• Matematika. (Tuzuvchilar: F.M.Qosimov, M.M.Qosimova) Buxoro davlat universiteti, 2006, – bet.
  • Qo’llanma pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti ilmiy kengashining qaroriga binoan chop etishga tavsiya etilgan.
  • Buxoro davlat universiteti fundamental kutubxonasi, Muhammad Iqbol ko’chasi, 11-uy. KIRISH
  • Buxoro davlat universiteti qosimov f. M. Qosimova m. M




    Download 1.13 Mb.
    bet1/47
    Sana15.11.2023
    Hajmi1.13 Mb.
    #98735
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
    Bog'liq
    Buxoro davlat universiteti qosimov f. M. Qosimova m. M
    Kompyuter-grafikasi-va-dizayn.Назиров-Ш, Нарх, 4444, 1. Masofaviy ta’lim tushunchasi. Masofaviy o`qitish usullari. Ma, Ish reja, formula, 411-20 Amaliyot

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


    QOSIMOV F.M. QOSIMOVA M.M.


    MATEMATIKA
    (Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun)


    BUXORO – 2006


    Matematika. (Tuzuvchilar: F.M.Qosimov, M.M.Qosimova) Buxoro davlat universiteti, 2006, – bet.


    Mazkur usuliy qo’llanmada boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan kunduzgi va maxsus sirtqi bo’lim (II bosqich) talabalari uchun matematika fanining “Nomanfiy butun sonlar”, “Sanoq sistemalari”, “Sonlarning bo’linishi”, “Son tushunchasini kengaytirish” mavzulari yuzasidan nazariy materiallar, mustaqil yozma nazorat ish topshiriqlari hamda uni bajarishga oid uslubiy ko’rsatmalar berilgan.


    Qo’llanma pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti ilmiy kengashining qaroriga binoan chop etishga tavsiya etilgan.


    Mas’ul muharrir: fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
    Axmedov H.H.
    Taqrizchilar: Sh.R.Rayhonov – p.f.n., dotsent
    A.G’.Hayitov – p.f.n., dotsent


    Buxoro davlat universiteti fundamental kutubxonasi,
    Muhammad Iqbol ko’chasi, 11-uy.
    KIRISH

    Respublikamizning kelajakda gullab yashnashi ko’p jihatdan o’sib kelayotgan bilimdon yoshlarga bog’liq. Albatta bunday yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi o’qituvchi yuqori kasbiy bilim va mahoratga ega bo’lmog’i darkor. Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov aytganlaridek “Hozirgi zamon kadrlari yuqori kasbiy mahoratga ega bo’libgina qolmay, balki har jihatdan ma’lumotli, o’z sohalarining bilimdoni, tashabbuskor, muammolarni hal qilishga ijodiy yondashadigan kishilar bo’lishi lozim”.


    Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish(5141600) ta’lim yo’nalishi o’quv rejasida matematika fanidan talabaning mustaqil ishi uchun 232 soat ajratilgan. Bu hamma 570 soatning 40,7 foizini tashkil etadi. Shu ta’lim yo’nalishining maxsus sirtqi bo’limi talabalarining mustaqil ta’limi uchun ancha ko’p, ya’ni hamma o’quv soatining 70%ini tashkil etuvchi vaqt ajratilgan.
    Universitet talabalarining bilimini baholashning reyting tizimi to’g’risidagi muvaqqat nizomga asosan maxsus sirtqi va sirtqi bo’limda tahsil olayotgan talabaning mustaqil ta’lim olishi - ta’lim jarayonining asosiy komponenti ekanligini inobatga olib, mustaqil ta’lim O.B. shaklida 50 ballik tizimda baholanadi.
    Biz boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish (5141600) ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan II bosqich talabalari uchun matematika fanidan “Nomanfiy butun sonlar”, “Sanoq sistemalari”, “Sonlarning bo’linishi” va “Son tushunchasini kengaytirish” mavzulari yuzasidan qisqacha nazariy materiallarni keltirish bilan birga shu mavzularga oid mustaqil yozma nazorat ishlari hamda ularni bajarish yuzasidan usuliy ko’rsatmalarni ham berdik.
    Mustaqil yozma-nazorat ish oldidagi asosiy maqsad – bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisining matematika fanidan nazariy-uslubiy tayyorgarligini aniqlash, topshiriqlarni mustaqil bajarishga o’rgatishdan iborat.
    Har bir talabaning mustaqil nazorat ishi 10 ta topshiriqni o’z ichiga oladi. Unda nomanfiy butun sonlarni to’plamlar nazariyasi, aksiomatik asosda va kesmalarni o’lchash natijasi sifatida qurish, sanoq sistemalari, sonlarning bo’linishi va son tushunchasini kengaytirishga doir mavzularga oid o’quv topshiriqlari o’z ifodasini topadi.
    Talabalarning mustaqil ishlarini bajarish uchun ularga Nizomiy nomidagi TDPU tomonidan tasdiqlangan matematika o’quv dasturi (tuzuvchilar p.f.n. N.A.Hamidova, Z.Ibragimova)ni keltirib, mustaqil yozma nazorat ishi topshiriqlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma va test topshiriqlari namunalarini berishni ham lozim topdik.



    Download 1.13 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Download 1.13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti qosimov f. M. Qosimova m. M

    Download 1.13 Mb.