinovni o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim.
    Tajriba uchun tanlangan ob’ektlar sinov poligonlaridagi sinov stendlarida, real ekspluatatsiya sharoitiga yaqin sharoitlarda o‘tkaziladi. Sinov ob’ektini belgilangan holda o‘rnatish, yuklama hosil qilish, asboblardan sanoq olish va sinov jarayonini boshqarish uchun maxsus sinov stendlaridan foydalaniladi. Maket va modelda sinash ilmiy-tadqiqot institutlarining laboratoriyalarida, standart sinov uskunalarida o‘tkaziladi. Sinov o‘tkazish oldidan texnik topshiriq (ishchi dastur) tuziladi va bunda sinovning maqsadi, sinov qurilmasi bilan ishlash xavfsizligi qoidalari hamda zaruriy texnik hujjatlar keltiriladi. Asosiy e’tiborni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga qaratish lozim. So‘ngra sinov ob’ektini sinovga tayyorlash bosqichi, ya’ni yuklash tuzilmalari va o‘lchov uskunalari o‘rnatish amalga oshiriladi. Agar sinovdan so‘ng sinov ob’ekti ekspluatatsiyaga topshiriladigan bo‘lsa, sinovni shunday tashkil qilish kerakki, sinovdan so‘ng ham ob’ekt ishga yaroqli holatda bo‘lishi lozim. Bunday vaziyatda sinov yuklamasining miqdori belgilangan chegaradan oshmasligi lozim. Agar sinov inshootni buzishgacha olib boriladigan bo‘lsa, yuklamaning yuqori chegarasi belgilanmaydi. Lekin buzuvchi kuch miqdorini aniqlash, inshootga sinov yuklamasini beruvchi tuzilmalar va o‘lchov asboblarini tanlash uchun oldindan hisoblar o‘tkaziladi.
    Inshootlarga sinov yuklamasi dinamik va statik usullarda berilishi mumkin. Konstruksiyada joylashish shakliga ko‘ra yuklamalar keltirilgan, chiziqli va yuza bo‘yicha taqsimlangan turlarga bo‘linadi.
    Dinamik koeffitsient K ning qiymati 1,03 dan oshib ketmaydi, ya’ni

    K=U/Us  1,03 (4.1)



    bu yerda: Us - konstruksiyaning statik yuklamadan hosil bo‘lgan salqiligi; U - konstruksiyaning dinamik yuklamadan (yuklanish tezligini hisobga olgandagi) salqiligi. Bunday vaziyatda konstruksiya statik usulda yuklangan deb hisoblanishi mumkin.
    Dinamik yuklamalarning turlari juda xilma-xildir. Ular o‘zgaruvchan amplitudali va o‘zgarmas amplitudali bo‘lishi mumkin. O‘zgarmas amplitudali dinamik yuklamalarning qiymati vaqt bo‘yicha muayyan qonun asosida o‘zgaradi. Bunday yuklamalar muvozanatlashmagan massali mexanizmlar, generatorlar, elektr motorlar va shamollatgichlar ishi natijasida hosil bo‘ladi.
    O‘zgaruvchan amplitudali dinamik yuklamalarning o‘zgarish tavsifi sinov o‘tkazgunga qadar noma’lum bo‘ladi.
    Dinamik yuklamalar harakatlanuvchi va qo‘zg‘almas bo‘ladi. Statsionar o‘rnatilgan uskunalar ta’siridan hosil bo‘lgani qo‘zg‘almas hamda odamlar, elektrokaralar, kranlar harakatidan hosil bo‘lgani esa harakatlanuvchi yuklamalar hisoblanadi.
    Dinamik yuklamalar o‘z qiymatining vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga qarab, davriy va nodavriy, garmonik hamda va impulpsli turlarga bo‘linadi.


    Download 1,01 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-amaliy mashg’ulot: Konstruksiyalarning mustahkamlik va bikrlik xossalarini tajribada o‘rganish vositalari va dastgohlari

    Download 1,01 Mb.