BOSHLANG'ICH TA'LIMDA FANLARNI
O'QITISHDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Reja:
1.1. Texnologiya tushunchasi.
1.2. Axborot texnologiyalari va ularning turlari.
1.3. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
1.4. Axborot texnologiyalarining ta'minoti.
1.5. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari.
1.1. Texnologiya tushunchasi
Texnologiya (yunoncha-techne) so’zidan olingan bo’lib, moxirlik, ustalik,
san’at yoki bir ishni uddalay olish demakdir, bu esa jarayondan boshqa narsa emas.
Bu aniq bir jarayonga nisbatan qo’llaniladi. Jarayonlar esa odamlar tomonidan
tanlangan va belgilangan strategiya asosida va turli vositalarni, usullarni qo’llab
amalga oshiriladi.
Axborot texnologiyasi- axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish
va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va
jarayonlar («Axborotlashtirish to’g’risida» gi qonun, 2-modda).
Bundan tashqari axborot texnologiyalariga turli manbalarda turlicha ta’riflab
keltirilgan:
1) Ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish, va ulardan
foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo’llari, usullari va
uslublari.
2) Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami
uslublari, yo’llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan
tartibi.
3) Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda
axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari;
Keng ma’noda axborot texnologiyasi misolida idora cho’tidan foydalanish va
kitoblarni bosib chiqarishni ko’rsatish mumkin. Tor ma’noda «axborot
texnologiyasi» atamasi axborotga ishlov berish uchun ushbu axborotdan
foydalanuvchi
jarayonlarning
sermehnatligini
kamaytirish
va
ularning
ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnikalardan optimal
foydalanish bilan bog’liqdir.
|