O’zbekiston hududi cho’l mintaqasi landshaftlari va ularning ekologik asoslari




Download 0.81 Mb.
bet4/24
Sana26.06.2021
Hajmi0.81 Mb.
#15197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
O’zbekiston hududi cho’l mintaqasi landshaftlari va ularning ekologik asoslari:Ma’lumotlarga ko‘ra hozir cho‘l va chalacho‘llar 4,7 mlrd ga ni egallaydi. Quruqlikning 1/3 qismini ishg‘ol etgan bunday joylarda dunyo aholisining 15 foizi yashaydi.

Cho‘l zonasi o‘ziga xos tabiiy kompleks bo‘lib, Yer sharining mo’tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalaridagi o‘ta qurg‘oqchil kontinental iqlimli hududlarda vujudga kelgan. Cho‘llarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi sayyoramiz geografik qobig‘ining zonalligi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Zonallik esa yer yuzida issiqlik va namlikning bir me’yorda taqsimlanmaganligini mahsulidir. Ayrim olimlar yuqoridagilar bilan birga orografik to‘siqlar, subtropik kengliklarda yil davomida yuqori atmosfera bosimini hukmronligi, sovuq dengiz oqimlarini materik sohillariga ta’siri kabi omillar ham cho‘llarni shakllanishida yetakchi rol o‘ynaydi, deb hisoblaydilar.

O‘rta Osiyo hududida cho‘llarning shakllanishi alp burmalanishiga borib taqaladi. Kaynazoy erasining neogen davrida sodir bo‘lgan alp burmalanishi natijasida o‘lka janubidagi Pomir, Hindiqush, Paropamiz, Safedko‘h, Bandi Turkiston, Kopetdog‘ tog‘lari ko‘tarilgan. Mazkur tog‘lar Hind okeanidan keladigan iliq va sernam havo massalarini to‘sib, mintaqada arid zonani hosil bo‘lishiga sababchi bo‘lgan.

O‘rta Osiyo cho‘llarida XX asrning 20-30 yillarida kompleks tadqiqotlar olib borgan yirik olimlar D.N. Kashkarov va E.P. Korovinlar ta’biri bo‘yicha cho‘l-geologik va biologik jihatdan yaxlit tabiat kompleksi bo‘lib, uning hosil bo‘lishida yagona sabab-quruq iqlimdir. Bu olimlar cho‘lning shakllanishida ikki omil-namlikning tanqisligi, ya’ni“minimum omili” va juda yuqori harorat, ya’ni “maksimum omili” kuchli ta’sir ko‘rsatadi, deb e’tirof etishgan.

Cho‘lshunos olimlar A.G.Boboev va Z.G.Freykin fikricha, cho‘l deganda-juda quruq va jazirama iqlimli, nihoyatda kam yog‘inli va nisbatan siyrak o‘simlik qoplamiga ega bo‘lgan tabiiy hududlar tushuniladi. Bunday joylarda atmosfera yog‘inlarining (300 mm gacha) kamligi va ularni yil fasllari bo‘yicha notekis taqsimlanganligi xos, shuningdek, tushadigan yog‘inga ko‘ra bug‘lanish bir necha marta yuqori. Cho‘llarda doimiy oqar suvlar shakllanmaydi, quruq o‘zanlarni esa vaqtinchalik oqar suvlar hosil qilgan, yer osti suvlari biroz sho‘rroq bo‘ladi. Ana shunday iqlimiy xususiyatlarga ega tabiat zonasi Markaziy Osiyoning katta qismini ishg‘ol etgan. U g‘arbda Kaspiy dengizi qirg‘oqlaridan sharq va janubi-sharqda Jung‘oriya Olatovi, Tyanshan va Pomir-Oloy tog‘ tizimlarigacha, shimolda taxminan 480 sh.k. dan janubda Kopetdog‘ va Paropamiz tog‘ oldilarigacha cho‘zilgan. Cho‘l va chalacho‘llar o‘lkaning 65,3 foizini egallab, ularning maydoni qariyb 211 mln gektarga teng. Respublikalar bo‘yicha tahlil qilsak, Turkmaniston hududining 80 foizdan ortig‘ini, O‘zbekistonni 70 %, Qozog‘istonning 27 foizini cho‘llar egallagan.

Akademik Q.Z. Zokirov Zarafshon vodiysi o‘simliklarini uzoq yillar o‘rganishlari natijasida vodiyda tekislikdan baland tog‘largacha 4 ta mintaqani-cho‘l, adir, tog‘, yaylovga ajratishni taklif etdi va shu bo‘linish butun O‘zbekiston, hatto O‘rta Osiyo uchun ham tadbiq etish mumkinligini ko‘rsatdi.

1-jadval



Download 0.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 0.81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston hududi cho’l mintaqasi landshaftlari va ularning ekologik asoslari

Download 0.81 Mb.