• Taqrizchilar
  • 1- mavzu. KIRISH Reja
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2.11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2.11 Mb.
    #155833
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob
    29, Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 5, Topshiriq. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida ta L2 kommutato-fayllar.org, Kurs ishi mavzu “ot so‘z turkumini o‘rganish jarayonida o‘quvch-fayllar.org, Feruza Abdullayeva, 4-kurslar Amaliyot Suloymonov Jalil, 10 SINF Delphi da grafika bilan ishlash


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
     
    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
     
     
     
     
     
    “BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI” 
     
     
     
    FANIDAN MA’RUZA MATNLARI 
     
     
     
     
    Toshkent, 2013 
     


    “Biotexnologiya asoslari” fanidan ma’ruzalar matni / N.A.Xo’jamshukurov., Toshmuxamedov 
    M.S., Nurmuxamedova V.Z. – Toshkent.: TKTI, 2013. –164 b. 
     
     
     
     
     
    Annotasiya. “Biotexnologiya asoslari” fanidan tayyorlangan ushbu ma’ruza matnlari 
    532500 –biotexnologiya (tarmoqlar bo’yicha) yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar hamda 
    oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan.
    Taqrizchilar: 
    M.Ulug’bek nomidagi O’zMU, Mikrobiologiya va 
    biotexnologiya kafedrasi mudiri, dosent X.T.Hasanov; 
    TKTI, “Oziq-ovqat xavfsizligi” kafedrasi dosenti A.Choriev
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    1- mavzu. KIRISH 
    Reja: 
    1.Fanning maqsad va vazifalari. 
    2.Biotåõnologiya fani rivojlanish tariõi.
    3.Fanning rivojlanishiga chet el va mahalliy olimlarning qo’shgan hissalari haqida.
    4.Biotexnologiya faning rivojlanish istiqbollari va muammolari.
     
    Biotexnologiya yoki biologik jarayonlar texnologiyasi-biologik agentlar yoki ularning 
    majmualaridan (mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvon hujayralari, ularning komponentlaridan)
    kerakli maxsulotlar ishlab chiqarish maqsadida sanoatda foydalanish degan ma’noni beradi. 
    Biotexnologiya jarayonlaridan mikroorganizmlar, o’simlik va hayvon hujayralari, ulardan 
    ajratilgan fermentlar, hujayra organnellalari, ularni o’rab turgan membranalar sof yoki 
    immobillashgan holatda oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, 
    fermentlar, garmonlar va boshqa moddalar ishlab chiqarishda yoki ba’zi bir organik moddalarni 
    (masalan, biogaz) ishlab chiqarish, sof holda metall ajratish, oqova suvlarni va qishloq xo’jalik 
    yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlashda keng foydalaniladi.
    Fan sifatida o’tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan biotexnologiyaning tarixiga 
    chuqurroq nazar tashlasak mikroorganizmlar yordamida “bijg’itish”, “achitish” jarayonlari 
    insoniyat tomonidan qadimdan keng ishlatilib kelinayotganligini guvohi bo’lamiz. Sutdan- qatiq
    uzumdan- vino va sirka, achitqilar yordamida -non va boshqa bir qancha biotexnologik 
    jarayonlarning qachon ixtiro qilinganligi hozircha noma’lum.
    Umuman, yuqorida zikr etilgan mikroorganizmlar yordamida amalga oshiriladigan 
    biotexnologik jarayonlar hozirgacha insoniyatning ro’zg’or yuritishida keng qo’llab kelinmoqda. 
    Biotexnologiyaning mohiyatini tushunish uchun misollarga murojaat qilaylik. Bakteriya 
    hujayrasi har 20-60 minutda, achitqi zamburug’lari 1,5-2,0 soatda ikkiga bo’linib ko’paysa, sut 
    emizuvchilar hujayralarining ikkiga bo’linishi uchun 24 soat kerak bo’ladi. Bir kecha-kunduzda 
    500 kilogrammli qoramol 500 gramm oqsil moddasi to’plasa, 500 kilogramm achitqi zamburug’i 
    500000 kilogramm yoki undan 1000 marotaba ko’proq oqsil to’playdi. 
    Yana bir misol: 1 kub metr oziqa muhitida achitqi zamburug’lari 24 soatda 30 kilogramm 
    oqsil to’playdi, shuncha miqdorda oqsil to’plash uchun 18 gektar erga no’xat ekib, uch oy 
    parvarish qilish lozim bo’ladi.
    qolaversa, mikrob etishtirish na ob-havoga va na faslga bog’liq. Ularni eng arzon oziqa 
    muhitida- har xil chiqindilar, kletchatkada, metanol, metan gazi va vodorodda o’stirish mumkin. 
    Mikroorganizmlar nafaqat oqsil, balki turli fermentlar, yog’lar, vitaminlar, polisaxaridlar va 
    boshqa bir qator foydali maxsulotlar sintez qiladi.
    Bugunga kelib, zamonaviy biotexnologik usullar gen muhandisligi yordamida farmasevtika 
    uchun interferonlar, insulin, somatotropin, gepatitga qarshi vaksina, fermentlar, klinik tadqiqotlar 
    uchun diagnostik ashyolar (narkomaniya, gepatit va boshqa bir qator yuqumli kasalliklarni 
    aniqlash uchun test tizimlar, biokimyoviy tekshirishlar uchun reaktivlar, egiluvchan biologik 
    plastmassalar, antibiotiklar, bioaralashmali boshqa ko’plab maxsulotlar) ishlab chiqariladi. 
    Pivo, spirt, kir yuvish vositalari, to’qimachilik va teri oshlash kabi jaryonlarda ishlatiladigan 
    ferment preparatlari ishlab chiqarish va qo’llash ham keng yo’lga qo’yilgan. 
    Biotexnologiyaning asosiy yo’nalishlarini, shartli ravishda, quyidagicha tavsiflash mumkin: 

    Download 2.11 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




    Download 2.11 Mb.
    Pdf ko'rish